O‘zbek qissalari poetikasi O‘zbekiston respublikasi


Download 0.54 Mb.
bet17/55
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1836702
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
O‘zbek qissalari poetikasi-hozir.org

BADIIY TO‘QIMA (ruschadan kalka: “xudojyestvyenniy vimisyel”) – yozuvchining ijodiy tasavvur va taxayyuli mahsuli, voqyelikda ryeal asosi yoki to‘liq o‘xshashi mavjud bo‘lmagan badiiy obrazlar, hayotiy holatlar, voqyealar va sh.k.ni yaratishda namoyon bo‘luvchi badiiy ijodning muhim komponyenti. Muhimligidan, antik davrlardan boshlab to XVII – XVIII asrlarga qadar B.t.ga ijodning birlamchi sharti, poeziya (badiiy adabiyot)ning byelgilovchi xususiyati dyeb qaralgan, unga B.t.dan mosuvo asarlar – proza qarshi qo‘yilgan. Hozirda ham B.t. adabiy asar (q. byellyetristika) bilan adabiy badiiy asarni farqlovchi byelgiligicha qolmoqda. B.t.ning mohiyati va ahamiyatini tarixiy mavzudagi asarlar misolida tushunish qulay. YOzuvchi tarixiy manbalarni o‘rganadi, faktlar, voqyealar, ularning ishtirokchilari haqida ma’lumotlarni yig’adi. Uning endigi vazifasi – o‘rganganlarini badiiy qayta ishlash: badiiy voqyelikda faktlar jonlanishi, voqyealar yuz byerishi, shaxslar yashashi lozim. Xuddi shu narsa – badiiy tasavvurni ishga solgan holda o‘tmish hayotini qayta yaratish ijod bo‘lib, unda B.t.ning roli byeqiyosdir. SHunday yondashilsa, “tarixiy shaxs obrazi” bilan “to‘qima obraz”ni qarshi qo‘yishimizda ham kattagina shartlilik borligi ayon bo‘ladi. Mas., manbalarda Abdullatifning padarkushligi qayd etilgan. Hammaga ma’lum faktni badiiy mushohada etgan O.YOqubovni fojianing ildizlari qiziqtiradi: u farzandni padarkush etgan omillarni – u voyaga yetgan muhitni, bu muhitdagi murakkab munosabatlarni, farzandning otaga myehrsiz bo‘lib qolishi sabablarini, qahramoni ruhiyatidagi ziddiyatlar va sh.k.larni anglashga intiladi. “Ulug’byek xazinasi” uchun quruqqina syujyet sxemasini byergan faktlar B.t. vositasida to‘ldiriladi va, oqibat, o‘quvchi ko‘z o‘ngida jonli Abdullatif butun murakkabligi bilan namoyon bo‘ladi. Dyemak, garchi Abdullatifni tarixiy obraz dyeb ta’riflasak-da, uning yaratilishida ham B.t.ning salmog’i katta ekan. Xuddi shu gapni hayotdagi ryeal voqyeaga, ryeal prototiplarga asoslangan zamonaviy mavzudagi asarlarga nisbatan ham, umuman, har qanday badiiy asarga nisbatan ham to‘la asos bilan qo‘llash mumkin. Zyero, badiiy voqyelik unsurlari uyg’un aloqadagi butunlik va unda jonli xaraktyerlar harakatlanar ekan, bu narsa faqat ijodkorning badiiy tasavvur kuchi tufayligina mumkin bo‘ladi va bunda B.t. muhim butlovchi ashyo – “syemyent” vazifasini o‘taydi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling