O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi III bosqich


Download 77.66 Kb.
bet2/17
Sana19.02.2023
Hajmi77.66 Kb.
#1214519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3 O`zbek tilidagi so`z turkumlarining o`ziga xos xususiyatlari

Kurs ishining ob`yekti O`zbek tilidagi so`z turkumlarining o`ziga xos xususiyatlari


Kurs ishining predmeti O`zbek tilidagi so`z turkumlari


KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI:


Kurs ishining maqsadi–O`zbek tilida so`z turkumlarining o`ziga xususiyatlarini ko`rib chiqish bu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi.
1. . So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari.
2. So'z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari
3. Mustaqil so`z turkumlariga xos bo’lgan grammatik belgilar.

KIRISH

So’z turkumlarining o’rganish tarixi antik davrlarga borib taqaladi. O’sha davr


faylasuf, mantiqshunosh va tilshunoslari bu borada ilk marta juda qimmatli fikrlar
bildirganlar. Masalan, Arastu so’z turkumlari sonini 3 ta deb ko’rsatgan va unga ot, fe’l,
bog’lovchi vositalarni kiritgan. Oradan qarib 12 – 13 asr o’tgandan keyin, ulug’
bobokalonimiz Mahmud Koshg’ariy ham so’z turkumlari sonini 3 ta deb ko’rsatgan.
So’z turkumlari nazaryasining rivojlanishi, olimlarning bu masala bilan shug’illana
boshlashishi barobarida so’z turkumlari soni ham ortib bordi. Bu holat asosan, 19 – 20-
asrlarda keng taraqqiy etdi. Turli davrlarda so’z turkumlari turli songa bo’lganligini
e’tirof etish bilan, ushbu maqolada matn bilan ishlashning ahamiyati va yangi uslub
bilan ish tutish haqida o’z fikrlarimizni bayon qilamiz.

Shu bilan birga, har bir tilni boshqasidan farqlaydigan milliy xususiyati bor. Taniqli tilshunos olim N.Mahmudov bu masalada: “Bu ko`hna zaminda, necha ming yillarkim, turfa qavmlar, elatu millatlar yashab keladi. Til ilmidagi taxminiy hisob-kitoblarga ko`ra, butun yer yuzida uch mingdan ortiq (ba’zi ma’lumotlar bo`yicha besh mingga yaqin) til mavjud”,-deb ma’lumot beradi. Olimning “Tabiiyki, bu tillarning har biri muayyan bir qavmning dunyolarga alishmaydigan bebaho boyligi – ardoqli ona tilidir. Demak, kattadir, kichikdir, har qanday tilning o`z egasi bor” degan mulohazalari ham ayni haqiqatdir [12.–Б.3-9. ]. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “O`zlikni anglash, milliy ong va mafkuraning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi”.


Milliy hamiyat va umuminsoniy qadriyat, milliy o`zlik idrokining ustuvorligi, milliy g`urur va iftixor, Vatanga muhabbat va Mustaqillik mafkurasiga sadoqat kabi ma’naviy kamolotning o`zagini tashkil etuvchi tushunchalarni ona tilidan ayro holda tasavvur etib bo`lmaydi. Shuning uchun alloma ajdodlarimiz ona tilini ana shu mo`tabar tushunchalarni inson shuuriga muhrlamoqning eng ta’sirchan vositasi deb bilganlar [11, 44].
Har qanday shaxsning milliy-ruhiy mag`zini, irq-u e’tiqodidan, zamin-u zamonidan qat’iy nazar, ona tili tayin va ta’min etadi. Xuddi shu milliy-ruhiy mag`z mutlaqo o`ziga xos, betakror bir mohiyat bo`lib, millatning tafakkur tarzini, “idrok ko`zi”ni qat’iy belgilab beradi. Nemis allomasi Vilgelm fon Gumboldtning “Yer yuzidagi tillarning xilma-xilligi faqat tovushlarning turlichaligi emas, balki xalqlardagi dunyoni ko`rishning xilma-xilligidir” degan gapi ham bejiz aytilmagan [12, 4]. Shunday ekan, muayyan tilda fikr yuritish shaxsning o`sha xalq va millat vakili hisoblanishidan dalolat beradi. O`zbek tilida fikr yuritgan kishi, tabiiyki, ozbek millatiga tegishliligini va o`zbek tili – ona tili ekanligini isbotlashga ortiqcha zarurat yo`q. O`zbek tilining milliy qadr-qimmati, ijtimoiy nufuzi hamda ilmiy-amaliy ravnaqi uchun xizmat qilayotgan davlatimiz rahnamosi, davlat arboblari, millat ziyolilari, fidoyi tilshunoslar, til ilmining toliblari – barcha taraqqiyparvar insonlar maqsadi zukko tilshunos N.Mahmudovning “Ona tiliga cho`ng e’tibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir so`zi qatlariga yashiringan ma’no injaliklari-yu mazmun teranliklarini idrok etmoq, ulardan huzurlanmoq, bu muqaddas xilqatda tin olgan ajdodlar ruhini his qilmoq va bu xilqatni fidoyilik bilan qo`rimoqqa hamisha hozir bo`lmoq Vatan farzandining bikir burchidir” degan jumlasida mujassamdir. Binobarin, ona tili milliy o`zligimiz ko`zgusi ekan, uning hamisha beg`ubor va ravshan bo`lishi, kelgusi avlodlarga bebaho meros sifatida yetishi uchun har birimiz mas’ulmiz. Ayni mas’uliyat hissi bizni ona tilimizda so’z turkumlarining milliy xususiyatlarini aniqlashga undadi.


Download 77.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling