Mashg’ulot vaqti -2 soat
|
Talabalar soni: 45-50 nafar
|
Mashg’ulot shakli
|
Axborot-tahliliy ma’ruza
|
Ma’rvza rejasi:
|
1. G‘azalning yaratilish davri, qaysi devonga mansubligi.
2. G’azalning mavzusi, murakkab so‘zlar lug‘ati, baytlarning nasriy bayoni.
3. G’azaldagi shohbaytlar talqini.
4. G’azalning badiiy xususiyatlari, umumiy mazmun-mohiyati.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Alisher Navoiy g’azallarini sharhlash mezonlari va tahlili ko’nikmasini hosil qilish.
|
Pedagog vazifalari
G‘azalning yaratilish davri, qaysi devonga mansubligi haqidagi eng muhim ma’lumotlarni yetkazadi.
G’azalning mavzusi, murakkab so‘zlar lug‘ati, baytlarning nasriy bayoni haqida tushuncha beriladi.
G’azaldagi shohbaytlar talqini va ularni sharhlash usullari tushuntiriladi.
G’azalning badiiy xususiyatlari, umumiy mazmun-mohiyati anglash yo’llari haqida ma’lumotlar beriladi.
|
O`quv faoliyati natijalari
Alisher Navoiy g’azallarini sharhlashda ularning yaratilish davri va qaysi devonga mansubligini aniqlashning ahamiyati haqidagi eng muhim nazariy ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
G’azalning mavzusi, murakkab so‘zlar lug‘ati, baytlarning nasriy bayoni tuzish ko’nikmasiga ega bo’ladilar.
Shohbaytlarni aniqlash va tahlil qilishni o’rganadilar.
G’azalning badiiy xususiyatlari, umumiy mazmun-mohiyati anglash malakasiga ega bo’ladilar
|
Ta’lim berish usullari
|
Ko’rgazmali ma’ruza, namoyish etish, savol-javob, suhbat, tushuntirish.
|
Ta’lim berish shakllari
|
Yakka, ommaviy
|
Ta’lim berish vositalari
|
O`quv va tarqatma materiallar, slaydlar
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik jihozlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki nazorat, savol-javob
|