O‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari


TASAVVUFNING PAYDO BO‘LISH TARIXI


Download 0.63 Mb.
bet3/19
Sana04.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1748104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O‘zbek-mumtoz-adabiyotining-shakllanishi

TASAVVUFNING PAYDO BO‘LISH TARIXI

Tarixdan ma’lumki, islom zaminida dunyoga kelgan sо‘fiylik dastlab basrada maydonga chiqqan va abulvohid bin zayd, hasan basriyning atrofidagi kishilar sо‘fiylikning ilk halqasini tashkil etgan. Chunki aynan о‘sha basrada zuhd va ibodat hayoti hamda ollohga taslimiyat taraqqiy topgan.


Musulmonlar orasida eng fazilatli shaxslar rasulullohning as’hoblari hisoblanib, ular hazrati payg‘ambarimizning suhbatlariga musharraf bо‘lganliklari uchun sahoba deyilgan. Sahobadan keyin yashab, ularga suhabtdosh bо‘lganlar tabiun nomini olishgan. Bular ham xosiyatli insonlar sifatida о‘zlarining sharaflariga loyiq tarzda hayot kechirib о‘tishgan. Tabiun izdoshlari atbo ut-tabiun deyilgan. Bulardan sо‘ng xalq о‘rtasida har turli ixtiloflar qо‘zg‘alib, fikr-qarashlari bir-biridan farqli va ziddiyatli guruhlar о‘rtaga chiqa boshlagan. Bu xususda mulohaza yuritgan abulkarim qushayriy ishning oqibati о‘laroq «dinning hukmlariga zо‘r diqqat va ixlos bilan rioyat etgan insonlarga «zuhhod va ubbod» (zohid va obidlar) nomi berilganligini aytib, yana yozadi: «ancha sо‘ngra bid’at mazhablari о‘rtaga chiqdi. Har mazhab boshqasi bilan tortishish va xalqni о‘zi tomonga da’vat qilishga kirishdi… natijada «har nafasda olloh bilan bо‘lish» holini muhofaza etgan va о‘zlarida zohir bо‘lgan g‘aflat musibatlaridan qutilmoqqa jahd aylagan ahli sunnatning peshqadamlari mutasavvif nomi bilan boshqalardan ajraldilar. Bu zumraning ulug‘lari hijriy ikki yuzinchi yildan avval ushbu nom ila tanilganlar».
Ibn Xaldun esa sо‘fiylik yoshini islomning tug‘ilish bilan deyarli teng qо‘yadi: «Sо‘fiylarning yо‘li islomning ilk kunlaridan buyon mavjud bо‘lgan bir harakat yо‘li edi… ammo hijriy ikkinchi asrdan sо‘ngra dunyo sevgisi ustun kela boshlagach, xalqning dunyoviy narsalarga mayli kuchaydi. Zuhd va taqvoga yо‘nalganlar esa «sо‘fiy» nomi ila ulardan ajraldilar».
Demak, tasavvuf bid’at, g‘aflat, dunyoparastlik va xalqdagi parokandaliklarga qarshi bо‘lgan xolis niyatli kishilarning maslagi о‘laroq tug‘ilgandir.
«Tabaqoti sufiya» asarida sulamiy ilk sо‘fiylarni besh tabaqaga ajratib, har tabaqaga mansub yigirma sо‘fiy tо‘g‘risida ma’lumot bergan. «Risolai qushayriy» muallifiga kо‘ra, ilk sо‘fiylar Ibrohim Adham, Zunnun Misriy, Karxiy, Sirri Saqatiy, Boyazid Bistomiy va Junayd Bag‘dodiylarga daxldorlik nisbati ila soni sakson uchtadir. Ilk sо‘fiylar orasida hasan basriy, shaqiqi balxiy, abu hoshim sо‘fiy, sо‘fiyon savriy singari bir qancha shaxslar eng avvalo zuhd kamoloti bilan о‘rnak kо‘rsatgan.
«Islom qomusi»dagi ma’lumot bо‘yicha, ilk sо‘fiylar safida birinchi bо‘lib tasavvufiy ma’nolardan bahs yuritgan hasan basriy edi ishorat va ramzlarni sо‘z bilan bayon qilib, ilk bora hol va maqomotdan sо‘zlagan zunun misriy erur. «tasavvuf tili» nomini olgan abu said harroz esa birinchi marta fano va baqo xususida sо‘zlagan. Bag‘dodda tavhid masalasini ilgari surish saqatiyning zimmasiga tushgan. Maqomot jihatidan oriflarning mazhablari haqida dastlab shaqiqi balxiy gapirgan. Tasavvuf jarayoniga fuzayl bin ayoz uyg‘oqlik baxsh etgan. Marv shahrida ilk bora tasavvufiy hollardan nutq irod etgan kishi abulabbos qosim bin sayyor marvoziy bо‘lgan ekan. Sherozda sо‘fiylik sshartlari abulabbos bin imron tomonidan belgilab berilgan. Jamoalarda tasavvufdan ta’lim berishni boshlagan yahyo bin muoz roziy edi. Sо‘fiylik tarixi va taraqqiyotini chuqur bilish uchun bunday ma’lumotlarni bilish va xotirada saqlash juda muhimdir.
Tasavvufning ma’no-mohiyatini tо‘g‘ri anglashda sо‘fiy va mutasavviflarning tasavvufga bergan ta’riflariga alohida e’tibor berish ham zarur. Bunda ayniqsa ilk davrlardagi sо‘fiylarning ta’riflari muhim qimmatga ega. Abu Nasr Sarrojning «Al-luma’», Hujviriyning «Kashf ul-mahjub», Qushayriyning «Risolai qushayriy», Suhravardiyning «Avorif ul-maorif»i singari bir necha mо‘tabar manbalarda bunday ta’riflarga maxsus о‘rin ajratilgan. Biz ulardan ayrimlarini kо‘rsatib о‘tmoqchimiz:
1.Ma’rufi Karxiy: «Tasavvuf – haqiqatlarga quchoq ochib, mahluqotning qо‘lidagilardan yuz burmoq erur».
2.Abu Sulaymon Doroniy: «Tasavvuf, sо‘fiyning ollohdan boshqasi bilmaydigan amallarni ado aylash va yolg‘iz ollohga ayon bir hol ila u bilan doimiy birlikda bо‘lishdir».
3.Abu Hafs al-Haddod: «Tasavvuf adabdan iborat erur. Har bir vaqtning – о‘z adabi bordur. Har bir holning adabi bor. Vaqtning adabiga diqqat qilgan solik komil inson martabasini egallaydi…»
4.Amr Usmon al-Makkiy: «Tasavvuf, har vaqt va har soat qulning qо‘lidan keladigan eng xayrli ish ila mashg‘ul bо‘lishidir.»
5.Abu Husayn Nuriy: «Tasavvuf rusm ham emas, bilim ham emas, balki axloq erur. Agar tasavvuf marosim bо‘lsaydi, mashaqqat ila qо‘lga kiritilardi. Ilm bо‘lsa ta’lim bilan о‘rganilardi. Tasavvuf ilohiy axloq sifatlari ila sifatlanmoqdir».
6.abulqosim junayd: «tasavvuf, qulga ato etilgan holdir».
7.abu muhammad ruvaym: «tasavvuf nafsni olloh irodasiga vaqf etmakdir».
8.abu amr damashqiy: «tasavvuf, koinotni noqis kо‘rmak, kamchilikdan xoli kishining mushohadasi ila noqis borliqqa boqmoqdan yuz burishdir».
9.abu ali rо‘zboriy: «tasavvuf, quvsa ham sevgilining eshigi oldida yotmoqdir».
Diqqat qilinsa, ushbu ta’riflar mazmuni bir-biridan anchayin uzoqligi kishini о‘ylatib qо‘yadi. Xо‘sh, bunga sabab nima? Ba’zan bir sо‘fiyning tasavvufga bergan bir necha ta’riflarida ham xuddi shunday holni kо‘rish mumkin. Ibrohim bin Muvallad raqqiy «tasavvuf nedur?» - degan savolga yuzdan ortiq javob qaytargan ekan. Agar ular bir joyga jamlanib о‘qilsa, bir odamning emas, yuz odamning ta’rifiga о‘xshab qoladi. Aslida ular bir odamning bir-biriga о‘xshamydigan tasavvufiy hol va holat haqidagi fikrlaridir. Shuning uchun tasavvuf tо‘g‘risida sо‘zlaganda qat’iy hukm yoki xulosalar chiqarishga shoshilmaslik kerak.
Sulton Valad «Maorif» asarida boyazid bistomiyning: «Meni sulukimning ilk zamonlarida kо‘rganlar siddiq, oxirida kо‘rganlar esa «zindiq» bо‘ldilar», - degan fikrini shunday sharhliydi: «chunki ilk zamonlarida undan (ya’ni bistomiydan) toat va ibodat kо‘rinardi. Keyin esa ilohiylik kо‘rindi. Xalqda bu hol tangridan ekanligini kо‘radigan kо‘z yо‘qligi uchun va boyazid ham orada bir vositadan boshqa bir narsa bо‘lmagani holda, ular zohirga qarab bu ishlarning tangridan emas, boyaziddan maydonga kelgan deb xayol ettilar va zindiq bо‘ldilar».
Xullas, tasavvufga birovlar bidoyat holiga, boshqa birovlar nihoyat holiga asoslanib ta’rif bergan. Ayrim sо‘fiy va mutasavviflar ta’rifi esa tasavvufning alomatlari (sidq, vafo va h.k)ga tayanib aytilgan. Umuman, tasavvuf tо‘g‘risidagi sо‘fiy va mutasavviflarning ta’riflaridan hech biri tasavvufning mazmun-mohiyatini tо‘liq ifodalay olmaydi. Ibn Xaldunga kо‘ra, mazkur ta’riflarning kо‘pligiga qaramasdan, ular u yoki bu zamonda yashagan sо‘fiylarning mahdud hollarini aks ettiradi. Ta’riflarning о‘xshash bо‘lishiga esa zamon kuchli ta’sir о‘tkazmagan, farqli bо‘lishi sо‘fiylarning hol va maqomlaridagi farqlarga aloqador erur.
Tasavvufning mohiyati. О‘rta osiyo xalqlari islom dini tufayli yangi bir madaniyat va ma’naviyat maydoniga kirgan edi. Turkiy xalqlarning islomiyatga о‘tishi, turk tarixida bо‘lganidek, dunyo tarixida ham juda muhim hodisalardan edi. Islom dinining ishonch va e’tiqod mafkurasi о‘tmish ajdodlarimizning madaniyati hamda ijtimoiy turmush tarziga kuchli ta’sir kо‘rsatdi. Tasavvuf ana shu yangi madaniyat zaminida о‘rta osiyo xalqlari qadimiy madaniyatining islomiy mohiyat bilan birikishidan tug‘ilgan kо‘p qirrali va nihoyatda qudratli maslakdir. Tasavvufning shakllanishi va keng quloch yozishida xurosonlik zohid sо‘fiylar va zohid olimlar, о‘rta osiyoda sо‘fiylik va tasavvuf tariqatlarining yuzaga kelishida, iroq, bag‘dod, xurosonda yetishgan mashhur sо‘fiy va mutasavviflarning ma’lum ta’sirlari bо‘lgan.
Junayd Bag‘dodiy «Sо‘fiylar kim?» savoliga: «Ular – xalq orasidagi haqning e’tiborli qullaridir. Alloh ularni xohlasa ochiqqa chiqarur, xohlasa yashirur», - deb javob bergan ekan. Imom G’azzoliy ta’rificha, «haqiqiy sо‘fiylar ilm-la amalni birlashtira bilgan va zafarga erishgan zotlar. Ular aytganlarini ado etdilar… sо‘zlari va о‘zlari bir bо‘ldi. Asl ilm, ma’rifat, ibodat, taqvo mana shulardadir. Sо‘fiylarni shu holga yetkazgan botinlarida porlagan yuksak imonlari va buyuk himmatlaridir».
Tasavvuf, eng avvalo, insonning о‘z mohiyatini teran idrok qilish va bilish yо‘lidagi og‘ir, qiynoqli intilishlarini ifoda etgan. Odam farzandining zahiriy bahsu munozaralari, moddiy manfaat yо‘lidagi har turli tortishuv-talashuvlari, aslida uning botinidan boshlanadi. Va bular insondagi kuchsizlik yoki shaytonga taslimiyatning ayni kо‘rinishlari hisoblanadi. Boshqacha bо‘lishi mumkin ham emas. Chunki qur’oni karimning «Niso» surasida aytilganidek, «Inson ojiz qilib yaratilgandir» (27-oyat). «Kahf» surasida esa inson «Juda kо‘p bahs-janjal qiluvchi» deb ta’riflangan. Tasavvuf – insoniy ojizlik va kuchsizliklarga tutilgan bir kо‘zgudirkim, unga nazar tashlab axloqni poklash, kо‘ngilni ilohiy hissiyotlar bilan kamol toptirish chora-tadbirlarini egallash mumkin. Tasavvuf haqida fikr yuritganda, har qalay tafakkurga kо‘p ahamiyat berish kerak. Albatta, tafakkur deyish yoki tafakkurga da’vat qilishning о‘zidan bir natija chiqmaydi. Aslida tafakkur – tafakkurning fazilati, qimmati, haqiqat va manbalarini puxta bilishdan boshlanadi. Ilmsiz tafakkur bо‘lmaganidek, tafakkursiz ma’rifat ham yо‘q. Tasavvufning asosiy talab va kо‘rsatmalaridan biri ham mana shu. Hujjatul islom Imom G‘g‘azzoliyning ta’riflashicha, «tafakkurning umumiy mahsuli – ilm, hol va amal. Xususiy natijasi esa faqat ilm. Qalbda ilm hosil bо‘lgach, qalbning holi о‘zgaradi. YA’ni amal holga, hol ilmga, ilm esa tafaakurga bog‘liqdir. Aytish mumkinki, barcha ezguliklarning boshi va boshlang‘ichi tafakkur erur…». Demak, tafakkur deganda yolg‘iz fikriy anglash, hissiy bilishni emas, qalb hayotini tubdan yangilaydigan ma’rifatni, hol bilan bog‘liq amalni ham nazarga olmoq lozim. Zero, barcha ezgulik, yuksak fazilatlarning tamalini tafakkur tashkil etar ekan, komillikka undamaygan hech bir fikr, hech bir tushuncha yoki maqsadni tafakkurga nisbat bermaslik lozim. Shu ma’noda haqiqiy sо‘fiy va mutasavviflar islom olamining о‘rnak xislatlarga ega kishilari bо‘lishgan. Ular nafslarini poklash uchun ibodat qilib, zikr ila mashg‘ul bо‘lganlarida ham, xilvatga yuz burib chilla о‘tirganlarida ham, sir va shavq sharobidan qonib kо‘z yosh tо‘kkanlarida ham tafakkur zavqi ila nafas olgan. Darvoqe, insonga alloh ato aylagan tafakkur imtiyozi va imkoniyati behad keng va beqiyos erur. Ammo shu imtiyoz va imkoniyatdan u yetarli darajada foydalana olganmi? Yо‘q, albatta. Bunga esa birinchi galda, nafs, g‘aflat, jaholat sabab bо‘lsa, undan keyin bilim sustligi, aqidaparastlik va riyo monelik qilgan. Shuning uchun tasavvuf tariqatlariga mansub zotlar najot ziyosini tafakkurdan axtarishgan. Shuning uchun Fuzayl Ayoz: «Tafakkur sening oynang erur. Va barcha yaxshilik hamda yomonliklaringni о‘zingga oshkor aylar», - degan edi. Tasavvufda tafakkur xudosevarlik «dastur»iga asoslanadi. Tasavvuf xudo ishqi va xayoliga bog‘lanmaydigan, insonni ruhoniyat, ma’rifat va haqiqat maqomlariga kо‘tarilishiga xizmat qilmaydigan fikr va tushunchalardan kechmoqqa chorlashidan aslo ajablanmaslik kerak. Shayx Junayd Bag‘dodiy: «Tasavvuf – allohning seni safoda maxsus aylashidir», - desa, «Tasavvuf – allohdan yiroqlik kasofatidan qutulib, haqqa yaqinlik sofligini qozonmoqdir»,- deydi. Ahmad Maqriy esa yanada aniqroq qilib, «Tasavvuf – alloh ila istiqomat qilish holoti erur», degan ekan. Bunday ta’riflarni kо‘plab keltirish mumkin. Bu ta’riflarni tasdiqlaydigan hikoyat va rivoyatlarning miqdori ulardan-da kо‘p va qiziqarlidir. Naql qilinishicha, bir kun xalifa Mu’tasim, shohlikdan kechib darveshlik tariqiga yuz burgan Ibrohim Adhamdan, «Kasbing nedur?», deb sо‘raganda, u: «Men bu dunyoni dunyoparastlarga bag‘ishladim. Bu dunyoda alloh taoloni zikr aylash, u olamda esa tangri diydorini kо‘rish uchun harakat qilish mening kasbimdir», debdi. Abul Hasan Haraqoniydan «Kо‘nglida xudo mavjudligi g‘olib kiishining nishonasi nedur?», deya sо‘rashganda: «Oyog‘idan boshigacha alloh borligini iqror aylashdir. Uning yurish-turishi, kо‘rishi, hatto burnidan chiqadigan nafasi ham alloh deydi…» - degan. Rivoyatga kо‘ra, Boyazid Bistomiy har qachon haq taoloning sifatlaridan sо‘z desa, shodmon bо‘lib muk о‘ltirib olar, chun haq taoloning zotidan gapirsa, о‘rnidan qо‘par va har tarafga yurib, «keldi, keldi, ana keldi», deya nido etar ekan.
Tasavvuf haqiqiy ishq – alloh sevgisini birinchi о‘ringa kо‘targanda, diqqat e’tiborni axloq va odob muammolariga chuqur jalb qilgan edi. Tasavvufiy axloq uchun tuban xulq hosilasi bо‘lmish har qanday о‘tkinchi da’vo va g‘arazlardan kechish, tilyog‘lamalik va manfaat yuzasidan yaltoqlanishlardan hazar etish, xususan hosidlik va munofiqlikning tarki albatta sshart edi. Qalbni poklash, ma’rifat sohibi bо‘lish, behuda kechgan har bir umr daqiqalari uchun afsus chekish, odamlarga faqat va faqat yaxshilik tilab, mehru vafo kо‘rsatmoq – bular tasavvufiy axloqning majburiyatlari edi. Sо‘fiyona odob о‘tkinchi dunyo tashvishlari uchun jonsarak bо‘lmaslik, tirikchilik ranjlaridan bо‘lar-bо‘lmasga shikoyat qilmaslikka о‘rgatar, ayniqsa tangdillik, ziqnalik, ichqoralikni keskin inkor etardi. Zero, abdurahmon jomiy aytmoqchi, «shikoyat va tangdillik ma’rifatning kamligidan tug‘ilijak» bir xastalikdir. Tasavvufda uyatning kuchi va ahamiyati boshqa birovlardan emas, avvalo, odamning о‘zidan, о‘zining bag‘ritoshligi, manmanligi, fitnakorligi, horisligi, xullas, kishini haq yо‘lidan ozdiruvchi qancha salbiy illatlar bо‘lsa, shularning barchasidan о‘zi uyala olishidadir. Tasavvuf til, dil, xulq odobi bilan bir qatorda, holat va ruhoniyat odobini ham keng qamrab olgan edi. Eron tasavvvufshunosi javod nurbaxsh: «ahli tasavvuf dunyosida g‘azab ham, nafrat ham yо‘q. Unda erkinlik hukmron va ziddiyatga о‘rni qoldirilmagan. Munofiqlik va aldov ham yо‘q… sо‘fiylik olamida faqat poklik, osudalik va muhabbat mavjuddir. Bu – haqiqatda barcha yurak orzu qiluvchi bir xayoldir.bu – shu dunyoda erishilajak jannat erur», - deganida mubolag‘aga berilmagan, albatta.
Shu о‘rinda, «Xо‘sh, tasavvuf о‘zi nima? Diniy-axloqiy ta’limotmi yoki falsafami? Nima deb qarash kerak tasavvufga: dunyoni bilish va idrok etish yо‘li debmi yoki tarkidunyochilik debmi?» singari bir qator savollar tug‘ilishi mumkin. Hindistonlik professor inoyatxon yozadi: «qat’iy aytganda, tasavvuf din ham emas, falsafa ham emas. U deizm ham emas, ateizm ham emas. U mana shularning о‘rtasida turadi va ular orasidagi yetishmovchiliklarni tо‘ldiradi». Tasavvuf ruhini hech ikkilanmasdan, islomiy ruh deyish joiz. Chunki tasavvuf, birinchi galda, islom haqiqatlarini qalb va vijdon orqali bilish va his qilish ilmi. Lekin ayni paytda odam farzandlariga ato etilgan boshqa bir qator dinlarning sof mohiyatini ham u о‘zida mujassamlashtirgan. Tasavvufshunoslikda «ilk sо‘fiy kim?» savoliga «odam atodir» degan javobning mavjudligi ham tasodifiy bir gap emas deb о‘ylaymiz. Odamning badaniga jon kiritishdan avval, ma’lum bir tariqatga mansub solikka о‘xshab olloh uni qirq kun yolg‘izlantirgan emish. Shundan sо‘ng uning yuragiga aql zavqini va kо‘ngliga ma’rifat nurini singdirgan. Va hazrati odamning ruhi hilvatda yorishib, tо‘g‘ri yо‘lga kirgan mutasavvifga о‘xshab odim tashlay boshlagan. Odam ato jannatdan quvilgach, alloh uni «tasfiya» etguncha, ya’ni sofiy bо‘lguniga qadar hindistonda tavba va istig‘for ettirib, chilla о‘tirtirgan hamda mosivodan xalos aylashga rag‘bat kо‘rsatgan. Bundagi soflanish, hech shubhasizki, nafsga tegishlidir.
Sо‘fiy sо‘zi va ma’nosi. Sо‘fiy sо‘zi qachon paydo bо‘lgan? Uni qaysi tilga nisbat berish mumkin? Sо‘fiyning о‘zi kim? Ilk sо‘fiylarning tashqi kо‘rinishlari-yu, botiniy xususiyatlari qanday edi? Bular haqida sharq, g‘arb olimlari kо‘p fikr-mulohazalarni bayon qilgan bо‘lsalar-da, hanuzgacha yagona xulosaga kelinmagan. Ayrim olimlar «sо‘fiy»ni ravshanlik, porloqlik, tozalik mazmunidagi «safvat» sо‘zining о‘zagidan; zohidona hayotlari bilan tanilgan «ahli suffa» jamoasining nomidan; madina masjidida bino etilgan «sufa»dan yaralgan desalar, boshqa bir guruh tadqiqotchilar uning yuzaga chiqishini «sifat» sо‘zi; arabiston chо‘llarida о‘sadigan о‘simlik – «sufana»; saffi avvalda namoz о‘qiganlarning oldingi safi bilan bog‘laydilar. Tasavvufshunoslar orasida sо‘fiy hikmat ma’nosini ifodalaydigan «safos»dan kelib chiqqan deguvchilarning soni ham uncha oz emas. Ibn taymiya sо‘fiyning «suf» sо‘zidan paydo bо‘lgan deya, boshqa barcha qarashlarni inkor etadi.
Abu Rayhon Beruniy Abul Fath Bustiyning suf sо‘zini tushunishdagi chalkashlikni ta’kidlab, uning quyidagi fikrlariga e’tiborni qaratgan: «odamlar sо‘fiy kalimasi ustida tortishib, uni suf, ya’ni jun sо‘zidan olingan deb gumon qiladilar. Men sо‘fiy sо‘zini sofiy (ya’ni sof, sodda) yigitdan boshqa narsa deb bilmayman. Shunday qilib, о‘sha «sofiy» lafzi xato yozilib, «sо‘fiy» lafziga aylanib ketgan. Nihoyat (bu sо‘z) bizga ma’lum sо‘fiylarga laqab bо‘lgan».
Zuhd ahliga zohid, tavakkul sohiblariga mutavakkil, ma’rifat arboblariga orif deyilganda, ularning holi va maqomlari, maqsad va intilishlarini anniq tasavvur aylash mumkin. Sо‘fiy tо‘g‘risida bunday deb aytish qiyin. Chunki «sо‘fiylarni yolg‘iz bir ilmga berilgan, faqat bir maqom va hol bilan chegaralangan kishilar deyish mumkin emas. Aksincha, ular butun ma’naviy ilmlarning qaynog‘i, hollarning makoni, axloqi qadimiyatning mahzari» bо‘lishgan. Shuning uchun hollari nihoyatda xilma-xil, doimiy tarzda maqomlari о‘zgarib, ruhan ilgarilagan kishilarga о‘sha hol yoki maqomlarning u yoki bunisiga asoslanib nom belgilash juda qiyin bо‘lgan. Abu Nasr Sarroj ushbu haqiqatni inobatga olganligini ta’kidlab yozadi: «Men ularni (ya’ni sо‘fiylarni) faqat bir hol va maqom ila qayd etmaslik uchun bu hollardan biri ila ismlantirmakdan saqlandim. Chunki ulardagi eng ta’sirli hol, maqom, ilm va axloqqa tayanib nom beradigan bо‘lsam, unda sо‘fiylarni har zamon yangi bir nom bilan atashga tо‘g‘ri keladi». Bunday qilib bо‘lmasligi uchun sarroj ham sо‘fiy sо‘zining о‘zagi «suf» (ya’ni yung) deganlarga о‘xshab, sо‘fiylarni nomlashda ularning kiyimlariga asoslanadi. Ayni paytda «sо‘fiylar nega boshqa matodan emas, aynan suf – yung kiyim kiyishni odat qilganlar?» - degan savolga ham javob beradi: «chunki suf (yung) kiymak nabilarning odati, payg‘ambarlar va asfiyoning shioridur. Ollohu taolo hazrati iso as’hobi kiygan oq kiyimga nisbat-la ularni «havoriylar» deb yod etgan. Olloh ularni erishgan ilmlari, xulq yoki hollarga ishorat aylab eslash о‘rniga ushbu nom bilan xotirlashni tarjih qilgandirki, sо‘fiylarning ahvoli ham aynan shundaydir».
Qur’oni karimda havoriylar haqida bunday sо‘zlar nozil etilgan: «qachonki, iso ular tomonidan kufrni kо‘rgach, «ollohning diniga da’vat qilishimda kim menga yordamchi bо‘lur?» - dedi. Havoriylar aytdilar: biz ollohning (diniga) yordam beruvchilarmiz. Ollohga iymon keltirdik. Ey iso, guvoh bо‘lginki, biz ollohga bо‘yin sunguvchilarmiz… bas, bizni (о‘zingning birligingga, payg‘ambarimizning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin («oli-imron» surasi, 52-53 oyatlar). Havoriylarning qassor va ovchi bо‘lganliklari ham naql qilingan. Ba’zi olimlarga kо‘ra, ularni havoriy deyilishining sababi oq yungdan kiyim kiyishlaridan tashqari, din va ilm orqali odamlarning ruhlarini kamolga yetkazishlaridandir. «ovchilik»lari esa insonlarning ruhlarini beqarorlikdan xalos aylab, haqqa yо‘naltirishlari tufaylidir. Payg‘ambarimiz muhammad alayhissalom demishlar: «har payg‘ambarning havoriysi bordir. Mening havorim esa zubayr bin avvomdir».
Sо‘fiylar Qur’oni Karimdagi «Ey mо‘minlar, sizlar ham xuddi havoriylar kabi ollohning yordamchilari bо‘lingiz!» («sof» surasi, 14-oyat) degan sо‘zlariga chin yurakdan amal qilgan va havoriylar faoliyatiga yuksak ehtirom bilan qarashgan. Sо‘fiy sо‘zining lug‘aviy sharhi va istilohiy talqinlari hamma tomonidan ma’qullanib, bir xilda qabul etilavermagan, hatto, bu atama bag‘dodliklar topgan bir uydirma degan fikr ilgari surilgan. Buni sarroj notо‘g‘ri e’tiroz deb hisoblaydi. Uningcha, «sо‘fiy» lafzi hasan basriy zamonida ham mavjud bо‘lgan. Basriyning о‘zi esa «makkada ibodat paytida bir «sо‘fiy»ni kо‘rdim» degan degan ekan.
Makka bilan aloqador rivoyatlar jamlangan bir kitobda sо‘fiy kalimasining islomgacha bо‘lgan davrlarda ham mavjudligini tasdiqlaydigan dalillar qayd etilgan: «islomdan ancha avvalgi zamonlarda makka bо‘m-bо‘sh va baytullohni tavof qiladigan hech kim qolmaganmish. Shunda uzoq bir maskandan bir sо‘fiy (sо‘fiy qabilasidan yoki suf kiygan kishi) kelib baytullohni ziyorat aylab, bir qancha vaqtdan sо‘ng yana manziliga qaytib ketibdi».
«Agar bu rivoyat tо‘g‘ri bо‘lsa, - deydi Sarroj, - «sо‘fiy» sо‘zi islomdan ancha muqaddam mavjud bо‘lgan va ul zamonlarda bu nom fazilat va saloh ahliga mansub kishilarga nisbat berilgandir».
Ibn Xaldun «sо‘fiy» kalimasiga doir sharh va qaydlarga qо‘shilmasligini aytib, umuman, bu sо‘zning о‘zagini tadqiq qilganda, ayrimlar zо‘rma-zо‘raki izohlarga kirishib, qiyosan nomaqbul fikrlarga erk berishganini ta’kidlaydi. Uningcha, sо‘fiylar suf-yung hirqa yopingan kimsalar emas. Bunday libos kiyishga ular xususiy bir ehtiyoj sezmagan, sezganlar esa sо‘fiylarga о‘xshashga intilgan ba’zi kishilar bо‘lgan. Tо‘g‘ri, gohi-gohida sо‘fiylarning orasida ham yung libos kiyganlar uchrab turgan. Ammo bu ish «faqat zuhd va faqr (ollohga muhtojlik ma’nosida) sababidan, ayniqsa, «faqr holi bilan bezanishga» bir ishorat tarzida amalga oshirilgan.
Ibn Xaldun «sо‘fiy»ning о‘zagi va tasavvuf yо‘lining tamali «suffa»dan deguvchilar qarashlarini inkor etadi va yozadi: «Suffa ahlining rasululloh zamonida xususiy bir ibodat ila mashg‘ul bо‘lmaganliklari ravshanlashmoqdadir.ular ibodat va shar’iy vazifalarni ado etishda boshqa sahobalardan farqlanmagan. Masjid suffasining iqomatlariga taxsis etilganligi ularning yо‘qsil va g‘aribliklaridan edi».
Bir toifa odamlar esa sо‘fiy «safo» kalimasidan yuzaga kelgan, degan fikrni bayon qilgan. Ahmad Rifoiyning sharhlashicha, «safoining haqiqati hazrati payg‘ambarning (C.a.B.) axloqi ila axloqlanmoq erur; sidq va vafo sohibi bо‘lgan as’hobning yо‘lidan yurib, buyuk malikning suhbatidan ajralmaslikdir… safoning haqiqati olam ul-g‘uyub bо‘lgan olloh uchun qalbning tasfiyasidir…»
Tasavvuf tarixida «sо‘fiy» sо‘zining etimologiyasini bir sо‘z bilan emas, harflarga asoslanib birdaniga bir necha sо‘z bilan sharhlashga urinishlar ham bо‘lgan. Abu abbos mursiy demish: «sо‘fiy kalimasi arabcha tо‘rt harfdan maydonga kelur. «s» - sabr, safoni; «u» (vov) – vajd, vud (sevgi) va vafoni; «f» - faqd (mosivoni tark etmak) faqr va fanoni; «y» - kamol nuqtasiga yetishgan sо‘fiyning ollohga nisbatini ifoda etar».
Husayn Voyiz Koshifiyning izohi ham shunga yaqin: «sо‘fiy sо‘zidagi har bir harf sifatga ishorat bо‘lib… «s» - yurak xilvatxonasidan nigohni uzmaslik, shu ma’noda-ki, bunda dо‘stdan (ya’ni ollohdan) о‘zga hech kim ogoh bо‘lmasin. «u» («vov») - sirga ishorat, ya’ni о‘z sirrini shu darajada pinhon tutish kerakki, hech qachon unga shaytonning qо‘li yetib bormasin. Bundan asl maqsad esa ixlos erur. «f» - fayz topmoq va fayz yetkazmoqqa ishorat, ya’ni о‘zidan yuqoridagidan foyda olib, о‘zidan pastroqdagilarga foyda yetkazmoqdir… «y» - yaqinlik alomati».
Sayyid Sajjodiy esa tasavvuf suf sо‘zidan olinganligini aytib, sufdagi «s» - samat, «safo», «savm», «u» (vov) – vido, vard, vafo. «f» - faqr, fikr va fanodan iborat deb hisoblaydi.
Bunga teskari nuqati nazar bо‘yicha «sо‘fiy» sо‘zi umuman etimologik mohiyatdan mahrum bо‘lib, undagi harflar psixofiziologik taassurot uyg‘otadi, xoloC. Bunday xulosa «sо‘fiy» kalimasining biror bir tilga mansubligini ham inkor etadi, albatta. Holbuki. Suhravardiya tariqatining asoschisi, Shahobiddin Suhravardiyning «Avorif ul-maorif»dagi ma’lumotiga binoan «sо‘fiy» - turkcha sо‘z. U yozadi: «…«sо‘fiy» qur’onda yо‘q va bu sо‘z turkiydir. Islom mamlakatlarining ikkala qismida ham – sharqdagidek g‘arbda ham bu sо‘zdan bexabar bо‘lishgan». Afsuski, suhravardiy sо‘fiy sо‘zi nima ma’noni anglatishini sharhlamagan ekan.
Bizning nazarimizda, sо‘fiy sо‘zining kelib chiqishini suv, mazmunini esa soflanish bilan bog‘lagan tadqiqotchilarning fikrlari haqiqatga yaqin.
Sо‘fiy va mutasavvif. Tasavvuf tariqiga kirgan va shu yо‘lda eng oliy maqsadga yetishgan, ya’ni vusul sohibi sо‘fiy hisoblanadi. Chin sо‘fiy – maslagi oliy, qalbi oynaday sof, irfon zavqi yuksak haqparast. Abu nasr sarrojning ta’riflashicha, sо‘fiy ollohning ma’rifati ilohiyasi bilan qalbini tiriltirgan, vujudini xizmat ila bezagan, tilini zikrullohga odatlantirgan, sirlarni muroqaba bilan tamizlagan zot, haqning amriga rioyat tufayli valoyat toji va hidoyat libosi kiydirilgan oshiqdir.
Junayd bag‘dodiy esa, «sо‘fiy bamisoli tuproqdur. Barcha yomon narsa uning ustiga otilur. Ammo undan, gо‘zallikdan boshqa hech nima unib chiqmas…», - deydi.
Ahmad rifoiyning e’tirofi bо‘yicha, «kimki axloqi gо‘zal, majozi sharafli va himmati ulvi bо‘lsa, ana о‘sha sо‘fiydir». Sо‘fiyning borlig‘i haqning mazharidir. Unda haq ishqi va haq vaslidan boshqa bir maqsad qolmaydi.
Sо‘fiy va mutasavviflarning haqiqatga erishish yо‘li – kashf va zavq. Zavq – ilohiy tajalliylarning boshlanishi bо‘lib, haq oshig‘ining qalbida tug‘ilajak nuri irfon erur. Sо‘fiy haq va botilni ana shu nur ila farqlaydi, ma’naviy sirlarni kashf aylab, g‘ayb ma’rifatidan ogoh bо‘ladi. Sо‘fiylik zavqi hurlik bilan uyg‘undir. Zero, zavq olloh jamolini kо‘rish ishtiyoqidan oshiq kо‘nglida uyg‘ongan hayajon erurki, uning manbai muhabbat, muhabbat hosilasi esa ilohiy huzurdir.
Sо‘fiyning borliqqa munosabati yoki «borliq»qa erishish usuli ham о‘ziga xos. U bir «borliq» uchun boshqa borliqlardan voz kechadi. Zero, zohiriy borliqni tark etmasdan, haqiqiy – «mutlaq borliq»qa yetishmoq mumkin emas. Shuningdek, sо‘fiyning haqiqat talabi ham poklik va soflik. Chunki uning uchun haqiqatni xilma-xil kо‘rinish va shakllarda kо‘rish ham, qabul aylash ham yо‘q. Maxsus olam (kasrat – kо‘plikni aks ettiruvchi olam) g‘am, qayg‘u, kulfatlar bilan tо‘lig‘durki, haqiqat «malulda foriz» bо‘lmagan «mustag‘niy»ni qо‘lga kiritishga chorlaydi. Maxsus olam, zamon va makon e’tibori bilan chegaralangan va nihoyali, haqiqat tolibi – sо‘fiy esa zamon va makon tahdidlaridan yuksak kо‘tarilgan «sо‘ngsiz borliq» talabgori erur. Shu bois sо‘fiy «ibn ul-vaqt», ya’ni vaqtning о‘g‘lidir. Shuning uchun u «har nafasini kibriti ahmardan kо‘p karra ortiq kо‘rar. Kun va zamonning har lahzasida, shu lahzaga uyg‘un holda amal qilar. Hech vaqtini zoye etmas. Biloxira, zararli biror sо‘z ham sо‘zlamas» (Ahmad Rifoiy).
Sо‘fiyning ibratli fazilatlaridan yana biri, uning vahmlardan, shubha va gumonlardan yiroqligidir. U avom tabaqasi orasida aralashishdan imkon darajasida yiroq turardi. Uning avom bilan man-sanga borishi ham qusur, ham aybdir. Xullas, sо‘fiy «nafasi ayni oltin yanglig‘, yoqut yanglig‘ qimmatli», borlig‘ini haqqa baxshida etggan hur zotdir. Ammo bunday fikr va ta’riflar chin sо‘fiylarga tegishli. Ular safida taqlidchilar kо‘p bо‘lganidek, sо‘fiylikni bir niqob qilib olgan riyokor, kazzoblar ham ozchilikni tashkil etmagan.
Abul Abbos Dinovariy Nishopurga kelib bir muddat yashab, keyin samarqandga tashrif buyurgan. Qayerga bormasin u ma’rifatdan sо‘zlagan, ma’rifat tili bilan haqiqatni targ‘ib qilgan. Shu zot deydiki: «Muqallid sо‘fiylar tasavvuf asoslarini yiqdilar, yо‘llarini buzdilar. Bir qancha uydirma nomlar topib, tasavvufning ma’no-mohiyatini о‘zgartirdilar. Masalan: adabsizlikka – ixlos, haqdan yiroqlashishga – shath, yomon ishlardan zavqlanishga – xushnudlik, havo va havasga berilishga – ibtilo, dunyoparastlikka – vasl, axloqsizlikka – savlat, ziqnalik va xasislikka – jaholat, tilanchilikka – amal nomini berdilar. Eski sо‘fiylarning yо‘li bu emas edi».
Eski sо‘fiylar – haq sо‘fiylari sifatida e’tirof etilgan. Keyin esa ularga taqlid qiluvchilar bilan bir qatorda azroq – rizq sо‘fiylari (tamagirlikni kasb etib olgan sо‘fiylar), rusum sо‘fiylari – quruq rasm- rusumlarni ado aylashga kuch sarflagan sо‘fiylar paydo bо‘lgan. Asta-sekin bularning safi ortib borgan. Ehtimol, ana shuning uchun bizning donishmand bobolarimiz sо‘fiy sо‘zini tilga olishda bir ehtyotkorlik qilishgan. Aks holda, Suhravardiy, «Turkistonda, Movarounnahrda, Farg‘onada yashagan muqarrablardan juda kо‘p kishilarni sо‘fiy deb atamaslar. Chunki ular sо‘fiylarga о‘xshab kiyinib, ularga taqlid etmaslar…», deb yozmasdi. Xullas, «sо‘fiy kim?» - deganda hol, amal va e’tiqodlari noqis yoki buzuq sо‘fiylarning soni ham oz bо‘lmaganligini esdan chiqarmaslik lozim.
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bо‘lib, islom olamida VIII asrning о‘rtalarida paydo bо‘lgan. Dastlab u zohidlik harakati kо‘rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bо‘linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boylikka ruju qо‘yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug‘lar, yaqin dо‘st-birodarlarni siylash rasm bо‘ladi. Ummaviya xa-lifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina tо‘plash avj oldi. YA’ni diniy mashg‘ulotlar, Xudo yо‘lidagi toat-ibodat о‘rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qо‘ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bо‘ldi. Ular orasida hadis tо‘plovchi muxaddislar, ilgaridan kashshoq bо‘lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni ximoya qilib, ochiq kurashga otlangan bо‘lsalar, ikkinchi qismi esa, qanoat va zuhdni («zuhd» sо‘zidan «zohid» sо‘zi kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar, boylar axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g‘oyasini targ‘ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug‘ullanganlar.
Kufa, Bag‘dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar kо‘p edi, aytish kerakki, ularning obrо‘-e’tibori ham xalq orasida katta bо‘lgan. Chunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik sо‘fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarniig nomi shayxlar va sо‘fiylar haqidagi tazkiralarda zohid sifatida tilga olinadi, ba’zi mualliflar esa ularni sо‘fiylar qatoriga qо‘shmaganlar ham.
Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bо‘lishlariga qaramay, ishq va irfon (ilohiy ma’rifat)dan bexabar kishilar edilar. Ular falsafiy mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valilik, karomat-mо‘jizalar kо‘rsatish kabi xislatlarga ega emasdilar. Zoxidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag‘firatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. Sо‘fiylar nazarida esa jannat umidida toat-ibodat qilish ham tama’ning bir kо‘rinishidir. Holbuki, sо‘fiy uchun na dunyodan va na oxiratdan tama’ bо‘lmasligi kerak. Yagona istak bu - Xudonnng diydoridir, xolos.
Mashhur sо‘fiy ayol Robia Adviya (714-801) Tangriga munojotlarida nola qilib aytar ekan: «Ey Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannating tama’ida toat qiladigan bо‘lsam, jannatingdan benasib et, agar dо‘zaxingdan qо‘rqib ibodat qiladigan bо‘lsam, meni dо‘zax о‘tida kuydir ming-ming roziman! Ammo agar Sening jamolingni deb tunlarni bedor о‘tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma!»
Tangri taologa quruq, kо‘r-kо‘rona mute’likning hojati yо‘q. Xudo g‘azabidan qо‘rqibgina amri ma’rufni bajarish sadoqat belgisi emas, balki riyodir. Shuning uchun sо‘fiylar: Allohni jon -dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, kо‘ngilni nafsu hirs g‘uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga yetishish va bundan lazzatlanish g‘oyasinn keng targ‘ib qildilar. Inson ruhi ilohiydir va demak, asosiy maqsad- ilohiy olamga borib qо‘shilmoqdir, dedilar.
Shu tariqa, dunyodan kо‘ngil uzgan, ammo zohidlarga о‘xshamaydigan, “bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan” (Hofiz Sheroziy) zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo о‘zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bо‘lgan ediki, ularni ruh kishilari deb atardilar. Bunday odamlarning fe’l-atvori, yurish-turishi, xoriqulodda (odatdan tashqari) sо‘zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba’zilarining g‘aybdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mо‘jizalari aqllarii lol qoldirardi. Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo bu toifaga nisbatan kо‘proq «sо‘fiy» nomi qо‘llanilgan, chunki ushbu sо‘zning ma’nosi ancha keng bо‘lib, boshqa tushuncha va atamalarni о‘z ichiga sig‘dirardi.
Sо‘fiyning ozodligi deganda tasavvuf ahli solikning bashariy sifatlardan mutlaq qutulishi va ilohiy fikr sifati bо‘lmish pok ruh kо‘rinishida istig‘no olami - Tangri taolo olamining zaruratlari bepoyonligini qullan idrok etishini anglaganlar. Sо‘fiy yana «sirri sof, aqli yetuk, muhabbat ahliga dil bog‘lagan (Koshifiy) bо‘lishi, nafasidan bedardlar qalbi bedor bо‘lmog‘i kerak. Sо‘fiylar ruhoniyat bilan suhbat quradigan, kayhonu falak asroridan mujda keltiradigan, faqrni ixtiyoriy ravishda bо‘yinga olib, tabiiy axloqni tark eta borib, ilohiy axloqni kasb etuvchi, ezgulik yо‘lida jonini fido qiluvchidirlar, ular borliq va yо‘qlik, zamon va makondan xorij, azalu abadni birlashtirgan mukarram zotdirlar. Bu о‘rinda hazrat Abdurahmon Jomiyning «Suhbatul abror» dostonida sо‘fiyga bergan ta’rifini keltirmoqchimiz, о‘ylaymizki, bu quyma hikmatlar sо‘fiylar xislatini yorqinroq ochishga yordam berajak.
Ana shunday, davrlarning almashinishi, shohlarning о‘zgarishi, siyosatu rayosat darvesh sо‘fiyniig e’tiqodiga, xulqiga ta’sir qilmasligi kerak, sо‘fiy mayda manfaatlar, odamlarning kundalik tashvishlarigina emas, umuman foniy dunyoning‘ g‘amu muammolaridan ustun turadigan, tafakkurining sathi, falaklar qadar qamrovli, qalbida ma’nolar bulog‘n qaynab turgan komil inson hisoblangan.
Bunday karomatli insonlarni xalq aziz-avliyo, qudsiy nafasli kishilar sifatida alohida e’zozlagan. Bu zotlar atrofdagilar ongi va shuuriga qattiq tasir о‘tkazganlar va ma’naviyat sultonlari bо‘lib maydonga chiqqanlar. Ularning sо‘zi va harakati, xislati va axloqi hammaga ibrat qilib kо‘rsatilgan. Jahonning butunligi, obodonlik va osoyishtalik Parvardigor fayzini yetkazuvchi shu tabarruk zotlarning duosi, xayrli ishlariga vobasta deb qaralgan. Shu asnoda avliyo-anbiyoning merosxо‘ri - davomchisi degan aqida shakllangan. Ya’ni garchi Payg‘ambari oxir zamon Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan keyin payg‘ambar kelmasa-da, ammo qutbi kirom valilar har zamonda paydo bо‘lib, xalqni islom haqiqatlariga hidoyat etadilar tо‘g‘r yо‘lga boshlaydilar.
Alisher Navoiy ham Bahouddin Naqshband va Abdurahmon Jomiyni garchi Xusrav Dehlaviy kabi payg‘ambar davomchisi deb atamasa-da, lekin ularni «murshidi ofoq», «koshifi asrorya iloh», barcha ishlardan xabardor karomatli va pok niyatli zotlar sifatida ta’rif-tavsif etadi. Masalan, Bahouddin Naqshband:



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling