O’zbek milliy Estrada xonandaligi rivojlanishining tarixi
Bugungi kunda milliy Estrada xonandaligining rivojlanishi haqida nazariy ma’lumot
Download 60.53 Kb.
|
Халиков Ж курс иши
4. Bugungi kunda milliy Estrada xonandaligining rivojlanishi haqida nazariy ma’lumot
2021-yil 16-oktyabr kuni esa davlatimiz rahbarining “O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutini tashkil etish to'g'risida”gi qarori e'lon qilindi. Milliy estrada ijrochilik maktablarini yaratish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda milliy estrada san'atini jadal rivojlantirish maqsadida faoliyat boshlaydigan ta'lim muassasasi soha rivojiga munosib hissa qo'shishga bel bog'ladi. Milliy estrada yo'nalishini rivojlantirish uchun alohida institut tashkil etishga turtki bo'lgan omillar, uning boshqa san'at oliygohlari, umuman, musiqiy bilim beruvchi muassasalardan farqli jihatlari, ta'lim sifati xususida mutasaddi va mutaxassislarning fikr-mulohazalari bilan qiziqarlidir. O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Milliy estrada san'ati instituti tashkil etilishi, avvalo, estrada ijrochiligi yo'nalishlari bo'yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug'ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatli. Bu yerda yaratiladigan o'quv-metodik adabiyotlar, notaga ko'chiriladigan milliy estrada ijrochiligi namunalari, shuningdek, atoqli kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar ijodini chuqur o'rganish milliy estradamiz uchun munosib vakillarni tarbiyalashimizda muhim omil bo'ladi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, xalqimiz, xususan, yosh avlod ongida milliy estrada orqali milliy o'zlikni anglash tuyg'usi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish asosiy vazifa deb belgilandi. Bu ishlarni respublikamizda yagona hisoblanadigan aynan shu institut amalga oshiradi! O'tgan asrda paydo bo'lib, rivojlanib, taraqqiy etgan estrada janrlari ijtimoiy-ma'naviy hayotimizga shu qadar kirib bordiki, hatto milliy estrada san'atimiz shakllandi. Milliy estrada bugun yurtimiz madaniyati tizimida o'ta muhim o'rin tutmoqda. Chunki u ommaviy san'at turi sifatida ming-minglab kishilarga birday ta'sir ko'rsatib, hamisha insonlarning ruhiy ehtiyojlarini tezkor qondirish qudratiga ega, desak mubolag'a bo'lmaydi. Estrada san'atini rivojlantirish masalalari ko'proq repertuar muammosi hal etilishiga bog'liq. Buning uchun shoirlar, kompozitorlar, aranjirovkachilar tanilgan va yosh xonandayu sozandalar uchun yangi asarlar yaratishi, keng targ'ib etish orqali ularni tarqatish muhim vazifadir. Qolaversa, O'zbekistonda milliy estrada san'atini rivojlantirish uchun turli hududlarda ijod qilayotgan iqtidorlarni, havaskor san'atkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, mehnatini munosib rag'batlantirib, ishlarini takomillashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini sifat bosqichiga ko'tarish, bu jarayonda xorijiy tajribalarni yanada keng tatbiq etish, milliy estrada san'ati tarixi va nazariyasi tadqiqotini kuchaytirish zarur. Mamlakatimizda milliy estradani rivojlantirishga barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilayotgan ekan, shu sohadagi barcha ijodkorlardan xalqimizga manzur bo'ladigan yangi badiiy barkamol qo'shiq va kuylar yaratib, faol ijod qilishlarini kutib qolamiz. O'zbek milliy estrada san'ati boy tarixga ega. “estrada” tushunchasi kirib kelgunga qadar ham uning turli janr va ko'rinishlari mavjud bo'lib, professional darajada XX asrda shakllangan. Jumladan, O'zbekiston xalq artisti Tamaraxonim, Usta Olim Komilov kabi san'atkorlar milliy estradaning poydevoriga asos solgan bo'lsa, O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov professional estrada san'ati maktabini yaratgan. Mashhur “Yalla” guruhi, Yunus To'raev, Mansur Toshmatov, Nasiba Abdullaeva, YUlduz Usmonova, Kumush Razzaqova, Ozodbek Nazarbekov, Kozim Qayumov kabi ijodkorlar bevosita Botir Zokirov yaratgan milliy estrada maktabi davomchilari bo'lib, uning rivojiga munosib hissa qo'shishgan. Mazkur jarayon o'ziga xos tajriba maydoni, ustoz-shogird an'anasi, estrada san'atining milliy spetsifikasini vujudga keltirib, o'z o'rnida o'rganilishi va tadqiq etilishi, qolaversa, yosh avlodga o'rgatilishi lozim bo'lgan san'at turiga aylandi. Bu holat milliy estrada san'ati sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, professional estrada ta'limini joriy etishga sabab bo'ldi. Botir Zokirov nomidagi institut aynan estrada janrlari bo'yicha professional ta'limga asoslanadi. Bunda ustoz-shogird an'analari bilan birga jahon estrada san'ati ta'limidagi ilg'or metodikalar asosida o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladi, xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi yo'lga qo'yiladi hamda dunyo miqyosida iqtidorli o'zbek yoshlarining mahoratini namoyish etishga yanada kengroq imkoniyat yaratiladi. Milliy estradamizni rivojlantirish borasida dastlabki e'tiborni ta'limning quyi bo'g'inlariga qaratish kerak. Xususan, barcha musiqa va san'at maktablari, o'rta ta'lim maktablarida, avvalo, musiqa va musiqa bilan bog'liq bo'lgan barcha fanlar professional ta'lim darajasiga o'rganilishi lozim. Ta‘kidlash kerakki, o‘zbek estrada musiqasining asoschisi, o‘zbek milliy estrada san‘atining yirik namoyondasi Botir Zokirov edi. U muntazam ravishda o‘zbek milliy estrada san’ati rivojida izlanishlar olib bordi.Ijodiy izlanishlar jaroyonida rus, horijiy, sharq estrada qo‘shiqlarini o‘zbek milliy qoshiqchilgiga uyg‘unlashib yangi qiyofa topishga muyassar bo‘ldi.Uning amalga oshirgan ijodiy ishlari keyinchalik o‘zbek estradasining mumtoz namunasi bo‘lib qoldi. Masalan ―Arab tangosi‖, ‖Habiba‖, ―Qochoq qiz‖ va boshqalar O‘zbekistonni butun dunyoga tanitdi. Darhaqiqat, estrada janriga Botirovlar suloasining mehnati ko‘p singan Bu haqida ham aytish joiz: Zokirovlar sulolasi- 20-asr Oʻzbekiston musiqa sanʼatiga ulkan hissa qoʻshgan oʻzbek sanʼatkorlari oilasi. Sulola boshligʻi opera xonandasi Oʻzbekiston xalq artisti Karim Zokirov, oʻgʻli Botir Zokirov xonanda aktyor, rassom. Oʻzbekiston xalq artisti Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Qizi Luiza Zokirova estrada xonandasi, oʻgʻli NavfalZokirov estrada xonandasi,oʻgʻli Farrux Zokirov – estrada xonandasi, aktyor va bastakor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan davlat "Yalla" ansambli xonandasi, badiiy rahbari Oʻgʻli Jamshid Zokirov — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist,oʻgʻli Ravshan Zokirov— xonanda, kelini Gavhar Zokirova— Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Botir Zokirovning oʻgʻli Baxtiyor Zokirov— kinoaktyor. Mustaqil Respublikamizda serkoʼlam musiqa ijodiyotining nafaqat jiddiy yoʼnalishlariga, balki ommabop estrada sanʼatiga, shuningdek, uning uzluksiz va uzviylik tamoyillariga asoslangan taʼlimiga ham katta eʼtibor berilganiga guvoh boʼlishimiz mumkin. Jumladan, 1996 yilda M. Аshrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasida estrada musiqasi fakultetining ochilishi, Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi moʼʼjazgina estrada-tsirk Studiyasi negizida ilk bor maxsus Estrada-tsirk kollejining tashkil etilishi, eng soʼnggi paytlarda esa poytaxt va viloyatlar bir necha maxsus oʼquv yurtlarida estrada boʼlimi va sinflarining ochilishi buning yaqqol isbotidir. Zamonaviy oʼzbek musiqasining tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan estrada sohasi tarixan juda qisqa muddat ichida shakllandi va maʼlum natijalarga erishdi. Xususan, 6ugungi kunda estradaga oid qoʼshiq janrlari yurtimizda oʼtkazilayotgan Mustaqillik, Navroʼz va boshqa ommaviy xalq bayram tanta-nalari, shuningdek, maxsus tanlovlar ("Yangi taronalar"), festival ("Oʼzbekiston — Vatanim manim"), maʼlum mavzu doirasidagi shou-kontsert ("Hech kimga bermaymiz seni, Oʼzbe-kiston") va Respublika teleradio dasturla-ri ("Yoshlar", "Oʼzbegim taronasi", "Grand", "Vodiy sadosi", "Sezam", "Oriyat dono", "Hamroh"), qolaversa, koʼcha-koʼyda sadolana-yotgan musiqaning salmoqli qismini tashkil qilmokda. Shu bilan birga Mustaqil Vatanimiz xalqaro, mintaqaviy va respublika miqyosidagi festival hamda koʼrik-tanlovlarni oʼtkazish markaziga ham aylanib bormoqda. Jumladan, 1995 yildan eʼtiboran "Oʼzbekiston — Vatanim manim" qoʼshiqlar festivali, 1997 yildan esa "Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali oʼtkazila boshlandi. Shuningdek, 1999 yili "Sado" Respublika professional yangi qoʼshiqlar festivali, 2000 yili Bolalar sanʼat festivallari boʼlib oʼtdi. Bugungi oʼzbek estrada musiqasi hozirda yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga ham bevosita katta taʼsir oʼtkaza oladigan maʼnaviyat sohasiga aylanib bormoqda. Oʼzbekistonning buyuk kelajagini yoshlarimiz barkamolligida koʼrayotgan yurtboshimiz 1998 yili Navroʼz bayramini oʼtkazish boʼyicha masʼul ijodiy guruh bilan uchrashuv paytida: "Oʼzbek estrada musiqasi qandoq boʼlishi kerak?", "XXI asr Oʼzbekiston bunyodkor yoshlari mumtoz musiqiy merosimiz bilan bir qatorda estrada musiqasidan qanday ozuqa olishi kerak?" — kabi muhim savollarni oʼrtaga tashlashi va mutaxassislar eʼtiborini shu nuqtalarga jalb etishi bejiz emas, albatta. 1991—2001 yillar mobaynida ulkan "industriya" darajasiga yetgan serkoʼlam Oʼzbekis-ton estrada musiqasi tobora mustaqil yoʼnalish va oʼzgacha taʼsirchan kuchga ega boʼlgan ommaviy sanʼat turi maqomiga erishmokda. Pop-musiqa milliy koʼrinishlarining butunlay boshqa, yangi bosqichga chiqib olishi ham aynan 1990 yillar bilan bogʼliqdir. Milliy sanʼat chegaralaridan chiqib, qisqa muddatda chet el mamlakatlarida ham dongʼi ketgan Oʼzbekiston xalq artisti Farruh Zokirov va "Yalla" vokal-cholgʼu ansambli, Oʼzbekiston xalq artistlari Mansur Toshmatov, Gʼulomjon Yoqubov va Nasiba Аbdullaevalarning estafetasini yangi avlod estrada sanʼatkorlari davom ettirishmokda. Oʼzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artistlar Kozim Qayumov, Kumush Razzoqova, Nuriddin Haydarov, Rav-shan Nomozov, Аzim Mullaxonov, Muhriddin Xoliqov, Gʼiyos Boytoev, Mavluda Аsalxoʼjaeva, Salohiddin Аzizboev, Mohira Аsa-dova, Gulbahor Sulaymonova va boshqa oʼnlab estrada ijrochilari oʼzlari ustida ishlab, qisqa vaqt ichida tingdovchilarning sevimli sanʼatkorlariga aylandi. Estrada musiqasini televidenie va video texnika vositalarida keng ommaga yoyishda "klip" janri qoʼllana boshlandi. Xususan, bugungi kunda asosan sheʼr mavzusidan kelib chiqqan syujetli, tasviriy hamda mulьtiplikatsiya kompьyuter grafikasi asosida ishlanayotgan "klip"lar qoʼshiq janrini targʼib etishda kuchli vositalardan biriga aylanib ulgurdi. Darhaqiqat, soʼnggi oʼn yillikda roʼy bergan siyosiy-ijtimoiy oʼzgarishlar bois milliy-musiqiy estrada sohasida ham mazmunan, ham mohiyatan tub yangilanishga hal qiluvchi asos yaratildi. Maʼlumki, Shoʼro davridagi mafkuraviy muhit ommaviy sanʼat turlariga oʼz taʼsirini oʼtkazgan edi. Sobiq yoʼlboshchi partiya va uning "dohiy"lariga bagʼishlangan qasidalar, "xalqlar doʼstligi", sobiq ittifoq davlatini madh etuvchi qoʼshiqlar estrada sanʼatida tobora ijodiy nosamimiylikning yuzaga chiqishiga, qolaversa mavzular doirasi torayib qolishiga olib keldi. Bu hol tabiiyki, estrada sanʼati uslublari hamda janrlarining bir xilligiga, asosan "ruxsat. berilgan" shakllardagina ijod qilishga olib keldi. Vaholanki, insoniyatning olijanob maqsadlaridan boʼlgan tinchlikni mustahkamlashda, kishilarning axlo-qiy fazilatlarini yuksaltirish hamda estetik didlarini tarbiyalash va oʼstirishda sanʼat turlari orasida estradaning oʼz oʼrni bor. Shuning uchun hozirda davlatimiz uning ri-vojiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Oʼzbek estrada sanʼati sohasi tashkiliy oʼzgarishlar bilan birga balki mazmun-mohi-yat jihatlari boʼyicha ham yangilanib bormoqda. Shu bilan birga estrada musiqa vositasi-da eng olijanob va muqaddas hisoblangan Vatanga boʼlgan mehr-muhabbat va sadoqat tuy-gʼularini ifoda etish, ularni millionlar qalbiga jo etish imkoni mavjuddir. Kun sayin rivoj topayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirayotgan jonajon yurtimizning ravnaqi, istiqlolining porloq kelajagi maʼnaviyat borasida avvalo Vatanga mehr-muhabbat, boqiy qadriyatlarimizni tarannum etish mav-zulari bilan bevosita bogʼliqdir. 1998 yil "Oʼzbekiston — Vatanim manim" respublika qoʼshiq bayrami tanlovida oliy mukofotga sa-zovor boʼlgan "Oʼzbekiston — doʼstlik diyori" (А.Mansurov va N.Nazrullaev), koʼhna Sa-marqand shahrida "Sharq taronalari" Xalq-aro musiqiy festivalida baralla yangragan "Festival madhiyasi" (D.Omonullaeva va U.Аzim), Gʼ.Yoqubov ijrosida mashhur boʼlgan "Elim deb", "Haqiqat izlagan armon" (Аli-sher Rasulov), "Mening elim" (Yulduz Аb-dullaeva), "Haq doʼst" (Ravshan Nomozov va "Toshkent" guruhi), Safiya Saftarova ijrosidagi "Vatan — yagonadir", Dilshod Katta-bekovni el-yurtimizga tanitgan "Ozod elning oʼgʼliman", Rashid Xoliqovning "Ey, aziz yur-tim" kabi qoʼshiqlari oʼzbek zamonaviy estra-da sanʼatining durdonalariga aylangani be-jiz emas. 1990 yillarda ijod etilgan qoʼshiqlar-ning salmoqli qismini bolalar musiqiy es-tradasi tashkil etadi. Bu sohada ayniqsa kom-pozitorlar Nadim Norxoʼjaev, Аvaz Mansu-rov, Dilorom Omonullaeva, Аlisher Rasu-lov, Muhammad Otajonov, Xurshida Hasano-va va Gulnora Qoʼchqorovalar faol ijodiy mehnat qilmokdalar. Xususan Nadim Norxoʼ-jaevning "Salom qoʼshiq bayrami", "Kapalak va kamalak", Dilorom Omonullaevaning "Tur-kiston farzandimiz", "Xumo qushim", Mu-hammad Otajonovning "Bolalarning koʼzla-ri", "Onajon Oʼzbekiston", Xurshida Hasa-novaning "Turnalar", "Sogʼlom avlod", Gul-nora Qoʼchqorovaning "Oʼzim aylanay", "Ba-hor" kabi qoʼshiqlarida bolalar folьklor ohanglariga xos jihatlar pop musiqasining ayrim uslublari ("pop-folьk", "pop-rok" va b.) bilan mohirona uygʼunlashtirilgan. Shu bois ham bunday uslubdagi qoʼshiqlar ming-lab oʼzbek bolalari tomonidan sevib tingla-nadi. Аyniqsa, Аvaz Mansurovning "Rama-zon", "Oq terakmi, koʼk terak?" kabi xalq marosim va urf-odatlari negizida bastalan-gan ajoyib sahnaviy oʼyin-qoʼshiqlarining kuylarida "jaz-rok", "Bu chamanzor kimni-ki" qoʼshigʼida esa "rep" uslubiga xos badiiy xususiyatlar milliy ohanglar bilan uzviy bogʼlangan- Kompozitorning "Ohanglarda ertaklar", "Istiqlolim", "Xayr maktab" singari bolalar uchun lirik qoʼshiqlari shunchaki respublika qoʼshiq tanlovlarida sovrinli oʼrinlarni egallab qolmasdan, balki minglab oʼzbek bolalari, oʼsmirlari va, umuman, keng tinglovchilar qalbidan mustahkam joy ol-gan, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Shuningdek, Аlisher Ikromov, Doni Ilyo-sov, Sarvar Qoziev, Vagif Zokirov va Fay-zulla Qoʼldoshevlar oʼzlarining musiqiy-estrada aranjirovkalari bilan minglab oʼzbek bolalariga tanildi. Bolalar (ommaviy) qoʼshiqchiligini targʼib etishda Oʼzbekiston teleradio kompaniya-si qoshidagi "Bulbulcha" bolalar qoʼshiq va raqs jamoasi (rahbar Shermat Yormatov), "Tomosha" guruhi (rahbar Nodira Qurbonova), shahar bolalar ijodi markazi qoshidagi "Sevinch" guruhi (rahbar Saodat Rustamova), sha-har bogʼcha, litsey, maktab qoshidagi "Orom" qoʼshiq va raqs jamoasi (rahbar Gulnora Qoʼchqorova), "Yulduzcha" pop-shou guruhi (rah-bar Ravshan Zokirov) va "Olovuddin" bola-lar va oʼsmirlar vokal cholgʼu guruhlarining (rahbar Vadim Kariev) faoliyati eʼtiborga molikdir. XULOSA Bir so‘z bilan aytganda o‘zbek milliy estradasi yana o‘sha shukuhli davrlardagi kabi o‘zbek tinglovchilari yuragidan joy oladimi yoki shu yo‘sinda davom etadimi buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo yosh xonandalarimiz shunchaki havaskormi yoki ijodkor, shou biznes vakili yoki san‘atkor mavqe‘ini egallashi bir qator tamoyillarga bog‘liqdir. Shuni ta‘kidlash joizki estrada ijodkorlarimiz, sa‘anatkorlarimiz o‘z qo’shiqlari barkamolligi ustida yanada ko‘proq ishlashi milliylik va albatta jonli ijroga ko‘proq ahamiyat berish kerak. Professional ijodkorlar yordamida ashulalarini qayta ishlab chiqishi darkor. 80-90 yillar estradasining hozirgi zamonaviy estradadan farqi undagi tafovut shundan iboratki ilk estrada namoyondalari qo‘shiqlarining milliyligiga sermazmunligiga, orombaxsh ekanligiga alohida e‘tibor qaratgan. Zero, san‘atning har qanday jabhasi inson tafakkuri mahsuli sifatida tinimsiz harakat va o‘zgarishlarga uchraydi. Unga zamon va makon o‘z ta‘sirini ko‘rsatar ekan o‘z o‘rnida estrada ijrochiligi ham yoshlarimizning qolaversa jamiyat hayotining in‘ikosi bo‘lib qolaveradi. Аyni paytda mazkur jamoalar faoliyati isteʼdodli xonandalarni tarbiyalash va "yulduzcha"larni kashf etishda oʼziga xos maktab vazifasini oʼtamoqda. Chunki hozirgi kunda xalqimiz orasida mashhur Ilhom Farmonov, Sevara Nazarxon, Nargiza Mirzaeva, Аbdulla Qurbonov va Doston Ubaydullaev kabi estrada xonandalari ayni shunday ijodiy jamoalarda voyaga yetib "katta sahna"ga yoʼl olgan edilar. Download 60.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling