O‘zbek qissalari poetikasi O‘zbekiston respublikasi


YaBlarni “Yozma ish” shaklida o‘tkazish tartibi


Download 0.54 Mb.
bet40/55
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1836702
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
O‘zbek qissalari poetikasi-hozir.org

2. YaBlarni “Yozma ish” shaklida o‘tkazish tartibi
2.1. ON bo‘yicha baholash kafedra belgilagan shaklda (yozma, og‘zaki, yozma-amaliy, test va h.k.) o‘tkaziladi. YaNlar esa asosan, “Yozma ish” shaklida, istinso tariqasida ayrim fanlardan fan xususiyatidan kelib chiqqan holda “Yozma-amaliy” yoki test shaklida o‘tkazilishi mumkin.
2.2. “Yozma ish” variantlari 5 ta nazariy savollar va amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ularning soni 2-4-blok fanlari hamda 1-blokning chet tili, rus tili va o‘zbek tili predmetlaridan kamida 30 tani, 1-blokning qolgan fanlaridan kamida 60 tani tashkil etish lozim. Variantlar soni YaNlarni tashkil etilishidan kelib chiqqan holda TBBB tomonidan belgilanishi mumkin. Lekin variantlar tegishli o‘quv dasturlarini to‘liq qamrab olishi va ularning soni 36 tadan kam bo‘lmasligi shart.
2.3. “Yozma ish” hajmi talabaning fan bo‘yicha tasavvuri, bilimi va amaliy ko‘nikmasi darajasini baholash uchun etarliligidan kelib chiqib, kafedra tomonidan belgilanadi.
2.4. “Yozma ish”ni bajarish uchun fan xususiyatidan kelib chiqqan holda 1,5-2 soat ajratiladi.
2.5. YaN oxirida yozma ishlar javob varaqalari va titul varag‘ini to‘ldirish, imzo, sana, variant raqami qo‘yilganligi tekshirilib, qabul qilib olinadi.
2.6. “Yozma ish” TBBB xodimi tomonidan shifrlanib, tegishli komissiyaga tekshirish uchun topshiriladi. Komissiya raisi yozma ishlarni tekshirishni tashkil qiladi. “Yozma ish” javob varaqalarining oxiridagi maxsus belgilangan joyga javoblarga qo‘yilgan baholarga taqriz yoziladi.
Tekshirilib, belgilangan tartibda baholangan ish TBBBga shifrni ochish uchun topshiriladi. Shifri ochilgandan so‘ng YaN baholari fan o‘qituvchisi tomonidan dekanat jurnaliga o‘tkaziladi. Yozma ishlar kamida ikki nafar o‘qituvchi tomonidan imzolanishi shart.
2.7. Yozma ishga qo‘yilgan baholarga o‘zgartirish kiritish, bo‘yab tuzatish qat’iyaan man qilinadi. Dekanat maxsus xodimi baholar ko‘chirilgandan keyin tekshirib ko‘rib, talab darajasida to‘ldirilganligiga ishonch hosil qilgandan keyin jurnalni qabul qilib oladi. Bahoga tuzatish kiritish holati ro‘y berganda aybdor shaxsga nisbatan ma’muriy chora ko‘riladi.
2.8. Yozma ishlarni baholashga ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa OTMning mutaxassis o‘qituvchilari, ishlab chiqarishni tegishli sohasi mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
2.9. Akademik qarzdorlardan takroriy yozma ish yuqorida bayon qilingan tartibda olinadi va rasmiylashtiriladi.
2.10. Yozma ishlar tegishli dekanatlarda bir yil davomida saqlanadi.





Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling