O’zbek miliy uyg’onish adabiyoti shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy estetik omillari


Download 422.79 Kb.
bet6/11
Sana21.04.2023
Hajmi422.79 Kb.
#1368706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruza matn

Ilmiy ishlari
O‘zbek tilida bolalar uchun darsliklar:
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Tarix”, “Turkiy Guliston yohud ahloq”.
Pesalari:
“To‘y”, “Qurultoy”, “Layli va Majnun”, “Ikki muhabbat”, “Advokatlik osonmi?”, “O‘liklar”, “Pinak”, “Biz va siz”, “Bo‘ron”, “Portugaliya inqilobi”.
Masallar:
“Tulki va qarg‘a”.
Dostonlari:
“Mardikorlar ashulasi”, “Vatan”, “Maktab”, “Bog‘cha”, “Yalqov shogird tilidan”, “Tog‘lardan bir manzara”, “Millatga xitob”, “Ishchilardan tortiq”, “Ko‘klam keldi”, “Tovush”.
Maqolalari:
“Maqsad va maslak”, “Xolimizga doir”.
Hikoyalari:
“Hasad balosi”.
Boshqa ishlari:
1907 yil o‘zbek tilida “Shuhrat” gazetasini nashrdan chiqaradi.
1913 yil “Turon” truppasiga asos soladi.
1917 yil “Osiyo” gazetasini nashrdan chiqaradi.


Ashurali Zohiriy Ashurali Zohiriy 1885 - yil Qo‘qon shahri yaqinidagi Oyim qishlog‘ida mehnatkash, zahmatkash o’zbek dehqoni xonadonida tug‘ilgan. Bu yerda Zohiriy eski uslubdagi maktabda ilk saboqlarini oladi. 1907- yilda o’sha davrdagi eng yirik madrasalardan biri bo’lmish Madalixon madrasasida ta’lim olgan. Ushbu madrasada u arab, fors, mumtoz sharq hamda o‘zbek adabiyotini, tarix va islom huquqshunosligini zo’r qiziqish bilan o‘rganadi. 1908 hamda 1913 yillar oralig’ida u o‘zining “Yangi usul” deb nomlangan mualliflik uslubida Qo’qon shahri maktablarida dars bergan va ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Uning yaratgan ta’lim uslubi klassik o‘zbek va sharq mumtoz adabiyoti namunalarini o‘rganib, chiqargan xulosasiga asoslangan edi. Mazkur yillar oralig’ida Zohiriy rus, turk, ozarbayjon, tatar tillarini puxta o’zlashtiradi. 1910- yilda Qo’qon shahridagi jadid ma’rifatchilarining yetakchisi sifatida ,,Taraqqiyparvarlar jamiyati’’ga asos solidi. Ushbu tashkilotning 5-6 moddadan iborat bo’lgan o’zining programmasi hamda ustavi bo’lib, asosan xalq ta’limini qo’llab quvvatlash va ushbu maqsad yo’lida kuchlarini birlashtirishdan iborat bo’lgan edi. Tashkilot Qo’qonda bir necha yangu usulda o’qitiladigan maktablar tashkil qiladi. Tashkilot Shuningdek, bu yillarda Hazrat Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul lug‘atayn” va “Vaqfiya”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” singari asarlarini nashrdan chiqaradi. Hazrat Alisher Navoiyning ,,Muhaokamat ul-lug’otayn’’ asarini alohida xusnihatda ko’chirib, 1917- yilda Qo’qonda joylashgan Vayner kutubxonasida nashr ettirgan. 1914-yilda o’zbek tili haqidagi “Ona tili” kitobini yozadi. Unda Hazrat Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul lug‘atayn” asarida keltirilgan o‘zbek tili tarixi to’g’risida fikr bildiradi. Ashurali Z1914-yilda Turkistondagi eng mashhur nashrlardan hisoblangan “Sadoyi Farg‘ona” gazetasining birinchi sonida nashr etilgan “So‘zboshi” deb nomlangan maqolasida butun millatni millat ravnaqi va ajdodlardan qolgan milliy merosni asrab - avaylashga chaqirdi, ushbu maqola xalqning ma’naviy tiklanishiga intilishini ifodalaydi. Gazetalar har bir xalqqa hodisalardan xabardor bo‘lishga, yangiliklarni bilishga imkon yaratadi, deb yozgan. Milliy matbuotning kishilar ongini o’zgartirishdagi, ularning dunyoqarashi va tafakkuri yangilanishidagi ahamiyatini teran anglagan Ashurali Zohiriy “Gazetasiz millat tilsizdir. Inson hayoti uchun suv va havo zarur bo‘lgani kabi, millat hayotini saqlab qolishda ham adabiyot va gazeta zarur” degan fikrlarni aytib o’tadi Ashurali Zohiriy “Tarjumon” gazetasi muxbirligi va nashriy faoliyati bilan shug‘ullanib, unda o‘zining yangi maqolalarini nashr ettiradi. “Tarjumon” gazetasini o‘qigan bolalar 40 kun ichida turk tilini o‘rgana olishgan. U Bog‘chasaroy tumanining Qaytmas og‘a mahallasidagi maktabda dars bergan va shu bolalar misolida “Tarjumon” gazetasi yordamida bolalar tez orada til o‘rganishi mumkinligini isbotlagan. 1912 – 1913 yillarda Zohiriy Qozon shahriga boradi va u yerda tatar musulmonlari foydalanayotgan ta’lim jarayonlaridagi innovatsion usullarni o‘rganib qaytadi. U yerda Zohiriy murabbiylar qo‘llayotgan yangi uslullarni o‘rganish bilan birgalikda, madrasalardagi turklar tarixi o‘qituvchisi, millati tatar bo’lgan - Ahmad Zokiy Validiy bilan uchrashadi. 1913- yilda Zakiy Validiy arxeologiya tadqiqotlari bilan Qo’qon shahriga keladi va Ashurali Zohiriyning xonadonida 3 oy davomida yashaydi. Ikki buyuk ma’rifatparvar Turkiston o’lkasidagi xalq ta’limi , til va adabiyot ta’limi, tarix va ilm-fan masalalarida to’xtovsiz bahs va munozaralar olib borganlar. Mazkur jarayonlar Ashurali Zohiriyning olim sifatidagi faoliyatida ham alohida o’rin tutadi. Ashurali Zohiriy o’zbek tilida birinchi bo’lib boshlang’ich sinflar uchun ,,Imlo’’ darsligini yaratib 1916-yilda Qozon shahrida nashrdan chiqargan. U bilan do‘stligi sababli, uning “Turklar tarixi – tatar” kitobini o‘rganib chiqadi. Ushbu Turkiston tarixi haqidagi qimmatli kitob Farg‘onada xonlarning uzoq yillardagi hukmronlik tarixi va xonlarning Turkiston o’lkasidagi o‘rnini o‘rganishda yordam beradi. Qo‘qonga qaytgach, u “G‘ayrat” deb nomlangan kutubxonani tashkil etadi. Qo‘qon shahridagi rus-tuzem maktabida faoliyat yuritib, 1912-yilda Serkiboy Oqayev bilan birgalikda “Turkiy xrestomatiya yoxud terma kitob” deb nomlangan asarini yozadi. Unda yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy faoliyatning ko‘plab usullari bayon etilgan, u badiiy va didaktik mahorat namunasi bo‘lgan. 1916-yil uning “Imlo” maqolasi nashr etilgan.
1913 – 1914 yillar ilmiy ish bilan shug‘ullanish uchun Farg‘onaga jo‘naydi. U Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho‘lpon, Nazir To‘raqulov va Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on bilan birgalikda yashagan, ular birga ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy faoliyat olib borishgan. 1917-yil Mahmudxo‘ja Behbudiy va Ubaydulla Xo‘jayev singari jadidchilik harakatining ko’zga ko’ringan vakillari bilan birgalikda Turkiston o’lkasining Rossiyaga qo’shilishiga qarshilik ko‘rsatgan. Shu bilan birgalikda , bu yillar u Bulat Soliev, Qori Niyozov va Xodi Fayzilar bilan ishlab, pedagogik faoliyatini ham to‘xtatmagan, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan dars beradi. Ashurali Zohiriy ishbilarmon va tadbirkor inson bo’lgan. 1912-1917- yillar oralig’ida Oyim qishlog’idagi kichik kredit jamiyatida rais, 1918-1919-yillarda qo’qon kooperatsiyasida rahbar vazifasida xizmat qilgan edi. Harakter jihatdan don ova donishmand, o’zgalarga hamisha yordam berish istagida bo’luvchi Zohiriyning atrofi hamisha ishbilarmon yoshlar va badavlat insonlar bilan to’lgan edi.
Sobiq tuzum millatparva ziyolilardan hamisha qo’rqqan. Ular taratayotgan ziyo xalqning uxlab yotgan qalbini yoritishini bilgan, limning qudratini anglagan. Shuning uchun ham ular ziyolilarni yo’q qilish yo’lidan bordilar. Ashurali Zohiriy 1931-yilda hibsga olinadi va sud qarori bilan mehnat lageriga yuboriladi. Og’ir sharoitda ishlash, tinimsiz og’irliklar Zohiriyning sog’ligiga ham jiddiy putur yetkazadi. Millat ziyolisi umrining qimmatli besh yilini ana shu og’ir kunlarda o’tkazadi. 1936-yil mehnat lageridan qaytib keladi, lekin u doimiy ravishda tekshiruv ostida bo‘lib, uning ijodini kuzatib borar edilar. O‘sha paytda ziyolilarning kelajak avlodlarini ilmli, ziyoli qilib tarbiyalashga urinishi hukumron tuzumga yoqmaganligii maʼlum. Qatʼiy choralar ko‘riib, ular hiyonatkor sifatida ushlangan edi. 1930-yilda go‘yo “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilotiining Farg‘ona bo‘limi “Botir gapchilar” tashkiiloti fosh etiladi. Ashurali Zohiriy ham “Botir gapchilar” tashkilotiining aʼzosi degan bir bahona bilan hibsga olinadi. Zohiriyni OGPU (Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi) tomonidan 1931-yil 10 yil muddatga mehnat tuzatish lageriga hukm qilishadi. U 1936-yil jazoni muddatidan avval o‘tab qaytadi. Ammo endi ziyolilar o‘sha davr uchun go‘yo keraksiz edilar. Shu bois 1937-yilda O‘zbekistom Sovet Sotsialistik Respublikasi IIXK (Ichki ishlar xalq komissarligi) Zagvozdiin qarori bilan Qo‘qon shahri maorif boshqarmasi o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan ashurali Zohiriy turkparast, aksilinqilobiy “Milliy ittihodi”, “Botir gapchilar” tashkilotlari aʼzosi sifatida qamoqdan qaytganidan so’ng, Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho‘lpon, G‘ozi Yunus kabi ziyolilar bilan aksiinqilobiy tashkilot tuzgan degan bahona bilan yana qaytadan qamoqqa olinadi. Tarixdan maʼlumki, o‘sha vaqtda juda ko‘p millat ziyolilari qamoqqa olingan va o‘limga hukm etilgan edilar. IIXK (Ichki ishlar xalq komissarligi) qoshidagi “Uchlik” sudi Zohiriyni otushga hukm qiladi va 24 kun qamoqda yotgangan yana bir o‘zbek ziyolisi uchun hukm ijro etiladi. 1937-yilning 5-sentabr kuni xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvdan keyin hibsga olinadi. Ashurali Zohiriy turli dalillar, yolg’on guvohliklar vositasida aybdor deb topiladi hamda 1937-yil O‘zbekiston SSRning ichki ishlar hay’ati Zohiriyni otib o’ldirish qarorini qabul qiladi. 1937-yilning 28-dekabr kunida Ashurali Zohiriy otib o‘ldirilgan. Ijodkor vafotidan keyin, Stalinning o‘limidan so’ng 1958-yil 15-sentabr kunida oqlangan.


Download 422.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling