Oʻzbek filologiyasi fakulteti 204-guruh talabasi Mamasharipova Nodiraning
Download 235.17 Kb.
|
Mamasharipova Nodira. Amalyot
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI Oʻzbek filologiyasi fakulteti 204-guruh talabasi Mamasharipova Nodiraning “Oʻzbek dialektologiyasi” fanidan “Dialektologik amaliyot ishi” Amaliyot rahbari: Turdialiyev Anvar Toshkent-2022
Mustaqillik sharofati bilan yurtimiz yanada gullab- yashnadi. Yurtimizning chekka viloyatlaridagi chekka mahallalar ham obodonlashtirildi. Men sizlarga o’sha mahallalardan biri bo’lgan, o’zim tug’ilib o’sgan maskanim haqida ma’lumot bermoqchiman. Aholining deyarli ko’pchiligini o’zbeklarning minglar urug’i tashkil etadi. Bundan tashqari aholi tarkibida naymanlar, yuzlar, naymanlar ma’lum miqdorda tojiklarning sinachi urug’i vakillari ham uchraydi. Aholining salmog’i 10 mingni tashkil etadi. Shundan 60 % ini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi. Bundan tashqari o’zbeklardan tashqari tojiklar, tatarlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar ham istiqomat qiladi. Ammo ular aholi tarkibini ma’lum bir qismini tashkil etadi. Bu aholiga bitta qishloq vrachlik punkti, ikkita maktab, bitta tikuvchilik sexi, bitta choyxona, bitta magazin va ko’plab do’konlar xizmat ko’rsatadi. Agar statistikaga murojaat qiladigan bo’lsak, aholining 95% ini o’zbeklar, 3 % ini tojiklar, 2 % ini boshqa millat vakillari tashkil etadi. Iqlimi kontenental bo’lib, yilning to’rt fasli ham o’z vaqtida namoyon bo’ladi. Suv yilning to’rt faslida ham oqib turadi. Aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik hisoblanadi. Bahor va kuz faslida namgarchilik biroz kuchli bo’ladi. Sabzavotlardan kartoshka, piyoz, pomidor, sabzi ko’p miqdorda ekiladi. Yiliga ikki mahal yig’im-terim ishlari amalga oshiriladi. Birinchisi iyun-iyul oyida, ikkinchisi oktabr-noyabr oyida olib boriladi. Download 235.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling