bo‘lgan muhabbati voqyeasiga qaysi rivoyat asos qilib olingan?
A) Shayx San’on to‘g’risidagi; B) Ibrohim Adham xususidagi; S) Ismoil haqidagi; D) Mansur Halloj haqidagi.
11. “Qissa tuzish va qissaxonlik qadimgi davrlarga borib taqalsa-da, XVI-XVII asrlardan intensiv rivojlana boshlab, yangi mohiyat kasb etdi. Xususan, XIX asrning II yarmidan nihoyatda avj oldi”, - degan fikr muallifi kim?
A) T.Mirzayev; B) V.Jirmunskiy; S) H.Zaripov; D) A.Xolmurodov.
Xalq kitoblari deyilganda nima tushuniladi?
A) Muallifi aniq asar; B) real tarixiy shaxslar haqidagi asar; S) qahramoni jamlash yo‘li bilan yaratilgan asar D) Hammualliflikdagi asar.
“Befarzand Ochildiboy” qissasini kim yozgan?
A) M.Shermuhammedov; B) Cho‘lpon; S) S.Ayniy; D) A.Qodiriy.
O‘zbek realistik qissalarining ilk namunalari qaysi javobda to‘g’ri ko‘rsatilgan?
A) M.Shermuhammedov “Befarzand Ochildiboy”, Cho‘lpon “Do‘xtir Muhammadyor”, S.Ayniy “Odina”; B) Cho‘lpon “Do‘xtir Muhammadyor”, A.Qodiriy “Obid ketmon”, A.Qahhor “Sinchalak”; S) S.Ayniy “Odina”, A.Qodiriy “Obid ketmon”, G’.G’ulom “Shum bola”; D) javoblarning barchasi noto‘g’ri.
Mumtoz qissalarning sayyor syujetlari, deganda nimani tushunasiz?
A) asardan-asarga ko‘chib yuruvchi voqyealar tizimi; B) betakror hayotiy voqyealar tizimi; S) ijtimoiy-psixologik tasvir prinsiplariga rioya qilib yaratilgan syujet; D) javoblarning barchasi to‘g’ri.
Cho‘lpon tomonidan yaratilgan o‘zbek realistik qissasining ilk namunalaridan biri?
A) “Do‘xtir Muhammadyor”; B) “Befarzand Ochildiboy”; S) “Odina”; D) to‘g’ri javob ko‘rsatilmagan.
“Qissa” va “povest” aynan bir janrning ikki xil nomi bo‘lib, XX asrning 30-50-yillarida va undan keyin o‘zbek realistik nasrida “povest” janr belgisi ostida e’lon qilingan barcha asarlarni “qissa” deb qarash ilmiy jihatdan asoslidir”, - degan fikr kimga tegishli?
A) A.Xolmurodov; B) V.Jirmunskiy; S) H.Zaripov; D) T.Mirzayev.
Do'stlaringiz bilan baham: |