Realistik qissaning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g’ri keltirilgan qatorni ko‘rsating.
A) syujet rivojining bir tarmoqli bo‘lishi, diqqat-e’tiborning eng asosiy va muhim masalaga qaratilishi; B) syujet chizig’ining ko‘p tarmoqliligi; S) qistirma epizod va afsonalardan iboratligi; D) syujet rivojida tugunning yo‘qligi.
“Povestvovaniye” so‘zi nima ma’noni anglatadi?
A) hikoya qilib berish, aytib berish; B) so‘ylash, bayon qilish; S) rivoyat o‘qish, afsona aytish; D) javoblarning barchasi to‘g’ri.
20. “Qissa” atamasi zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida qachondan muqimlashdi?
A) mustaqillikdan so‘ng; B) XVII asrda; S) XX asrning 20-yillarida; D) XX asrning 50-yillarida.
21. Qissa janriga xos yetakchi xususiyat shuki…
A) u qahramonning sarguzashtlariga asoslanadi, qahramon hayotining muayyan davrlari tasvirlanadi; B) qahramon umri boshdan-oxir yoritiladi; S) bir nechta qahramon umri asos qilib olinadi; D) qissada qahramonning bo‘lishi shart emas.
22. An’anaviy qissalarda nimalar romantik ideal miqyosida aks ettiriladi?
A) ko‘proq sevgi sarguzashtlari, ishqiy mojarolar va mamlakat mudofaasi kabi mavzular; B) do‘stlik va birodarlik tuyg’ulari; S) yaqin-qarindoshlik munosabatlari; D) romantik ideal bo‘lishi shart emas.
23. O‘zbek nasrida realistik qissalar qachon vujudga keldi?
A) XX asrning birinchi choragidan boshlab; B) XX asrning ikkinchi choragidan boshlab; S) XX asrning uchinchi choragidan boshlab; D) XXI asr boshlarida.
24. O‘zbek realistik qissalariga modernistik tasvir yo‘llarini, yangi ifoda usullarini kiritgan adiblar qatorini ko‘rsating.
A) X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqul va qisman Sh.Bo‘tayev; B) M.M.Do‘st, X.Sulton, T.Murod; S) E.A’zam, O‘.Hoshimov, P.Qodirov; D) U.Hamdam, V.Fayzulloh, S.Vafo.
25. “Oydinda yurgan odamlar”, “Ot kishnagan oqshom”, “Momo Yer qo‘shig’i” qissalari muallifi kim?
A) T.Murod; B) X.Sulton; S) E.A’zam; D) U.Hamdam.
Do'stlaringiz bilan baham: |