O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi
-ilova Diqqatni jalb
Download 4.02 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA MATNI
1-ilova
Diqqatni jalb 2-ilova 1-slayd Tuyuqlarda shakldosh so‘zlar va ma'no tanosubi Ruboiylarning mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnifi Nasriy asarlar tarkibidagi kichik lirik janrlar Fardlarda Navoiy hikmatlarining aks etishi MA’RUZA MATNI Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy “Funun al-balogʻa” asarida (hijriy 840–milodiy 1436–1437-yillar) oʻz davridagi oʻnta sheʼriy janrlarga tavsif beradi (qasida, gʻazal, qitʼa, ruboiy, masnaviy, tarjeʼ, musammat, mustazod, mutavval, fard). Biz yaxshi bilamizki, Navoiy ijodida – “Xazoyin ul-maʼoniy”da sheʼriy janrlarning 16 ta xili mavjud. Ularning orasida eng barakalilaridan biri ruboiy ekanligini mutaxassislar koʻp marta taʼkidlashgan. “Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”) asari, asosan, tasavvuf gʻoyalari targʻibiga bagʻishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Masalan, “Roʻa aboka yuroʻuka” (“Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi”) hadisi uchun quyidagi ruboiy keltirilgan: Farzand ato qulligʻin chu odat qilgʻay, Ul odat ila kasbi saodat qilgʻay, Har kimki atogʻa koʻp rioyat qilgʻay, Oʻgʻlidin anga bu ish siroyat qilgʻay. Adib otaga xizmat qilishning sharofatini birinchi ikki misrada koʻrsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek koʻrinadi, ammo endi natijada ayirma bor. Har kim ekkanini oʻradi, deganlaridek, otaga qilingan hurmat va ehtirom, albatta, qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa boʻladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili – otasiga yaxshi munosabatda boʻlgan oʻgʻilning farzandlaridir. Yoki insoniy fazilatlar mavzusida boshqa bir toʻrtlik yaratiladi: El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni, Feʼl ichra ulus baloyi joni bil oni, Olam elining yamon yamoni bil oni. Demak, koʻpchilik (“el”) bir fikr bildirar ekan, bu tasodifiy boʻlmaydi. Ular bir kishidan oʻzini olib qochsa, oʻsha odam elning yomoni boʻladi. Buning sababi esa oʻsha kishining feʼl-atvoridir (“ahvolida idbor nishoni”). Bunday odamning yomonligi faqat oʻzi uchun emas, balki barcha uchun ham zararlidir. Adib uni “ulus baloyi joni”, yaʼni “elning joniga bitgan balo” sifatida taʼriflamoqda. Tugal xulosa esa oxirgi misrada ifodalangan. Bunday odam oʻzining yoki oʻzi mansub boʻlgan elninggina emas, balki butun “olam elining yomoni”dir. Shoirning “yamon” soʻzini ikki marta qoʻllashi orqali aytmoqchi boʻlgan fikri alohida taʼkidlanyapti. Navoiy lirikasida odam va olam, hayot va uning goʻzalliklari madh etiladi. Adib lirikasida yuksak insonparvarlik, ezgulik gʻoyalari ruboiy orqali ham aks etgan. Navoiyning “Xazoyin ul-maʼoniy” asari, aslida, toʻrtta mustaqil devondan tashkil topgan. Shuning uchun ham u xalq orasida “Chor devon” – “Toʻrt devon” nomi bilan mashhur boʻlgan edi. Navoiy ijodini uzoq yillar davomida jiddiy oʻrgangan taniqli adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov shunday deb yozgan edi: “Mabodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat “Xazoyin ul-maʼoniy”ni, hatto uning tarkibidagi bitta devon – “Gʻaroyib us-sigʻar” yoki “Navodir ush-shabob”, yoxud “Favoyid ul-kibar”ni yaratganda ham adabiyotimiz tarixida eng ulugʻ shoirlarimizdan biri boʻlib qola berar edi”. Bunga qoʻshimcha qilib aytish mumkinki, agar Navoiy boshqa janrlarda ijod qilmasdan, faqat ruboiylari tufayli ham mana shunday ulkan obroʻ va martabaga ega boʻlaverar edi. “Xazoyin ul-maʼoniy”da Navoiy oʻz zamonasidagi deyarli barcha lirik janrlar namunasini bergan. Ular orasida gʻazal, qasida, ruboiy, tuyuq, qitʼa, muxammas, musamman, tarjiʼband, tarkibband, mustahzod, masnaviy, soqiynoma, muammo, sevgi va sadoqat ulugʻlanadi. Ayni paytda adolatsizlik, jaholat, loqaydlik, eʼtiqodsizlik qoralanadi. Adib sheʼriyatining mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ularda falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy fikr va mulohazalar yuksak badiiylik bilan ifoda etilgan. Navoiyning vatan va vatanparvarlik haqidagi sheʼrlari faqat oʻsha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki bugungi avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi boʻlishi tabiiydir. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling