Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Qo‘shiq – atamasi asosida «qo‘sh»


Download 0.6 Mb.
bet49/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

Qo‘shiq atamasi asosida «qo‘sh» o‘zagi turadi. Turkiy xalqlarda «qo‘sh» so‘zi uch ma’noda: «kuylamoq», «qo‘sh qo‘shmoq» – yer, haydab, ekin ekmoq va juft ma’nolarini bildiradi. Har uch ma’no ham bir-birini inkor etmaydi. «Qo‘sh» mavsum, ya’ni bahor marosimida ilohlarni ulug‘lab aytilgan qutlov, alqovdir. (Saxa turklarida shomonlik qo‘shig‘i – kuturuu – so‘zi kut – ruh, uruu–ulug‘lamoq, qutlamoq ma’nolarini anglatadi).79 Shuning uchun «kuylamoq»ning bevosita hosildorlik kulti bilan aloqadorligi, ekin-tikin payti bu qo‘shiqning kuylanishi albatta shart bo‘lgan.
Qo‘shiqning qo‘sh bilan o‘zaro bog‘liq ekanini folklorshunos olim Asqar Musaqulov o‘rinli izohlab bergan.80
Ma’lumki, qo‘shiqlar, asosan, to‘rtliklardan tashkil topgan. Ikki misraning birikib, juftlik, ya’ni «qo‘shiq» hosil qilishi shunchaki tasodif emas. «Er-u xotin – qo‘sh ho‘kiz» degan maqol bor. Qo‘sh haydamoqning ko‘chma ma’nosi qiz va yigitning qo‘shilishi, ya’ni oila qurishi, juftlashish ekanligini ustoz olim Asqar Musaqulov o‘z tadqtiqotlarida ta’kidlab o‘tgan.81 Xalq qo‘shiqlarida bu tasavvurlar o‘zining chiroyli ifodasini topgan. Shunday ekan, yuqoridagi maqol bilan qo‘shiq kuylayotganda «juft bo‘lsin» degan ibora ham aslida qo‘shiq va juftlikni muqaddas deb bilish bilan bog‘liq qadim tasavvurlarning mahsulidir.
Qo‘shiq so‘zi «Devonu lug‘otit turk»da «koshug‘», Yusuf Xos Hojibda «qoshuq», Haydar Xorazmiyda «qo‘sh», Mahmud Umar Zamaxshariyning «Muqaddimatul-adab» asarida «qo‘shiq», Alisher Navoiy asarlarida «qo‘shiq», «surud», «ayolg‘u», «lahn», «turku», Zahiriddin Muhammad Boburning «Bobirnoma»sida «qo‘shiq» shaklida kelganini ko‘ramiz.82 Alisher Navoiy ham, Bobur ham xalq qo‘shiqlarini nazarda tutganda «qo‘shiq» kalimasini ishlatadi. Qolgan paytlarda «surud» yoxud boshqa bir atamani keltiradi.83
Turk folklorshunoslari ham O‘rta Osiyo xalqlaridagi «qo‘shiq» Turkiyadagi «qoshma» va «turku»lar bilan o‘xshash ekanligini ta’kidlaydilar.84
O‘zbek xalq qo‘shiqlari bugungi kunga qadar ko‘p marotaba o‘rganilganligiga qaramay, afsuski, yetarli darajada tasnif etilgan emas.
Folklorshunos olima Muzayyana Alaviya o‘zbek qo‘shiqlarini 1. Lirik; 2. Mehr baytlari; 3. Terma; 4. Mehnat qo‘shiqlari; 5. Mavsum-marosim qo‘shiqlariga bo‘ladi.85
F.Karomatov xalq qo‘shiqlarini: maishiy, oilaviy-marosim, mehnat, tarixiy va sotsial norozilik qo‘shiqlariga bo‘lib tahlil etadi.86 Asqar Musaqulov qo‘shiqlarni uch guruhga: a) marosim: to‘y va motam qo‘shiqlari, b) nomarosim lirika: mehnat qo‘shiqlari, allalar, termalar, ishqiy-maishiy qo‘shiqlar va d) bolalar folkloridagi lirik qo‘shiqlarga bo‘ladi. Bu tasnifni boshqa tasniflarga qaraganda nisbatan mukammal deyish mumkin. Biroq bu o‘rinda mavsum marosim bilan bog‘liq qo‘shiqlar e’tibordan chetda qolmoqda. M.Alaviya tasnifiga kelsak, unda oilaviy marosim qo‘shiqlariga o‘rin ajratilmagan. Mehr baytlari esa umuman xalq qo‘shiqlarining tasnifi doirasiga kirmaydi. F.Karomatov tasnifida ko‘pgina noaniqliklar ko‘zga tashlanadi. Birinchidan, maishiy va oilaviy marosim deb ajratilishida noaniqlik mavjud. Chunki oilaviy marosimlar maishiy xususiyati bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, sotsial-norozilik qo‘shiqlar deyish ham tasnifda chalkashlikka olib keladi.
Turkiyalik olimlar Abdurahmon Gözal va Ali Turinlar turku(qo‘shiq)larni: 1) mavzusiga ko‘ra va 2) qurilishiga ko‘ra deb ikki guruhga ajaratadi.87
Qardosh qoraqalpoq mutaxassislari qo‘shiqlarni besh turga: 1) mavsum qo‘shiqlari, 2) to‘y qo‘shiqlari, 3) motam qo‘shiqlari, 4) cho‘pon qo‘shiqlari va 5) diniy qo‘shiqlarga bo‘lishgan.88
Sibir xalqlari turkiy xalqlarida qo‘shiqlar musiqaga munosabatiga qarab tasnif etilgan. Tuvalik follkorshunos Z.K. Kirgis qo‘shiqlarni: 1. Uzun irlar, 2.Qisqa irlar, 3. Naqarot (kojamiktar)larga bo‘ladi.
Qo‘shiqlarning tasnifi masalasida xorijlik olimlarning ham fikri turlicha. Ayrimlari qo‘shiqlarning ijro etilishi holati va musiqiyligiga qarab tasnif etilish kerak desa, ayrimlari ijro o‘rniga qarab tasniflash lozim deyishadi. Ayrim olimlar qo‘shiqning ma’lum bir turi yuzasidan fikr bildirsa, boshqasi boshqa bir tur xususiyatidan kelib chiqib, fikr yuritadilar.
Rus folklorshunosi D.M.Balashov xalq qo‘shiqlarini 1)mavsum, 2) to‘y, 3) motam marosimi folklori namunasi sifatida o‘rgansa, V.Propp mavsum va oilaviy marosim deb ikki guruhga ajratadi.89
Shu o‘rinda qo‘shiqlarni qaysi mezonlar asosida tasnif etish lozim, degan savolning qo‘yilishi tabiiy, albatta.
Qo‘shiqlarning tasnifida eng, avvalo, bitta mezonga amal qilish lozim. Qo‘shiq janrining ichidagi tur va uzvlarning har biri o‘z spetsifik xususiyatlariga ega ekanligi tabiiy. Biroq bu xususiyatlar ularni tasnif etilishida yaxlit bir mezondan kelib yondoshishga monelik qila olmaydi. Shunday ekan qo‘shiqlar ijro o‘rni, holati, musiqaga munosabati va badiiyatidan kelib chiqib: 1) ijro o‘rni, 2) poetik strukturasi, 3) musiqiyligi va raqsga munosabatiga qarab tasnif etilishi lozim.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling