Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Download 0.6 Mb.
bet64/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

3. Tarixiy qo‘shiqlar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi tarixiy qo‘shiqlar bevosita bugungi kun repertuarida nisbatan kam uchraydigan ijro namunasidir. O‘tmishda tarixiy qo‘shiqlar ommaviy janr hisoblanganiga shubha yo‘q. Bir tomondan, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otut-turk» asaridagi Alp Er To‘nga marsiyalarini ham tarixiy qo‘shiqlar sirasiga qo‘shish mumkin.
XX asr boshlarida Namoz boshlagan harakatlar xalq tilida doston bo‘lgan. Namoz yoki Niyozga bag‘ishlab qo‘shiqlar vujudga kelgan. Keyinchalik Isfandiyor va uning amaldorlari kirdikorlarini fosh etuvchi to‘rtliklar yaratilgan:
Isfandiyor xon bo‘ldi,
Bag‘rimiz to‘la qon bo‘ldi.
Azroildan kam emas,
Olajagi jon bo‘ldi.
Bu to‘rtliklar xalq ijtimoiy hayotining hamrohi bo‘ldi. Tarixiy vaziyatga nisbatan ifodalangan g‘azab va xonga nisbatan nafrat zamonga xalq bergan baho darajasida edi. Aniqrog‘i, jazolov hukmi bo‘lib jarangladi.
Umuman, XX asrning 15-25 – yillari o‘rtasida yaratilgan tarixiy qo‘shiqlar son jihatdan ko‘p, sifat jihatdan mazmunli edi. Ehtimol, bu holat yurtimiz tarixiga oid turli yo‘nalishdagi tarixiy voqealarning ko‘p ro‘y berganiga bog‘liqdir. Isfandiyor, Said Ahmad, Nikolay kabi podshoh va xonlarning adolatsizligi va bosqinchilik urushlariga bo‘lgan keskin qoralovchi ayblar mazkur qo‘shiqlarning bosh mazmunini tashkil qildi.
Shunday qilib, tarixiy qo‘shiqlar bevosita aniq voqea-hodisa yoki aniq qahramon ishtirok etgan tarixiy davr haqida yaratilgan asar namunasi hisoblanadi.


Savol va topshiriqlar:
1. Xalq lirik qo‘shig‘ining belgilari nimalardan iborat?
2. Lirik qo‘shiqlarning badiiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.
3. Qo‘shiqlardagi ramzlar haqida gapiring.
4. Tarixiy qo‘shiqlar haqida ma’lumot bering.
5. Qardosh xalqlar xalq qo‘shiqlari namunalarini topib, o‘zbek xalq lirik qo‘shiqlari bilan qiyoslashga harakat qiling.
Adabiyotlar:
1. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Musiqa», 2010
2. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so‘z», 2010
3. Alaviya M. O‘zbek xalq qo‘shiqlari. – T., 1959.
4. Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. – T.: Fan, 1974.
5. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. – T.: Fan, 2010.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling