O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Download 4.02 Mb.
bet48/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
3. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Muammoli masalalar va qo’shimcha ma’lumot uchun manbalarni havola etadi.
3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi (5-ilova); keyingi mavzu bo’yicha o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelishni tayinlaydi

Vazifalarni yozib oladilar.

1-ilova


Diqqatni jalb

2-ilova





1-slayd

“Tuhfat ul-afkor”


“Nasim ul-huld”



Fors-tojik adabiyotiga tatabbu



“Minhoj un-najot”


“Hiloliya”


“Qut ul-qulub”

“Fusuli arbaa”



MA’RUZA MATNI

“Devoni Foniy”da muhim o’rin tutuvchi janrlardan yana biri qasidalardir. Ularning soni 10 ta bo’lib, ikki turkumni: “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va “Fusuli arbaa” (“To’rt fasl”) qasidalar majmuasini o’z ichiga oladi. “Sittai zaruriya” olti qasidadan iborat bo’lib, Alisher Navoiy ularning mavzusi haqida “Muhokamatu-l-lug’atayn”da shunday yozadi: “Bu olti qasida hamd va na’t va sano va mav’izotdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila ma’rifat”. Mazkur majmua 1497 yilda tartib berilgan bo’lib, uni tuzishga Navoiyni avval ustozi Jomiy, uning vafotidan so’ng esa Sulton Husayn Boyqaro ilhomlantirgan.


Bu haqda majmuaga yozilgan debochada ma’lumot keltirib o’tiladi. 
Majmuadagi birinchi qasida “Ruhu-l-quds” (“Muqaddas ruh”) deb atalib, 132 baytni o’z ichiga oladi. Qasidaning yozilgan sanasi matn tarkibida ta’rix yo’li bilan hijriy 895, melodiy 1491 yil deb ko’rsatib o’tilgan. Qasidada ilohiy tavhid: olamning yagonaligi, yagona abadiy va azaliy borliq, Yaratganning qudrat va azimati, zarradan koinotgacha uning izmida ekanligi madh etiladi. Qasida quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Zihy ba xomai qudrat musavviri ashyo,
Hazor naqshi aҷib har zamon az o’ paydo.
(Mazmuni:Ashyolarga surat beruvchi (Allohning) qudratiga tasannokim,
Har zamon undan minglab ajoyib naqshlar paydo bo’lgay).
Ushbu qasida aruz tizimining mujtassi musammani maxbuni maqtu’ (runklari va taqti’i mafoilun failotun mafoilun fa’lun V – V – / V V – – / V – V –/ – –) vaznida yozilgan.
Majmuadagi ikkinchi qasida hajman 106 bayt bo’lib, “Aynu-l-hayot” (“Hayot chashmasi”) deb ataladi. Qasidaning yaratilgan yili noma’lum. “Aynul hayot” olam sarvari, payg’ambarimiz Muhammad (SAV)ning muborak me’rojlari, ularning diydorlariga barcha sayyoralar, oyu quyosh, arshu kursi, farishtalar muntazir ekanligi, Payg’ambarimizning Parvardigor bilan muloqotlari tasviriga bag’ishlangan. Qasida shunday boshlanadi:
Hojiboni shab chu shodurvoni savdo afganand,
Ҷilva dar xayli butoni mohsimo afganad.
(Mazmuni:Tun pardadorlari qora chodirlarini yoygan chog’larida
Oy yuzli butlar to’dasi (yulduzlar)ga jilva qiladilar). 
Ushbu qasida aruz tizimining ramali musaddasi maqsur (ruknlari va taqti’i: foilotun foilotun foilon ˗ V˗ ˗ /˗ V˗ ˗ / ˗ V~ ) vaznida yozilgan.
Uchinchi qasida “Tuhfatu-l-afkor” (“Fikrlar sovg’asi”) deb nomlanib, hajman 99 baytni o’z ichiga oladi. Shoirning “Sittai zaruriya” debochasidagi ishoralari va qasida matnidagi ta’rixdan mazkur qasidaning barcha qasidalardan oldin, ya’ni 1476 yilda yaratilganligi ma’lum bo’ladi. Qasidaning yaratilish tarixi haqida “Xamsatul mutahayyirin”da batafsil ma’lumot keltirilgan. Qasida Xusrav Dehlaviyning “Daryoi abror” va Abdurahmon Jomiyning “Lujjatu-l-asror” qasidalariga javoban yozilgan bo’lib, darveshlikning oliy rutbasi – faqr tavsifiga bag’ishlangan. Bunda faqr maqomi komillikning oliy namunasi sifatida mansabdor shaxslar, xususan shohlar axloqiga qarama-qarshi qo’yiladi. Qasidada ushbu g’oyaning tamsil va kitobot san’atlari vositasida bayon qilinishi uning badiiy jihatdan etukligini ta’minlagan. Qasida quyidagi bayt bilan boshlanadi: 
Otashin la’le’, ki toҷi xusravonro zevar ast,
Axgare bahri xayoli xom puxtan dar sar ast.
(Mazmuni: Podshohlar tojidagi qip-qizil la’l – boshda xom xayol
pishiruvchi (etiltiruvchi) bir cho’g’dir).
Ushbu qasida tatabbu’ tarzida yozilganligi uchun unda salaflar qasidalarida qo’llanilgan ramali musaddasi maqsur (ruknlari va taqti’i: foilotun foilotun foilon ˗ - V ˗ - - V - - -V~ ) vazni saqlangan.
Majmuadagi to’rtinchi qasida “Qutu-l-qulub” (“Qalblar quvvati”) deb ataladi. Qasida hajman 120 baytdan iborat bo’lib, XII asr fors-tojik adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Avhadiddin Anvariy (1105-1187) qasidasiga tatabbu’ tarzida yaratilgan. Unda dunyoning bebaqo va bevafoligi, falakning zolim ekanligi aytilib, insonlarning ana shu o’tkinchi, foniy dunyoga mehr qo’ymay, oxirat kunini o’ylashlari, ruhiy ma’naviy yuksalishga e’tibor qaratishlari zarurligi uqtiriladi. Qasidaning birinchi bayti quyidagicha:
Ҷahonki, marhalai tangi shohrohi fanost,
Dar o’ maҷo’y iqomat, ki rohi shohu gadost.
(Mazmuni: Jahonkim, fanoning bepoyon yo’lining tor bir yo’lakchasidir,
Unda abadiy yashamoqni o’ylamakim, bu – shohu gadoning
(o’tar-ketar) yo’lidir).
Qasida Anvariy qasidasida qo’llanilgan mujtassi musammani maxbuni maqsur (ruknlari va taqti’i: mafoilun failotun mafoilun failon V – V –/ V V – – / V – V – / V V ~) vaznida yaratilgan. 
Beshinchi qasida “Minhoju-n-najot” (“Najot yo’li”) 138 baytdan iborat. Sarlavhada keltirilgan nomlardan ma’lum bo’ladiki, u ikki forsigo’y adib Anvariy va ozarbayjon shoiri Xoqoniy Shervoniy (1120-1199) qasidalariga tatabbu’ tarzida yaratilgan. Qasidada Inson va Shayton munosabatlari, yaxshilik va yomonlik tasvirlari beriladi, jannatdan badarg’a bo’lgan Odam Ato farzandlari va bani basharning komil insonga xos bo’lmagan noxush va nomunosib axloqiy belgilari tanqid qilinadi. Qasida quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Zihy az sham’i ro’yat chashmi mardum gashta nurony,
Ҷahonro mardumi chashm omady az ayni insony.
(Mazmuni: Qanday yaxshiki, yuzingning sham’i (nuridan) 
insonlarning ko’zi yoridi. Insonlikning javhari
bo’lganing uchun jahon odamlarining ko’z qorachig’iga
aylanding).
Qasida salaflar qasidalari singari hazaji musammani solim (ruknlari va
taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ /
V˗ ˗ ˗) vaznida yozilgan.
Majmuaning so’nggi qasidasi “Nasimu-l-xuld” (“Jannat shamoli”) Xoqoniy Shervoniy, Amir Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy qasidalariga tatabbu’ tarzida vujudga kelgan bo’lib, 129 bayni o’z ichiga oladi. Qasidada inson poklanishi va komillikka erishishi uchun nimalar qilishi lozimligi, tariqat odobi va usullari, murshid va murid munosabatlari, Haq yo’liga kirgan solik oldiga qo’yiladigan talablar birma- bir bayon etiladi. Boshqacha qilib aytganda, Navoiyning naqshbandiya tariqati, tasavvuf haqidagi qarashlari yaxlit bir tizimda ifodalab beriladi. Shu ma’noda qasidani naqshbandiya tariqatining o’ziga xos dasturi, she’riy bayonnomasi deb aytish mumkin. 
Qasidaning birinchi bayti quyidagicha:
Muallim ishqu piri aql shud tifli dabistonash,
Falak don, bahri ta’dibi vay inak charxi gardonash.
(Mazmuni: Muallim ishqu uning maktabining talabasi aql piridir.
Falakni unga adab o’rgatish uchun aylanib turuvchi charx deb 
bil).
Bu qasida ham yuqoridagi qasida singari hazaji musammani solim (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗) vaznida yaratilgan.
“Devoni Foniy”dan o’rin olgan ikkinchi qasidalar majmuasi “Fusuli arbaa” (“To’rt fasl”) deb ataladi. Qasida 4 qismdan iborat bo’lib, yil fasllarining go’zal manzarasi tasviriga bag’ishlangan. Shoir tabiatni tasvirlash orqali asl maqsadiga erishadi: zamona sultoni Husayn Boyqaroni madh etadi. Navoiy har bir fasl va undagi tasvir usullarini e’tiborga olgan holda ularda turli vaznlarni qo’llaydi. Xususan, yoz fasliga bag’ishlangan “Saraton” deb nomlangan qasida 71 baytdan iborat bo’lib, shunday boshlanadi:
Boz otashi xo’r soxt samandar saratonro
Afro’xt chu otashkada gulzori jahonro.
(Mazmuni: Quyosh otashi saratonni yana samandarga aylantirdi,
Jahon gulzorini otashkada kabi lovillatdi).
Qasida hazaj bahrining eng o’ynoqi vazni hisoblangan hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vazni (ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoiylu mafoiylu fauvlun – – V V – – V V – – V V – –)da yozilgan. Bu vazn ruhiyat tasviri bayonidan ko’ra ko’proq jismoniy: engil va shaxdam harakat, sho’xchan kayfiyat bayoniga mos keladi. Har ikki cho’ziq bo’g’indan keyin ikki qisqa bo’g’inning yonma-yon kelishi ritmga o’ynoqilik bag’ishlaydi. Va shunga mos holda mazkur qasidada yozning insonga ko’proq jismoniy ta’siri ko’rsatilganligini, har bir baytda saraton jaziramasi aynan inson a’zoi badaniga (ruhiyatiga emas) ta’sir qilayotganligini kuzatish mumkin.
Qasidada 27-baytdan Sulton Husayn Boyqaro ta’rifi boshlanadi va “yozning issig’idan panoh izlovchi kishilar uchun Husayn Boyqaro tug’i soyasi makondir” degan fikr ilgari suriladi:
Z-in garmii xurshed birast, on, ki, panah soxt
Zilli sharafi royati Chamshedi zamonro.
(Mazmuni: Quyoshning taftidan panoh izlovchi kishi,
(uni) zamona Jamshidi tug’i soyasining sharofatidan topqusidir).
Majmuada “Xazon” (“Kuz”) fasli ta’rifi boshlanishi bilan undagi she’riy o’lchov ham o’zgaradi: 
Digar shud bahri sanjidan barobar adli davronro,
Zi kofo’ri zi mushk ro’zu shab du palla mezonro
(Mazmuni: Davron adolatini o’lchash mezonlari o’zgardi,
tarozuning bir pallasida (kunduzning ramzi) kofur, ikkinchisida (kechaning timsoli) mushk tortiladigan bo’ldi).
“Saraton”da qo’llanilgan o’ynoqi vaznning o’rnini endi salobatli va sokin ohangga ega bo’lgan hazaji musammani solim vazni (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V– – – / V– – – / V– – –/ V– – – ) egallaydi. Cho’ziq bo’g’inlar nisbatining qisqa bo’g’inlardan 3 baravar ko’pligi ohangning vazmin chiqishini ta’minlaydi. Aynan shunga mos holda 33 baytdan iborat bu qasidada ruhiyat tasviri, ta’bir joiz bo’lsa, kuzga xos o’ychanlik, mahzunlik etakchilik qiladi. 
Majmuaga “Bahor” kirib kelishi bilan unga xos yaratuvchanlik, yangilanish kayfiyati ham kirib keladi:
Vazad bodi bahor ih’yoi amvoti gulistonro,
Zi anfosi Maseho toza sozad olami jonro.
(Mazmuni: Bahor shamolining esishi, guliston gullariga yangidan hayot
bag’ishlaydi, go’yo Masiho nafasidan jonlar olamini yangilaydi).
Qasidada bahorning yaratuvchanlik xususiyati endi bevosita zamon hukmdori Husayn Boyqaro ta’rifi keltirilgan o’rinlarga ko’chadi:
Chu andar hikmati asrori xilqat fikr bigmorad,
Biyobad onchi, maxfy monda Aflotunu Yunonro…
(Mazmuni: Yaratilish sirru asrori hikmati haqida fikrlaganda, 
Yunon Aflotuni uchun ham maxfiy qolgan sirlarni topadi).
Nihoyat majmua yil fasllarining oxiri bo’lgan “Day” (“Qish”) tasviri bilan yakun topadi. Navoiy ta’biri bilan inson umrining poyoniga o’xshatilgan bu fasl “kishining xam qad bila adam yo’lig’a kirib, zamon ahli bilan xayirbod qilish”(“Xazoyinu-l-maoniy”dagi ta’bir) davri bo’lib, qasidada Foniy taxallusining qo’llanilishi shunga ishoradir:
Ba bo’i vasl nihad ro’ ba dargahat, Fony,
Chunon ki ahli ibodat ba go’shai mehrob.
(Mazmuni: Vasling bo’yi umidida, Foniy dargohingga yuzini qo’yadi, 
bu ibodat ahlining mehrob go’shasiga bosh qo’yishidekdir).
Qasidada falsafiy mushohadakorlik bilan bog’liq tuyg’ularni berishga nihoyatda mos bo’lgan mujtass bahri (ruknlari va taqti’i: mafoilun failotun mafoilun fa’lun V – V – / V V - - / V – V - / - -)ning qo’llanilganligi shoirning yuksak badiiy salohiyatini ko’rsatuvchi yana bir omildir.
Zi dargahi falak otash nuhuft dudi sahob,
Daro ba xirgahu otash furo’z az mai nob.
(Mazmuni:Falak chodiridan ko’rinayotgan otashni bulutlar pardasi to’sdi, qchodirga kirginu tiniq, qizil maydon otashga zo’r ber).





Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling