O‘zbek ruhiyati me’mori
Download 450.1 Kb.
|
abdulla oripov konferens 4
Bulbullarga, gullarga mast Yozsam faqat g‘azallar,
Balki meni Mirshablarmas, Izlardi yosh go‘zallar2 deydi. O‘z mohiyati bilan Nazrul Islom - chinakam introvert. ―Jannatga yo‘l qahramonida shu xususiyat mavjud bo‘lmagani uchun u muallif tomonidan aybdor deb topilyapti. To‘g‘ri, dramatik xarakter sifatida u o‘z 1 Oripov A. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Birinchi jild. –T.: G‘afur G‘ulom, 2000. –B.339 2 Vohidov E. To‘la asarlar to‘plam. 2-jild: She’rlar, doston, fojeiy komediya, tarjima. –T.: Sharq, 2015. –B. 238. taqdirini mardona belgiladi. Jonini xatarga qo‘yib, qizchani qutqarib qoldi. Lekin uning chinakam ijodkor shaxs sifatida o‘zini anglab yetishi kech sodir bo‘ldi. Muallif nainki yomonlikni, balki yomonlikka befarqlikni ham qattiq qoralayapti. Shoirlikka esa juda ulkan mas’uliyatni yuklayapti: Qodir egam muhiblarin siylagan mahal Shoirlarni kiritmishdir pari qavmiga. Farishtalar til farqlamas, millat ham azal, Ular faqat quloq tutgan ko‘ngil mayliga1 Shoir o‘zi uchun ham, zamonasi uchun ham murakkab va deyarli imkonsiz bo‘lgan holatni shu tarzda yuzaga chiqishini istayapti. Vazifamga ko‘ra men ham tabibroq edim, Insonlarning ruhlariga edim javobgar. Ruhi majruh nokaslarni ko‘rsam, ne qildim, O‘z tinchimni o‘ylab nari qochganman battar. Shoir –ruh tabibi. U majruh dillarga malham, ruhiy jarohatlarga shifo izlashi lozim edi. Lekin Yigitning ham o‘zini oqlashga yetarli sabablari bor edi: Foniy dunyo azoblarin u tatib ko‘rdi, Ig‘volardan tilka bo‘ldi gohida dili. Qayda hasad urug‘ qo‘ysa, bilingki derdi, O‘sha joyda baland bo‘lgay ig‘vo hosili. 1 Oripov A. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Birinchi jild. –T.: G‘afur G‘ulom, 2000. –B.338. Yolg‘iz edi dunyoda u, hayot beshafqat... Yigitga onasi tomonidan berilgan ushbu bahoda shoir shaxsining murakkab jihatlari, hayotning chinakam shoir zotini har doim ham boshini silayvermasligi o‘z ifodasini topgan. Yigit dramatik shaxs sifatida o‘z xatolaridan xulosa chiqardi. Yigit o‘z shaxsiyatini, shoirlik zimmasiga ortgan yukning zalvorini Tarozibon huzurida anglab yetdi: Umrim o‘tib ketibdi-da, hech neni ko‘rmay, Tarozibon aytganiday ko‘rmanbman qarab Inson uchun asli kurash ekan-ku joiz, Ha, do‘zaxi ekanman men, o‘zimdan ko‘rdim. Lekin bu xatolarni qachondir tuzatish imkonining mavjud emasligi dostonda dramatizmni yanada kuchaytirgan.―Jannatga yo‘l - dramatik doston. Asarda qahramonlar qismati ijtimoiy va ma’naviy hayotdagi muammolar bilan bog‘liq holda talqin etiladi. Dostonda qo‘llanilgan dialoglar dramatizmni kuchaytirishga, intrigani keskinlashtirishga xizmat qilgan. Doston voqealari ―o‘tmishda –hozir tarzida almashinib turadi, ular turli joylarda yuz beradi. Dramatik doston shakli muallifga hayot materialini asarga olib kirishda, voqelikka munosabatini ifodalashda, o‘z pozitsiyasini namoyon etishda katta imkoniyatni yaratgan. Abdulla Oripov dostonda chinakam ijodkorga xos ShAXSIYaTni, ma’naviy O‘ZLIKni anglab yetish masalasini asar badiiy butunligiga singdirishga muvaffaq bo‘ladi. Bunda shoir uchun Jannat arxetipi qo‘l keldi. Jannat bog‘i afsonaviy tuzilmasini arxetip sifatida ishlatish antropologiyani mifologiya bilan bog‘lab o‘rgangan ingliz olimi J.Frayzer va shvesariyalik psixoanatitik K.Yung tadqiqotlarida aks etadi. Tush va afsonalardagi ramzlar ajdodlar xotirasining qoldiqlari hisoblanadi1. Jumladan, ―Jannat bog‘i arxetipi ham ilk inson yaralganmakon inson gunoh sodir etganligi uchun badarg‘a qilingan joy,bandalarning yorug‘ dunyodagi amallariga yarasha mukofot tarzida kiritiladigan maskan hisoblanadi. Abdulla Oripov ―Jannatga yo‘l dostoni uchun mana shu arxetipdan foydalanib, diniy-mistik fonda kechgan voqealarga ijtimoiy mazmun yuklaydi. Shoir nazdida Jannatga kirish uchun begunoh bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Shaxsi butun, jamiyat hayotining oldingi qatorida harakatlanayotgan ijodkor inson jamiyat va insonlardagi zaif nuqtalarni jim kuzatmasligi, ularning og‘riqlariga darmon bo‘lishi, nohaqlikka, zulmga qarshi kurashishi lozim. Zulmga qarshi kurashishning turli usullari mavjud. L. Tolstoy zulmga zulm bilan javob bermaslikni yoqlagan. M. Gandi esa yovuzlikka qarshi zulmsiz kurash usulini ishlab chiqqan. Doston qahramoni Yigitda yomonlikka, zulmga qarshi kurashish uchun yetarli kuch, salohiyat bor edi. Ijodkor odamda voqelikni, biror vaziyat mohiyatini anglash, mushohada qilish tuyg‘usi kuchli bo‘ladi. Chunki unda barchaga berilmagan noyob iste’dod bor. Yigit esa mana shu iste’dodni, kuchni manfur, zolim kimsalarga qarshu kurash uchun emas, o‘z ko‘ngilini band etgan tuyg‘ularni kuylash uchun sarfladi. Har bir davrning o‘z ijodkoridan kutadigan kerakli gapi bo‘ladi. ―Jannatga yo‘l yozilgan paytda jamiyatda yig‘ilib yotgan muammolar, odamlar dilida aytilmay turgan gaplar talaygina edi. Shoir nazdida, iste’dodlar ana shu muammolarni ko‘tarib chiqishi, Abdulla Qahhor iborasi bilan aytganda xalqning tili uchida turgan dardlariga darmon topishi joiz edi. Lekin shoir o‘zi va zamondosh shoirlari amalga oshira olmayotgan mana shu holatdan iztirob chekyapti. Shuning uchun u iste’dodning bahosini anglamayotgan ijodkorlarni danteona usulda do‘zaxga hukm qilmoqda. To‘g‘ri, qo‘rquv insonni chidashi lozim bo‘lmagan vaziyatlarga ko‘nikishga majbur 1 Abrams M.H. A Glossary of Literary Terms/ Seventh Edition. –USA:Copyright, 1999. – P.12. qilishi mumkin. Inson qo‘rquvga tik boqish orqaligina uni yenga oladi va maqsadga erishadi. Ijodkor odam bu kabi ijtimoiy qo‘rquvlarni yenga olishi uchun u avvalo, Shaxs sifatida shakllangan bo‘lishi lozim. Shundagina u dogmatik fikrlardan ozod bo‘ladi. Shoir adolat va to‘g‘rilikka, vijdon va insofga, axloq-odob va yaxshilikka doir umuminsoniy qadriyatlarni, oliyjanob fazilatlarni targ‘ib-tashviq etishda diniy tushunchalardan ham, ramziy obrazlardan ham donolik bilan foydalana olgan. Ijodkor sifatida o‘z davri ehtiyojini to‘g‘ri anglab yeta oldi va dostonda o‘z adabiy-estetik qarashlarini estetik hukm shaklida taqdim etdi. Tosheva NILUFAR PhD Download 450.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling