O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi
Kursning tematik tarkibi va mazmuni
Download 4.02 Mb.
|
FANDAN TALABALAR BILIMINI REYTING TIZIMI ASOSIDA BAHOLASH MEZONI Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida ishlab chiqilgan va SamDU o‘quv-uslubiy kengashining 2018-yil 20-oktabrdagi majlisining 3-son qarori bilan tavsiya etilib, universitet kengashining 2018-yil 25-oktabrdagi majlisining 3-son qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu tartib 2018-yilda o‘qishga qabul qilingan va keyingi yillarda qabul qilinadigan talabalar bilimini baholashning yakuniy bosqichini tashkil etish, o‘tkazish hamda natijalarni rasmiylashtirish sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Umumiy qoidalar Talabalar fan o‘qituvchisi tomonidan birinchi mashg‘ulotda mazkur tartib talablari bilan tanishtiriladi. Oraliq va yakuniy baholashlar (YaB) o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha nazorat savollari semestr boshida kafedra tomonidan ishlab chiqilib, kafedra yig‘ilishida muhokama qilinadi va kafedra mudiri tasdiqlagandan keyin talabalar e’tiboriga etkaziladi. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida (darsdan tashqari paytda) o‘tkaziladi. Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 marotaba o‘tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib o‘quv-uslubiy boshqarma bilan kelishilgan holda tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Semestr davomida o‘quv mashg‘ulotlari hajmi haftasiga 2-4 akademik soat bo‘lsa, bir marta oraliq nazorat o‘tkaziladi. Agar semestr davomida o‘quv mashg‘ulotlari hajmi haftasiga 4 akademik soatdan ko‘p bo‘lsa, ikki marta oraliq nazorat o‘tkaziladi. Semestr davomida bitta oraliq nazorat o‘tkaziladigan fanlardan fan dasturi bo‘limlarining 50-60% o‘qitilgandan so‘ng o‘tkaziladi. YaBlar talabalar bilimini baholash bo‘limi (bundan buyon matnda TBBB deb yuritiladi) tavsiyasiga asosan universitet rektori buyrug‘i bilan tashkil etiladigan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Komissiya tarkibiga fan bo‘yicha tegishli mutaxassislar, yoshlar ittifoqi, ota-onalar, ist’emolchi korxona, muassasa va tashkilot vakillari, boshqa oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari mutaxassislari kiritilishi mumkin. Semestr yakunidan kamida ikki oy oldin TBBB tomonidan YaB lar jadvali ishlab chiqiladi va rektor (yoki o‘quv ishlari prorektori) tasdig‘idan o‘tkazilib, fakultetlarga yetkaziladi. Jadvalda fan nomi, guruh, YAB shakli, o‘tkazish sanasi va auditoriya ko‘rsatiladi. YaB lar komissiyasi tarkibiga fan bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tgan professor-o‘qituvchilar kiritilmaydi. YaB variantlari 5 ta nazariy savol va amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, YaB lar sessiyasidan kamida ikki oy oldin kafedra tomonidan tuziladi. Variantlar kafedra mudiri va fakultet dekani imzosi bilan konvertga solingan holda yelimlanmasdan TBBBga topshiriladi. TBBB variantlar talab darajasida tuzilganiga ishonch hosil qilingandan keyin konvert yelimlanib, muhr bosiladi va TBBBda saqlanadi. YaBlar sessiyasi boshlanmasdan oldin fan o‘qituvchisi talabalarning oraliq nazorat bo‘yicha baholarini dekanat jurnaliga (baholarni qayd etish jurnali) ko‘chirib, imzo qo‘yadi. ON dan qoniqarsiz (ikki) baho olgan talaba YaB gacha ko‘pi bilan ikki marta ON ni takroriy topshirishi mumkin. ON dan takroriy topshirishlarda ham qoniqarsiz baho olgan talabalar YaB ga kiritilmaydi. YaB boshlanishi paytida auditoriyada talabalar, imtihon komissiyasi a’zolari, YaNga qo‘yilganligini tasdiqlovchi dekanat ro‘yxati, yetarli miqdorda titul varag‘i bilan birga javob varaqalari va YaB variantlari bo‘lishi shart. Titul va javob varaqalari bilan ta’minlash tegishli dekanat zimmasiga yuklatiladi. YaBga talaba shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan qo‘yiladi. Belgilangan vaqtdan kechikib (YAB boshlangandan keyin) kelgan talaba imtihonga kiritilmaydi va dekanat jurnaliga “0” deb qayd qilinadi. YaN o‘tkazilayotgan paytda biror bir manbadan (qo‘l telefoni, shpargalka va h.k.) foydalangan yoki foydalanishga uringan talabaga dalolatnoma tuzilib, YaN dan chiqarib yuboriladi va bilimi “2” bilan baholanadi. Dekanat jurnalidagi ON va YaN baholariga tuzatish kiritish, bahoni bo‘yab o‘zgartirish qat’iyan man etiladi. Shunday hol ro‘y berganda, dekanat tomonidan sababi tekshiriladi va ataylab buzgan shaxsga nisbatan tegishli chora ko‘riladi. OBlarning belgilangan jadval asosida va talab darajasida o‘tkazilishi hamda natijalarini dekanat jurnaliga vaqtida o‘tkazilishi uchun kafedra mudiri va fakultet dekani mas’ul hisoblanadi. YaNlarning belgilangan jadval asosida ushbu tartibga muvofiq o‘tkazilishi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun mas’uliyat TBBB, YaNlar komissiyasi va fakultet dekaniga yuklanadi. YaNlar asosan “Yozma ish” shaklida olinadi. Shuningdek, test shaklida yoki fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda (nutq, bajarib ko‘rsatish, texnik vositalardan foydalanish mahoratini baholash muhim bo‘lganda) “Yozma-amaliy” shaklda olinishi mumkin. Test yoki “Yozma-amaliy” shaklda YaN o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati tegishli fakultet dekanlari tavsiyasiga ko‘ra TBBB tomonidan shakllantiriladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi. YaNda talaba bilimi “100” ballik tizimda baholanadi. Variantdagi har bir savolga “0” dan “20” balgacha qo‘yilib, jamlanadi. Ushbu to‘plangan ball Nizom ilovasidagi 2-jadvalga muvofiq “5” baholik tizimga o‘tkaziladi. Talaba bilimini baholashda o‘z fikrini mantiqiy ketma-ketlikka amal qilgan holda tizimli, to‘g‘ri va to‘liq bayon qila olishi, hayot bilan bog‘lay olishi, javobda masalaga ijodiy yondasha olishi, amaliy topshiriqlarni to‘g‘ri va to‘liq bajarib, tushintira olishi, fan bo‘yicha ilmiy atamalardan to‘g‘ri foydalanishi, javobni misollar orqali asoslay bilishi, ko‘rsatib, bajarib, ijro etib berish, texnik vositalardan foydalana olish mahoratini namoyon qila olishiga e’tibor beriladi. Baholash natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va universitet Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra past ko‘rsatgichga ega bo‘lgan fanning nomi professor-o‘qituvchilar ro‘yxati bilan tegishli chora ko‘rilishi uchun universitet rahbariyatiga taqdim etiladi Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling