6-MAVZU: ISTIQLOL DAVRI
O‘ZBEK QISSACHILIGIDAGI O‘ZGARISHLAR
Reja:
1. X.Do‘stmuhammadning “So‘roq”, “Hay-y, Gulshod, Gulish!... yoxud quyiqishloqcha qotillik”, “Oromkursi” qissalari.
2. Sh.Bo‘tayevning “Shamol o‘yini”, “Eski arava”, “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissalari.
3. N.Eshonqul qissalarida ramziylik. “Tun panjaralari”, “Qora kitob” qissalari.
4. U.Hamdamning “Yolg’izlik” qissasida ikkili shaxs obrazi.
5. Isajon Sulton qissalari badiiyati.
6. Qissa janrida ruhiyat va konflikt talqini.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy hujum.
Tayanch iboralar: ramziylik, muhit va xarakter, obrazlar tizimi, ruhiyat va konflikt, shaxs fojeasi, roman badiiyati, yozuvchi mahorati.
Adabiyotlar:
1. Xolmurodov A. Qissada badiiy obraz yaratish mahorati. – T.: Fan, 2006. – 140 b.
2. Quronov D. Hozirgi adabiy jarayonda “Mom sindromi” – Toshkent: “Akademnashr”, 2010-yil, 6-23-betlar.
3. Sharofiddinov O. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: “Sharq”, 244-245-betlar.
4. Yo‘ldoshev Q. Istiqlol adabiyotshunosligining o‘n yili. Qarang: Yoniq so‘z. “Yangi asr avlodi”, 2006-yil, 88-101-betlar.
5. Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. – T.: Sharq, 2007. – 336 b.
Matn: Hamdam U. Uzoqdagi Dilnura. (Qissa, hikoya va she’rlar) – T.: “Akademnashr”, 2010.
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI
Seminar mashg’ulotlari talabalarni o‘zbek qissachiligiga oid ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, ularni nazariy nuqtai nazaridan tahlil va talqin etishga yo‘naltiradi. Talabalar egallagan bilimlarini dars chog’ida munozara yoki ma’ruza shaklida himoya qiladi.
Seminar mashg’ulotlarida talabalar o‘zbek qissachiligidagi muammolar to‘g’risida amaliy bilimlarini namoyon qiladilar, shuningdek, “O‘zbek qissalari poetikasi” fani asoslarini o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |