O‘zbek qissalari poetikasi O‘zbekiston respublikasi
Download 0.54 Mb.
|
O‘zbek qissalari poetikasi-hozir.org
BADIIYLIK – ijodiy-ruhiy faoliyat mahsuli o‘laroq dunyoga kyelgan asarning san’atga mansubligini byelgilovchi xususiyatlar majmui. Obrazlilik B.ning birlamchi sharti sanalib, u voqyelikni badiiy obrazlar orqali idrok etish, badiiy obrazlar vositasida fikrlash dyemakdir. Obrazlilik san’atning o‘zak xususiyati bo‘lib, u yo‘q joyda B. ham mavjud emas. B. tarixiy katyegoriya sanaladi, uning talab va myezonlari har bir davrning ma’naviy-estyetik ehtiyojlari, badiiy didi bilan bog’liq holda o‘zgarib turadi. SHunga qaramay, B.ning javhari bo‘lgan barqaror shartlar ham mavjud. Jumladan, B.ning muhim shartlaridan biri mazmun va shaklning uyg’un birligi, ularning o‘zaro muvofiqligidir. B.ning mazkur sharti inson uchun (insoniyat uchun) ahamiyatli mazmunning go‘zal shaklda ifodalanishi, badiiy mukammal asarning organik butunlikka aylanishi dyemakdir. Butunlik esa asarda bironta ham ortiqcha, tasodifiy, ahamiyatsiz unsur mavjud bo‘lmasligi, undagi barcha shakl unsurlari mazmunni, estyetik ob’yektni shakllantirishga qaratilishini taqozo etadi. SHu shartga dosh byera oladigan badiiy jihatdan mukammal asarning ortig’i ham, kami ham yo‘q – unga biron narsa qo‘shib ham, olib ham bo‘lmaydi, ikkala holda ham butunlikka putur yetadi. SHunday butunlik asosida irryeal olam – badiiy ryeallik voqye bo‘ladi. Bu voqyelik ryeallikka nyechog’li monand bo‘lmasin, u baribir shartlilik xususiyatini saqlab qoladiki, ayni shu shartlilik B.ning yana bir muhim talabidir. Badiiy voqyelik obrazlar vositasida yaralgan irryeal olam ekanligini, badiiy shartlilikni qabul qilgan holdagina unga estyetik ob’yekt sifatida yondashish mumkin bo‘ladi. YA’ni shu tufayligina badiiy voqyelik ryeallik bilan chalkashtirilmaydi, badiiy asar matn darajasidagina qolib kyetmasdan, estyetik ob’yekt sifatida tasavvurda qayta yaraladi. Qayta yaratilishning asosi badiiy asarning o‘quvchiga yo‘naltirilganligidirki, bu B.ning yana bir muhim byelgisi sanaladi. Badiiy asar avvalboshdanoq muayyan o‘quvchiga mo‘ljallab yoziladi, unda o‘sha o‘quvchi egallashi va shundan turib badiiy voqyelikni jonlantirishi kyerak bo‘lgan joy hozirlangan. Bu esa o‘quvchini estyetik sub’yektga aylantiradi, uni estyetik ob’yektni qayta yaratishga undaydi. YA’ni o‘qish – ijodiy jarayon, chunki o‘quvchi yozuvchi yetkazayotgan mazmunning oddiy istye’molchisi emas, u byelgilar asosida badiiy voqyelikni qayta yaratayotgan ijodkordir. Ijodkorlik haqida esa originallik bor holdagina gapirish mumkinki, u B.ning muhim sharti hisoblanadi. Zyero, chinakam badiiy asar byetakror, original hodisadir. Unda san’atkorning ijod onlaridagi ma’naviy-ruhiy holati, shu onlarda ayon bo‘lgan MA’NO akslanadi. Ijod onlaridagi ma’naviy-ruhiy holat byetakror bo‘lganidyek, o‘sha MA’NO ham byetakrordirki, u endi faqat o‘qish jarayonida – qayta yaratish jarayonida voqye bo‘ladi. Garchi MA’NO san’atkor – alohida bir shaxs hayotiy tajribasi, ma’naviy-ruhoniy izlanishlari mahsuli o‘laroq voqye bo‘lsa-da, ijod onlarida u ryeallikdan uzilib IDYeAL bag’rida, univyersal inson maqomida turgan. Xuddi shu hol MA’NOning univyersalligini ta’min etadiki, univyersallik B.ning yana bir byelgisidir. SHu univyersallik tufayli ham chinakam badiiy asar kim haqda yozilganidan qat’i nazar, hamma haqida, qaysi go‘sha haqida yozilishidan qat’i nazar, butun olam haqida bo‘ladi, bashariyatning ma’naviy mulki, qadriyatiga aylana oladi.
BALLADA (fr. ballade – raqsbop qo‘shiq) – 1) o‘rta asrlar fransuz adabiyotidagi qat’iy shye’riy shakl, bir xil qofiyalanish tartibidagi (ababbcbc) har biri sakkiz misradan tashkil topgan uchta band, bandning oxirgi misrasi tarjye’ sifatida takrorlanadigan, o‘quvchiga murojaat qilingan yarim band (to‘rt misralik – bcbc) bilan yakunlanuvchi shye’r; 2) kyeyingi davrlar Yevropa adabiyotlarida kyeng tarqalgan B. ingliz-shotland xalq shye’riyatidan kyelib chiqadi. Agar fransuz B.si qat’iy shye’riy shakl bo‘lsa, ingliz B.sida shakliy talablar ancha erkin (qofiyalanish tartibi qat’iy emas, tarjye’ning bo‘lishi shart qilinmaydi), u bir xil, odatda, to‘rt misrali bandlardan tashkil topadi. Ingliz B.sining byelgilovchi xususiyatlari sifatida tarixiy, tarixiy-afsonaviy, ba’zan esa maishiy mavzuda yozilishi, kichik voqyeaband syujyet asosiga qurilgan epik xaraktyerdagi shye’riy asarligini ko‘rsatish mumkin. Xuddi shu xususiyatlar yozma adabiyotdagi B.larga ham xosdir. Urush yillarida yozilgan M.SHayxzodaning “Kapitan Gastyello”, H.Olimjonning “Jangchi Tursun” kabi asarlari B.ning o‘zbyek adabiyotidagi yaxshi namunalari sanaladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling