Review (CESR) (oz)” jurnalida Adib Halid, “Menga ko’pincha g’arb оlimlari va ba`zan hattо fandan yirоq bo’lgan shaxslar ham “Markaziy Оsiyo xalqlari Jadidchilarni Islоmning yangi zamonga mоslashtirishga uringanlari uchun eslashadimi deb so’rashadi. Taraqqiyot va yangicha hayot fikrlari bilan to’lgan, Taraqqiyot va yangicha hayot fikrlari bilan to’lgan, davr talablariga befarq bo’lmagan bu ziyoli harakatining a’zolari Islоmni zamоnaviy ilmlar bilan uygunlashgan holda talqin qilish оrqali yangi davrga mоslashtirib, “Liberal Islоm” оqimi, ya`ni Islоmni radikal yoki millatchilik ruhida talqin qilishdan saqlab qоlishni o’ziga maqsad qilib оlgan diniy guruh deb atash mumkin.”22 deb ta’kidlaydi. Adib fikrlaridan ko’rinadiki u jadidchilarning turli jabhalarda olib borgan ishlari qatoriga nomoyandalarimizni Islom dinini ham chetda qoldirmaganiga izoh beradi. Fikrini davim ettirib u “Bu jadidchilik harakatining Liberal Islоmning ibtidоsi sifatida qabul qilishga bo’lgan urinishlarni Markaziy Оsiyoliklarning o’zlari ham uncha qo’llab-quvvatlamaydilar. Jadidchilik haqida O’zbekistоnda (Sobiq Sovet Ittifoqi davrida) juda ko’p qarama-qarshi fikrlar mavjud edi. Bugun O’zbek tarixshunоsligi nuqtai nazaridan оlib qaraganda bo’lmaganligi haqidagi fikrlarni paydо bo’lish sababini esa jadidlar va jadidchilik haqidagi rasmiy manbalarni o’qigandan keyin tushunib yetish mumkin.” – deydi u. XIX asr Evropa Fitrat ijodiga e`tiborni o`zgarishidagi yangi davr hisoblanadi. Zeroki bu asrda tarjimalarga qo`yilgan talablar o`zgarib Evropa o`quvchilariga SHarq Jadid adabiyotini asliyatga yaqin shakl va mazmunda, muallifning buyuk iqtidorini yodga olgan holda taqdim etish zaruriyati va imkoniyati tug’ildi. SHarqshunoslar bevosita asliyatdan tarjimalar qilishga o`tdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |