O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ilova Diqqatni jalb 2-ilova
3. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa) |
3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Muammoli masalalar haqida yo’llanma beradi. Qo’shimcha ma’lumot uchun manbalarni havola etadi. 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi (4-ilova); keyingi mavzu bo’yicha o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelishni tayinlaydi |
Vazifalarni yozib oladilar. |
1-ilova
Diqqatni jalb
2-ilova
MA’RUZA MATNI
Lirik matnlarni sharhlash, ayniqsa Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganish, o’rgatish o’qituvchilarning o’ziga xos qiyinchilik, muammolarga duch kelishiga sabab bo’ladi. Bu hol, albatta, shoir ijodiyoti va shaxsiyatining mukammalligi bilan izohlanadi. Shunday vaziyatda o’qituvchilarga navoiyshunos olimlarning bu borada olib borgan ishlariga murojaat qilish ko’proq samara beradi.
Talabalarga Navoiy ijodini o’rgatish, asarlari mazmunini osonroq va tushunarliroq etkazishda adabiyotshunos olimlarning sharh va talqinlari muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyoshunos olim I.Haqqulovning 1989 yilda nashr etilgan “Zanjirband sher qoshida” kitobiga Alisher Navoiy ijodining mohiyatini tushuntirib, sharhlab beruvchi maqolalar jamlangan bo’lib, kitob o’rta yoshli kitobxonlarga mo’ljalangan.
Kitobga so’zboshi yozgan O’zbekiston xalq shoiri E.Vohidovning aytishicha, bir uchrashuvda muxlislar unga shunday savol berishgan: “Siz Gyote, Esenin she’rlarini tarjima qildingiz, endi qachon bizga Alisher Navoiy she’rlarini tarjima qilib berasiz?” Bu g’ayritabiiy tuyulgan savolga shoir o’sha paytda javob bermaganligini eslab, “Zanjirband sher qoshida” kitobi so’zboshisida shunday mulohaza yuritadi: “Alisher Navoiy yashagan davr bilan bizning zamon o’rtasida yarim ming yillik vaqt masofasigina emas, juda katta ijtimoiy ong masofasi, adabiy til, dunyoqarash, hayot tarzi masofalari bor. Mutaxassis bo’lmagan o’quvchiga Navoiyning asarlarini tushunib etish hozirda muammo. Demakki, Navoiy asarlarini sharh qilish, tafsirlash, ya’ni o’sha savol bergan kitobxonning so’zi bilan aytganda tarjima qilish zarurati bor… shu ma’noda iste’dodli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulovning qilgan mehnati tahsinga sazovordir”.
I.Haqqulov ushbu kitobni shartli ravishda uch qismga ajratib tuzgan. “Boshni fido ayla” deb nomlangan dastlabki qismda Navoiy ulug’lagan insoniy fazilatlar – ota-onani hurmat qilish, tabiatga va borliq mavjudodga mehr, tilga va so’zga e’tibor, kamtarlik, saxovat, muhabbat kabilar ulug’ shoirning asarlaridan olingan parchalar orqali tafsir qilinadi. Olimning ushbu kitobidan Faqatgina Navoiy ijodiga bag’ishlangan darslarda emas, balki, barcha darslarda, darsning tarbiyaviy maqsadidan kelib chiqqan holda foydalanish mumkin. Chunki kitobda Navoiy baytlarini tahlil etish barobarida juda ko’plab ibratli va qiziqarli hikoyatlar ham keltirilganki, bu o’quvchini Navoiy ijodi bilan tanitish barobarida uni turli ibratli hikoyat va rivoyatlardan ham bahramand etadi. Har bir o’quvchi ushbu rivoyatlardan tegishli xulosalar chiqara oladi. Matn talqini orqali o’quvchi Navoiy g’oyalarini atroflicha tushunib etadi.
Munaqqid boshqa bir maqolada qadim yunon faylasufi, Suqrotning bir fikrini keltiradi: “Dunyoda bitta ezgulik bor – bilim, bitta yovuzlik bor – nodonlik”. Va shu jumlani sharhlash orqali nodonlik mohiyatini o’quvchiga ochib berishga harakat qiladi. Kitob maktab o’quvchilariga moslab yozilgani sabab zukko tanqidchi o’quvchi nazdidagi nodon kim ekanligiga ahamiyat qaratadi va “Biz odatda o’qishga hafsalasiz, savodi sustroq kishilarni nodonlar deyishga moyillik sezamiz” deydi. Shuningdek, bu uncha to’g’ri emasligini ta’kidlaydi, shundan so’ng inson uchun eng nafli ilm nima? deya savol qo’yadi va o’quvchini savolga javob topishga undaydi hamda savolga o’zi “Bu – Vatanni sevish ilmi” deya javob beradi. Vatanini sevmagan, o’z Vatanida Vatansiz bo’lganlardan har qanday yovuzlikni kutish mumkinligini aytadi.
Nodonlikning ko’rinishlari haqida so’z yuritar ekan, manmanlik – nodonlikning cho’qqisi ekani ta’kidlaydi. Aslida adabiyotdagi nodonlik mavzusining talqinidan muddao nima? Nodonlikning davosi bormi? Olim mana shu savolga javob topishga intiladi.
El qochsa birovdin, el yamoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni,
Olam elining yamon-yamoni bil oni.
Alisher Navoiy bu ruboiysida yomon odamdan el qochishi, unday odam xalq joniga balo bo’lishini ifodalagan. Ibrohim Haqqul: “O’zini anglagan hamma odam nodondan qochaversa, ularga qarshi kim kurashadi?” – deydi-da, o’zi javob beradi: “Qudratli kuch bor. Bu – adabiyot.”
Bu gaplardan bugungi kunimiz uchun ham ibrat olish, xulosa chiqarish lozim. Axir, nodonlik tufayli tevarak-atrofimizda nimalar ro’y bermayapti? Bir tomondan, tobora yuqorilayotgan ilmu ma’rifat, ulug’ bunyodkorlik ishlari tufayli hayotimiz go’zallashib borayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, virtual olamning globallashuvi, mafkuraviy kurash tufayli nodon kimsalar yovuz kuchlarning changaliga tushib qolmoqdalar.
Adabiyot o’qituvchisi Navoiy asarlari mag’zini tushuntirishda yangi zamonaviy axborot texnologiyalariga tayanib, “Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanishi ham yaxshi samara beradi va shoirning matnda bermoqchi bo’lgan niyatini chuqurroq anglash imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, nafaqat Alisher Navoiy ijodini, balki, badiiy matnni chuqur anglashda “Intellekt karta”, “Sinkveyn” kabi metodlar, “Neyrolingvistik dasturlash” asoslari adabiyot o’qituvchiga keng imkoniyatlar beradi.
I.Haqqulovning “Zanjirband sher qoshida” kitobiga kirgan maqolalarning aksariyatida kurashchanlik, fidoyilik ruhi yaqqol sezilib turadi. Bunga dalil sifatida “Tarix va xotira chirog’i”, “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Vatan – yagona kenglik”, “O, shoir qismati” maqolalarini keltirish mumkin. Muallifning topqirligi va tafakkurining kengligi shunda namoyon bo’ladiki, u qaysi mavzuda so’z yuritmasin, fikrini Alisher Navoiy asarlaridan olingan iqtiboslar bilan tasdiqlashga muvaffaq bo’lgan.
“Tarix – kechmish hayot, olis zamonlarda yashab o’tgan ajdodlar taqdiri, yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash tajribasi, haqiqat va diyonat uchun to’kilgan qonlar, mag’lublik va g’oliblik jangu suronlari. Tarix – Vatan iqbolidagi o’zgarishlar, xalq tafakkurining yuksalish yo’llari”, – deb boshlaydi I.Haqqulov “Tarix – xotira chirog’i” maqolasini. Va yana davom etib, Alisher Navoiy ijodiga murojaat etadi: “Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning o’g’li G’arib Mirzoga tarixni o’rganish zaruriyatini bunday sharhlaydi:
Download 4.02 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling