O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi
Download 4.02 Mb.
|
G’azalda uch kishi tavridur ul nav’,
Kim andin yaxshi yo’q nazm ehtimoli. Biri mu’jaz bayonliq sohiri Hind, Ki ahlini o’rtar so’zu holi. Biri Iso nafasliq rindi Sheroz, Fano dayrida mastu louboli. Biri qudsi asarliq orifi Jom, Ki jomi Jamdurur sing’an safoli. Navoiy nazmig’a boqsang emasdur Bu uchning holidan har bayti xoli — Hamono ko’zgudurkim, aksi solmish Anga uch sho’xi mahvashning jamoli. «Favoyidul-kibar» devonidan olingan ushbu qit’a hazrat Navoiyning g’azalchilikdagi ustodlari ta’rifiga bag’ishlangan. Bu ustodlar, Sharqning uch buyuk shoiri — «biri mo’’jaz bayonliq sohiri Hind» — Xusrav Dehlaviykim, uning so’zu holi ishq ahlini o’rtaguvchidir»; biri Iso nafasliq rindi Sheroz — Xoja Hofiz Sheroziykim, dayri fano — fano bo’lganlar – so’fiylikda oshig’u xokisordir; biri qudsi asarliq orifi Jom — afsonaviy Jamshid nomi bilan bog’liq maskan — Jomda tug’ilgan Abdurahmon Jomiydir. Bu uch zotning nomini hazrat Navoiy boshqa asarlarida ham ehtirom bilan tilga oladi. Chunonchi,»Muhokamatul-lug’atayn»da yozadikim,»Bataxsis ishq va dard ahlining rohbar va peshravi Amir Xusrav Dehlaviy devonikim, oshiqliqda dard va niyoz va so’z va gudoz tariqin ul muntashir qildi va aning ishqi mash’alidin bu partav olam tiyra xokdanig’a yoyildi. Yana haqiqat ahlining sarxayli va sarafrozi Xoja Hofiz Sheroziy nukot va asrorinki, anfosi ruh ul-qudsdin nishon aytur va ruhullo anfosidin asar etkazur. Yana bu faqirning piri va ustozi va tariqat ahlining sohibi irshodi, jami’ ahlullohning muqtado va shayxulislomi…mavlono Abdurahmon Jomiyning ruhparvar latoyifi va ruhgustar zaroyifikim, andin har g’azal kal-vahyil-munzal (xudodan ingan vahiydek) va har risola kal-ahodisin-nabiyi mursal (payg’ambar hadisidek) oliyshon va rafi’ makondirkim, alardin har lafz qiymatda durri samindin obdorroq va hirqatda la’li otashindin barqkirdorroq». Alisher Navoiy o’z ustodlari bilan g’azalchilikda bahslashib, forsiy g’azallar yozganini aytadi:»… Forsiy g’azaliyot devoni Xoja Hofiz tavridakim, jami’ suxanadolar va nazmpirolar nazarida mustahsan va matbu’dur, tartib beribmenkim, olti mingdin abyoti adadi ko’prakdurki, ko’prak ul hazrat she’rig’a tatabbu’ voqe’ bo’lubtur… Va ba’zi Mir Xusravg’akim, ishq otashkadasining shu’laangezidur va dard g’aribxonasining ashkrezi. Va ba’zi hazrati Maxdumi Nurang’a ( mavlono Jomiyga) kim, kamol avjining mehri lomiidur va mazkur bo’lg’on azizlarlar holatining jamiiki, bu devon xaloyiq orasida shoyi’dur…» Hazrat Navoiy bu ustozlar haqida «Badoyiul-bidoya» devoniga yozgan debochasida ham yozib o’tadi. Ustozlarni ulug`lash, salaflarga tan berish oliy fazilatdir. Hazrat Navoiy o’ziga ustozu pirlik qilgan uch buyuk shoir qudratini jam qila olgan oliy fazilatli va komil inson edi. Qitʼa Navoiy lirikasida alohida mavqega ega boʻlgan janrlardan biridir. U shakliga koʻra gʻazalga yaqin turadi. Undan faqat dastlabki bayt qofiyasining erkinligi bilan farqlanadi. Uning qofiyalanish tartibi a: a, d: a, e: a, f: a,… koʻrinishida boʻladi. Odatda, qitʼaning eng kichik shakli ikki baytdan iborat boʻladi. Qitʼaga aniq chegara qoʻyilmagan. U koʻproq falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-maʼnaviy masalalarni tilga olishi bilan ajralib turadi. Maʼlumki, mumtoz adabiyotda ayrim janrlar (masalan, ruboiy, tuyuq) uchun qatʼiy vaznlar belgilab qoʻyilgan. Qitʼa bu jihatdan ham erkindir. U aruzning istalgan vaznida yaratilishi mumkin. Haq taolo xoni inʼomi-yu karami omi borida oʻzgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi Tengri xonin ochuq aqida qilib, Xalqdin roʻziy istagan gumroh Uyladurkim tengiz qirogʻinda Roʻza ochmoqqa kimsa qozgʻoy choh. Eng avval sarlavha mohiyatini anglab olishga harakat qilamiz. Uni “yaratganning dasturxoni tuhfalari-yu umumiy, barchaga barobar karami boʻla turib, boshqa (kishi)lardan biror narsa tilagan (kishi)ning xom tamasi-yu oxiri yaxshilik bilan tugamagan zoti” haqida deb tabdil qilishimiz mumkin. Demak, qitʼa ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda taʼmagirligi haqida. Qitʼa mazmunini aniqroq tasavvur etish uchun har bir misra, har bir soʻz ustida bosh qotirishga toʻgʻri keladi. Bir qarashda unda begona, notanish va tushunarsiz soʻz yoʻqqa oʻxshaydi. Ammo Navoiy qoʻllagan soʻzlarning barchasi ham lugʻatlardagi izohlar doirasiga sigʻavermasligini, qolaversa, sheʼriyatda soʻzlarning oʻz lugʻaviy maʼnolaridan koʻra ancha kengroq mazmun qamroviga ega boʻlishini ham nazarda tutish lozim boʻladi. Agar shu nuqtayi nazardan “aqida” soʻziga eʼtibor qaratsak, uning “ishonch”, “eʼtiqod”, “ixlos”; “tushuncha”, “fikr”, “bilim” maʼnolariga egaligi maʼlum boʻladi. Oʻz-oʻzidan “aqida qilmoq” ham “ishonch hosil qilmoq”, “eʼtiqodli boʻlmoq” maʼnolarini mujassamlashtiradi. Shu maʼnolarnigina nazarda tutib birinchi baytni oʻqisak, maʼnoning yaxlit va butun tasavvur qilish qiyinroq ekanligi ayonlashadi. Agar iboraning “gumon qilmoq” maʼnosiga ham egaligini eʼtiborga olsak, vaziyat oʻzgaradi. “Olloh dasturxonining har doim ochiqligiga gumon keltirib (yaʼniki, yaratganning har doim marhamatli ekanligiga shubhalanib)” tarzidagi talqin mazkur misraning keyingi misra bilan uzviy yaxlitligini koʻz oldimizga keltirishga koʻmaklashadi. Yaʼni haqning marhamatiga emas, balki oʻz rizq-u roʻzi oʻrniga xalq (boshqa bir inson)ning qoʻli bilan beradigan narsalariga umidvor boʻlgan, taʼmagir, yoʻlini yoʻqotgan odam (“gumroh”) obrazini tasavvur qilish qiyin kechmaydi. Ana shunday yaramas qiyofali kimsani kitobxonning koʻz oldiga yanada aniqroq keltirishi uchun bir qiyos tavsiya etiladi, uningoʻxshashi koʻrsatiladi: dengizning qirgʻogʻida boʻla turib, ogʻiz ochish uchun lozim boʻladigan suvni topishga intilayotgan, shu miqdordagi suvni topish ilinjida ayni mana shu yerdan quduq qaziyotgan odam timsoli shu vazifani ado etadi. Uning gumrohligi shu darajadaki, oʻzi dengiz qirgʻogʻida turibdi, yaʼni yaratganning dasturxoni uning uchun ochiq. Buni Allohning chek-u chegara bilmaydigan inoyati, shafqat va marhamati sifatida tushunmoq joiz koʻrinadi. Agar u yoʻlini yoʻqotgan boʻlmasa, oyogʻi ostidagi shuncha narsalarni koʻrmasdan, ularga shukronalar qilmasdan oʻtib ketarmidi?! Uning ustiga qitʼada bilinar-bilinmas kinoya ham mavjud: roʻzadorning ogʻzini ochishi uchun qancha suv kerak boʻladi? Bu bir tomondan, ikkinchidan esa, roʻzador boʻla turib shunchalik ogʻir va mashaqqatli, buning ustiga keraksiz ishga mashgʻul boʻlish oqil-u donolikka kiradimi? Faqat va faqat gumroh – yoʻlini tom maʼnoda yoʻqotgan bechoragina shunday qilishi mumkin. Qitʼaning goʻzal shakli, teran maʼnosi, mutafakkir adib qalamidan chiqqan ifoda yoʻsini kishini oʻy va mushohadaga chorlaydi. Bu oʻy va mushohadalarning esa yanada yangi va munosib kuzatish va xulosalar sari yetaklashi shubhasizdir. Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling