O‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari


Download 0.63 Mb.
bet5/19
Sana04.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1748104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O‘zbek-mumtoz-adabiyotining-shakllanishi

Yо‘lini topgaymu kishi to rahnamo kо‘rsatmagay. (Bobur)
Shuni e’tiborga olib tajribada pirga qо‘l berib, iroda-ixtiyorni unga topshirganlar. Shu ma’noda tariaqatni irodat ham deydilar. YA’ni irodani shayx irodasiga muvofiqlashtirish, shayx irodasini о‘z irodasi deb bilish.
Ikkinchi tarafdan, bu muridning irodasi, mardligi himmatini sinashni ham bildiradi, (murid, murod, iroda sо‘zlari о‘zakdosh), zero dunyodan kechib, Iloh yо‘liga о‘zini bag‘ishlash ulug‘ mardlikdir. Muridga rahbarlik qiluvchi pirning о‘zi ajzu iztirob yо‘li-tariqat maqomlarini eson-omon bosib о‘tgan, qalbi Iloh ma’rifatiga limmo-lim orif inson bо‘lish kerak. Pir xar jihatdan muridga о‘rnak bо‘lmog‘i darkor: ham bilimning chuqurligi, ham tariqat usullarini yaxshi bilishi, ham kо‘nglining pokligi, nafsini mahv etganligi va hokazolar bilan ajralib turishi, salobati, sо‘zi va harakati, sо‘zi va harakati bilan, suhbat va nazari, tadbiri va himoyasi bilan muridga ta’sir о‘tkazmog‘i lozim.
«Agar shayxlik ruknlari nechta, deb sо‘rasalar, yettita deb aytgil, - deb uqtiradi Koshifiy «Futuvvat-nomai sultoniy» asarida. - Birinchidan, shayx komili ma’rifat egasi bо‘lsin. Ikkinchidan, о‘tkir farosatli, odamshunos kishi bо‘lib, bir nigoh tashlash bilan muridning qobiliyatini ilg‘ay olsin. Uchinchidan, yetuk ruhiy-ma’naviy quvvati bо‘lsin, toki agar murid tariqat yо‘lidan adashsa, unga ma’naviy madad berib mushkulini oson qilolsin, tо‘g‘ri yо‘lga solsin. Tо‘rtinchidan, yetarli darajada erkin odam bо‘lsin, ya’ni hech narsaga muhtojligi bо‘lmsin-. Beshinchidan; ixlosi mustahkam bо‘lib, riyo va tamani tark etsin, mol va mansab deb birovga sarg‘aymasin, egilmasin. Oltinchidan, rostlik va beg‘araz dо‘stlikni shior qilsin - haq sо‘zni har yyerda, xar qanday sharoitda ayta olsin, gapirganda ikkiyuzlamachilik qilmasin. Yettinchidan, qalbida shafqat nuri porlab tursin, murid manfaatini va umum manfaatini о‘z manfaatidan ustun qо‘ysin».
Pir muridning shodligini ham, g‘amini ham baham kо‘rgan, uni nasixat, tanbeh va ilhombaxsh sо‘zlar, harakatlar bilan ruhlantirib, quyidan yuqoriga qarab tarbiyalab borgan. Muridning qobiliyatiga qarab vazifalar ham murakkablashib boravergan. Koshifiyu davom ettirib, yozadi: «Agar haqiqat pirlari kim deb sо‘rasalar, buning alomatlari quyidagilar deb javob bergil: tunlarni bedor о‘tkazish, yomonlar bilai о‘tirmaslik, ilm о‘rganish, g‘iybat va yolg‘ondan saqlanish, odamlar xursandchiligini istash va shu xislatlarni о‘z muridlariga yetkazish».
Bizning tariximizda bunday munavvar qalbli najib insonlar kam bо‘lmagan. Ular о‘z muridlarini farzandlariday yaxshi kо‘rganlar.
Pir hech qachon murid moliga kо‘z olaytirmasligi, biron-bir yо‘sinda tamaga ishora qilmasligi, aksincha, murid qoshida biror mushkul tug‘ilganda darrov yordam berishi, mushkulni hal qilishi kerak. Muridning mushkuli faqat moddiy qiyinchilk emas, soliqlar buni hech qachon e’tiborga olmaganlar. Mushkul deganda tasavvuf axli ma’naviy muammolar, yuz beradvgan holatlar, tug‘ilajak savollarni anglaydilar. Pir ana shularga javob topib, muridni qanoatlantirishi shart. Agar qanoatlantirishga kо‘zi yetmasa, muridni boshka о‘zidan kuchliroq shayxga tavsiya etadi.
Shuni ham aytish kerakki, soliklarning iste’dodi :xilma-xil bо‘lganday, pirlarning murabbiylik qobi-liyati ham turlicha bо‘lgan. Ba’zi shayxlar muridga tariqat odobini о‘rgatganlar, ya’ni uni xoksorlik, taslim va itoatga keltirish, manmanlik, hirsu havo kabi tuyg‘ulardan xalos etish bilan shug‘ullanganlar. Ba’zi shayxlar muridga ruhiy karomati, mо‘jizalari bilan ta’sir etganlar. Yana bir qism shayxlar shogird-lariga tasavvuf asoslarini о‘rgatish, nazariy bilim-.lar bilan qurollantirishga e’tibor qilganlar.
Masalan, hazrati Bahouddin Naqshbandning bir «nechta pirlari bо‘lgan. Navoiyning yozishicha, Xoja Bahouddinga «qabul nazari» Boboyi Samosiydandir.
Ya’ni Boboyi Samosiy yosh Muhammad Bahouddinning kelajakda iste’dodli shayx bо‘lishini karomat qilgan rivoyat qilishlaricha, Bahouddin hali tug‘ilmasdan, Boboyi Samosiy uning oilasi yashaydigan Qasri Hinduvon qо‘rg‘oni oldidan о‘tayotib, «bu yyerda bir er tug‘ilur», deya bashorat etgan ekan va Bahouddin tug‘ilgan kuni yana shu qasr oldidan о‘tib, «ul er tug‘ildi» deb aytibdilar va ichkariga kirib, chaqaloqni bag‘rilariga bosib, nafas qilgan ekanlar. Navoiy deydikim, hazrati Bahouddinga suhbat nisbati va tariqart odobi ta’limi va zikr talqini Boboyi Samosiydandir. Boboyi Samosiy yosh Bahouddinni Amir Sayyid Kulolga topshiradi. Amir Sayyid Kulol tariqat odobi ta’limini davom ettirgan. Biroq, hazrati Naqshband ancha ilgari vafot etgan Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniyii va Qusam shayxni ham о‘z pirlari qatoriga qо‘shadi. Nega? Chunki, Amir Sayyid Kulol zohir yuzasida pir bо‘lsalar, «haqiqat yuzidan» ruhiy tarbiyatni hazrati Bahouddin Abduxoliq G‘ijduvoniydan olgan. Bunday g‘oyibona ruhiy-ma’naviy tarbiya olishni tasavvufda «uvaysiylik» deydilar. Sababi Uvays Qaraniy g‘oyibona Hazrati Rasululloh ruhidan madad olganlar, bu shunga ishora.
Xoja Bahouddin Naqshband shunday qilib, tariqatning amaliy yо‘riqlarini Boboyi Samosiy, Amir Sayyid Quloldan о‘rgangan bо‘lsa, botiniy-ma’naviy ta’limni Abduxoliq G‘ijduvoniydan qabul qilgan. Shunday holni boshqa shayxlar hayotida ham kuzatish mumkin. Hozir aytganlardan pir va muridlik muomalasida quyidagi uch narsaga diqqat qilinganini kо‘ramiz birinchisi - suhbat ta’limi, ikkinchisi - xirqa kiygizish, uchinchisi - zikr talqini.
Shayx Saididdin Farroniyning aytishicha, xirqa (darveshlarniig maxsus kiyimi) ikki xil bо‘ladi:
1) irodat xirqasi va 2) tabarruk xirqa, Irodat xirqasi, ya’ni suluk xirqasi bitta pirdan olinadi. Irodat xirqasi - muayyan shayx sulukiga taalluqlilikni bildiradi. Tabarruk xirqani esa kо‘p shayxlardan olish mumkin ekan. Shu kabi bо‘rk, kuloh, kо‘ylaklar ham tabarruk tuhfa sifatida qabul qilingan. Talqini zikr ham bitta shayxdan olinadi, ammo suhbat ta’limini kishi istagan shayxdan olishi mumkin. Xirqa kiydirish va zikr talqinining о‘ziga xos marosimlari, talablari bо‘lgan. Bular haqida batafsil tо‘x-talishga bu о‘rinda imkonimiz yо‘q.
Tariqatda maqomot va hol tushunchalari muhim о‘rin tutadi. «Maqomot» - maqom (manzil, bekat) sо‘zining kо‘pligi bо‘lib, solikning ruhiy-ma’naviy kamoloti bosqichlarini anglatadi. Abunasr Sarroj tariqatning quyidagi maqomlarini qayd etgan:
1. Tavba. 2. Vara 3. Zuhd 4. Farq 5. Sabr 6. Xavf 7. Rajo 8. Tavakkul 9. Rizo
Tavba-qaytish demak, ya’ni kamolotga, oliy axloqiy sifatlarga qaytish. Tavbani bobul abvob- eshiklarning eshigi ham deydilar, chunki tariqatga qadam qо‘ygan odamning niyati va mohiyati avvalo shu tavbasida ayonlashadi. Tavbaning xakiqati shuki, solik Xudoga yetishish yо‘liga g‘ov bо‘ladigan jamiki narsalardan qaytishga qasamyod etadi, butun intilishi, tavajjuhini Allohga qaratadi, avvalgi hayot tarzidan butunlay voz kechadi. Tavba; kufrdan qaytish, shariat man’ etgan nahyi va yomon ishlardan qashish, zamima axloqdan hamida axloqqa qaytish, haqning g‘ayri bо‘lgan narsalardan qaytish kabilarni о‘z ichiga oladi-Tavbaning mohiyati о‘z nuqsonlarini kо‘ra bilish, о‘zining ahvolini anglash, kabih ishlar, kabih fe’l va qabih fikrdan qaytish, dunyoning ma’nisizligi, arzimasligini anglab, zulmu adolatsizlikdan qaytishn xam bildiradi. Qо‘rquv tavbasi, gunohga iqror bо‘lish - oddiy odamlarga xos. Sо‘fiylar tavbasi esa qalb istijobi, ya’ni istijobat - uzilish, о‘zgarish tavbasidir.
Vara’ sо‘zining ma’nosi parxez, taqvo bо‘lib, bulg‘anishlardan, ma’naviy zarar keltiradigan shubhalardan saqlanish demakdir.
Shibliyning kо‘rsatishicha, vara’ning uch kо‘rinishi bor til vara’i, ya’ni tilni bema’ni gaplar uchun ishlatmaslik, g‘iybat-tuhmatga berilmaslik; kо‘z vara’i - shubhali narsalardan saqlanish, g‘aliz shakllarga boqmaslik qalb vara’i, ya’ni, past himmatni tark etish va noxush qiliqlarni qilmaslik. Kо‘ngil man etgan jamiki narsalardan parxez qilish, tama’dan saqlanish, maxrumlikdan qо‘rqishdan hazar qilish. Xullas, tilga, kо‘zga, quloqqa va oyokqa band solish.
Zuhd - vara’ning davomi hisoblanadi, bu ham parhez, hazar qilish demakdir. Ammo bunda taom va ichimlikdan saqlanish, halol va haromni ajratishga alohida ahamiyat beriladi. Zuhd sо‘fiy uchun dunyo va oxirat tarki, dunyo moliga ega bо‘laman deb intilmaslikdir. (Hadis: Kimki dunyodan parhez etsa, uning qalbi tajalliyot nuri kiradigan joyga aylanadi). Junayd Bag‘dodiy sо‘zi: «Zuhd - qо‘lni mulkdan xoli tutish, dilni esa Hakdan о‘zga har narsadan pok saqlash demak». G‘azzoliy deydn: «Zuhd dunyodan ixtiyoriy ravishda voz kechish va buning uchun qayg‘urmaslikdir».
Faqr - ma’nosi qashshoqlik, benavolik. Sо‘fiylar nazdida ulug‘vor ilohiy mohiyat kasb etish bо‘lib, Xudoga bandalikni sidqidildan oliy darajada bajo keltirish, bandalikdan sharaf topish, niyozmandlik va talabgorlikda yо‘ldagi tuproq misol nomu nishonsiz bо‘lish, Iloh nazdida о‘zni zarra, balki zarradan ham kam deb xisoblash. Va shu martabada komillik rutbasini qozonish ham. Barcha narsalar, olamu odam Allohga tegishli, insonning vujudi ham о‘ziniki emas, chunki u ham Yaratganning mulkidir- Fakrni ana shunday mazmunda anglagan odam tasavvuf moxiyatiga ham yetib boradi.
Sabr - toqat, chidam. Sо‘fiylar tilida qiyinchi-chiliklardan shikoyat qilmaslik, ayniqsa, Xudodai boshqaga nola iltijo qilmasdik. Sabr etuvchi (sobir) о‘zini balo girdobiga solib, balolardan qо‘rqmaydigan odamlar. Sabr kushoyish uchup intizorliklar (Sahl), ya’ni ruhiy-ma’naviy mushkulliklar yuz berganda, sabr qilgan solik kushoyish tonadi, yangi maizillarni kashf etadi. Sabr - iymoniing yarmi deydilar, chunki sо‘fiyning dushmani bо‘lgan nafs sabr orqali jilovlanadi, toatdan halokat topish ham sabr bilan bо‘ladi.
Xavf - qalbning ishonchdan, iymon aminidan chiqishi, ikkilanish, tahlika. Vaqtinchalik shayton nayrangi ham kо‘ngilga xavf-qо‘rquv soladi. Solik azobdan emas, balki makrdan, nafs makridan qо‘rqadi. Vaholanki, shayton iymoni mustahkam odamdan qо‘rqishi kerak.
Rajo - umidvorlik. Qalbning kelajakda mahbub vasliga yetishidan umidvorligi, xavfdan qutulish umidi. Dilning sog‘inchi, intiqliklari ham shunga kiradi.
Tavakkul - barcha yaxshi-yomon hodisalar, ishlarni Xudodan deb bilish, kullan Parvardigorga suyanish. Tavakkul ilohiy fayzga e’timodli kishining iymonidir. Bu ma’rifat kamolidan keladigan oliy maqomdagi iymondir. Barcha hollarda va amallarda Allohga suyanish, о‘zini bir faoliyat asbobi hisoblash, barchani Xudoga topshirib, Xudodan о‘zga narsalar ham Xudodan ekaniga chuqur ishonish. Inson juda kо‘p narsalarni qila oladi, ammo bu harakatlarning bari Ulug‘ tangri qudrati tufayli, qudratining namoyon bо‘lishi ekanini anglash shart. Xudoning irodasi bizning irodamizga hokim. «Tavakkul - iymon hakiqatidir» (Koshoniy).
Rizo - qalbdan qabohat - kirlarning ketishi, qazovu qadar hukmiga bо‘ysunish, nafs roziligidan chiqib, Haq roziligiga kirishdir. Qazo amriga taslim bо‘lgan qalbning sururi. Lohijiy: Rizo - bandaning о‘z rizosidan chiqib, mahbub rizosiga kirishi, ilohiy qismatga zarra e’tiroz qilmasligidir. Solikda ushbu maqomda xech narsadan g‘azab, hayajon, gina-qudrat va xafalanish bо‘lmaydi...
Ayrim tadqiqotchilar tilga olingan makomlar yoniga yana qanoat, sidq, itminon (tо‘la ishonch), shukrn kо‘shganlar. Birq kо‘rib о‘tgannmiz tо‘qqizga maqom qanoat, shukr va itminonni о‘z ichiga oladi. Diqqat bilan fikr qilib qarasak, maqomotning ushbu tartibida muayyan mantikiy uzviylik borligi ma’lum bо‘ladi; avval qat’iy parhez, kam yeyish, kam uxlash, kam gapirish, barcha noma’qul va nomaqbul ishlardan saqlanish, pok tiynat, pok badan va pok a’mol uchun kurashish. Sо‘ngra shu asosda ruhni chiniqtirish, mahrumliklarga kо‘nish va kо‘nikysh, chilla о‘girishlar, surunkali zikr orqali Allohning muborak ismlariny qalbga naqshlash, xotira va hofizani kuchaytirish va shu asosda iymonni mustahkamlash, jamiki mavjudot va hodisotda Alloh qudratini kо‘rish, idrok etish va qalban iqror bо‘lish, tanish. Shu tariqa, ma’rifatga yо‘l ochiladi va solikning ahvoli ruhiyasi о‘zgarib boradi. Ilohiy ma’rifatga erishish yо‘li ana shunday og‘ir va mashaqqatli bо‘lgan. Tariqatga talabgor odam dunyo lazzatlari, hirsu havasdan voz kechib, jismu jonini ruxiy qiynoqlar girdobiga solishi, butun irodasi, fikru zikrini Alloh yodiga yо‘naltirishya lozim edi. Solikning intilishlari pir tomonidan nazorat qilinar, solikning ruhiy о‘zgarishlarini anglagan zukko pirlar ularni yangi-yangi pog‘onalarga ruhlantirardilar. Pir turli vositalar bilan muridni tarbiyalab, uning ichki botiniy olamini boyitish, xam no-hiriy va ham sо‘fiyona ilmlarni о‘rgatish barobarida, his va ruhini charxlab, noziklashtirib, qо‘l tegsa, jaranglab ketadigan cholru asbobiday holga keltirar edi. Bunday tо‘xtovsiz izlanish, ruhiy iztiroblar zamirida kuchli muhabbat, maqsadga yetishish yо‘lidagi bemisl insoniy sidqu vafo, fidoyilik yotardi. Shunday paytda iste’dodli soliklarning qalb kо‘zlari ochilar, beshta tashqi va beshta ichki (xotira, hofiza, aql, taxayyо‘l, tasavvur) hislardan boshqa, yaia hayratga soluvchi zehniy va vajdiy (intiutiv) qobiliyatlar paydo bо‘lardi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling