O’zbek milliy Estrada xonandaligi rivojlanishining tarixi


Mavzuning ilmiy yangiligi


Download 60.53 Kb.
bet2/7
Sana31.03.2023
Hajmi60.53 Kb.
#1311474
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Халиков Ж курс иши

Mavzuning ilmiy yangiligi. Musiqiy madaniyat oʻzining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, oʻzining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan oʻzbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan ham tushgani yoʻq. U xalq ijodining yuksak namunalari, folklor ijrochiligi, kuy tuzilishi, mazmunan rivojlangan cholgʻu va ashula asarlari, dostonlar ijro­chi­li­gi hamda murakkab ijrochilik turkumi atalmish maqom musi­qa­sini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy mada­niya­tida oʻzlarining barcha davrlarda sezilarli hissalarini qoʻshib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi ham salmoqli oʻrin tutadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar asosida muayyan davrda yaratilgan O’rta Osiyoda vujudga kelgan madaniy merosimizning, o’sha darvrda ijod qilgan allomalarimiz hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarning asosiy mazmuni va mohiyatini o’rganish kurs ishining maqsadini tashkil etadi.
Shundan kelib chiqib, ushbu ishda quyidagi vazifalarni hal qilishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik:
- O’rta Osiyo hududida musiqa madaniyati va san’ati rivojlanishi haqidagi ilmiy tadqiqot ishlarini o’rganish va tahlil qilish;
- O’rta Osiyo hududida musiqa madaniyati va san’ati rivojlanishi yuzasidan ilmiy adabiyotlar bilan tanishish ularda berilgan ma’lumotlarni tadqiq qilish;
- mavzu yuzasidan yig’ilgan ilmiy ma’lumotlarni mazkur kurs ishida yoritib berish.

Download 60.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling