Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi
Download 0.6 Mb.
|
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Holat qo‘shiqlar.
- Murojaat qo‘shiqlar.
- Aytishuv qo‘shiqlari
«Savrixonning ro‘moli» qo‘shig‘ida ham aynan shunday voqeabandlikni ko‘ramiz. Bunday voqeabandlik kelin salom, yor-yorlarda va ayrim mehnat qo‘shiqlarida ham uchraydi.
Voqeaband bo‘lmagan qo‘shiqlarda har bitta to‘rtlik mustaqil alohida bir kechinmani ifodalab keladi. Ularni faqat ohang va naqarotlar bog‘lab turadi. Devor ustiga devor, Devona bo‘lsin akang. Boshida shoyi ro‘mol, Parvona bo‘lsin akang. Yaqu-yaqu yaqu yaq. Yaqu-yaqu yaqu yaq. Tog‘lar boshi o‘rama, Kiyik shoxi burama. Boy qizini bermasa, Boyni Xudo urama. Yaqu-yaqu yaqu yaq. Yaqu-yaqu yaqu yaq. O‘lanlarda ham voqeabandlik kuzatilmaydi. Voqeaband bo‘lmagan qo‘shiqlarning o‘zi kompozitsion jihatdan yana uchga bo‘linadi. 1. Holat qo‘shiqlar. Hamma qo‘shiqlarda kechinma, holat aks etsa-da holat qo‘shiqlarida qahramon hech kimga murojaat qilmaydi, balki o‘z holatini anglatishga harakat qiladi: Yor yurgan ko‘chalarni, Supuray sochim bilan. Chang chiqsa suv sepay, Ko‘zdagi yoshim bilan. 2. Murojaat qo‘shiqlar. Bunday qo‘shiqlarda qahramonning so‘zlari kimgadir – sevgilisi, yaqinlari yoki boshqa bir kimsaga murojaat tarzda bo‘ladi: Otma meni toshlar bilan, Uchib ketay qushlar bilan. Qushlar qaytsa, men qaytmasam, Ko‘zing to‘lsin yoshlar bilan. 3. Aytishuv qo‘shiqlarining eng go‘zal namunasi o‘lan va laparlardir. Ularda qiz va yigit juft bo‘lib yoxud tarafma-taraf bo‘lib, aytishuvda o‘zaro musobaqalashadilar. Yigit: Kakang keldi deganda, kakang keldi, yor-yor. Xo‘rozlarning ichida, dakang keldi, yor-yor. Qiziq-qiziq o‘landan aytoxunqiz, yor-yor, Taraf bo‘lib aytmoqqa akang keldi, yor-yor. Qiz: Bulbullarning qo‘ngani gul bo‘ladi, yor-yor, Olamdagi bor so‘zni, til biladi, yor-yor. Taraf bo‘lib aytmoqqa kepsiz, aka, yor-yor, Oxunliging bu yerda kim biladi, yor-yor Qo‘shiqlarning asosiy qismi barmoq vaznidagi to‘rtliklardan iborat bo‘lib aruz vaznidagi namunalar ham uchraydi.94 To‘rtliklar qo‘shiqning eng qadimiy namunasi ekanligini mutaxassislar e’tirof etishadi. Qo‘shiqlarda bir xil turoqlarga amal qilinishi qo‘shiqning ohangdorligini ta’minlab, uning poetik xususiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Xo‘p hayda-yo, xo‘p hayda, mayda-yo, mayda. 7+5=12 Qalqon tuyog‘im hayda, mayda-yo, mayda. 7+5=12 Temir tuyog‘im hayda, mayda-yo, mayda. 7+5=12 Xirmonni qilgin mayda, mayda-yo, mayda. 7+5=12 (Yanchish qo‘shiqlari) Takrorlar xalq qo‘shiqlari badiiyati tizimidagi muhim unsurlardan biri hisoblanadi. Satr boshida, o‘rtasida yoki oxirida kelishidan qat’iy nazar takrorlar qo‘shiqdagi ilgari surilgan mazmunni ochib berishga xizmat qilish barobarida ohang va kuyning yaxlitligini ta’minlab beradi. Qo‘shiqlardagi naqarotlar esa an’anaviy naqarotlar va noan’anaviy naqarotlarga bo‘linadi. An’anaviy naqarotlarda: so‘z; misra; to‘rtlik takrorlanib keladi. Bular an’anaviy naqarotlar. Bu naqarotlar turli xil qo‘shiqlarda uchrashi mumkin. To‘g‘rirog‘i, bu yerda ohangni ushlab turuvchi naqarotlar qoladi, faqat matn o‘zgaraveradi. Har qanday matn ushbu naqarot ohangiga moslashadi. Takrorlarda matn bilan chambarchas bog‘liqlik ko‘zga tashlansa, naqarotda mazmun bilan bog‘liqlik sezilmaydi. Bu o‘rinda ohang muhim ahamiyat kasb etadi. Bulardan tashqari, faqat ayrim qo‘shiqlarning o‘zigagina xos bo‘lgan ma’lum tovush (Ha, hu) va misra takrorlanib kelish holatlari borki, ularni noan’anaviy naqarotlar sifatida baholash mumkin.95 Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling