b)labial singarmonizm elementlarini saqlagan so’z shakllaridan beshta misol yozing.
Labial singarmonizm bizda uchramaydi.
5. Birlamchi va ikkilamchi cho’ziq unlilar saqlangan so’zlarga beshtadan misol keltiring .
Bizning sheva vakillari orasida birlamchi cho`ziq unlilar qatnashgan so`zlar qo`llanilmaydi.
Ikkilamchi cho’ziq unlilar saqlangan so’zlar:
kelsang-ke:sӓη
bor-ba:(r)
6. Diftong unlilar bormi? Diftonglashishning qanday shakllari uchraydi?
Shevada diftonglashish uchramaydi .
7.Adabiy tildagi jarangsiz undoshlar shevada qaysi o’rinlarda jaranglashadi? Misollar yozib sharhlab bering.
Adabiy tildagi jarangsiz undoshlarni shevamizda ba`zan jarangsiz undosh bilan almashtirib qo`llash holatlari kuzatiladi masalan:
1.Mazkur –mӓskur
2.Ko`ylak –köjlӓj
3.Pinak-pϊnӓk
4.Fartuk-pӓrtuk
5.Qiliq-qϊlϊγ
8. Adabiy tildagi jarangli undoshlar shevada jarangsizlanishiga ham misollar keltiring.
Shevamizda jarangli undoshlarni jarangsizlanishi ko`plab uchraydi.Masalan:
1.asab-ӓsӓp
2.borib-bārϊp
3.yozib-jāzϊp
4.obtuva-āptuvӓ
5.kabutar-kӓptӓr
9. Adabiy tilda so’z boshida qatnashadigan undoshlar shevada qaysi undoshlar bilan almashishi mumkin?
So`z boshida kelgan undoshlarning shevada almashishi quyidagi holatlarda qo`llaniladi.
Masalan:
Foyda-pājdӓ
Yostiq-dāstϊq
10 .”H”undoshi talaffuzda bormi? U qaysi o’rinlarda o’zining adabiy tildagi mavqeini saqlab qoladi? Misollar keltiring. ”H”undoshi talaffuzda yo’q bo’lsa,uning adabiy tildagi o’rni qanday to’ldiriladi? Misollar keltiring. ”H”undoshi talaffuzda yo’q bo’lsa,uning adabiy tildagi o’rni qanday to’ldiriladi? Misollar keltiring.
Bizda H undoshi bilan boshlanadigan so`zlar kuchli pozitsiyaga uchrab “x” tarzida talaffuz qilinadi.
hunar- xunӓr
har kuni-xӓr kunϊ
hadik-xӓdϊk
hasta-хӓstӓ
huquq-xuquq
Do'stlaringiz bilan baham: |