O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Download 4.02 Mb.
bet31/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
3. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Muammoli masalalar haqida yo’llanma beradi. Qo’shimcha ma’lumot uchun manbalarni havola etadi.
3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi (4-ilova); keyingi mavzu bo’yicha o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelishni tayinlaydi

Vazifalarni yozib oladilar.

1-ilova


Diqqatni jalb

2-ilova





1-slayd

1. G‘azalning yaratilish davri, qaysi devonga mansubligi.

3. Baytlarning nasriy bayoni



2. Мavzusi, murakkab so‘zlar lug‘ati





5. G‘azalning badiiy xususiyatlari

4. Shohbaytlar talqini

6. Umumiy mazmun-mohiyati


MA’RUZA MATNI

Alisher Navoiy g’azallarini tahlil qilishda, avvalo, uning qaysi devonga mansubligi va yaratilish davrini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy g’azallari uning quyidagi devonlaridan o’rin olgan:


1. "Ilk devon". Alisher Navoiy she`riyatining noma`lum muxlislari tomonidan tuzilgan "Ilk devon". Ta`kidlanganidek, mazkur devon Alisher Navoiyning muxlislari tomonidan hijriy 870 (1465-1466) yilda tuzilib, Sulton Ali Mashhadiyning go’zal nasta`liq xati bilan ko’chirilgan, noma`lum musavvir esa devonning varaqlarini go’zal naqshlar bilan bezagan. Devonga nom qo’yilmaganidan uning faksimil (foto) nusxasini birinchi marta nashrga (Toshkent: Fan, 1968) tayyorlagan Hamid Sulaymon uni "Ilk devon" tarzida nomlagan. Alisher Navoiy ham "Badoe` ul-bidoya" debochasida uning nomini keltirmaydi: "Xaloyiq orasida ming bayt-ikki ming bayt ortuqroq-o’ksukroqkim, o’zlari jam` qilib erdilar, bag’oyat mashhur bo’lib erdi" [1-tom, 24].
"Ilk devon"da to’rt xil janrdagi she`rlar kiritilgan. Bular g’azal (391), mustazod (1), muxammas (1) va ruboiy (41). Ularning jam`i 434 ta bo’lib, umumiy hajmi 5871 misrani tashkil etadi. Devon quyidagi matla`li g’azal bilan boshlanadi:
Iloho, podshoho, kirdikoro,
Sanga ochug’ nihonu oshkoro.
Devon quyidagi ruboiy bilan tugaydi:
Oxir dami umr ista shitob, ey soqiy,
Tutg’il manga oncha mayi nob, ey soqiy-
Kim hashrda mast o’lay xarob, ey soqiy
To anglamay, etsalar azob, ey soqiy.
Demak, "Ilk devon" Alisher Navoiyning 24 yasharligigacha yozilgan asarlarini qamrab olgan. Shunisi borki, hozir "Ilk devon" deb talqin va taqdim etilgan nusxa haqiqatan ham Alisher Navoiy muxlislari tomonidan tuzilgan devon nusxasimi, degan savol hali uzil-kesil hal qilingan deb bo’lmaydi. Tadqiqotlar bu savolga aniq javob topishi mumkin.

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling