O’zbek milliy Estrada xonandaligi rivojlanishining tarixi


O`zbek milliy Estrada xonandachiligining asoschisi haqida qisqa ma’lumot


Download 60.53 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2023
Hajmi60.53 Kb.
#1311474
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Халиков Ж курс иши

3. O`zbek milliy Estrada xonandachiligining asoschisi haqida qisqa ma’lumot
Milliy estrada san'ati asoschilaridan biri, zamonaviy o‘zbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targ‘ib etish, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk san'atkor, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning ijodiy merosi yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov 1936 yil 26 aprelda tavallud topgan. Uning ijrosidagi qo‘shiqlar xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, qachon yangramasin kishiga o‘zgacha xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Botir Zokirov 1956 yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etib, katta shuhrat qozongan. U kuylagan opera ariyalari, o‘zbek xalq qo‘shiqlari, xorij shlyagerlari o‘z davrida dunyo bo‘ylab tarqalgan. Xonandaning repertuaridan milliy qo‘shiqlar bilan bir qatorda ital'yan, fransuz, ispan, rus, yunon tilidagi qo‘shiqlar ham joy olgan.
Botir Zokirovning qo‘shiqlari zamonaviy estrada qo‘shiq san'atining asl namunasi sifatida O‘zbekiston radio va televideniesining “oltin fondi” dan munosib o‘rin olgan. O‘zbekiston xalq artistining qo‘shiqlari turli millat vakillari tomonidan hozirgi kunga qadar maroq bilan tinglanadi.
Xonanda 23 yoshida mashhurlikka erishgan. Arabistonlik bastakor Farida al'-Atrashning “Orzularim mash'ali”, ko‘proq “Arab tangosi” nomi bilan tanilgan qo‘shiq xonandani ko‘pgina davlatlarda mashhur qilgan va ko‘p yillar davomida uning “tashrif qog‘ozi” ham bo‘lgan. 29 yoshida O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan Botir Zokirovning ijodiy izlanishlari O‘zbekistonda san'atning umuman yangi turi – estrada janrining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Uning “Arab tangosi”, “Gazli”, “Qaydasan, azizim?”, “Ra'no”, “Xayolimda bo‘lding uzun tun” va boshqa qo‘shiqlari afsonaviy bo‘lib qolgan. Ular O‘zbekiston san'atining yorqin va ajralmas qismiga aylangan. Xonanda kuylash barobarida she'rlar, hikoyalar yozgan. Jahon adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ular qatoridan Tennessi Uil'yamsning “Steklyanniy zverines”, Artur Lourensning “Vestsayd qissasi” Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asarlari 1967 yilda radio uchun sahnalashtirilgan. Botir Zokirov mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Prezidentimizning 2021 yil 16 oktyabrdagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san'ati institutini tashkil etish to‘g‘risida” qarorida Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish uchun muzey tashkil etish belgilangan. Muzeyga Botir Zokirov va Zokirovlar ijodiy sulolasi hayoti va faoliyati, milliy estrada san'atimiz rivojlanishi va dunyo miqyosida keng targ‘ib etilishini yorqin aks ettiruvchi eksponatlar, Botir Zokirov ijodiga mansub tasviriy san'at namunalari hamda adabiy asarlar jamlanadi.
Mazkur ko‘rgazmani institutda tashkil etilayotgan muzey taqdimotining debochasi deyish mumkin. Ko‘rgazmaga kelgan yoshlar xonandaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik hamda ijodkorning qalamiga mansub asarlar bilan tanishdi.



Download 60.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling