O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi
Download 4.02 Mb.
|
Debon bergan kishi erdur, va lekin
Demay berganga erlik bil musallam. Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun, Debon bermasni xotundin dagʻi kam. Bu yerda ham sarlavha asar haqidagi tasavvurlar uchun asos vazifasini ado etadi. Qitʼa mavzusi sarlavhada oʻz aksini topgan. Unda gap “saxo” va “buxl” haqida boradi. “Saxo” – saxovat, saxiylik, qoʻli ochiqlikni, “buxl” esa baxillik, xasislik, qurumsoqlikni anglatadi. Shu yerda “musallam” soʻziga ham izoh berish zarurati bor. U qarshilik qilmay, inkor etmay maʼqullangan degan maʼnoni bildiradi. Demak, muddao qoʻli ochiqlik va qurumsoqlik haqida mulohaza yuritishdan iborat. Adib ikki xil xususiyatga ikki xil asos (vosita, yaʼni sabab) ni keltiradi. Ulardan birinchisi – saxovat. Dastlabki ikki misra shu fazilat tavsifi uchun xizmat qiladi. Agar kishi bir soʻzni aytsa, soʻng unga amal qilsa, masalan, boshqalarga biror narsani berish haqidagi soʻzining ustidan chiqsa uni haqiqiy er, erkak deyish mumkin. Bu misrada xalqimizning maʼnaviy bisotidagi “Yigit soʻzidan qaytmas, arslon izidan” maqolining mazmuni mujassamlashgan. Agar mulohaza shu bilan tugasa, albatta, katta bir poyetik kashfiyot haqida gap ham boʻlishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham Navoiy avval shu misrani keltiradi, keyingi misrada undan-da kuchliroq va muhimroq mulohazani oʻrtaga chiqaradi (“Demay berganga erlik bil musallam”). Demak, aytmasdan (yoki ayttirmasdan) turib berish imkoniyati ham mavjud. Alisher Navoiy ayni mana shu imkoniyat haqida gapirmoqchi. Muhtoj odamning biror narsa umidida kelganida, uning ehtiyojini qondirishning oʻzi ham insoniylik taomiliga toʻla mos va muvofiq keladi. Ammo muhtojning muhtojligini bila turib (eng muhimi, yordam berish imkoniyatiga ega boʻlib turib), unga nisbatan beparvo va loqayd boʻlish ham bor. Adib masalaning bu tomoniga daxl qilayotgani yoʻq. Aksincha, bu boradagi saxovat uchun yana bir boshqa imkoniyatni esga olmoqda. Muhtoj kishi soʻramasdan turib ham unga mol beradiganlar bor. Adib mana shu toifa haqida gapirmoqchi. Ular esa haqiqiy mard, haqiqiy saxovat egalaridir. Qitʼaning birinchi qismi shu bilan yakunlanadi. Demak, endi gap sarlavhada vaʼda berilgan ikkinchi qism ustida borishi kerak. Xuddi shunday boʻladi ham. Jamiyat ahli orasida biror himmat koʻrsatishdan oldin uni taʼkidlab, urgʻulab, “yaxshiligini pesh qilib” koʻrsatadiganlar ham topiladi. Alisher Navoiy nazarida bu xususiyat maqtovga loyiq emas. U qoralanishi kerak. Shunga koʻra, bu toifaga mansublarni erkaklar qatorida sanab boʻlmaydi. Ular ayollar qatorida sanalishga mahkumdir. Lekin bu ham hali hammasi emas ekan. Bundan ham pastkashroq toifalar mavjud: ular aytadilar-u, lekin bermaydilar, yaʼni vaʼda berishadi-yu, biroq ishlari vaʼdalariga xilof boʻladi. Ularni xotindan ham pastroq darajada baholash maqsadga muvofiq boʻladi. Har holda xalqimizda “xotindan xarob”, “xotindan ham xarob” degan ifodalar bejiz paydo boʻlmagan ekan. Buning zamirida ayol kishini yerga urish maʼnosi yoʻq, aksincha, erkak (yigit) kishining bir soʻzli, mard boʻlishiga undov turibdi, xolos. Mazkur qitʼaning hajmi toʻrt misradan iborat. Qitʼaning har bir misrasi bitta mulohaza ifodasiga bagʻishlangan. Ammo gap qoʻyilgan masalaning axloqiy-maʼnaviy jihatlarigina emas, balki mana shu dolzarb va jiddiy mavzuning goʻzal badiiy ifoda tarzi ustida ham bormoqda. “Demoq” soʻzining barcha misralarda ishtirok etishi iltizomni yuzaga keltirgan. “Iltizom” – bir soʻzning ketma-ket kelgan bir necha misra yoki baytlarda ongli ravishda takrorlanishiga asoslanadi. Uchta misraning bir xil tovush bilan boshlanishi alliteratsiyani hosil qiladi. Uning asosiy vazifasi bir xildagi tovushlar vositasida ohangdorlikni kuchaytirishdan iborat. D tovushining birinchi, ikkinchi hamda toʻrtinchi misralar boshida takrorlanib kelishi qofiya va vazn tufayli hosil boʻlgan ohangdorlikni kuchaytirishga xizmat qilgan. “Debon” bilan “demay”; “demoq” bilan “bermoq” maʼnolariga koʻra matn ichidagi mazmuniy ziddiyatni hosil qilmoqda. Bularning barchasi Hazrat Navoiy koʻzda tutgan maʼnolarning chiroyli va taʼsirchan tarzda shakllanishiga imkon tugʻdirgan. Demak, bu qitʼaning hozirgacha ham elimiz ardogʻida yashab kelayotgani bejiz emas ekan. Ul bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo koʻz tutmoq xatodur Alisher Navoiyning qitʼalarida gʻazalchilikdagi anʼanalarning yangi bir janr imkoniyati doirasidagi davomini koʻrish mumkin. Adib qitʼalarining mavzu doirasi nihoyatda rang-barang. Adib bu yerda ham falsafiy, ijtimoiy, maʼnaviy, axloq va odob yoʻnalishlariga ustuvorlik beradi. Qitʼalardan biriga “Ul bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo koʻz tutmoq xatodur” sarlavhasi berilgan. Qitʼa matni quyidagicha: Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling