O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi III bosqich
Download 77.66 Kb.
|
3 O`zbek tilidagi so`z turkumlarining o`ziga xos xususiyatlari
Tafakkur fe’llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog‘liq o‘ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, tafakkur qilmoq, o‘yga botmoq, ko‘z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi.
Munosabat fe’llari qatori [erkalamoq], [suymoq], [yaxshi ko‘rmoq], [parvona bo‘lmoq], [rahmi kelmoq], [xushomad qilmoq], [yon bosmoq], [maftun bo‘lmoq], [e’zozlamoq] kabi ijobiy xarakterdagi munosabat fe’llari, [beti qursin], [xudo olsin], [qorasi o‘chsin], [baloga giriftor bo‘lsin], [juvonmarg bo‘lgur] kabi salbiy xarakterdagi munosabat fe’llaridan tashkil topadi. Fe’l ma’noviy guruhlarida ham markaz va qurshov leksemalari farqlanadi. Masalan, ma’nodosh fe’llarda bosh (dominanta) so‘z, uyadoshlik paradigmasida uya (giperonim) markaz leksemasi hisoblansa, boshqa ma’nodosh va uyadosh (giponimlar) qurshov leksemasi deyiladi. [Кulmoq] fe’li dominanta sifatida bunga ma’nodosh boshqa leksemalarni, [buzmoq] esa buzishning turli ko‘rinishini ifodalaydigan giponim leksemani uyushtirib turadi. So‘zlar yirikroq butunliklarga birlashtirilganda, markaz leksemasigina bu butunlikdan joy oladi. Qurshov leksemalari esa uning «soyasi» sifatida quyida qolaveradi. Masalan, [kulmoq], [yig‘lamoq], [xursand bo‘lmoq] leksemalari o‘z atrofida ko‘plab fe’llarni birlashtirgan. Lekin ular bu uch leksema mansub tizimga kira olmaydi, quyi bosqichda qoladi. Fe’l o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega. Bu hodisa tilshunoslikda keng o’rganilgan. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari faqat shu turkumga xos grammatik shakllar sistemasi. Ular nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyalari. Fe’l kesimlik yoki nokesimlik vazifasida bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu shakldan birida bo‘lishi shart. Ular fe’l leksemaning lug‘aviy ma’nosini modifikatsiya qilish vazifasini bajaradi. Tasniflovchi shakllar orasida nisbat fe’l leksemani modifikatsiya qilish darajasi jihatidan boshqalaridan ustuvor. Shu boisdan nisbat fe’lni boshqa so‘z turkumidan ajratib turuvchi asosiy morfologik belgi. O’zgalovchi, nisbatdan farqli o‘laroq, fe’lning nokesimlik vazifasi uchun xoslangan. O’zgalovchi kategoriyasining umumlashgan grammatik ma’nosi – fe’lni kesim vazifasidan tashqarida boshqa, ya’ni hokim so‘z bilan bog‘lash vazifasini bajarishi. Tarz ma’nosi fe’lda ifodalanishi ham, ifodalanmasligi ham mumkin. Masalan, (o‘qidi) fe’lida u nol darajada bo‘lsa, (o‘qib chiqdi) so‘zshaklida namoyon bo‘lgan. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakli haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Biroq bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakli bilan kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo‘lgan tasdiq-inkor kategoriyasini farqlash lozim. Tasdiq-inkor kesim vazifasida keluvchi barcha so‘z uchun xos bo‘lsa, bo‘lishli-bo‘lishsizlik kesimdan boshqa vazifadagi fe’lning barchasi uchun xos bo‘lgan grammatik hodisa. Boshqacha aytganda, bo‘lishli-bo‘lishsizlik fe’lning nokesimlik, tasdiq-inkor esa barcha mustaqil so‘zning kesimlik shaklidan biri. Download 77.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling