O’zbek miliy uyg’onish adabiyoti shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy estetik omillari
Adabiyotshunoslik muommolari Cho’lpon nigohida
Download 422.79 Kb.
|
Maruza matn
Adabiyotshunoslik muommolari Cho’lpon nigohida. 1913-yilda Cho'lpon I.G'aspiraliga maktub yozgan va «Tarjumon»da bosilgan. «Sadoi Turkiston» gazetasining 1914-yil 4-iyun sonida Cho‘lponning dastlabki îanqidiy asarlaridan biri — «Adabiyot nadur?» degan maqolasi e ’ion qilinadi. Uni yozganida Cho‘lpon 16 yoshda edi. M aqola shaklan ixcham bo‘lsa-da, mazmuni g‘oyat teran. 16 yashar o ‘smirning adabiyot haqida shunday tiyraklik bilan fikr yuritishi chindan-da, uning yuksak iste’dodidan dalolat beradi. Cholpon bu yoshda yozgan she’rlari ichida teranlikda, chuqurlikda ushbu maqola bilan bahslasha, yoki tenglasha oladiganini uchratish qiyin (biri badiiy, ikkinchisi publitsistik mohiyatli bo‘lsa-da). Shunga ko‘ra, ehtimol, she'riyatdan ham ko‘ra adabiy tanqidga qiziqish va u haqdu astoydil o ‘y-fikrga berilish Cholponda eriaroq kechgan boMsa, ajab emas, degan taxmin ham bo'lishi mumkin. Burilish pallalarida har bir xalqning buyuk farzandlari, buyuk adiblar ana shu savolga javob izlagan va hatto, xuddi shu sarlavha bilan maqolalar c ’lon qilgan. Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. Zéro, Cho‘lpon ham ol/bek xalqining ana shunday buyuk farzandlaridan biri edi. 0 ‘z davrida Cho‘lponning bir qancha zamondoshlari ham «Adabiyot, san’at nima?» degan savollarga javob izladi. Ozar, qozoq, tatar adabiyotlarida (o‘z vaqtida yaxlit «Turkiston adabiyoti* - deb yuritilgan adabiy jarayonida ham) bu masalalar atrofida tez-tez fikr yuritilgani m a’lum. Yuqoridagi maqolasida Cho‘Ipon, awalo, adabiyotriing ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida aniq va tiniq fikr yuritadi. Uning fikricha, adabiyoi millatni taraqqiy ettirish vositasi, uning ma’naviyatini ta’minlaydigan omildir. Shu asosda u «Adabiyot yashasa-millat yashaydi» degan juda katta va q at’iy xulosaga keldi. Yoki uni o ‘zbek xalqining tarixi mobaynida adabiyot haqida aytilgan cng muhim va aniq dasturiy fikr deb baholash mumkin. «Ha, to'xtamasdan harakat qilib turg'on vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdur. Adabiyot yashasa-millat yashar. Adabiyoti o‘lmag‘on va adabiyotning taraqqiyotiga cholishmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o'ydan, fikrdan mahrum qclib, sekin-sekin inqiroz bo‘lur»1. C h o ‘lpon Sharq klassiklari, arab, turk, hind yozuvchilarining asarlari bilan puxta tanish edi, u mustaqil o‘qib-o‘iganish oqibatida, o‘zi yashagan davrdagi ma’rifatparvarlik va estetik g‘oyalari ta’sirida g‘oyat yuksak madaniy saviyaga erishdi. C h o lp o n adabiyotning obrazli tabiatini teran tushunib yetdi, adabiyot inson ruhiyatiga bog'liq hodisa deb qaradi. «Adabiyot chin m a’nosi ila o ‘lgan, soUgan, qaralgan, o ‘chgan, majruh yarador ko'ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singigan qora balchiqlarni tozalaydurg'on, o‘tkir yurak kirlarini yuvadurg‘on, toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarni yorug‘ va ravshan qiladurg‘on, chang va tuproqlar to‘lgan ko‘zlarimizni artub tozalaydurg'on buloq suvi bo‘lganlikdan bizga g‘oyat kerakdur»1. Cho‘lponning o‘ziga xos obrazli ifodalagan bu fikrlari nainki o ‘z davri, yoxud bugungi kunimiz, balki kelajak uchun ham hech qachon qimmatini yo‘qotmaydi. «Sadoi Turkiston* gazetasi (1915, 6-fevra!)da chop etilgan «Muhtaram yozg‘uvchilarimizga» degan maqolasida C ho‘lpon shunday yozadi: «Muhtaram qalam ahílan milliy maishatni yoinon deb bezmay, zohira bo‘lsa ham to‘ylarda, gapxonalarda, bachabozlar majlisida! bazmlarda va shunga o‘xshash millatning eng tanqid qiladurg‘on o ‘rinlarida birga aralashib yurmaklari kerakdurki, toki komil o ‘sha odatlarni kitob sahifalarida chiroyliroq qilib yozgunday bo‘lsunlar. Milliy maishatdan bezgan bilan bezilib, ko‘milib ketaberadilar. Onda aralashib yurulsa, ondagi so'zlarni, odatlarni o‘i£anm oqqa bo'ladurki, kitob betiariga ko‘churub yozmoqqa materiallarning eng asllari xalq orasindan olinur. Ovropaning katta-katta muharrirlari o ‘shal o ‘zlarining yaxshiyomon odatlarining orasinda yuribdilar. So‘ngra qo'llariga qalam olib, yaxshisini yaxshú yomonini yomon ko‘rsatib yozubdurlar». Cho'lpon o'zbek yozuvchilariga qaratilgan murojaatida, hayotni chuqur o'rganishga da’vat etadi. Xalq urf-odatlari, rasm-rusumlari qoloqligini tanqid qilish bilangina cheklanmaslikka undaydi. Xalq turmushining turli qirralarini badiiy ifodalashda tanqidning zo‘rayib yoki biryoqlama bo‘lib ketishiga qarshi chiqadi. Yozuvchi ílkricha, xalqdagi mavjud ulkan fazilatlar va hayotdagi ibratli tom onlar to'g‘ri va aniq tasvir etilishi zarur. Maqola xalqchillik ruhi bilan sug‘orilgan. Tanqidchining fikricha, o ‘zbek qalam ahli va ziyolilari xalq hayotini chuqur o'rganishlari kerak; xalqning jaholatdan qutulishiga, yaxshi hayot kechirishiga yaqindan yordam berishi zarur. Bu mas’uliyatli ishni yozuvchi va ziyolilaming asosiy burchi deb biladi: «Bizga kolp teatru, ro'm on kitoblari yozmoq kerakdurkim, bu qarz bir hovuch ziyoli yoshlarimiz ila ahli qalam ustalariga tushadir». Cho‘tponning «chin adabiyot» uchun kurashdagi faol xizmatlarini keyinroq chop etilgan maqolalaridagi «Chig‘atoy gurungi» to ‘garagining faol a’zosi bo‘lganligi va uni himoya etib yozgan fikrlari ham 1 Cho'lpon. Adabiyot nadur? 28-bet. tasdiqlab turibdi. Maqolalardan birida adabiyotning «tugallanishi», ya’ni takomillashishiga katta e ’tibor berib, bunga «adabiyotga kira olmagan narsalami shafqatsiz sur’atda maydondan haydash» va badiiy asar tilini soddalashtirish orqali erishilar deb hisoblaydi. Cho’lpon «Chig‘atoy gurungi» vakillari xuddi shu yo‘lda faoliyat ko‘rsatgan Iarini aytadi: «...U jamiyatga mansub kishilar tilni soddalashtirmak maqsadini asos qilib ushiaganlari holda o‘zbek adabiyotining tugallanishiga ham katta ahamiyat berdilar. Tugallanadurg'on adabiyot chin adabiyot bo'lmogU kerak. Shuning uchun ular adabiy asarlarga haqiqiy qiymatini berib, adabiyotga kira o!mag‘an narsalami shafqatsiz suvratda m aydondan hayday boshladilar... «Chig‘atoy gurungi» asosini m ahkam qurg‘onüg‘i va chinakam to‘g‘ri chizg‘onlig'i uchun o‘zi yo‘q ketsa ham, o‘zbekning yangi adabiyotida yangi, porloq, sharafli sahifalar ochdi va ochmoqda davom etadir»'. «M aorif va o‘qitg‘uvchU jum ali (1925, № 7-8)da chop etilgan «Ulug‘ hindi» maqolasi ChoMponning adabiy tanqidchi sifatidagi chuqur bilimini, mustaqil mushohadalarini, xalqaro miqyosdagi adabiy tajribalardan shu vaqtdagi o‘zbek adabiyoti uchun fikr xos va muhim ekanini tushunib yetganini ko'rsatadi. Bu maqola, mohiyat e’tibori bilan zanionaviy jahon adabiyotidagi ilg‘or tamoyillami anglash va o‘zbek adabiyotiga olib kirish masalasida o‘z vaqtida o ‘sha butun Ittifoq miqyosi, hatto. rus tanqidchiligida ham deyarli yo'q edi. Keyinroq uning R.Tagorga bag'ishlangan yana bir maqolasi e’ion qilindi. Cho‘lpon Tagor ijodiga munosabat asnosida o'zbek adabiyotining rivoji qay yo‘ldan borishi kcrakligi haqida qimmatli mulohazalarini bayon qiladi. «Yo‘liizlik»dan qutilish chorasini izlaydi. Zotan uni mumtoz adabiyot yo‘nalishi ham , mainlakatdagi davr adabiyotining yo‘nalishi ham qoniqtirmayotgan edi. Cho'lpon R.Tagordek buyuk san’atkorlar tajribasidan kehb chiqib, yangi o ‘zbek adabiyotini yaratish masalasini yechishga narakat qiladi. Um um an, 20-yillarda yozilgan boshqa qator maqolalarida ham bu masalaga qayta-qayta munosabat bildiradi. Buning uchun, birinchi navbatda, Sharq bilan G ‘arb san’atlarini o‘zaro uyg‘unlashtirmoq va m azm un bilan shaklning muvozanatini uddalamoq kerak deb hisoblaydi. Zéro, R.Tagor ijodidagi betakror milliy ranglar, Sharq va G‘arb an’analarining sintezi Cho‘lpon e'tiborini tortgan edi. Cho‘lpon she'riyati va romanlarida Sharqqa xos shartlilik. ko‘tarinkilik, donish- mandlik, G ‘arbga xos psixologik realizm, xarakterlar mantig'idagi ochiqîik va o‘ktamlik, ularni chuqur dalillash bor edi. Cho‘lponning 20-yillardagi aksar muhim maqolalarida, shuningdek, «Ulug‘ hindi» maqolasida ko‘tarilgan asosiy muammo-yangi o'zbek adabiyotining ravnaqi masalasi edi. Cho‘lponning sa’y-harakatJari batamom zoye ketishi mumkin enias edi. Uning bu boradagi izlanishlari, ilgari surgan ilmiy-estetik qarashlari uning o‘z maslakdoshlari - Fitrat, Qodiriy, Elbek, Botu, Oybek, Mirtemir kabi ijodkorlaming poetik dunyoqarashiga, shubhasiz, o‘z ta’sirini o‘tkazdi, millatparvar adabiyot ixJosmandlarining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. C holponning «Ishtirokiyun» gazetasida (1920) bosilgan «Sho‘ro hukumati va sanoye’ nafisa» maqolasi ham nazariy teranligi, qamrovning kengligi, saimog'i, davrning muhim muammosini ko‘tarib chiqishi jihatidan ajralib turadi. Bu maqola haqida turli qarashlar mavjud. Jumladan, Ozod Sharafiddinov 60-yillardagi tadqiqotlaridan birida «Sho‘rolar hukumati va sanoye’ nafisa» maqolasi Cholponning «sovetlar pozitsiyasiga o‘tgan»ini bildiradi degan fikrlarni aytgan edi. Kcyinchahk bu fikmi biroz o'zgartirib, Cholpon maqolani «gazetaning topshirig‘i bilan muayyan tazyiq va tadbirlar asosida yozgan bolishi mumkin»ligini qayd etadi va yozadi: «San’at sho'rolar zamonida xalqniki bo‘lib qolganini aytarkan, mening nazarimda, bu maqolada Cholpon jinday «quvlik» qilayotganday tuyuladi. Maqolaning ko‘pgina joyi kinoyaviy ohangga ega, go‘yo muallif o‘sha paytlarda markaziy matbuotda ko'plab bosila boshlagan «sovet ruhidagi» tashviqiy maqolalarga parodiya yozgandek...» Shu tariqa maqoladan keltirilgan parchalami sharhlay turib, olim maqolani kinoyaviy ohangda yozilgan parodiya tarzida izohlaydi. So‘ngra, «mening bu fikrim bahsli bo'lishi mumkin», deya ta’kidlashni ham unutmaydi. Tushunish mumkin, O.Sharafiddinovning birinchi fikri sho‘ro davrida ham Cholpon millatchi shoir deb batamom qoralanib turgan paytda, uni qanday qilib b o isa ham «o‘z» shoirimizga aylantirish maqsadida aytilgan edi. Ikkinchi fikr — sho‘roviylik, sho‘roni madh etish, endi ijobiy emas, aksincha, saibiy ahamiyat kasb etgan m a’noni bildiruvchi bir zamonda aytilmoqda. Aslida Cho’lponning yuqoridagi maqolalariga diqqat bilan nazar tashlasangiz, unda kinoya ham yo‘q, sho‘ro tuzumi haqida ayrim ijobiy fikrlar aytilgani bilan, uni uluglash ham yo‘q. Cho’lpon ham barcha qatori davr farzandi edi. Shu ma’noda maqolada u davr farzandi sifatida zamon va adabiyotning o‘zaro munosabatlari haqida m ulohaza yuritmoqda. Lekin hozir gap bu haqda emas. Cholponning maqoladan asosiy maqsadi ham bu emas edi. Uning asosiy m aqsadi, o ‘zbek adabiyoti ana shunday murakkab sharoitlarda qanday yo‘ldan borishi kerak, qaysi yo‘lni tutishi kerak degan savolga javob izlamoqdan iborat edi. Lunacharskiyning bevosita ta’sirida yozilgan Cholponning yuqoridagi maqolasida biz xuddi ana shu izlanishlami ko‘ramiz. Sho‘ro va adabiyotning ijtimoiyligi haqidagi ayrim ijobiy fikrlar Cho'lponni aslo sho‘ro maddohiga aylantirib qo‘ymaydi. Uning 1920-yildan keyin yozilgan, istiqlol ruhi bilan sug‘orilgan asarlari buning dalilidir. Maqoia zamirida, eng asosiysi, sho'ro hukumati sanoye’ nafisani boshqargani bilan o'zbek adabiyoti o‘zini, o‘zligini yo‘qotmasligi kerak, o ‘z qiyofasini saqlab qolishi kerak, dcgan ruh yotibdi. Maqoia zamiridagi ana shu ruhi bilan qimmatlidir. Cho’lpon munaqqid sifatida qalam tebratar ekan, sira tor tanqidbozlik yoxud ilmpazlik yo‘lidan bormadi, mayda guruhlar manfaatini ko‘zlamadi, aksincha, hamisha adabiyot va san’atning yirik masalalari haqida fikr yuritdi, maqsadlarini millat madaniy taraqqiyoti uchun kurashga safarbar etdi. Cholponning hamma maqolalari bir xil saviyada yozilmagan, albatta. Ular ichida bugun uchun ahamiyatini yo‘qotganlari ham bor. Ba’zilari hatto tanqidga ham muhtoj. Lekin Cho‘lponning aksar maqolalari uchun xos bo‘lgan xususiyat shundan iboratki, ularda: 1) o ‘zbek xalqining adabiyoti, madaniyati, san’ati jahondagi ilg‘or xalqlaming darajasiga ko‘tarish uchun kurash yotadi; 2) maqolalar mohiyatini millatparvarlik va badiiy teranlik masalalari tashkil etadi; 3) m aqolalarda muallifning shoir qalbi tepib turadi. Cho‘lpon qator maqolalarida o‘zbek kitobxonini jahon adabiyoti bilan tanishtirishni ko‘zladi. Hind adibi Tagor, turk shoiri Tavfiq Fikrat haqidagi maqolalar bunga misol bo‘la oladi. Tavfiq yangi yo‘nalishdagi turk she’riyatining asoschisi bo‘lib, ajoyib romantik she’rlarida m a’rifatparvarlik g‘oyalarini, insonparvarlik qarashiarini ilgari surgan edi. Cho‘lpon Sharq mamlakatlarida shuhrat qozongan ana shu Tavfiq Fikrat lirikasining xususiyatlarini ochib beradi. Maqoladan Cho'lponning turk adabiyotini, turk she’riyatini juda chuqur bilgani va unga teran bir nazar bilan qaragani sezilib turadi. C boipon — teatr tanqidchisi. Cho‘lpon sahna san’ati haqida, sahnalashtirilgan qator asarlar haqida maqolalar, taqrizlar yozib, bu sohada ham o‘zining chuqur bilimi, yuksak didi va teran mahoratini namoyon eta oldi. To‘g‘ri, Cholponning ham m a maqola, taqrizlari yuksak saviyada yozilgan deyish qiyin, ular ichida juda tez va yoi-yo‘lakay yozilganlari ham bor. Teatrda adabiy maslahatchi b olib ishlagani bois asarlar muhokamasida og‘zaki aytgan fikrlari, matbuotda maqola tarzida, mulohaza tarzida bosilib ketganlari ham yo‘q emas. Lekin, bundan qat’i nazar, nainki ayrim jiddiy maqola va taqriz, balki hatto ba’zan bir qarashda e ’tiborsizdek, um um iy flkrlardangina iborat boMib ko‘ringan maqola va taqrizlarda uchrovchi ayrim teran va chuqur mulohazalaming o‘ziyoq Cho'lponga 20—30-yillarda endigina shakllanayotgan realistik adabiy tanqidchilikning o‘ziga xos ijod turi-alohida fan sifatida oyoqqa turishida muhim o‘rin tutgan munaqqid sifatida qarashga to la asos beradi. C ho'lpon tanqidchilikning taqriz, maqola va portrct singari janrlarining yuzaga kelishi, qaror topishida alohida xizmat ko‘rsatdi. Davrning professional tanqidchilaridan qolishmaydigan darajadagi maqola, taqrizlar yozdi. Cho'lpon adabiy tanqidda janriy rang-baranglikka intildi, qarashlarini turli shakllarda namoyon cldi. Bu jihatdan, uning taqriz janridagi jalji-jajji chiqishlari e’tibom i tortadi. Aksariyat taqrizlarini u o‘zbek teatrida sahnalashtirilgan dramatik asarlarga bag‘ishladi. Cho'lpon 20-yillaming boshlarida Fitratning «Chin sevish» va «Abo Muslim* dramalariga taqriz yozdi. Bularda ikki muammo: 1) dramatik asaming badiiy-estetik qimmatini ochish; 2) dramatik asaming sahna asariga aylanish jarayoni tufayli g‘oyaviy-estetik ta’sirning mohiyatini ochish ko‘zga yaqqol tashlanadi. Chunonchi, tanqidchi Fitratning «Chin sevish dramasi haqida yozar ekan, muallif ijodini baholashda faxru fazl usulidan foydalanib, quyidagi fikrlarni bildirdi: «Yaqinda o‘zbek sahnasi ulug‘ va ulug‘ligi qadar yuksak va go‘zal bir tomosha ko‘rdi. Tanqid va taqriz qilishni men bajara olmayman. Biroq bu to‘g‘rida yozmoqlik menga tushganligidan ko’p chuqur bo’lmagan qarashni yozib ketaman»1. U dramaturg sha’niga mubolag‘ali madhiya bitmaydi, lekin asar tomoshabinlar didini o‘stirishi, bu teatrning katta yutug‘i ekanini ta’kidlaydi: «tomoshachi xalqimiz buyuk armonli zarif adabiy asarlarga ham tushunib keladir. 1 Cho'lpon. Adabiyot nadur? 98-bet. Bu o ‘zbek sahnasining zo‘r bingishi, shunday g‘ururlanuv kerak». Cho‘lpon dramadagi obrazlami tahlil qilar ekan, ulaming sahnada ijrosi masalasiga alohida e ’tibor qiladi. Nuriddin rolini Uyg‘ur yaxshi o ‘ynaganini ta ’kidlaydi, lekin so‘nggi parda ruhsiz chiqqanidan achinadi. « 0 ‘zbek sahnasi yoshdir. Uning uchun munday zo*r narsalar balki og'ir bo‘lar edi*, — deb yozadi. 0 ‘zbek sahnasida hali yaxshi asarlar qo'yilishiga ishonadi. Fitratning «Hind ixtilolchilari» yozib tugatilganidan xabardorligini m a’lum qilarkan, uni sahnada ko'rishni orzu etadi. «Sahnamiz, jo n lan a, yuksala...» - deb hayajonini, ishonchini yakunlaydi. M unaqqid Fitratning «Abo Muslim s haqida yanada dadilroq fikr yuritadi. «Tomoshabinga aralashguvchi qahramonlaming ko‘pchiligi, ham tarixning eng chuvalgan davridan olinib yoziIg‘oni uchun tomoshaning so‘nggiga uning natijasini to‘la ko‘rsataturg‘on bir ko‘rinush ortdirilg£on. Bu ko‘rinush xiyla muvaffaqiyatlik tuzilgan», deb yozadi. Ayni vaqtda asarda Fitratga xos «so‘z ustalig‘i xiyla kuchlik»ligi, bu jih atd an tom osha «katta bir adabiy ahamiyatga molik* ekanini ta ’kidlaydi. Cho‘lpon G'.Zafariyning «Halima» musiqali dramasini keng tahlil qiladi. 1922-yilda «Namozbozlar hayoti», «Xiyonatkorlar jazosi», «Er-xotin», «Arshin mol olon haqida bir yo£la to‘rtta maqola yozadi. Shuningdek, o‘zbek sahnasida qo‘yilgan «Gunoh», «Uzun quloq bobo», «Kovai ohangaron» kabi asarlami ham diqqatdan qochirmadi — ular haqida taqrizlar yozib, yutuq va kamchiliklarini atroflicha baholadi. Bular bari Cho’lponning 20-yillarda adabiy va teatr tanqidchiligining faol jonkuyarlaridan biri bo'lgani, zamondosh dramaturglar ijodiga hurmat hamda adolat bilan yondashganini ko'rsatadi. Haqiqiy tanqidchi hech qachon o‘z e’tiqodidan, qarashlaridan qaytm asligi. manfaatbozlikka, noxolislikka berilmasligi, hamisha haqqoniy, halol fikr yuritishi kerak. Cho’lponning 20-30-yillarda yozilgan aksar maqolalarida shu xususiyatlar xos ekanini ko‘ramiz. Xulosa qilib aytish mumkinki, shoir va adib Cho‘lpon o ‘zbek tanqidchiligida adabiy jarayonning sergak kuzatuvchisi, teran va haqqoniy fikrlaydigan, o'tkir muam molarni ko‘tarib chiqadigan munaqqidlardan biri sifatida o‘z o‘riga ega.
“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalidagi adabiyot materallari ichida “Adabiy taftishlar va tarjimai hol” bo‘limida berib borilgan shoirlar ijodi, shaxsiyati, asarlari ustida olib borilgan tadqiqotlar ham alohida o‘rin tutadi. Masalan, mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida A. Niyoziy, A. Fitrat, A. Zohiriy, I. Hikmat, A.Nazm kabi ijodkorlar va F.Rahmon kabi talaba tomonidan chop eilgan maqolalar buning dalilidir. Jumladan, Ashurali Zohiriyning “Navoiyning yubileyi va tarjimai holig‘a yangi bir sahifa” nomli maqolasida 1927-yilda Navoiyning tavallud kuni O‘zbekistonda nishonlanmagani, shoirning mufassal tarjimai holi tuzilmagani haqida kuyunchaklik bilan bunday yozadi: “Lekin biz, Navoiyni kattamizdan kichigimizg‘acha, savodlilarimizdan savodsizlarimizg‘acha bilgan, tanig‘onmiz. Uning tilidan, falsafasidan hikmatli so‘z va qochirmalaridan foydalang‘onimiz va lazzatlang‘onimiz holda, uning ehtiromini joyig‘a yetkiza olmadiq. Ulug‘ bobomizning yubileyisini yaxshilab qarshi ola olmadiq”. Ashurali Zohiriy maqolada 1940 - yilda Navoiyning 500 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish, uni munosib o‘tkazish masalasini kun tartibiga qo‘yadi. Jurnalning “G‘arb adabiyoti”, “Adabiyot” ruknlari ostida 20-30- yillar o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida asosiy o‘rin tutuvchi rus, ingliz, xitoy, turk, ozarbayjon, tatar va tojik tillaridan tarjima qilingan asarlar bilan tanishtirib borildi. Turli mavzulardagi 32 ta she’riy va nasriy tarjima asarlar Turkiston xalqini xorijiy xalqlar adabiyoti, san’ati bilan yaqindan tanishtirishi barobarida tarjimonlarning dunyoga mashhur shoir-u adiblari ijod tajribasini o‘rganishida beqiyos ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbek tarjima san’atining rivoji uchun estetik zamin vazifasini o‘tadi. XX asr 20-30-yillari o‘zbek adabiyotida badiiy asarlarning adabiy jarayonda va adabiy muhitdagi o‘rnini baholovchi adabiy-tanqidiy maqolalarning salmoqli qismi “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalida nashr etildi. “...Adabiyotning bir qismi adabiy tanqid esa jamiyat badiiy taraqqiyotini ilmiy bilishning aniq ko‘rinishidir” . Shubhasiz, bu maqolalar ham adabiy jarayon, adabiy muhit tarixini o‘rganishda muhim adabiy manba vazifasini o‘taydi. Jurnaldagi “Bugungi she’rlarimiz va san’atkorlarimiz”, “Adabiyot to‘g‘risida xato nazariyalar”, “Ulug‘ hindiy”, “Turk adabiyoti tarixi”, “Rusiyaning buyuk adiblari”, “Ahmad Yassaviy” nomli maqolalarni adabiy-tanqidiy yo‘nalishdagi maqolalar, “Birinchi o‘rnak darsligi”, “Ikkinchi o‘rnak darsligi”, “Uchinchi o‘rnak darsligi”, “O‘qish kitoblarida fanniy xatolar”, “Qo‘llanma va darsliklar tevaragida”, “Sovg‘a” to‘g‘risida fikrlar”, “Savodsizliqni bitiruvchining yo‘ldoshi” maqolalarni esa pedogogik xarakterdagi tanqidiy maqolalar sifatida tasnif qilish mumkin. Jumladan, Vadud Mahmud kabi olimlarning adabiy-tanqidiy maqolalarida o‘sha davrning estetik mezonlari belgilandi, milliy adabiyotning Vatan va millat manfaatlariga xizmat qilishi zarurati asoslandi, jahon badiiy tafakkuri darajasiga yuksalishi masalasi ko‘tarildi. Ana shu jihatdan, adabiy-tanqidiy maqolalar davr adabiyoti rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi, millatning ma’rifatini yuksaltirdi. Ayni fazilatlariga ko‘ra, bu maqolalar adabiyotimizning bugungi rivoji uchun ham alohida ahamiyatga ega. Download 422.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling