Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Download 0.6 Mb.
bet51/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

Bolalar qo‘shiqlari atamasini ham keng ma’noda tushunmoq kerak. Birinchi o‘rinda kattalar tomonidan bolalarga atab aytiladigan qo‘shiqlar: Alla va huyalar. Alla hamma uchun tushunarli. «Huya» bu O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida otalarning bolalarni erkalatish uchun aytgan qo‘shiqlaridir. Alladan farqli tomoni uni faqat erkaklar ijro etadi. Huya aytish an’anasi bugungi kungacha yaxshi saqlanib kelinyapti. Ikkinchisi esa bolalarning o‘zi tomonidan kuylanadigan qo‘shiqlar. «Boychechak», «Chittigul», «Oq terakmi, ko‘k terak», chorlamalar shular jumlasidandir.
O‘zbek xalq qo‘shiqlarining asosiy qismini lirik qo‘shiqlar tashkil etadi. Bu o‘rinda lirik deganda biz sevgi-muhabbat haqidagi ishqiy-maishiy qo‘shiqlarni nazarda tutamiz. Lirik qo‘shiqlarni ham: 1) aytishuv yo‘nalishidagi (o‘lan va lapar); 2) aytishuv yo‘nalishida bo‘lmagan; 3) turli mavzudagi qo‘shiqlarga ajratib tasniflash mumkin.
O‘lan ham, lapar ham qadimda to‘y kuni, qiz uzatish marosimida aytilgan.91 Qiz va yigitlar tarafma-taraf bo‘lib shod-u xurramligini, baxtiyorligi yoxud afsus-nadomatini, xullas, kechinmalarini qo‘shiq orqali ifoda etishgan. Har ikkalasi ham aytishuvga, ya’ni qiz va yigitning so‘z musobaqasiga asoslanadi. Faqat laparlarda voqeabandlik kuzatilsa, o‘lanlarda bu holat kuzatilmaydi. Bugungi kunda o‘lan ham, lapar ham istalgan sharoitda, istalgan joyda ijro etilishi mumkin. O‘lanlar, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullangan, ko‘chmanchi hayot kechirgan urug‘lar orasida uchrasa, laparlar ko‘proq o‘troqlashgan hayot tarziga mosligi ko‘zga tashlanadi.
Poetik strukturasiga ko‘ra tasnifda qo‘shiqlar ohangini, ya’ni yo‘lini naqarotlar va takrorlar belgilab beradi. Qo‘shiqlar ohang yo‘liga qarab farqlanganda ikki holatni kuzatamiz. Birinchi holat to‘rtliklar erkin holda birikib, har bir to‘rtlik individual bir kechinmani aks ettiradi va o‘ziga xos kompozitsion qurilmaga ega bo‘ladi. Ikkinchisi qo‘shiq matnidagi to‘rtliklar o‘zaro birlashib, ma’lum bir voqeani yoxud kechinmani ifodalab keladi. Qo‘shiqlar ohang yo‘liga ko‘rab farqlanganda ular, asosan, ikkita katta guruhga ajraladi:
b) voqeaband bo‘lmagan – to‘rtlik qo‘shiqlar.
a) voqeaband – to‘rtlik qo‘shiqlar.
Voqeaband qo‘shiqlarda yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir to‘rtliklar ma’lum bir voqea bilan o‘zaro birikib keladi. Bu yerda to‘rtliklarning ketma-ketligi turg‘un holatga kelib, voqeabandlik hosil bo‘ladi.
Voqeabandlik masalasiga olimlarning qarashlari turlicha. Ayrim olimlar voqeabandlik (syujet) barcha qo‘shiqlarga xos desa92, boshqa olimlar butunlay teskarisini, ya’ni syujetlilik qo‘shiqlarga xos emasligini uqtirishadi.93 Har ikki qarashga ham qo‘shilib bo‘lmaydi. Birinchidan, syujet hamma qo‘shiqlarda ham uchrayvermaydi. Biz tahlilga tortgan qo‘shiqlarning asosiy qismi voqeaband emas, ya’ni syujetga ega bo‘lmagan qo‘shiqlardir. Bundan syujet qo‘shiqlarga xos emas, degan fikr kelib chiqmaydi. Shunday qo‘shiq namunalari borki, ularda voqeabandlik ustunlik qiladi. Bunday qo‘shiqlar ma’lum bir syujet asosiga quriladi va matndagi satrlar ushbu voqeani ifodalab keladi.
Misol uchun:
Oqti, oqti, oqti
Aminaxon oqti.
Hasan-Husanlar bilan,
Soylarga botdi.
Uni ko‘rib onasi
Bilagidan tortdi.
«Tortmang, onajon, tortmang»,
Deb soyga oqdi.
Aminaning kovushini
Soylardan topdi.
Qilgan sayohatlari
Qon bo‘lib oqti.
G‘isht ko‘prik tagida
Uch kuncha yotti.
Chilvir-chilvir sochlari,
Balchiqqa botdi.
Yalli, yalli, yalli,
Yallining boshi.
Aminaxonning yoniga botgan,
Soylarning toshi.
Bu qo‘shiqda Aminaxon ismli qiz balog‘at yoshiga yetib, bir yigitning yolg‘on va’dasiga ishonib, homilador bo‘lib qolgani, onasi bilib qolgach, qiz nomusiga chiday olmasdan o‘z joniga qasd qilgani, uch kundan keyin uning jasadini ko‘prik tagidan topib olingani hikoya qilinmoqda.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling