O’zbek miliy uyg’onish adabiyoti shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy estetik omillari
Yangicha ma’rifatparvarlik va milliy uyg’onish adabiyoti
Download 422.79 Kb.
|
Maruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axmad Donishning
- Furqat
Yangicha ma’rifatparvarlik va milliy uyg’onish adabiyoti
Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi. Bu mustamlakachilik mohiyatini Turkiston o’lkasi general – gubernatorlaridan biri A.N.Kuropatkinning o’z kundaliklarida, biz Turkiston halqlarini yarim asr mobaynida jahon madaniyati va sivilizatsiyasidan chetda tutib turdik, degan so’zlari yaqqol anglatadi. Lekin, ayni paytda, rus taraqqiyparvar ziyolilari orqali rus va jahon ilm – fani va madaniyati ham chor ma’muriyati to’siqlari orasidan sizib kirar edi. Shu ijobiy ta’sir asta – sekinlik bilan mazlum Turkistonda yangi uyg’onish davrini boshlab berdi. Mahalliy ziyolilar orasida o’z halqini ozod ko’rishga va jahonning boshqa millatlari bilan tenglasha oladigan darajaga olib chiqishga intilish natijasida bu uyg’onish Ovrupo ma’rifatchiligiga nisbatan juda shiddatkor hamda miqyosli bo’ldi. Shuningdek, o’rta asrlar o’rtaga tashlagan ma’rifatparvarlik g’oyalari uchun ham endilikda amaliy shakllarda yangicha - ma’rifatchilik tarzida namoyon bo’lish imkoniyati yaratildi. Zero o’sha g’oyalarni yangilangan shakllarda amalga oshira oladigan faoliyatli ziyolilar vujudga kelgan edi. Ularni keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar. Ma’rifatchilik asosan uch soha orqali tezkor tarzda taraqqiy topib bordi. Bular -maorif (yangicha maktablar ochish, ta’lim usulini yangilash); -san’at (badiiy adabiyot, teatr); -va matbuot. Pirovard maqsad millatni, bir tomondan, ilmli – ma’rifatli qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg’unlashuvi natijasida o’zligini, o’z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga etkazish edi. Turkiston ma’rifatchilari tomonidan ana shu maqsadni amalga oshirish yo’lida katta ishlar qilindi. Turkiston ma’rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g’oyalar asosan badiiy va didaktik shakllarda o’z aksini topdi. Ayni paytda an’anaviy axloqiy tushunchalar bilan fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho – hukmdor shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi. Agar xukmdor adolatli siyosat yurgizsa, mamlakat hayotining hamma soxasi uchun adolatni mezon qilib olsa, san’atning gullab yashnashiga yo’l ochib bersa – halq xayoti farovon bo’ladi, fazilatlar kuchayib, illatlar zaiflashadi. U, xukmdor donishmandlik fazilatiga albatta ega bo’lishi lozim, davlatning mohiyatini aql belgilaydi, degan xulosaga keladi: oqilona boshqarilgan mamlakat aholisigina ma’rifatli va yuksak axloq egalari bo’la oladi. Shu jihatdan o’zbek, va tojiq halqlarining mutafakkirlari Axmad Donishning (1827 – 1897) «Navodir ul – vaqoe» asari diqqatga sazovor. Axmad Donish o’z asarlarida Buxoro amirligi davlat tuzumini Rossiya davlat tuzumi bilan solishtirib, uni islox qilish lozimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, Axmad Donish o’z davridagi joxillik, riyokorlik, poraxo’rlik singari illatlar jamiyatni tanazzulga olib borishini ta’kidlar ekan, din peshvolarining noto’g’ri yo’lga kirib ketganini, shayxlarning yolg’onchiligini, ulomolarning poraxo’rligini fosh qiladi. Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Berdaq (1827 – 1900) she’rlarida ham o’sha davr axloqiy muhiti o’z aksini topadi; u ham din peshvolarining o’zi oxiratga ishonmasliklarini, tovlamachilik, ochko’zlik, tekinxo’rlik illatlariga mubtalo bo’lganliklarini va bu bilan islom ildiziga bolta urayotganliklarini qattiq tanqid ostiga oladi. Buyuk o’zbek mumtoz shoiri Furqat (1858 – 1909), Muqimiy (1859 – 1903), Dilshod – Barno (1800 – 1906) asarlaridagi axloqiy muammolar taraqqiyparvarlik g’oyalari bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Chunonchi, Furqat «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Tarjimai holl» kabi asarlarida ma’rifatli bo’lish yuksak axloq egasiga xos xislat ekanini, lekin, nodonlik oxir – oqibat turli xulqiy notavonlikka olib kelishini ta’kidlaydi. Shoir g’azallaridan birida shunday deb alam bilan yozadi: Charxi qajraftorining bir shevasidin dog’men, Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur. Muqimiyning xajviy asarlarida esa o’sha davrda avj olgan firibgarliklar, amaldorlarning noinsofligi, adolatsizligi qattiq tanqid qilinadi. Shoirning «Voqeai Viqtor», «Voqeai qur Ashurboy xoji», «Tonobchilar», «To’y» singari asarlari Turkiston halqlari oyog’idan tobora tubanlikka tortayotgan illatlarni ayovsiz fosh etadi. Bu satrlarda ko’tarilgan adolatsizlik muammosi orqali o’sha davrdagi ijtimoiy – axloqiy manzara yaqqol namoyon bo’ladi. Download 422.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling