O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi III bosqich


Download 77.66 Kb.
bet12/17
Sana19.02.2023
Hajmi77.66 Kb.
#1214519
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3 O`zbek tilidagi so`z turkumlarining o`ziga xos xususiyatlari

Кesimlik kategoriyasi sifat turkumida ham o‘z mohiyatini cheklangan darajada namoyon qilib, ikki ko‘rinishga ega bo‘ladi:
a) hozirgi zamon ko‘rinishi;
b) o‘tgan va kelasi zamon ko‘rinishi.
Кo‘p hollarda sifat turkumida kesimlik kategoriyasi bog‘lama vositasida yuzaga chiqadi.
Bog‘lama kesimlik kategoriyasini sifat va boshqa kesimlik vazifasiga unchalik moslashmagan so‘zda yuzaga chiqaruvchi vosita. To‘liqsiz fe’l, [bo‘l], [hisoblanmoq], [sanalmoq], [deyilmoq] kabi mustaqil fe’l sifatda ham bog‘lama vazifasini bajaradi.
Yoshi kattasi emasman. Men yoshi kattasi ([0]) kabi.

Son va uning UGMsi. «Predmetlarning sanog‘i va asosan aniq miqdori uchun ishlatiladigan so‘z» – sonning so‘z turkumi sifatidagi UGMsi. Sanaladigan predmet uchun ishlatilganda ularning sanoq va miqdorini anglatadi. Son so‘z turkumi sifatida predmet ifodalovchisi bilan munosabatga kirishib, shu jihati bilan sifat va ravish turkumiga yaqin turadi. Biroq aniq miqdor bildiruvchi bu so‘zlar predmetning noaniq miqdorini bildiruvchi [oz], [ko‘p], [mo‘l] kabi sifatdan ajralib turadi. Sifat raqam bilan ifodalanmaydi. Son esa noaniq miqdorni bildirganda ham raqam bilan beriladi: uch-to‘rt kun (3-4 kun). Bu esa ular anglatgan miqdor noaniqligi ham nisbiy ekanligidan dalolat beradi.
Son morfologik va sintaktik xususiyatining o‘ziga xosligi bilan boshqa turkumlardan ajralib turadi. Bu adabiyotlarda keng muhokama qilingan.
Sonning LMT va LMGlari hamda ularga xos lug‘aviy shakl hosil qiluvchi vositalar. Son ma’no va grammatik xususiyatiga ko‘ra dastlab ikki LMTga bo‘linadi: «miqdor son» LMTsi va «tartib son» LMTsi. «Miqdor son» LMTsi predmetning miqdorini, «tartib son» LMTsi esa tartibi, sirasiga ko‘ra xususiyatini bildiradi.
Bu LMTlar o‘zaro quyidagi munosabatga ega:
– miqdor son ichki LMGlarga ega. Tartib son LMTsi bir vaqtning o‘zida LMG ham;
– miqdor sonlar hisob so‘zi bilan qo‘llana oladi, tartib son esa bunday xususiyatga ega emas;
miqdor sonlar juftlasha oladi, tartib sonda esa bunday xususiyat yo‘q;
– miqdor sonlarga (beshdan bir), (uchga bir) kabi birikmali qo‘llanish xos, tartib songa esa xos emas;
– miqdor sonlar ko‘plik shaklini olganda taxminiy miqdor bildiradi (uchlarda keldi), tartib son esa bunday holda otlashib ketadi: birinchilar – birinchi odamlar.

Download 77.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling