Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Download 0.6 Mb.
bet63/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

Vaziyat ramzlar. Lirik qo‘shiqlarda inson tabiatning turfa iqlimlari, uning turli tuyg‘u, orzu-intilishlari qisqa va sodda shaklda ifodalanadi. Bu ifoda aksariyat holatlarda tabiat lavhalari bilan inson hayotiga bog‘liq motivlarning parallel berilishi orqali reallashadi. Inson tabiatdan o‘z ruhiyatining ifodasini avloddan avlodga o‘tib kelayotgan turli tasavvur-tushunchalar kundalik kuzatishlar, tajriba va bilimlar orqali ajratib oladi. Ushbu jarayon insonning ong osti zamiridagi «ulkan bilim» bilan bevosita bog‘liq kechadi. Ayni jarayonda insonning tasavvuri, kuzatishi, bilimlarining hosilasi turli narsa va predmetlarni ko‘nglining qiyosiy ifodachisiga aylantiradi. Natijada tabiat va qalb hodisalar o‘rtasidagi ichki uyg‘unlik asosida yangi ramzlar, obrazlar tug‘iladi. Vaziyat ramzlar aynan ushbu uyg‘unlikning mahsulidir. Masalan:
O‘choq boshida qumg‘on,
Atrofi baland qo‘rg‘on.}A
Yorginamga yetolmay,
Yurak bag‘rim bo‘ldi qon} B
Qadamizda gullar ochilsin.
Keltirilgan to‘rtlikda tabiiy tasvir o‘z holicha vaziyat ramzni yuzaga keltirayotgani yo‘q: bu tasvir (A) lirik qahramon hayotiga tegishli motiv (B) bilan qiyos qilinmoqda. Natijada tabiat tasviri ramziylik kasb etmoqda. Qo‘shiqdagi «qumg‘on» va «qo‘rg‘on» obrazlarini vaziyat ramzga aylantirmoqda. Qumg‘onning qoraligi, olovda kuyayotgani, qo‘rg‘onning baland va chiqib bo‘lmasligi zamirida lirik qahramonning hayoti, dardi, orzu-armonlari umumlashmoqda.
Qumg‘on uning yuragi – barbod bo‘lgan sevgisi, amalga oshmay qolgan umidlari. Qo‘rg‘on uni shu holga solgan, orzu-umidlariga zid bo‘lgan kuchlarning ramziy ifodachisiga aylanmoqda. Bu o‘rinda lirik qahramon hech qanday qo‘rg‘on ichida, o‘choq boshida o‘tirgani yo‘q. U yot kuchlar tazyiqida sevgan kishisidan ayrilganligi, sevganiga yetisholmasligini, sog‘inchini kuylayapti, xolos.
Qo‘shiq inson ruhiyatining oynasi. Oyna sirlari ramziy obrazlar zamirida yashirin keladi. Ramziy obraz zamiridagi yashirin ma’no ilg‘ansagina qo‘shiqda ifodalangan mazmun anglanadi.
Xalq qo‘shiqlaridagi ramzlar ma’nosini bilmaslik ularda ifodalangan asl mazmunga parda tortib, an’anadan uzilgan avlod uchun begona, tushunarsiz hodisaga aylantiradi. Ana shu o‘rinda ilmiy tadqiqot, izoh va talqinlarga ehtiyoj tug‘iladi. Xususan bugungi globallashuv davrida ramzlarni tushunish ehtiyoji dolzarb muammoga aylandi. XX asr mutafakkirlaridan biri E.Fromm keng ma’noda «ramzlar tili» borasida so‘zlar ekan: «Men shuning uchun ham ramzlarni tushunishni maktab va kollejlarda xuddi chet tillarni o‘rgatgandek o‘qitish lozim, deb hisoblayman. Chunki ramzlar insoniyatning ong osti – ko‘ngil tubining mevasi hisoblanadi». Insonning ko‘ngil tubidagi «xazina»sidagi ramz, timsollar jami tiriklik – bir hujayrali mavjudot, nabotot-u hayvonotdan tortib odamzodgacha tabiiy bog‘langan «ulkan bilim»dan bahra olib ijod qilgan. Folklor, umuman xalq ijodiyotining barcha turlari ana shu «xazina»dan quvvat olib, unadi, o‘sadi. Baxshi-shoir, qo‘shiqchi ilhom onlari «eskilar izidan» borib, ushbu xazina «boyliklari»dan bahra oladi. Bu holat boshqa mavjudodlarning to‘dalashib mavsumiy ko‘chishlarda «to‘da quvvati» bilan instiktiv «ulkan bilim» – yo‘lchi yulduzga bog‘lanib, kerakli manzillarini adashmay yo‘l topishlariga, yashashlariga uyg‘un keladi. Olimlar to‘dasidan ajralgan «yolg‘iz» hamisha yo‘ldan adashib, «ulkan bilim»dan bebahra qolganligini kuzatishgan. Baxshi-shoirlar ham an’anadan chekinib, individual ijodga o‘tsa, o‘zi doston-qo‘shiq ijod qilsa, ko‘pincha «adashib» aro yo‘lda qolib ketishi shundan. Bunga ko‘pchilik baxshi-shoirlarning sho‘ro davridagi mualliflik termalari yorqin misol bo‘lib turibdi. Yoki xalqona yo‘lga taqlidan yozilgan aksariyat asarlarning shaklni olib, qalbsiz qolishi, badiiy sayozligi sababi ham ushbu qonuniyatda izoh topadi. Xuddi shuningdek, xalq ijodiyotida an’anadan uzilgan avlod va shaxs ham xalqona ramz va obrazlarni tushunmay qiynaladi. Shu ma’noda E.Fromm ramzlar tilini maktablarda chet tilini o‘rgatganday o‘qitish kerak, deganda haqlidir.
Ramzlar qo‘shiqlar mazmunini tushunishda bir kalit. Kalit qopqani ochadi. Qopqadan kirish, xazinaga ega bo‘lish, ochguvchiga bog‘liq. Har qanday boylik qadrlansa bahosi bilinadi. Bahosini olgan nimaiki bor, yangidan tug‘ilib, qayta quvvatga kiradi.
Qo‘shiqda lirik qahramon ayriliq, hijron dardida o‘rtanib, yori, ota-onasi, do‘st-u birodarlari va yo elidan xabar kutib, baxtiga, sevgisiga g‘ayirlik qilgan bo‘htonlardan kuyinib kuylaganda, uning «xabar» bilan bog‘liq ichki kechinmalari, o‘y-tuyg‘ularini ifodalashda vosita bo‘lgan obrazlar mazmuniga ko‘ra «xabarchi» ramzlar hisoblanadi. Qo‘shiqda xabarchi ramz sifatida qarg‘a, g‘oz, o‘rdak, turna, qaldirg‘och kabi qushlar obrazi keladi. Faqat XX asrda yaratilgan bir qator namunalarda bu vazifani qushga shaklan o‘xshash – samolyot ham bajargan.
Lirik qo‘shiqlar tarkibida ro‘mol – oila; olma – farzand, sevgi; tom – turmush qurish; tol – yigit; tog‘ – suyanchiq; ota-ona, yaqin qarindosh, do‘st; shaftoli – o‘tkinchi muhabbat; qizil – qiz, ayol; oq – er kishi; qora – motam; sariq – ayriliq, hijron, yasama xol – xiyonat tub ramziy ma’nolariga ega.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling