O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi III bosqich


Fe’lning asosiy LMGlari. LMGda markaz va qurshov leksemalari


Download 77.66 Kb.
bet7/17
Sana19.02.2023
Hajmi77.66 Kb.
#1214519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
3 O`zbek tilidagi so`z turkumlarining o`ziga xos xususiyatlari

Fe’lning asosiy LMGlari. LMGda markaz va qurshov leksemalari. Fe’llar anglatgan qator ma’nolariga ko‘ra turli mazmuniy guruhlarga bo‘linadi. Bunda harakatga xos yaratish, buzish, o‘zgartirish, so‘zlash, sezish, yo‘naltirish, holatga xos ruhiy-psixologik, tafakkur bilan bog‘liq fe’llar farqlanadi. Bulardan xarakterlilarini ko‘rib o‘tamiz.
Harakat fe’li jonli va jonsiz predmetga xos harakatni ifodalaydi. Ular yurish, ta’sir etish, zarb berish kabi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Qo‘l, oyoq, yuz, og‘iz, gavda bilan bog‘liq harakatda harakatlanuvchi obyekt yaqqol ko‘rinib turadi.
Nutq fe’llari insonning gapirish faoliyati bilan bog‘liq harakatlarni ifodalaydi: [gapirmoq], [so‘zlamoq], [aytmoq], [demoq], [bidirlamoq], [to‘ng‘illamoq], [g‘o‘ldiramoq], [vaysamoq], [vaqillamoq], [javramoq], [bobillamoq], [javob bermoq], [vag‘illamoq] kabi.
Holat fe’llari. Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga ega. Holatni to‘rtga bo‘lish mumkin:
a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog‘liq): [eslash], [unutish], [yodlash], [tubanlashmoq];
b) tashqi holat (ichki holatning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq): [xafa bo‘lmoq], [shodlanmoq], [esankiramoq], [dovdiramoq], [g‘azablanmoq];
d) jismoniy holat (inson tanasi bilan bog‘liq: [holsizlanmoq], [kuymoq], [kuchlanmoq], [zaiflashmoq];
e) ijtimoiy holat (jamiyat bilan bog‘liq): [boyimoq], [kambag‘allashmoq], [ko‘tarilmoq], [urilmoq], [quvg‘in bo‘lmoq].
Natijali faoliyat fe’llari tizimi [yasamoq], [qurmoq], [bunyod etmoq], [hosil bo‘lmoq], [chizmoq], [yozmoq], [barpo qilmoq], [arralamoq], [parchalamoq], [sayqal bermoq], [randalamoq], [sindirmoq], [yemoq], [o‘chirmoq] kabi birliklarni o‘z ichiga oladi.

Download 77.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling