XIX asr Evropa Fitrat ijodiga e`tiborni o`zgarishidagi yangi davr hisoblanadi. Zeroki bu asrda tarjimalarga qo`yilgan talablar o`zgarib Evropa o`quvchilariga SHarq Jadid adabiyotini asliyatga yaqin shakl va mazmunda, muallifning buyuk iqtidorini yodga olgan holda taqdim etish zaruriyati va imkoniyati tug’ildi. SHarqshunoslar bevosita asliyatdan tarjimalar qilishga o`tdilar. “Ingliz tilida gaplashuvchi va Ingliz tilini biladigan barcha kitobxonlarga A. Fitrat asarlaridan ilk bora parchalar o`girib, ularni bahramand qilgan zot edvard Olvortdir. Fitrat xayoti va ijodi haqida o`ylash, fikr yuritish, xususan, uning turkiy va fors tilllarida yozilgan asarlariga munosabat bildirish, zullisonayn shoir sifatidagi faoliyati borasida mushohada etish edvard Olvort, Adib Xalid va Shon Tomas Lions ishlarining mag’zi-mag’ziga singib ketgan edi. Lions Amerikaning Verjina universiteti professori bo`lib, u Fitratning ijodiga ihlos qo`ygan olimlardan biridir. U asar tahlilini Markaziy Osiyo izlanishlariga bag’ishlangan xalqaro jurnalining 2000 yildagi 5 nashrida chop ettiradi (International Journal of CentralAsian Studies Volume 5 2000) va ushbu tahlilga “Abdurauf Fitrat's Modern Bukharan Tragedy”(Abdurauf Fitratning zamonaviy Buxoro tragediyasi) deb nomqo`yadi. Muallif tahlilini boshida asarga tarif berarkan “Fitratning ushbu tarixiy asari 1924 yili Muallif tahlilini boshida asarga tarif berarkan “Fitratning ushbu tarixiy asari 1924 yili yozilgan bo`lib, sovet mustamlakachilik siyosatiga qarshi yozilgandir. Biz bu drama tarixiy paralleldeb xisoblaymiz. Abulfayzxon tarixiy shaxs bo`lshiga qaramay sovet mustamlakachiligi davrida Buxorodagi jarayonlarda ishtirok etmagan. Ammo qadimiy Markaziy Osiyo xukmdori 1920 yilda Bolsheviklar tomonidan so`nggi xon ag’darilgandan keyin paydo bo`ladi” ta`kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |