O‘zbek ruhiyati me’mori


boylikka to‘yib, Yo‘qsil ham chidaydi, yonmaydi kuyib. Bir juft she’r


Download 450.1 Kb.
bet2/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

boylikka to‘yib, Yo‘qsil ham chidaydi, yonmaydi kuyib. Bir juft she’r aytishni bo‘ynimga qo‘yib, Olamda yo‘q edim, O‘zi bor qildi tarzida boshlanadi. She’rning ilk bandidayoq shoirga so‘z aytish Yaratgan tomonidan belgilangan qismat ekani ta’sirli yo‘sinda ifodalanadi. Bandaning o‘z taqdiridan tashqarida bo‘lolmasligi, borligu yo‘qlik, iste’dodu iqtidor faqat Allohning marhamati ekani sobit bir haqiqat sifatida tasvirlanadi. Bitikda har bir shaxs o‘z imonu vijdoni oldida mas’ul ekani, odamning imkonu qudrati qanchalik bo‘lmasin, qilmishi uchun javob berishga mahkumligi o‘ta ta’sirli yo‘sinda aks ettiriladi:
Yovuzlik har yonni etsa ham xarob, Bir kuni qaydadir bergaydir javob. Ezgulik sedana donidek noyob,
Bo‘y sochib, o‘zidan umidvor qildi.
She’rning bu bandida yovuzlik va ezgulik g‘oyat esda qolarlik yo‘sinda qarama-qarshi qo‘yilib, yovuzlikning miqyosi ―har yonni xarob etadigan, ezgulikniki esa ―sedana donidek noyob bo‘lishiga qaramay, keyingisining g‘alabasi tayin ekaniga umid aks etadi. She’rda sedananing qo‘lga ilinmas darajadagi mayda donidek bo‘lsada eszgulik ―har yonni xarob etgan yovuzlikka nisbatan qudratli ekani g‘oyat o‘ziga xos ifodalangan. Tasvirning hajmini emas, balki qamrovini kengaytirishga uringan shoir sedananing betakror isidan ham o‘rinli bir badiiy tafsil sifatida foydalanadi. She’rning so‘nggi bandida Yaratganning ixtiyorisiz tikan kirmasligiga, yovuzlik qachondir yengilib, ezgulik yengishiga ishongan imoni but kishining nekbin qanoati ifoda etiladi:
Yer yuzi bo‘lgaydir shaksiz farovon, Insonga qaytgaydir diyonat, vijdon. Shoir kelajakka keltirib imon, Shu she’rni yozmoqqa ixtiyor qildi.
She’r kishida ezgulik tantanasiga ishonch uyg‘otishi, ko‘ngilda yorug‘ tuyg‘ular hosil qilishi bilan diqqatni tortadi. Bitikning qofiyalanish tartibidagi o‘ziga xoslik ham e’tiborga loyiq. O‘nta to‘rtlikdan iborat bu she’r bandlari a-a-a-b, v-v-v-b, g-g-g-b, d-d-d-b, ye-ye-ye-b va hk. tarzida qofiyalangani sabab o‘zgacha bir musiqiylik, yoqimli ohang kasb etadi.
Abdulla Orifning bu davr ijodiga mansub ko‘pchilik bitiklarida ko‘ngil daxl qilib bo‘lmaydigan muqaddas ma’voligi, unga qilingan zug‘um tanaga qilingan zulmdan og‘irroq ekani tasvirlanadi. Chunonchi, ―Inson g‘ururi she’rida yuksak ma’naviy fazilatlar ko‘ngilda yetilishidan kelib chiqib, uni toptash yovuzlik ekani keskinlik bilan ―Kim inson qalbiga kirsa beruxsat, Hattoki, hayvondan vahshiyroq erur tarzidagi to‘xtam shaklida ifoda etiladi.
Mutafakkir shoir o‘z bitiklarida qalamga olingan narsa-hodisaning mohiyati va sababini ko‘rsatishga alohida e’tibor bergani holda ko‘pincha oqibatni batafsil tasvirlab o‘tirmaydi. U sababning mohiyati tabiiy ravishda oqibatning qandayligini belgilashini ko‘zda tutadi. Shu bois she’rlarida hamma narsani ipidan ignasiga qadar aytib qo‘ymaydi. O‘qirmanning zakosi va topqirligiga ishonganidan ko‘p o‘rinlarda ishora bilan kifoyalanadi. Jumladan, ―Sog‘uniy she’rida ―Zulmki, ustuvor bo‘ldimi agar, Endi hamrohingdir o‘kinch va hasrat satrlariga butun she’rning mohiyatini joylagani holda bu xulosani izohlab o‘tirmaydi. She’rda ulug‘ alloma va arbob tortgan azoblar sanab o‘tirilmay, millat ozodligi yo‘lida fido bo‘lgan shaxsning ruhi ulusning bundan buyongi tutumlari qandayligining sergak kuzatuvchisi bo‘lib qolgani tasviriga urg‘u beradi. Bu hol o‘qirmanni o‘zida hazrat Sog‘uniy ruhini injitmaydigan sifatlar bo‘lishi kerakligini his ettirishga olib keladi.
Shoirni inson qismatiga doir yechimsiz muammolar adoqsiz o‘yga toldiradi. Shu sabab ―She’riyat deb atalgan bitikdagi ―Goh o‘ylab qolaman, kimmiz o‘zi biz, Sohibi davronmi, falakning quli? yo‘sinidagi savol uning doimiy yo‘ldoshi ekanida ajablanarli jihat yo‘q. Shoir ezgu o‘y va ezgu amalli odamlar davrning egalari bo‘lishini orzulaydi, lekin g‘addor olamning o‘zgarmas tartibi uni og‘ir mulohazalar og‘ushiga tashlaydi:
El-yurtning qalbida pinhon ohu zor She’r bo‘lib o‘zidan bergaydir xabar. Ana, Mashrab uchun qurilgan u dor Buzilmay turibdi shu kunga qadar.
O‘zini insoniyatdan, insoniyatni o‘zidan ayro ko‘rmagan shoir ―El- yurtning qalbida pinhon ohu zor She’r bo‘lib o‘zidan bergaydir xabar tarzida she’rning buyuk missiyasi ojizlarga madad berishdan iboratligini ifodalaydi. She’rda talmeh san’atidan foydalanib, Mashrabning bugun ham qaytarilishi mumkin bo‘lgan qismatini esga solish orqali o‘zgacha ta’sirchanlikka erishilgan. Bitikda shoir va she’r qismatining zamonlar
osha ham o‘zgarmay qolgani, bular taqdiridagi fojiaviy davomiylik alohida ta’kidlarsiz o‘qirmanga sezdiriladi. Abdulla Orif boshqa juda ko‘p bitiklarida ham she’rning qimmati-yu shoirning vazifasi va taqdiri to‘g‘risidagi fikru tuyg‘ularini aks ettiradi. Chunonchi, bir she’rida kelgan birgina ―Shoir deganlari shahiddir xunsiz satri orqali shoir ijodkor zimmasidagi yukning hamma zamonlarda ham naqadar og‘ir bo‘lishini butun zalvori bilan bera olgan.
Abdulla Orif qalamiga mansub deyarli barcha she’rlarda odamga odamday yashash nasib etishiga doir chin istaklar ifoda etiladi. ―Ibodat she’rida yashashning g‘oyat mushkul, adoqsiz sinovu qiynoqlar og‘ushida kechishi tasvirlanadi. Lekin inson uchun azoblar ichra bo‘lsada tiriklik dunyodagi barcha narsadan afzal tortiq ekani va buni tasvirlash asl ijodkorning Yaratganga xush keladigan yumushi bo‘lishi kerakligini ―Dunyoda nemat yo‘q hayotdan aziz, Sen unga bag‘ishla o‘lmas satringni misralarida ifoda etadi. Dunyoning adolatsizligi, odamlarning bir-biriga zug‘umi tufayli kishi, hatto, o‘lganidan keyin ham xotirjam bo‘lolmasligini tasvirlash orqali she’rda hayotiy fojianing darajasi bor ko‘lami bilan ko‘rsatiladi:
Hali tugamaydi bu achchiq qismat, Kimdir nom talashib aqldan ozar.
Eng mudhish tomoni, o‘tmay sal fursat Seni mahv etganlar xotira yozar.
Odamga xos qilvirliklarni eng mayda jihatlarigacha ko‘ra bilgan shoir aynan shu odamning o‘limiga sabab bo‘lgan kaslar marhumning eng yaqinlari sifatida xotiralar yozishiday ikkiyuzlamachilikni hayotning ―mudhish tomoni hisoblaydi. Bunday vaziyatlarda kishiga yomonlikning chegarasi yo‘qday, uni bartaraf etish imkonsizday tuyuladi. Shuning uchun ham shoir she’rni umidbaxsh yumor bilan: ―Yaxshisi, o‘lmasdan yashamoqlik shart,- deya tugallaydi.
Qizig‘i shundaki yarim asrdan ko‘proq vaqtdan beri davom etgan ijodiy umri mobaynida mudom minglab yillik an’analar bag‘rida turib porloq poetik kashfiyotlar qilib kelayotgan Abdulla Orif 2012 yilda ilk bor shakliy izlanishlarga jazm etib, ―Ranglar va ohanglar deb atalgan qofiyasiz she’rlar turkumini yaratdi. U ijodiy umri davomida birinchi va birgina marta qofiya va ohangdoshlikka asoslanmagan uchlik bandlardan iborat she’rlar yozdi. Bu uchlik bandlarda ikki jihat uyg‘unlashgani ko‘zga tashlanadi: uchliklar butun bir she’rni tashkil etuvchi bandlar; ayni vaqtda har bir uchlik muayyan ichki mustaqillikka ega she’r ham.
Qofiyaga bog‘lanib qolmaslik natijasida shoir misralar vositasida uyqash ohang emas, uyg‘un ruh yaratish imkoniga ega bo‘lgan. Natijada muallif she’rni quloqqa eshitiladigan tashqi ohang o‘rniga ko‘ngil torlariga uriladigan ichki zarb bilan ta’minlagan. She’rda qofiya, ohangdoshlik singari tashqi atributlarga bog‘lanib qolmaganligi uchun shoir miqyosli fikr va ko‘ngli kechinmalarni batafsil ifodalay bilgan. ―Ranglar va ohanglar she’ridagi:
Oq dengizdan oq shamollar essalar, Qizilidan kelsa alvon shabboda, Qora dengizdan-chi, tim qora nasim.

Oq tanli kishidan oqlik ufursa, Sarg‘imtil qavmdan zahil epkinlar, Qoralardan esa siyohrang tutun.


Ne hol yuz berardi rub’i maskunda, Kim ham ko‘z yumardi bu manzaradan? Yaxshiyam shamolning ranglari yo‘qdir.


She’rning keyingi misralarida hayotning bu xayoliy manzaradagi kabi jo‘n emasligini tasvirlab, narsa-hodisalarning tashiga emas, mohiyatiga qaralgandagina ularni anglash mumkinligini qayd etgan shoir she’rni
Qara, na’matakning quruq shoxida Bir qush sayrab turar sahardan to kech, Sergak bo‘lolsaydik o‘sha qush kabi tarzida yakunlaydi. Sirtdan parokandaday tuyulguvchi bu misralarni qofiya ham, ohang ham, hatto, ma’no ham emas, ichki poetik ruhgina o‘zaro birlashtirib turadi.
―Uyg‘unlik she’rida olam hodisalari va odamga shoirning falsafiy munosabati ko‘zga tashlanadi. Ochun hodisalari orasidagi ichki mutanosiblik haqida o‘ylagan shoir: ―Olam uyg‘unlikdan iborat asli, Bo‘shliq deganlari yo‘qdir mutlaqo, Makonni nimadir to‘ldirib turar. Suvsiz idishda ham zangor havo bor, Qop-qaro koinot bag‘rida esa, Vaqt yashar, jismsiz ruhlar kezadi tarzidagi to‘xtamga keladi. Xorezmatik
fikrlaydigan shoir uyg‘unlikni xilma-xillik va o‘ziga xoslikning birligida ko‘radi. Har bitta odamga o‘z millati betimsol, tili tansiq, vatani muqaddas tuyilishi sababini uyg‘unlik tuyg‘usi bilan izohlaydi.
Bahor chog‘i, mehr bilan quyosh charaqlar, Bulutlar ham momiqqina o‘rdakchalarday. Birdaniga yomg‘ir quyar. Naqadar rohat!
uchligi bilan boshlangan ―Millat she’rida esa ayni shu jihatga tamomila o‘zgacha rakursda yondashiladi. Barchasi ham muayyan darajada voqeabandlikka qurilgan bu she’rlarda shoir qissadan hissa chiqarib, o‘gitbozlik qilmaydi. Hamma gapni o‘zi aytib qo‘ymay, ularni she’rxonning xayolan davom ettirishiga imkon bergani uchun ham ushbu uchlik bitiklar kishiga tugallanmay qolganday tuyuladi. Sirtdan qaraganda yapon xaykulari va xitoy syaoshilariga bir qadar o‘xshab ketadigan uchlik bandlardan iborat bu she’rlar ichki mantiqiy izchillik mahsuli ekani bilan ulardan keskin farq qiladi.
Tafakkur va tasavvur qudratiga bitilgan madhiya deyish mumkin bo‘lgan
Fikr sakkizligida shoirning nekbinlik tuyg‘usi yuksak darajada namoyon bo‘ladi. Ushbu she’rda fikr yo‘ldosh bo‘lgani uchun kimsasiz sahroda yolg‘izligini sezmayotgan shaxs holati yorqin tasvirlanadi:
Atrof sahro, yo‘q biror jonzot, Bulut bosgan, dimiqqan havo.
Lekin qaynar fikrimda hayot, Tevaragim gavjumdir go‘yo.
She’rda fikr kishisining hayot va vaziyatni o‘z izmiga sola bilishi, uning hodisalar yetoviga tushib qolmasligi ta’sirli aks etgan. Ikkinchi to‘rtlikda ayni shu odamning fikrlamayotgandagi holati antiteza tarzida keltiriladi: ―Atrof bozor, odamga to‘lgan, Bulut ham yo‘q, ochiqdir havo. Lekin fikrim to‘xtagan, o‘lgan, Men yolg‘izman butkul, mutlaqo. She’r shunday tugaydi, unda qissadan hissa chiqarilmagan, muayyan to‘xtamga kelinmagan. She’rxonning fikrlab, o‘ziga ijodiy sherik bo‘lishiga ishongan shoir bu yumushlarni unga qoldiradi. She’rdagi ―sahro va ―bozor, ―bulut bosgan va ―bulut ham yo‘q, ―dimiqqan havo va ―ochiqdir havo, ―Lekin qaynar fikrimda hayot va ―Lekin fikrim to‘xtagan, o‘lgan, ―Tevaragim gavjumdir go‘yo va ―Men yolg‘izman butkul, mutlaqo singari ifodalarning mazmunan o‘zaro tom qarama-qarshi ekani o‘qirmanni shoir niyatini anglab yetishga yo‘naltiradi. She’rxon o‘ylaydigan kishigina chin ma’nodagi tirik odam ekani, o‘ylamaslik yoxud fikrlay olmaslik kishini o‘likka teng qilib qo‘yishini teran his etadi. Boshdan-oyoq mantiqiy tazodga qurilgani she’rning ta’sir kuchini oshirgan.
Yumor – Abdulla Orif ijodiga doimiy yo‘ldosh. Shoirning yumori hamisha dard, mung bilan qorishiq kelgani, g‘amdan tug‘ilgani, kinoya, piching, kosa tagida nimkosa singari belgilarga egaligi sabab faqat kulgi uyg‘otish bilan cheklanmaydi. Bunday xususiyat shoir ijodining turli davrlarida bitilgan ―Hangoma, ―Turmush tashvishlari, ―Tulki falsafasi, ―Adi-badi haqida rivoyat, ―Maymuniyat, ―Tanishlar, ―Tarbiya, ―Sharq hikoyasi yanglig‘ ko‘plab she’rlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, ―Muxbir she’rida shoir unga yurt hayotini bo‘yab-bejab ko‘rsatmoqchi bo‘lgan muxbirdan noroziligini kinoya yo‘li bilan ifodalaydi:
Tanishtirma menga osmonni, Ikki ko‘zim hozircha ochiq.
Pesh qilmagin ha deb bo‘stonni, Ko‘rdim: gullar g‘oyat yarashiq.
She’rning keyingi bandida muxbir iftixor bilan tanishtirmoqchi bo‘layotgan samolyot guvillashi, buloq shildirog‘i, qushlar sayrog‘i, yulduzu oyning chiroyi uning uchun yangilik emasligini qayd etar ekan shoir piching bilan qilingan bu romantik sanoqlardan so‘ng hech kutilmaganda: ―Men bilaman, qaydadir dala Va necha bosh cho‘ponning moli,- deydi. Ulusning tirikligi va tirikchiligini tashqaridan emas, balki ichdan biladigan el odamigina bunday to‘xtamga kela biladi. Zero, muxbirning sanog‘idagilar tashqi jihatlar bo‘lsa, shoirning aytganlari esa mohiyatni anglatadi. Shoir o‘zini eldan ayro ko‘rmagani bois ham komil ishonch bilan:
Vatanimda uchragan har tosh, Ko‘rinadi o‘tdek ko‘zimga.
Menikidir shu yer, shu quyosh, Tanishtirma meni o‘zimga,-
deya oladi. She’rda hayotga yuzaki munosabatda bo‘lib, uning sirtidagi jihatlarnigina ko‘radigan muxbir obrazi yengil kinoya bilan tasvirlanadi.
Abdulla Orif ―Avgust she’rida otamakon sog‘inchi tufayli paydo bo‘lgan g‘oyat nozik va ingichka tuyg‘ularini hech kimnikiga o‘xshamagan yo‘sinda ifodalashga erishadi. Unda musofir yurtlardagi o‘g‘lonning ruhiyatiga mos umid va gumon, ilinj va xavotir o‘ta ta’sirli aks etgan:
Men bugun musofir, sargashta sayyoh, Balki qumloqlarga singmish so‘zlarim. Sen ham sog‘indingmi, ey ona dargoh, Meni kutgaysizmi, xumor ko‘zlarim?
Shoir elu yurtga degan so‘zlarining egalariga yetib bormay,
―qumloqlarga singib ketishidan xavotirlanadi. Ona yurt sog‘inchi bilan yashayotgan o‘g‘lon uni ham sog‘inganliklari va kutayotganliklarini bilgisi keladi. Bunday tabiiy tuyg‘ular samimiy ifoda tarzi bilan o‘qirman yuragiga ta’sir etadi. She’rning keyingi bandida Abdulla Orifning
mahorat xanjari o‘zgacha yaraqlab ketadi: ―Vatandan yiroqda kechdi ko‘p damlar, Baytlarim o‘xshadi ko‘priklarimga. Do‘rmon bog‘larida toza shabnamlar, Qo‘nib turgan kabi kipriklarimga. Bu misralarda yurtdan minglab chaqirim naridagi shoirning she’rlari vatanga tashlangan ko‘prik bo‘lishini istashi o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Ham ota yurtning, ham ijodning timsoli aylangan Do‘rmon bog‘laridagi toza shabnamlarning kipriklarga ―qo‘nib turgan kabi bo‘lishi ham hayotiy-mantiqiy, ham ifoda nuqtai nazaridan haqqoniy va go‘zaldir. Zero, kipriklarga qo‘ngan bu shabnam tasviri shunchaki bir poetik obraz emas, balki sog‘inchdan ko‘ziga yosh olgan shoir ruhiyatining ifodasi ekani bilan ham jozibalidir.
Shoirning ―Vatan mehri she’rida sog‘inch va mehrga tashnalik tuyg‘usi yanada shaxsiyroq va bo‘rtiqroq aks ettiriladi. She’rda dardga chalingan inson ruhiyati yuqumli ifoda qilingan: ―Xastalikka yo‘liqdim Vatanimdan yiroqda, Vayron bo‘ldi ming karra shundoq ham vayron ko‘nglim. She’rda shoir uchun vatan tuyg‘usi – mubham va mavhum sezim emas, balki singlisi Bibisora siymosida konkretlashgan, shaxslashgan hissiyot. Begona yurtlarda ojiz qolgan og‘aga singilning muhabbati vatan va yurtdoshlar mehriday xususiyat kasb etadi. Shoir balandparvoz osmoniy ifodalardan qochadi, yuksak insoniy sezimlarni odamga yaqinlashtiradi, olamni, jumladan, vatannida muayyan odam siymosida idrok etadi. Shu sabab quyidagi g‘oyat ichkin holatlar ifodasi ham shaxsiy tuyg‘ularga o‘ralashib qolish emas, balki umuminsoniy kechinmalar namunasi o‘laroq qabul etiladi:
Ellik yil ayro tushgan ikki jigarband misol Aka-singil yig‘lashdik, yelkalarga qo‘yib bosh. Shu lahza onam ruhi charx urardi, ehtimol, Balki otam arvohi tilardi bizga bardosh.
Qondoshlarning o‘zaro yaqinlik va mehru oqibati har qanday millatga mansub ota-ona uchun ham xotirjamlik asosidir. Shu jihat yuqoridagi ifodalarga umuminsoniylik bag‘ishlaydi.
Vatanning mehrini olib kelgan singil bahona she’rning lirik qahramoni o‘zining vatandagi hayot yo‘llarini yodga oladi. Undagi adashuvlar, qiynalishu abgorliklar, xiyonatu aldovlar bir-bir ko‘z oldiga kelganday bo‘ladi. Shoirning bu she’rida ―Sarobdagi kabi ayovsiz inkor, yovqur norozilik sezilmaydi. Lirik qahramon endi odamlardagi illatlarga bag‘rikenglik bilan xotirjam qaray biladi. Shu sabab she’rda Abdulla Orifga xos yumoristik yondashuv namoyon bo‘ladi. Bitikning bir bandida
shoirning hayotga nimkulgi va nimtanqid munosabati aks etgan:
Donishmandlar hayotni aslida sinov deydi, Bu hikmatni har inson o‘zicha anglar biroq. Tiriklikda sobit bir mantiq bo‘lsa qaniydi, Bo‘rilar qolib ketib, qo‘yni sinashar ko‘proq. Bu satrlarda hayot sinovlarining zolimu zo‘ravon bo‘rilar o‘rniga jabrdiyda qo‘ylar boshidan arimasligidan hazilomuz yozg‘iriq ifodalangan.
She’rning boshqa bir bandida, umuman, odam, xususan, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan daholar bilan o‘tkinchi mashhurlar qadrini solishtirish asnosida tiriklikda ulkan adolatsizlik borligi kinoyali ohangda aks ettiriladi:
Kim bo‘libman ahir men, mehrga zorku bashar, Chulg‘ab olmish olamni zo‘ravonlik va aqcha.
Oddiy bir to‘pteparga qiyoslab ko‘rsang agar, Gomer va Tolstoyning narxi bo‘larkan qancha?!
Bu tasvirlar mazmuni haqqoniyligi, dolzarbligi va afsuski, eskirmasligi bilan o‘qirmanga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘ta mungli boshlangan hasratzada bitikning umidbaxsh ko‘tarinki ohanglarda tugallanishi she’rxon ko‘ngliga yorug‘lik soladi: ―Sog‘ayib, safingizda yurarman hali men ham, Oshno bo‘lib she’r degan abadiy bir sehrga. Yolg‘iz Xudoga soldim, gar birovdan yetsa g‘am. Lekin mudom talpindim insoniy bir mehrga. Shoir sog‘ayib, ―she’r degan abadiy bir sehrga oshno bo‘lib yurishday ezgu niyatini bildirish qatorida o‘ziga jabr qilganlarni ham ―Xudoga solganini aytib, bir umr insoniy mehrga intilib yashaganini qayd etadi.
Yangi asr mo‘jizalari she’rida Abdulla Orif olamga mutafakkir nazari bilan qarab, bugunni izohlab, kelajakni bashorat qiladigan faylasuf timsolida namoyon bo‘ladi. She’rning dastlabki bandlarida shoir bugungi hayotga xos jihatlarga munosabat bildirar ekan, o‘tmishni qo‘msab, qaytmas yoshlikni befoyda sog‘inish tuyg‘ulari iskanjasiga tushib qolmaydi. U taraqqiyot yanada tezlashib, inson yeru ko‘kni izmiga solishiga ishonchini:
Xotiring jam bo‘lsin, endi odamzod Qayta kirib olmas eski g‘origa. Agarda Allohim aylasa imdod, Bergay osmonlarni ixtiyoriga tarzida ifoda qiladi. Shoir asr mo‘jizalari oldinlari odamiyatga cheksizday tuyulgan olamni kichraytirib, yerni ―quvaning anoricha holatga keltirganini, lekin bu hol hech kimga dunyoni oyoqosti qilish huquqini bermasligini ta’kidlaydi:
Basharning mulkidir zamin, hoynahoy,
Kimgadir atalgan tomorqa emas. Xonangga sig‘maydi quyosh bilan oy, Xarobot uzra ham porlayverar, bas.
Bu satrlarda shoirning chegara bilmas xayoloti, yildirimdan chopqirroq tafakkur qarqin (sur’at)i yaqqol namoyon bo‘ladi. Unda ko‘ngli va ko‘zi tor, olamga faqat menchilik ayvonidan nazar tashlaydigan, har bir xatti-harakatini shaxsiy manfaatga qaratgan kimsa tutumlariga munosabat betakror yo‘sinda aks etgan.
Keyingi ko‘plab she’rlarda shoirning tazarrusi ifoda topgan. Tazarru va afsus – chinakam odam hamda haqgo‘y ijodkorning doimiy yo‘ldoshi. Negaki, odam xato qilish va afsus chekib, tazarru aytishga mahkum yaratiq. Dunyo dunyo bo‘lib, tazarru qilishga ehtiyoji bo‘lmagan odamni ko‘rmagan. Faqat yashamagan kimsalargina tazarruga muhtojlik tuymaydilar. Ulug‘ odam, daho shoir, yirik arbob hayotini kechirgan Abdulla Orifning o‘ychil bir inson sifatida afsuslar chekib, tazarru qilishga loyiq ishlari ham bor. Bu hol tazarru she’rlari shoirning ojizligi emas, qudrati ifodalaridir deyishga imkon beradi. Jumladan, shoir Usmon Azimga bag‘ishlangan
Baxshiyona she’rida chog‘doshlari orasida keng yoyilgan illatlarga to‘xtalib, ularni tuzatishga behuda sarflagan umriga achinib, buyuk anduh bilan shunday deydi:
Usmon shoir, umrim o‘tdi,
Endi netay, Payti keldi, pushaymonim
Bayon etay. Eng yaxshisi, Boysun tog‘dan
Biror g‘or top, Chorig‘imni sudrab unga
Kirib ketay.
Chorasizlikning bu qadar chiroyli poetik ifodasi she’rning ta’sir kuchini oshiradi.
Inson ruhiyatining buyuk me’mori bo‘lgan shoir to‘daga, olomonga aylangan odamlarga hadik bilan qaraydi. To‘dada odam o‘z shaxslik qiyofasidan ayrilib, boshvoqsiz yirtqichga aylanishi mumkinligidan xavotirlangan shoir o‘z tuyg‘ularini: ―Bir hisni yashirib axir netaman, To‘dani ko‘rganda qo‘rqib ketaman,- deya g‘oyat esda qoladigan yo‘sinda tasvirlaydi.
Teran afsus tuyg‘usi shoirning yetti bandlik ―O‘kinch she’rida g‘oyat ta’sirli ifoda etilgan. She’rning ―Bir vaqtlar tug‘ilgan joyim bor edi,

Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling