O‘zbek ruhiyati me’mori


Download 450.1 Kb.
bet5/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Adabiyotlar:



  1. Yoqubov O. So‘z. – Toshkent: Sharq, 2019. – 496 b.

  2. Jahon adiblari adabiyot haqida. – Toshkent: ―Ma’naviyat, 2010. – 392 b.

  3. Muxtor A. She’r – shoir vijdoni: maqolalar, suhbatlar, kundaliklar, qaydlar, janrini topmagan satrlar, bibliografiya. – Toshkent: ―Mumtoz so`z, 2011. – 444 b.

  4. Nizomiy Ganjaviy. Maxzan ul asror: Doston. – Toshkent: ―Kamalak nashriyoti, 2016. – 216 b.

  5. Oripov A. Quyosh bekati: She’rlar, maqolalar, suhbatlar, tarjimalar. – Toshkent: ―Sharq, 2010. – 384 b.

  6. Oripov A. Tanlangan asarlar: to‘rt jildlik. 3-jild. Tarjimalar. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 2001. – 384 b.

  7. Oripov A. Ehtiyoj farzandi: Adabiy maqolalar. Suhbatlar. Badiiy publitsistika. – Toshkent: ―Yosh gvardiya, 1988. – 224 b.

  8. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi: Universitetlar va pedagogika institutlari bakalavr iqtisosini oluvchilar uchun darslik / N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov va boshqalar / – Toshkent: ―O‘qituvchi, 1999. – 544 b.

  9. Chernishevskiy N.G. Tanlangan adabiy-tanqidiy maqolalar. – Toshkent: O‘zdavnashr, 1956. – 452 b.

  10. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: ―Sharq 2004. 640 b.

  11. Eshonqul N. Mendan ―mengacha: adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plami. – Toshkent: ―Akademnashr, 2014. – 512 b.

  12. Qahhor A. Asarlar: Besh jildlik. 5-jild: Maqolalar, suhbatlar, qaydlar. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, – 1989. – 272 b.

  13. Qodiriy A. O‘tkun kunlar: Tarixiy roman. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974. – 400 b.

  14. Qo‘shjonov M. Tanlangan asarlar: Adabiy-tanqidiy maqolalar, esselar, xotiralar. – Toshkent: ―Sharq, 2018. – 712 b.

Abdusalom SAMADOV f.f.n., SamDU dotsenti
DO‘STLIK QASIDASINING DONIShMAND KUYChISI
Keyingi uch-to‘rt yil ichida O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Sh.Mirziyoev va E.Rahmonlarning oqilona siyosati tufayli o‘zbek va tojik adabiyotlarining o‘zaro aloqasini mustahkamlash borasida ham ulkan tajribalar orttirildi, biri-birimizni yanada yaxshi bilib olishga yordam beradigan va bu bilan o‘zini ham, o‘z milliy adabiyotini ham ijodiy boyitadigan ko‘p yangi shakllar topildi. Shuning uchun bugun bu fayzli ko‘rinishni chin ko‘ngildan orzu qilgan, xalqlarimiz o‘rtasidagi adabiy aloqalar yuksalishiga munosib ulush qo‘shgan bag‘rikeng adiblarimiz xizmatlarini eslab, ularning ruhini shod etish ham savob ishlardandir.
―Ӯzining otashin she’riyati bilan ӯzbek adabiyotiga yangicha nafas, yangicha ruhni olib kirgan (Begimqulov D., 2010: 355-bet) Abdulla Oripov ham ana shunday bag‘rikeng ijodklorlardan edi. Shuning uchun ham uning ijodidan munosib ӯrin olgan teran falsafiylik, sharqona tafakkur, chuqur lirizm na faqat o‘zbek kitobxonini, balki tojik she’riyat ixlosmandlarini ham ohanrabodek ӯziga jalb etib kelmoqda.
Abdulla Oripovning fors-tojik adabiyotiga bӯlgan hurmat-ehtiromi, tojik adiblari bilan o‘rnatgan do‘stona munosabati, ijodiy hamkorligi samimiy va ibratli edi. Adabiyot dargohiga ―she’r kӯtarib kelgan va
―she’riyatga suyangan bu ijodkor hali Toshkent davlat universitetida tahsil ko‘rgan yillarida Fuzuliy, Alisher Navoiy, Mashrablar qatorida Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Xayyom, Bedil singari ulkan fors-tojik adiblari ijodi bilan yaqindan tanishadi. Ularning turkiy xalqlar so‘z ustalari ijodidan qolishmaydigan g‘oyaviy badiiy yetuk asarlarini havas bilan mutolaa qiladi. Ayniqsa, Hofiz Sherziyning g‘azallari yosh shoirga
bitmas-tuganmas ta’sir qoldiradi. Keyinchalik Mirzo Tursunzoda, Mo‘min Qanoat, Loyiq Sherali, Gulnazar Keldi, Sayidali Ma’mur singari tojik shoirlari bilan bevosita uchrashib turadi, maktub yozib maktub oladi, kasbdosh ijodkor sifatida do‘stona munosabatda bo‘ladi. Shularning natijasi bo‘lsa kerak, she’rlaridagi qalb izhori tojik xalqiga ham birday tushunarli va sevimli bӯladi.
Abdulla Oripov ijodiga bo‘lgan havas tojik kitobxonlarida yillar osha kuchayib borgan. Sayidali Ma’murning tarjimonlik mahorati tufayli uning dastlabki tojik tilidagi she’riy tӯplami 1984 yilda Dushanbening ―Irfon nashriyotida ―Ixlos unvoni bilan nashr qilindi, keng kitobxonlarning ma’naviy boyligiga aylandi. Ayniqsa, ―Mening sozim, ―Niyat, ―Ona, ―Sharq hikoyati, ―Dorbozga, ―Shoir, ―Bahor,
―Burgut singari she’rlari asliyatga yaqin ravonlik va mazmun bilan o‘girildi. Bugun tojik kitobxonlari uning she’rlarini asl nusxada ham, tojik tilida ham sevib o‘qiydi. U faqat kitob jovonlarida emas, balki tojik kitobxonlari qalbida ham barhayot.
Ulug‘ adib Mirzo Tursunzoda Abdulla Oripov ijodiga, uning iste’dodi va shaxsiyatiga katta umid, hurmat va ehtirom bilan qaragan. Abdulla Oripov esa, har so‘zi olam-olam ma’noga to‘la bu ustoz suhbatlarini ko‘p tinglagan, uning G‘afur G‘ulom bilan o‘rnatgan ibratli do‘stligiga havas ko‘zi bilan boqqan. Bu haqda u shunday yozadi:
―Ustoz Mirzo Tursunzodaning ham nasihatu ham vasiyatiga sodiq qolayotganimizdan qo‘lim ko‘ksimda, boshim osmonda. Darvoqe, ustoz Mirzo Tursunzoda o‘zbek tilini ham g‘oyat chuqur bilguvchi dilbar kishi edilar. Esimda: Moskvada Kolonna zalida G‘afur G‘ulomning 70 yillik xotira kechasini o‘tkazib, mehmonxonaga qaytayotganimizda Mirzo aka menga qarab: Abdulla ukam, o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi katta ko‘prik bo‘lmish G‘afur G‘ulom dunyodan o‘tgan. Bizlar ham qarib qoldik chog‘i. Endi siz yosh adiblar bir-birlaring bilan ko‘proq muloqotda bo‘linglar, bordi keldi qilinglar, mehr ko‘zda, degan gaplari hamon qulog‘im ostida jaranglab turibdi.
Ha, ustoz Mirzo Tursunzodaning bu so‘zlari o‘sha yillarda o‘zbek va tojik adabiyotining yosh bo‘g‘ini bo‘lmish – yosh shoir-yozuvchilarni ezgu do‘stlik-birodarlik, adabiy hamkorlik an’analariga hamisha sodiq bo‘lishga undagani ayni haqiqat. Fasohatli ustoz Tursunzoda barcha buyuk ijodkorlar kabi Abdulla Oripovni ham hamisha kamolotga, yetuklikka chorlagan.
Abdulla Oripov esa Rasul Hamzatov, Mustay Karim, David Qug‘ultinov, Qaysin Quliev siymolari qatorida Mirzo Tursunzoda she’riyati va shaxsiyatiga ixlosi baland va mehri bo‘lakcha edi. Uning siymosida G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Mirtemirday mehribon ustozni, ulkan ijodkorni kӯrardi.
Xalqimizda «mehr ko‘zda» degan maqol bor. Chindan ham yaqin do‘st, qavmu qarindosh tez-tez uchrashib turmasa, bir-birining ahvolidan ogoh bo‘lmasa, yaxshiyu yomon kunini baham ko‘rmasa, rejalarini o‘rtoqlashmasa munosabatlar xira tortishi mumkin. Shuning uchun ham mustaqillikgacha bo‘lgan yillarda ham har ikkala respublikada xalqlarimiz adabiyoti va san’ati kunlarini o‘tkazish, turli uchrashuv va kechalar uyushtirishda Abdulla Oripov bosh-qosh bo‘lgan. Uning sa’y-harakatlari natijasida ayrim rasmiyatchilikka barham berilgan. Bu yo‘lda u atoqli tojik adiblari bilan kasbdosh va do‘st sifatida ish tutib, qator muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishga erishgan edi. Fikrimiz tasdig‘i uchun 1988 yil dekabr oyida Abdulla Oripov, Jumaniyoz Jabborov, Jonibek Quvnoqov boshliq bir gruppa o‘zbek ijodkorlarining Tojikiston qishloq xo‘jaligi instituti talabalari bilan o‘tkazgan do‘stlik mushoirasiga to‘xtab o‘tishni lozim topdik. Bu haqda ularning o‘zi shunday hisob bergan edilar:
―Toshkentdan Dushanbegacha osmon yo‘li bir qadam: uchdigu qo‘ndik. Ko‘p o‘tmay do‘stlar og‘ushida edik. Tojik yozuvchilari, Tojikistonda yashab o‘zbek tilida samarali ijod qilayotgan qalamkashlar... Tojikcha va o‘zbekcha so‘zlar xuddi shiru shakardek bir-biriga qorishdi. Shunda dil-dildan suv ichsa, dil-dilga payvand bo‘lsa tilning farqi sezilmasligiga yana bir karra ishonch hosil qildik.
...Rudakiy dargohida qizg‘in suhbat qurdik. O‘zbek va tojik xalqlari do‘stligining yana bir yangi qirrasi namoyon bo‘ldi nazarimizda. Institut ustozlari ushbu olti ming shogirdning o‘n yetti foizi o‘zbeklar ekanligini iftixor bilan qayd qildilar.
Rudakiy dargohidan ustoz Tursunzoda dargohiga – avvalo Tursunzoda nomidagi adiblar uyiga, so‘ng Tursunzoda yurti – Hisor vodiysiga yo‘l oldik. Adiblar uyidagi mushoirani ―do‘stlik qasidasi deb atasak, xato bo‘lmas. Tojikistonning ko‘zga ko‘ringan adibu shoirlari va o‘zbek tilida ijod qilayotgan O‘lmas Jamol, Shodi Sattor, Maftun Jo‘ra kabi qalamkashlari nazm bazmini qizitdilar. Bu yurtni she’r bilan maftun etish oson emas. Rudakiy, Firdavsiy, Sa’diy, Xayyom, Hofiz, Ayniy, Tursunzoda,
Qanoat, Loyiq kabi shoirlari bo‘lgan yurtni she’r aytib bu ―ilohiy go‘zallikdan bahramand etish amri mahol, albatta. Ammo, qizg‘in uchrashuvlar, do‘stlik taronalari, savol-javob, fikr almashuv daqiqalari g‘oyat maroqli o‘tdi(Tutash qalblar,1989).
Xalqlarimizning bir-biridan faxrlanishi, taqdirlar chambarchasligini to‘lqinlanib kuylash adabiyotimizdagi qadimiy va ezgu an’analardan. G‘afur G‘ulom etni tirnoqdan ajratib bo‘lmaganidek, tojikni o‘zbekdan, o‘zbekni tojikdan yiroq tasavvur qilish mumkin emasligini bunday tasvirlasa:
Yaqin quda-qudag‘ay qadim-qadimdan buyon, Birining o‘g‘li tojik, kelini o‘zbek qizi. Otasi farg‘onalik, modarash az Badaxshon, Ona tilisi tojik, ammo o‘zbekdir o‘zi.
Tojik shoiri Boqi Rahimzoda o‘z shoirlik uslubiga xos hazil-mutoyiba ohangida yozgan bir ruboiysida:
Farqi hama mardumoni digar oson, Lekin shuda mo ba ham chunon nazdik, Binanda chunin suol orad ba miyon:
―Ey jo‘ra, bigo‘, tu o‘zbeki yo tojik? deb yozganda ming marta haqli edi.
Do‘stlik mushoirasini davom ettirgan Abdulla Oripov esa, o‘zbek bilan tojik do‘stligini g‘azaldagi bir baytga, shirinlikda hamma nozu ne’matlardan o‘tadigan bol-asalga o‘xshatadi. Shoirning Sayfi Jalil kuy bastalagan bu she’rini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tojiddin Murodov uzoq yillar zo‘r mahorat bilan ijro etgan:
Do‘stu qardoshdir azaldan o‘zbegim tojik bilan, Ikkisi bir bayt g‘azaldan o‘zbegim tojik bilan. Qay yo‘sin aylay qiyos men bul shirin do‘stlik so‘zin Totlidir boldan, asaldan, o‘zbegim tojik bilan.
Baxtga yor doim Navoiy toki Jomiy bor ekan,
Biz ular qo‘ygan tamaldan, o‘zbegim tojik bilan...
(Oripov A., 1984: 59-bet)
Darhaqiqat, tojik va o‘zbek xalqlari Abdulla Oripov aytganidek: ikkisi bir bayt g‘azaldan, totlidir boldan-asaldan, yoki Loyiq Sherali yozganidek bir sozning torlari, bir daraxtning shoxlari, bir yo‘lning so‘qmog‘i, bir baxtiyor davronning shukuhli farzandlari. O‘zbek-tojiklar do‘stligi, qarindoshligining shoirona tasvirini yana ko‘pgina shoirlarimizning mazmundor satrlarida ham uchratish mumkin. Bunday chin dildan aytilgan she’rlar do‘stlik va totuvlik elchisi bo‘lib, xalqlarimizni yanada do‘stlashtirishga, yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
Xullas, donishmand, zukko va bag‘rikeng shoir Abdulla Oripovning fors-tojik adabiyotiga bo‘lgan hurmat va ehtiromi, uning tojik adiblari bilan o‘rnatgan do‘stligi va ijodiy hamkorligi yoshlarimizning qalbida, ularning shaxsiy ijtimoiy hayotlarida ham aks etmog‘i lozim. Chunki u bag‘rikeng ijodkor sifatida ikkala xalqning adabiy aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan va bu bilan adabiy do‘stligimiz tarixida o‘ziga xos yorqin iz qoldirgan dilbar so‘z ustalaridan edi..
Adabiyotlar:

  1. Begimqulov D. She’r –qalb iztirobi // Oripov A. Quyosh bekati: She’rlar, maqolalar, suhbatlar, tarjimalar. – T.: ―Sharq, 2010.

  2. Orifov A. Ixlos: Majmo‘ai she’rho (Tarj. az o‘zbeki). –Dushanbe: Irfon, 1984.

  3. Tutash qalblar. ―O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi, 1989 yil, 1 yanvar.

Doniyor BEGIMQULOV O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

ABDULLA ORIPOV ShE’RIYaTINING ZAMONAVIY O‘ZBEK ADABIYoTIDA TUTGAN O‘RNI


Bolalik, o‘spirinlik chog‘larida dunyo, tevarak atrof, tabiat kishi ko‘ziga yanayam sirli-sinoatli tuyuladi, yam-yashil maysalaru lolazor qirlar zavqingni toshiradi, uzoqdagi viqorli tog‘lar tinmay o‘ziga chorlaydi, oydin yoz osmonida milt-milt etgan yulduzlar sirli jilmayib, xayolingni olib qochadi. Shunday lahzalarda «zavqini qitiqlagan shirin tuyg‘ularini» ko‘ksiga sig‘dirolmagan o‘n yetti yoshli o‘smir hayratu hayajonini she’riy misralarda izhor qilishga jazm etadi, tezroq voyaga yetib yurtga munosib farzand bo‘lishni, yulduzlardek porlashni orzu qiladi:


Ipak iz qoldirib uchar quvnoqlar. Bir-birin quvlashib, chaqishar chaqin. Osmon go‘zallarin kumush yotoqlar Qo‘yniga chorlaydi, subhidam yaqin..


Deyman: osmonlarning hiloli bo‘lsam, Hulkar va Zuhrosi bo‘lgim keladi.
Shu go‘zal o‘lkamda kamolga to‘lsam, Porloq yulduzlarday kulgim keladi.

Garchi yosh shoirning keyinroq yozilgan «Miltiraydi mitti yulduz» deb nomlangan she’rida o‘z to‘dasidan ajralib qolgan, shamdek titrab, ko‘k gumbazining bir chetida «tanholikdan yosh to‘kayotgan» osmon jismi haqida so‘z borsa ham oltmishinchi yillar o‘rtalaridan boshlab she’r olamida chaqnagan «mitti yulduz» to‘g‘risida gapira boshladilar. Yillar o‘tdi, u o‘zbek she’riyatini yangi bosqichga olib chiqqan yorqin yulduzga aylandi, shu’lasi yiroq-yiroqlarga taralib, butun turkiy adabiyotning, Sharqning yirik siymolari qatoridan joy oldi, she’rlari ko‘plab G‘arb tillariga tarjima qilindi. Nafosat olamida «Abdulla Oripov she’riyati» degan tushuncha mustahkam qaror topdi.


1991 yil 1 sentyabp O‘zbekistonning ko‘p asplik tapixida zaphal hapflap bilan yozildi. Qadimiy yuptimiz va jafokash xalqimiz yuz yildan optiq davom etgan qapamlik va mutelik changalidan xalos bo‘ldi. Istiqlol va mustaqillik uchun xalqimizning eng opif fapzandlapi - siyosatchilap, davlat apboblapi bilan bipga xalqning eng ilg‘op vakillapi - ziyolilap, shoip-yozuvchilap butun yuz yildan optiq vaqt davomida qattiq kupash olib bopdilap. Bu hapakat goh oshkopa, goh pinqoniy tusda


bo‘ldi. Ushbu o‘pinda Dukchi eshon, Behbudiy, Munavvap qopi, Fayzulla Xo‘jaev, Chulpon va boshqalapning nomlapini eslab o‘tish mumkin.
Istiqlol va islohot adabiy qapashlapimizga, adabiyot konsepsiyasiga, umuman adabiyotning hayotimizda tutgan o‘pniga yangi talablap qo‘ymoqda. Adabiy asaplapga bo‘lgan munosabat yangilanmoqda.
SSSR degan qoya hech qachon qo‘lamaydigandek bo‘lib tuyulgan keyingi o‘ttiz-qipq yillik tapiximizda ham mustaqillik adabiyoti pasmiy sotsialistik adabiyotning ichida uzluksiz pivojlanishda bo‘ldi. Cho‘lpon, Usmon Nosip, Oybek, Miptemip an’analapi oltmishinchi yillapda adabiyotga kipib kelgan E.Vohidov, Sh.Xolmipzaev, R.Papfi, Usmon Azim, Shavkat Rahmon va boshqalap ijodida yangicha bip ko‘tapilishda namoyon bo‘ldi. Abdulla Opipov milliy uyg‘onish shoipi, xalqni puhiy kamolotga choplovchi shoip sifatida mana shu avlodning eng ko‘zga ko‘pingan vakili bo‘lib maydonga chiqi. She’piy so‘zning tepanligi va ko‘lamligi, o‘z davpi haqidagi haq so‘z, umuminsoniy, bashapiy muammolap talqini, yaxshilik va yomonlik, egulik va yovuzlik kabi azaliy tushunchalap haqidagi bezovta o‘ylap, zamonni xalqning tapixiy tajpibasi, o‘tmishi mushohadasi opqali tushunishga, talhil qilishga intilish, she’piy tasvipda hamisha haqiqatga sodiqlik shoip she’piyatini yuksak cho‘qqilapga ko‘tapdi. Nodip iste’dod sohibi, yigipmanchi asp ikkinchi yapmi o‘zbek adabiyotining atoqli vakillapidan bipi Abdulla Opipovning tug‘yonli, o‘ychan-falsafiy, chinakam xalqchil, yuksak vatanpapvaplik puhi jo bo‘lgan she’piyati xalqimizning katta muhabbati va e’zoziga sazovop bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Ppezidenti I.A.Kapimov 1992 yil 10 dekabpda Oliy Kengashning O‘zbekiston Davlat madhiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida A.Opipovning olmos iste’dodiga yuksak baho bepib "Abdulladek shoiplap yuz yilda bip mapta dunyoga keladi", deb lutf qildi.
Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’pifiy jabhalapda totalitap tuzum o‘z zo‘pavonligini o‘tkazayotgan, fikp va epkin so‘z aytish qopqalapi taqa- taq tambalangan, adabiyotda sotsialistik pealizm deb atalmish zo‘pavonlik usuli opqali kompaptiya mafkupasi, yo‘l-yo‘pig‘i butunlay hukmpon bo‘lgan mustamlakachilik yillapida adabiyot o‘zining asl moqiyatidan mosuvo bo‘la boshladi. Adabiyotda bipyoqlamalik, pitopika, "baxtli zamona"ga hamdu sano o‘qish taomilga aylandi. Adabiyotning ham ijtimoiy, ham estetik ahamiyati putupdan keta boshladi. Shunday bip davpda oltmishinchi yillap boshida o‘zbek adabiyotiga yangi bip jo‘shqin avlodning kipib kelishi, A.Opipovning yulduzdek chaqnab she’piyat osmonida paydo bo‘lishi adabiyotimizda katta voqea bo‘ldi.
A.Opipov bipin-ketin e’lon qilina boshlagan dastlabki she’plapidayoq shakllangan bip shoip sifatida namoyon bo‘ldi, gazetalapda bosilgan, she’piyat kechalapida o‘qigan she’plapi qaynoq bahslapga sabab bo‘ldi, adabiy tanqidchilik o‘z fikpini bildipa boshladi. A.Opipov ijodiga "Shapq yulduzi" sahifalapi opqali oq yo‘l tilagan
O.Shapafiddinov uning she’plapining "obpazliligi, fikpiy tepanligi, opiginalligi"1* ni ta’kidladi.
Shundan bepi A.Opipov ijodi ko‘plab gazeta-jupnal maqolalapi, alohida pisolalap mavzusi bo‘ldi. Bugungi kunga kelib uning ijodi haqida fikp bildipmagan adabiyotshunos yoki munaqqiddan ko‘pa bipop munosabat bildipmaganni topish osonpoq. Shoip she’piyati haqida aytib o‘tilgan adabiyotshunoslapdan tashqapi M.Qo‘shjonov, B.Akpamov, M.Ibpohimov, I.Haqqulov, B.Nazapov, B.Nopboev, B.Qosimov, L.Qayumov va boshqalap o‘z munosabatini bildipishgan. Albatta bu munosabatlapning ko‘pchiligi taqpiz shaklida yoki she’piyatning umumiy masalalapiga bag‘ishlangan ishlapda shoir ijodi haqida bildirilgan fikrlar ekanligini aytib o‘tish kepak. Abdulla Opipov ijodi haqidagi ishlap opasida O.Shapafiddinov va M.Qo‘shjonovning tadqiqotlapi salmog‘i va shoip ijodidagi o‘ziga xoslikni ko‘psatib bepishga qapatilganligi bilan ajpalib tupadi. Saksoninchi yillap oxipidan boshlab shoip ijodi maktablap va adabiyot oliy o‘quv yuptlapida adabiy siymo sifatida o‘pganila boshlandi.*2
Shoip ijodi tupli mavzulapda yozilgan disseptatsiya ishlapida ham tahlil qilina boshlandi.*3 Bipoq shoip she’piyatining butun ko‘lami, o‘ziga xos jihatlapi, badiiy mahopati qippalapini, A.Opipov "fenomeni" (O.Yoqubov) ni to‘lig‘icha tahlil qilgan, uning badiiy-estetik tafakkup pivojiga qo‘shgan hissasini xapakteplab bepgan, lipik qahpamonining o‘ziga xos poetik olamini yopitgan, hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantipish bilan bog‘liq she’piy uslubi xususiyatlapini ochib bepgan ilmiy ish yapatilmadi.
Abdulla Opipov qapiyb oltmish yillik ijodi davomida o‘zbek she’piyatining atoqli vakillapidan bipi sifatida e’tirof etildi, uning she’plapi dunyoning ko‘p tillapiga tapjima qilindi, eng yaxshi she’plapi, poemalapi va dpamatik dostonlapi xpestamatik asaplapga aylandi, o‘zbek she’piyatining oltin fondidan o‘pin oldi. Uning ijodi zamondoshlapning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. O‘zbek adabiyotining Oybek, G‘.G‘ulom, A.Qahhop kabi mumtoz siymolapi shoipning ilk ijodini kuzatish opqaliyoq she’pyatimizga katta bip iste’dod kipib kelayotganligini ko‘pa bildilap, unga xaypixohlik bilan munosabatda bo‘ldilap. Ustoz Miptemip shoipning bipinchi kitobi - "Mitti yulduz"ga muhappiplik qildi. Shoip ijodi hozip ayni kuchga to‘lgan payt, u she’p ixlosmandlapining yangi-yangi she’piy mo‘jizalap bilan haypatga solishda davom etmoqda.
Odatda, shoir ikki tomonlama, ko‘p sonli she’riyat muxlislari va oz sonli ilm ahllari tomonidan e’tirof etiladi. Haqiqiy shoir mana shu har ikki tomonning e’tiborini qozonishi kerak. Abdulla Oripov oltmishinchi yillar o‘rtasidayoq bunga musharraf bo‘ldi.
Adabiy jins turlaridan biri bo‘lgan lirika insoniyat badiiy tafakkuri yaratgan mo‘jizalardan biri, insonning olam va borliqqa hissiy- emotsional munosabati orqali odamlarni ezgulikka, ruhiyatni poklashga chorlovchi ma’naviy boylikdir. Insoniyatning quvvai hofizasi zo‘r shoirlari ko‘p asrlar davomida yaratgan she’riy durdonalar barcha avlodlarning mulki, ma’naviy ozuqasi bo‘lib qoladi. Navoiy va Pushkin she’riyati asrlar osha o‘z tarovati, inson kechinmalarini go‘zal va yuksak bir tarzda ifodalab berganligi bilan hamon hayajonga soladi.
Shoirlarning yangi-yangi avlodlari bu ma’naviy boylikka o‘z ulushini qo‘shish, o‘z davri muhrini bosish uchun ijod qiladilar.
Rang-barang turfa olam she’riyatda lirik xarakterlar orqali o‘z mujassamini topadi. Shu ma’noda lirik xarakter shoirning hayotni o‘ziga xos idrok etishi, o‘z simpatiyasi yoki antipatiyasini, ijodkor shaxs sifatida qiyofasini, o‘z qalb rozini anglash vositasi hisoblanadi. She’riy asarning tabiatidan kelib chiquvchi lirik xarakter ijodkorning borliqni sub’ektiv tushunishi, aks ettirishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Lirikada tuyg‘u va fikr qorishiq holda namoyon bo‘ladi. Agar bunday uzviy birikish bo‘lmas ekan she’riy asar yo hisssiz, tuyg‘usiz, yo oddiy fikrlar jamidan iborat bo‘lib qoladi, insonning aqlu shuuriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Lirik xarakter fikr va hisning dialektik birligiga asoslanadi. Lirik xarakter – obraz ijodkorning voqelikka munosabati, nimadandir qoniqish hosil qilishi yoki qoniqmasligi, qandaydir voqea- hodisaga o‘z xayoxohligi yoki noroziligini bildirishi, ruhitiga ta’sir qilgan kechinmalarni ifodalashi orqali lirik xarakter – obraz yaratiladi.
She’riyatda iztirob chekish, biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish lirik konfliktni keltirib chiqaradi. Emotsional-hissiy baho, munosabat bildirish, kechinmalar orqali lirik xarakter yaratish o‘z-o‘zidan she’rning qahramoni masalasiga borib taqaladi.
Umuman olganda she’riyatda lirik qahramon masalasi elliginchi yillardan boshlab munozara mavzusi bo‘lib keladi. Lirik qahramon kim, lirik qahramon deyilganda kimni – shoirning o‘zinimi yoki boshqa biror shaxsni nazarda tutamizmi degan savolga yakdil javob yo‘q. Jumladan O.Sharafiddinov bunday deb yozadi: «Lirik qahramon millionlar bilan hamnafas va hamdard, orzu omoli millionlarning umid-istagi bilan mushtarak shoirning o‘zi bo‘ladi. Shoir ko‘p nomidan so‘zlaydi. O‘z hissiyoti orqali ko‘pning hissiyotini bayon qiladi ... Har bir she’rda shoir «meni» bilan birga yana bir lirik qahramon va hatto yana bitta lirik personaj
o‘ylab chiqarish uchun zaruriyat yo‘q». (Sharafiddinov. Zamon Qalb Poeziya. 1962, 24-bet). 1979 yilda nashr etilgan «Adabiyot nazariyasi»ning II tomidan qat’iy va uzil-kesil ravishda lirik she’riyatning qahramoni, asosan, shoirning o‘zidir», deyiladi (259-bet).
Bu fikrni inkor qiluvchilar, jumladan S.Mamajonov quyidagicha fikr yuritadi: «Lirikaning asosiga faqat shoir sub’ektining o‘zinigina yoki shoir bilan lirik qahramon o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yib bo‘lmaydi ... lirikadagi lirik qahramon shoirning o‘zi emas, uning aynan nusxasi emas, balki adabiyotning boshqa, masalan, roman yoki dramma janrlarida bo‘lmagani kabi bir tipik obrazdir, lirikaning o‘z qonun- qoidasi, tabiati va xususiyati asosida yaratilgan tipik obrazdir» (S.Mamajonov. Uslub jilolari, G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyo va san’at nashriyoti, T., 1972, 59-bet).
Izzat Sulton esa quyidagicha fikrni bildiradi: «Lirik qahramon – lirik asarda kechinmalari tasvirlanayotgan kishi, shoirning umumjamiyat uchun qimmatli his va fikrlarini tashuvchi shaxsdir. U shoir shaxsi bilan estetik idealning quymasidir». (I.Sulton. Adabiyo nazariyasi, T; «O‘qituvchi 1980, 252-bet»).
B.Nazarov esa lirik qahramon bilan she’rda tasvirlanishi mumkin bo‘lgan boshqa obrazlar, persanajlar o‘rtasida farq ko‘rmaydi, ularning hammasini lirik qahramon deb ataydi: «Abdulla Oripov lirik qahramonlari xuddi hayotning o‘zidagi kishilar kabi turli-tuman, rang- barang. Ular shoir va yozuvchi, keksa va yosh muhandis va oddiy farrosh, ona va ayol, sadoqatli yor va bevafo «sanam», olim va ishchi, rahbar va irtirochi, paxtakor va mirishkor dehqon, do‘st yoki munofiq, nomard va hasadgo‘y va h.k.» (O‘zbek adabiyoti, 11-sinf uchun darslik, «O‘qituvchi»,1995, 294-bet).
Ushbu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, keyingi o‘ttiz-qirq yil ichida adabiyotshunoslik va tanqidchilikda she’riy asarlar tahlilida lirik qahramon atamasidan barqaror ravishda foydalanib kelindi. Hatto mumtoz adabiyot namoyandalari, jumladan A.Navoiy g‘azaliyati va dostonlarini tahlil qilishda ham lirik qahramon atamasidan foydalanildi (Qarang: O‘zbek sovet ensiklopediyasi, I tom, bet).
Har qanday badiiy asarda hayot hodisalari, zamondoshlarning o‘y- fikrlari ijodkorning shaxsiy kechinmalari orqali badiiy obrazlar vositasida umumlashtiriladi. Biroq har bir ijodkor ob’ektiv voqelikni sub’ektiv tasvirlaydi, ya’ni ko‘plab hayot hodisalari ichidan o‘z ijodiy
idealiga, yozish usuliga mos keladiganlarini tanlab saralab oladi. Bunday lirik qahramonning boshqa komponetlar bilan birgalikda har bir ijodkorga xos bo‘lgan o‘z uslubi bilan chambarchas aloqadorligi masalasi kelib chiqadi.
Hur fikrlilik, istiqlol tarixi ming yillarga borib taqaladigan Vatanni ozod ko‘rish, jamiyatdagi salbiy ko‘rinishlarga ayovsiz munosabatda bo‘lish, insonni ozod va hur ko‘rish orzusi, haqqa, haqiqatga yetishish istagi, adolat qaror topishi A.Oripov ijodida markaziy o‘rinda turadi va lirik qahramon obrazi ko‘p jihatdan shoirning mana shu hayotiy va estetik prinsiplari, ideallaridan kelib chiqib shakllanadi.
Oltmishinchi yilarning o‘rtalarida yaratilgan «Men nechun sevaman O‘zbekistonni», «Sarob», «Avlodlarga maktub», «Asrimiz odami»,
«Albomga», «Yuzma-yuz», «O‘zbekistonda kuz», «Chol va kammunizm qissasi»,
«Biznikilar», «Bahor», «O‘zbekiston», «Minorial kalon tepasidagi laylak», «Sovg‘a» kabi she’rlar uchun umumiy bir ohang, umumiy bir g‘oya bu – hurlik, milliy uyg‘onish g‘oyasidir. Albatta, A.Oripov bu g‘oyani Cho‘lpon yigirmanchi yillar boshida olg‘a surgan tarzda ochiq-oshkora ilgari sura olmas edi. Biroq bu she’rlarni bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilganimizda ham bu g‘oya A.Oripov ilk ijodining ko‘tarilishi davrida eng asosiy o‘rinda turganligini aniqlash qiyin emas.
A.Oripov she’riyati tom ma’noda milliy she’riyatdir. She’riyatdagi milliylik faqat tashqi ko‘rinishlarga – ifoda vositalarining milliyligiga, milliy tuyg‘ularni deklarativ ravishda ta’kidlashdagini ifodalanib qolmaydi. Chinakam milliy shoirning har bir she’ri, har bir satri chuqur milliy ruhga cho‘lg‘agan, millat, milliy tafakkur nafasi ufurib turgan, milliylik lirik qahramonning tomir-tomirlariga singib ketgan bo‘ladi. A.Oripovning butun ijodi chuqur milliylik ruhi bilan sug‘orilgan. Bu fikrni Pushkinni xalq shoiri sifatida ta’riflangan Gogolning quyidagi so‘zlari ham tasdiqlaydi: U avval boshidan milliy edi, chunki haqiqiy milliylik dehqon ayollarining uzun ko‘ylagini tasvirlashdan iborat emas, balki xalq ruhi bilan bog‘liq.
Shoir mutlaqo o‘zga olamni tasvirlagan, biroq bunga o‘z milliy stixiyasi ko‘zi, butun xalq ko‘zi bilan qarab, vatandoshlariga bu go‘yoki o‘zlari his qilayotgandek va so‘zlayotgandek bo‘lib tuyulgan bir tarzda his qilgan va so‘zlaganda ham milliy bo‘lishi mumkin» (N.V.Gogol.Neskolko slov o Pushkine. – To‘la asarlar to‘plami, M.; L., 1940-1952, 8-tom, 51-bet.)
A.Oripov ijodida milliy istiqlol, erksevarlik motivlari 1964 yilda yozilgan dasturiy tusdagi «Albomga» she’ridan boshlandi deyish uchun to‘liq asos bor.
She’riyat maydoniga endigina kirib kelayotgan shoir bu maydonda ot surishining asl maqsadlarini bayon qilishda albom vositasidan foydalangan. She’riyat yo‘li bamisoli albomga yozilgan dil izhoridek gap. Bu albom sahifalariga o‘z qalbini ko‘mgan yuzlab shoirlar – Bayron, Geyne va boshqalar o‘z satrlari bilan «jangdan so‘zlagan», har kim o‘z dardini aytib bo‘zlagan, endi bizning shoirning lirik qahramoni ham «hali iz tushmagan oppoq varaqqa» «o‘z dardini yozish uchun she’riy qabrini qazishga ahd qilgan. Uning niyat-maqsadi «millionlarning dardini» yozish. Biroq bu
«dard» nimadan iborat? Lirik qahramon kurash zamirida, o‘z qismatida mana nimani ko‘radi:

Unda men axtargan eng porloq Inson, Unda men axtargan sinmas haqiqat!


va
Qalbim buyurmasa, biror so‘zni ham Yozmasman hech qayd, hech vaqt, hech qachon!
deya xitob qiladi.
To‘g‘ri ushbu she’rda:
Ammo kecha ko‘rgan tushumni emas, Kommunizm so‘zni yozaman, o‘rtoq! Zotan, Kommunizm bugun men uchun,
Barcha shaxsiy ishdan ko‘ra shaxsiyroq!... Kommunizm ezgu so‘zdirkim, zotan, Uning zamirida eng oliy qismat...
Kommunizm so‘zidan yozdim albomga, Sen unga boqmagan bir ermaksimon...

kabi satrlar ham bor.


Biz shu paytgacha bu so‘zlarni asl ma’nosida qabul qilib, «Albomga»,
«Chol va kommunizm qissasi», «Lenin» singari she’rlar tarafkash – inqilobiy va kommunistik firqaviylik ruhi bilan sug‘orilgan she’rlardir» (qarang: O‘zbek adabiyoti, 11-sinf uchun darslik, 290-bet),
«hukmron mafkura ta’sirida uning g‘oyalarini kuylash» (O‘sha joyda, 284- bet) deb talqin etib keldik. Aslida esa bu satrlarni noilojlikdan bitilgan misralar, deb sharhlash to‘g‘riroq bo‘lur edi.
Abdulla Oripovning 1964 yilda yozilgan, biroq 1968 yilda e’lon qilingan «Biznikilar» degan she’ri bor. She’rni to‘laligicha keltiramiz:
Chapay askarlari bosib, Bosib keldi oqlar ustiga.
Tomoshabin yigit yuragi toshib,
- Biznikilar, dedi do‘stiga.

Rahimov fashistlarning ko‘zicha


«Missershmit»larning ko‘zini o‘ydi.
Kimdir mamnuniyat bilan o‘zicha,

  • Biznikilar, - deb qo‘ydi.

Yiroq o‘lkalarda sayyoh, Kezardi yurtiga ko‘zini tikib. Sovetlar so‘zini eshitdi nogoh,



  • Biznikilar, - dedi entikib.

Hech kim mangu emas ushbu olamda, Agar bir kun tanim ko‘msalar, Koshkiydi, ahli yurt turib tepamda,


- U bizniki edi, desalar...
Bu she’r birinchi marta e’lon qilinganda ham (Qarang:), keyinchalik barcha to‘plamlarda ham mana shunday holda berilgan.
Aslida esa oxirgi «shoh bayt» mana bunday bo‘lgan: Hech kim mangu emas ushbu olamda,
Agar bir kun meni ko‘msalar, Koshkiydi, kimlardir turib tepamda,
- U bizniki, edi, desalar...

Shoirning o‘zi she’r dastlab e’lon qilingan 1968 yilda biz bilan suhbatlaridan birida «kimlardir» so‘zi hech kimga hech yoqmadi-yoqmadi-da, o‘zgartirishdan boshqa iloj qolmadi», degan edi (shoirning shu taxlitda


«tahrir qilgan» boshqa she’rlari haqida ishning ikkinchi bobida batafsil to‘xtalamiz). Biroq afsuski, keyingi ozod so‘z zamonlarida ham shoirning to‘plamlarida she’r buzilgan holda berilavergan.
Faqat o‘n yildan keyin 1978 yilda P.Tartakovskiyning adabiy- tanqidiy maqolalar kitobida (Qarang: P.Tartakovskiy. V poiskax glavnogo. Idatelstvo literaturы i iskusstva imeni Gafura Gulyama, Tashkent, 1978, 77-bet.) oxirgi band asliyatdan kelib chiqib tarjima qilinganligini ko‘ramiz:

Xochu chtob nad moey mogiloy


Kto-nibud skazal: «On bыl nashim!»
(so‘zma-so‘z tarjima)
P.Tartakovskiy she’rning mazmunini bayon qilib, bunday xulosaga keladi: «...Oripov shaxsiy intilishlar bizning umumiy ishonchimiz va umumiy ideallarimiz bilan yaxlit ekanligini samimiy his qiladi» (Qarang: 76-bet)
Umumiy yo‘sindagi, abstrakt xulosa. Albatta, o‘sha paytlari mana shu «kto- nibud» (kimlardir)dan kelib chiqib boshqacharoq xulosa chiqarish mushkul edi. She’rning har to‘rtligida satr ichida «kimlardir» so‘zining takrorlanib kelishi, faqat e’lon qilingan nusxaning oxirgi to‘rtligida bu so‘z «ahli yurt» bilan almashtirilib, she’rning musiqiyligi buzilganligi
ham she’r aslida biz keltirigan (shoirning o‘zi aytgan) holda bo‘lmaganligini isbotlaydi.
Shoirning oltmishinchi yillar o‘rtalaridagi ijodining mohiyatini, ilgari surgan fikrlarini ilg‘ab olishda mana shu «kimlardir»ni anglab olish, uning ma’nosini chaqish katta ahamiyatga egadir.
«Kimlardir» qandaydir bir to‘da, guruh emas, balki yurt istiqlolini qalbida mahkam tutgan, millat sha’ni, mustaqillik uchun jonini tiklashga ham tayyor turgan fidoyilardir. Shoirning lirik qahramoni aynan ana shunday millat fidoyilarini nazarda tutgan. She’rdan kelib chiqadigan asl ma’noni anglashda oxirgi marta takrorlanadigan «kimlardir»ning o‘rni katta. Bu so‘z «ahli yurt» bilan almashtirilishi tufayli she’r shunchaki oddiy she’r bo‘lib qolgan. Butun she’r mana shu «kimlardir» shoirni «u bizniki edi», deb xitob qilishi uchun yozilgan.
Yoki bo‘lmasam, shoirning 1967 yil 19 iyunda «Toshkent oqshomi» gazetasida qandaydir bir tasodif bilan e’lon qilingan «Qushchaga» she’rini olib ko‘raylik. She’r qafasga tushib qolgan qushcha haqida:
Ey qushcha, ko‘kka qarab ko‘zdan yoshingni to‘kma ko‘p, Bunchalar anduhi g‘am ichra qafasni so‘kma ko‘p.
Noshukurlik qilma muncha, sohibingga ayt sharaf, Ul senga don-dun berib ahvolingga turgay qarab.
She’rga «bir tanishim sa’va qush asrab, sal o‘tmay qo‘yib yuborgan ekan. Sho‘rlik qaytib kelibdi. O‘zi don topib yeyolmagan bo‘lsa kerak», degan mazmundagi nasriy tushuntirish ham berilgan. Ehtimolki, ushbu «izoh» she’rning gazeta yuzini ko‘rishga sabab bo‘lgan bo‘lsa. Aslida esa tor qafasni, ya’ni tutqinlik va mutelikni, qaramlikni qoralagan, erkni olqishlagan, unga da’vat qilgan she’rning e’lon qilinishi dargumon edi. Garchi, qushchaning nochor bo‘lsa-da kulbasi bor, uy sohibi don-dun, suv berib, ahvolidan xabar olib turgan bo‘lsa ham, mitti jonzotning pistadek nozik vujudida olam qadar g‘am borligiga urg‘u beriladi. Chunki uning hayoti baribir tutqunlikda kechmoqda. She’rning oxirgi misralariga ahamiyat beraylik:
Pistadek qalbingga, vah, tog‘lar qadar g‘amlar botur. Qol o‘shal maskanda sen, erk deb dilingni tilma ko‘p.
Biz qafasni sevmagaymiz, bizga na uydir hojat, Vaqtimizni yayrashib biz kuylasak yetgay faqat.
Lirik qahramon qushchaga: «erk deb dilingni tilma ko‘p» deb, uni yupatishga harakat qilgandek, bo‘ladi. Oxirgi bayt esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z- o‘ziga, odamlarga murojaat bilan almashadi. Biz «qafasni sevmagaymiz», biroq qafasdagi qushning holidek hayotimizni o‘zgartirishga ham harakat qilmaymiz, bir iloj qilib kunimizni xushnudlik bilan o‘tkazish bilan ovoramiz deyiladi. Mute hayotga ko‘nikib qolgan, o‘zligini anglashga intilmaydigan zamondoshga «hurram zamoni»ga madhu sano aytayyotgan
«kuychi»ga qaratilgan achchiq piching, zaharxanda ohanglari yorqin sezilib turadi. Ehtimolki, nadomatli «Olomonga» she’rining ibtidosi mana shu she’rdan boshlangandir.
Buyuk istiqlol shoiri Cho‘lpon o‘z she’rlarida «kishan» obraziga ko‘p murojaat qiladi. Shoir erkni, hurlikni kuylashda rang-barang obrazlar, timsollardan foydalanadi, A.Oripov ham mustaqillik, istiqlol, egamenlik orzu-o‘yida «qafas» kabi majoziy obrazlarni istifoda etganligini ko‘ramiz. Shuning o‘zi ham istiqlol mavzusida A.Oripov Cho‘lponing eng sodiq va katta izdoshlaridan biri ekanligini dalillaydi.
Lirika insoniyat badiiy tafakkuri yaratgan va yaratadigan mo‘jizalardan biri, insonning olam va borliqqa hissiy-emotsional munosabati orqali odamlarni ezgulikka, ruhiyatni poklashga chorlovchi ma’naviy boylikdir. Bashariyatning quvvai hofizasi zo‘r shoirlari ko‘p asrlar davomida yaratgan she’riy durdonalar barcha avlodlarning mulki, ma’naviy ozuqasi bo‘lib qoladi. Navoiy va Pushkin she’riyati asrlar osha o‘z tarovati, inson kechinmalarini go‘zal va yuksak maqomda ifodalab berganligi bilan hamon hayajonga soladi. Shoirlarning yangi-yangi avlodlari bu ma’naviy boylikka o‘z ulushlarini qo‘shish, o‘z davri muhrini bosish uchun ijod qiladilar.
O‘zbekiston, ona xalq Vatan hurligi va ozodligi mavzusi da’vatkor ruh bilan qo‘shilib Abdulla Oripov «fenomeni»ni vujudga keltirilgan komponentlardan biri bo‘ldi. Biroq shoir lirikasida yana bir katta mavzu ham borki, bu inson haqidagi so‘ngsiz va adoqsiz uy-fikrlardir. Shoir bir to‘rtligida ta’kidlagandek:
Koinot gultoji insondir azal, Undir eng oliy, tafakkur amal.
Hatto u tubanlik ichra ham tanho, Yo falak, ijoding buncha mukammal.
Shoirning butun ijodi mana shu inson zakosi, uning sir-sinoati, anglab bo‘lmas sehru jodusi, yuksakligi va tubanligi qarshisida lol bo‘lgan kalbning hayratidek taassurot qoldiradi.
Biroq shoir inson tasavurida abstrakt muallaqlikdan juda yiroq. «Men nimani ko‘rib, his etgan bo‘lsam, shuni qalamga olishga harakat qilganman», deydi shoirning o‘zi. Uning o‘lmas mavzudagi she’rlarini inson ruhiyati va ma’naviyati haqidagi tizginasiz, ziddiyatli falsafiy suhbatlar deyish mumkin. Kichik bir to‘rtlikni olaylikmi yoki «Genetika», «Malomat toshlari», «Qo‘riqxona», «Uchinchi odam», «Tafakkur monologi», «Vijdon»,
«Dengizga», «Bir tanishim haqida ballada», «Dialektika» kabi salmoqli she’rlarnimi, yoki bo‘lmasam «Jannatga yo‘l», «Hakim va ajal», «Ranjkom»,
«Sohibqiron» kabi katta janrdagi she’riy asarlarini olaylikmi, ularning barchasida inson ma’naviyati, e’tiqodi, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va qabihlik, vijdon va imonsizlik o‘rtasidagi kurash, dunyoni soflash, komil inson g‘oyasi jozibali, ehtirosli, falsafiy teran ifodalanganligini ko‘ramiz. Bu she’rlarning har biri uzoq izlanishlar, ijod «to‘lg‘oqlari», olijanoblik va razillik qarshisida hayratga tushish, insondagi turfa, butunlay qarama-qarshi harakatlar oldida ba’zan ilojisiz taslim bo‘lish mahsuli sifatida yuzaga kelgan. («Men har gal kattaroq bir she’r yozishga kirishganimda bahaybat hayvon bilan jangga kirishayotgandek bo‘laman», deydi shoir.) Shoir doimo o‘zi yashab turgan davrning, insonning sir- sinoatini bilishga, badiiy inkishof etishga, uning murakkab ruhiy olami manzaralarini chizishga oshiqadi, har biri o‘ziga xos bir ―sayyora bo‘lgan, yuragida, o‘yu fikrida so‘z bilan ifodalash mushkul tilsimotlar yashiringan inson qalbini kuylash mudom shoir dilini bezovta qilib keladi. Shoir bir she’rida bejiz:
Inson qalbi bilan hazillashmang Siz, Unda ona yashar, yashaydi Vatan.
Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz,
Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu Qalb daf’atan!...
demaydi. Bir tomondan o‘zida Vatan, til, millat, bashar kabi umuminsoniy tushunchalarni mujassam etgan insonni mukammal ko‘rish, unda insof, mehr,
diyonat, adolat va odillik, vijdon kabi matlablar tobora noyoblashib borayotganligidan tashvishga tushish, ularni asrashga chaqirish, ―asrimiz odamining goho idrok qilish mushkul bo‘lgan sa’y-harakatlaridan yoqa ushlash, ikkinchi tomondan, umumiy, biroz mavhumroq insonni kuylashdan aniq bir insonga, aytaylik, shunday yonma-yon yashab turgan qo‘shningning ichki olamiga nigoh tashlashga o‘tish, ya’ni insonni badiiy-falsafiy talqin qilish barobarida konkret-hissiy idrok etish tuyg‘usi, istagi shoir ijodida inson talqinining xarakterli xususiyatlaridir.
«Sog‘inch» deb nomlangan kichik bir she’rda lirik qahramonning tashvish va hasratlari, ortda qolgan yillar armoni, tug‘ilgan joy jamolini qo‘msash motivlari yuraklarning tub-tubidan joy olarlik tarzda tabiiy ohanglarda chizib beriladi. Na shon-shuhrat, yuksak lavozimu izzat ikromlar, na turmushning boshqa lazzat va huzur-halovatlari ona mehridek totli, bolaliging o‘tgan qiru adirlaridek qadrli bo‘la olmaydi. She’r umr yo‘li tashvishli va beorom kechgan, quvonch va g‘amni birday ortmoqlagan, ham lazzatli, ham achchiq qismatli hayot yo‘llaridan o‘tayotgan inson haqida.
Biz yashayotgan shu osmon ostida, biz nafas olayotgan havodan simirib, biz yurgan yo‘llardan yurib bir odam dunyodan yashab o‘tdi. U kim edi? Dahomi yo mashhur zot? Yo‘q, u ham sizu bizga o‘xshash oddiy odam edi. Ishga erta borib, kech qaytaradi. Dabdabasiz oddiy hayot kechirardi. Ma’rakayu yig‘inlarni
«men-men» deb ko‘kragiga mushtlamas, shon-shuhrat, boylik va martaba orqasidan quvmas, obro‘ talashib kimlarningdir qarshisida ilondek eshilib, tovusdek tovlanmas edi. Lekin uning yuragida hayotga, yashamoqqa buyuk muhabbat, go‘zallikka, soflikka chanqoqlik bor edi. U O‘zini dunyo ishlari uchun to‘la ma’sul deb bilar, biroq buni duch kelgan joyda pisanda qilavermasdi. Mana shunday odam bu foniy dunyo bilan vidolashdi.
«Noma’lum odam» she’ridagi bor-yo‘q gap shu. Ammo shoir o‘quvchiga havola qilgan, satrlarning mag‘zi-mag‘zidan kelib chiquvchi ma’no-chi? Axir bunday odamlar dunyoning ishonch ko‘priklarini tutib turgan ustunlar emasmi? Dunyo shu kabi ma’naviyati boy, imoni but odamlar bilan bus-butun, go‘zal. Biroq shoirning lirik qahramoni hamisha ham shunday odamlarga duch kelavermaydi. Texnika asri deymizmi, har xil ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlar deymizmi, ishqilib, turli o‘lchovlar andozalar ta’siridamikan ―ona sayyoramizda mehr-muhabbat, halollik, savob ishlari kabi fazilatlar, noyob tuyg‘ular kamyoblashib borayotgandek, inson o‘zligidan tonib qandaydir maydalashib, bachkanalashib manfaatning quli bo‘lib, hissiz sovuq «temir odam»ga aylanib qolayotgandek. Shoirning dili mana
shundan bezovta. Lirik qahramonga ba’zan uning umr karvoni butkul «itlar orasida»da o‘tayotgandek tuyuladi. Shunday paytlar u odamzoddan, uning qabihligidan bezib o‘zini yolg‘izlik qa’riga urgisi keladi. ―Uzlat she’ri mana shunday kayfiyatlar ta’sirida bitilgan, lirik qahramonning umidsizlik, chorasizlik holatlari chulg‘ab olgan paytdagi kechinmalari juda teran ifodalab berilgan she’rlardan biridir. Umuman A.Oripov she’rlarida yolg‘izlik tez=tez tilga olinadi. Do‘stu dushmanning makru hiylalari, firibgarligi zada qilgan qalb yolg‘izlikni istaydi. Uning ko‘ziga dunyoda hech narsa sobit emasdek tuyuladi. Lirik qahramon yolg‘iz qolishni istaydi, u to‘da=to‘da joylardan, izdihomdan to‘ygan, dili mardud, uzlat izlab giryon kezadi. Nechun? Nega? Savolga qahramonning o‘zi ham javob izlaydi:
Uzlat izlab bormagan
Joyim balki qolmadi, Hech bir go‘sha kelgin dnb
Og‘ushiga olmadi...
Lirik qahramon «Nechuk o‘ksuk bandaman, nechuk baxtsiz insonman, Do‘stu yordan yuragim ayrilar nari-nari, Uzlatning sog‘inchi bu, yolg‘izlik dardi bari», deb nola qiladi. Uyg‘oq idroki malolga moyilligining «yovuz» sababini «do‘stlar yuzin burganligida», tanho qolganlikda, olamda neki bor bari o‘tkinchi, vaqtincha ekanligida ko‘radi:
Bildimki men, neki bor –
Bevafodir ushbu kun.
Kechirganim-ko‘rganim
Bebaqodir ushbu kun.
Lirik qahramon tortgan ranj-alam, dunyoning bebaqoligi, dushmanlar hiylasi, do‘stlar firibi uni shu kuyga solgan, uning yuragida mana shunday mahzun tuyg‘ular uyg‘otgan. Lirik qahramonning kechinmalarini, iztiroblarini tushunib yetish uchun shoirning boshqa she’rlaridagi misralarni «ko‘mak»ka chaqirishga to‘g‘ri keladi:
Ezgulik g‘aflatda qolgani zamon, Odamlar hayotin iblis boshqarar.
(«Iblis»)
Oh, faqat odamzod – farzandi bashar,
Bir-birin mahv etish qasdida yashar. («Qonuniyat»)
Ha o‘zing yorlaqa, yaratgan egam, Iblis yuraklarga qutqu solmasin. Vijdondan mosuvo etmagin hech ham, Toki u xotirot bo‘lib qolmasin.
(«Vijdon»)
Insonning to fazlzu falokati bor, Uning bir-biriga malomati bor... Hanuz sarhadlardan g‘amgin sas kelur, Malomat toshlari basma-bas kelur,- Odamni mahv etur farzandni odam, Odam erur ammo tomoshabin ham.
(«Malomot toshlari») Imonni asrangiz, u doim tanho, Undadir mujassam inson matlabi, Avlodlar axtarib yurmasinlar to Uni allaqanday Qor odam kabi.
(«Qo‘riqxona») Hasad va yovuzlik to‘la dunyoni
Vo ajab, erinmay qirq yil kuylabman. Bor gap deb bilibman yolg‘on, ro‘yoni, Ko‘ringan har kasni do‘st deb o‘ylabman.
(«O‘git»)
Menga afsonalar so‘ylama, uka, Rosa charchaganman yolg‘onni yozib.
Qirq yil ko‘taribman insonni ko‘kka, Ishonib, hazrat deb, yo‘limdan ozib.
(«Nadomat»)
Men esa to hanuz umidga to‘lib, Izlayman zaminda do‘stu vafodor.
(«Erdan o‘zga joyda hayot yo‘q emish...») Inson! Sening uchun haqiqat – qo‘yosh,
O‘zingni tiriklik shohi sanaysan. Afsuski, boshing xam, ko‘zlaringda yosh, Qachon quyoshingga sen tik qaraysan?
(«Arslon va inson»)
Mana lirik qahramon nima uchun izdihomdan to‘ygan! U Inson o‘z quyosh – haqiqat ko‘ziga tik qaray olmagani uchun nadomat chekadi, ilojsizlikdan, chiday olmaslikdan uzlat izlaydi. Biroq shunday bo‘lishiga qaramasdan she’r ishonch, umid tuyg‘ulari bilan yakun topadi:
Men uzlatni elimning Yuragidan axtargum,
O‘ksuklarning eng pinhon Tilagidan axtargum.
Darvozaning chertib men Kelsam, jonajon ukam,
Tashrifimni qabul et, Mehmonnavoz, ey bekam.
Yuz o‘girma, bu yo‘lchi
Na quvonch, na kulfatdir, Uning yolg‘iz ilinji
Uzlat erur, uzlatdir...
Inson qanchalik qiyin, og‘ir bo‘lmasin, «dunyodan etak silkib» ketadigan paytlar bo‘lmasin, baribir tiriklik g‘amini yoyishga mahkum. Shoir aytganidek, «goho ruhiyat dunyosining qiynoqlari, yovuzlarning qutqulari kishini do‘zax azobidan battar uqubatlarga giriftor qiladi. Biroq yashash kerak ekan. Tiriklik ham axir yarim hikmat-ku...» («Sovet O‘zbekiston», 1990 yil 29 sentyabr). Chunki:
Oh, qandoq shirindir shu taxir hayot, Oh, qandoq go‘zaldir shu juldur qismat.
Abdulla Oripov she’riyatining katta qismini olamning mehvari, jami jonzodlarning sarvari bo‘lmish inson fe’l-atvoridagi yovuzlikka qarshi bong uruvchi she’rlar tashkil etadi. Biz «kommunistik o‘n yilliklar» davomida tuzum, sharoit insonni o‘zgartiradi, «buyuk inqilob» bois kishilarning butunlay yangi birligi, metindek mustahkam sovet xalqi shakllandi degan gaplarga ishonib keldik. Bunday g‘oyani targ‘ib qilish uchun qanchadan-qancha qog‘oz qoraladik. Shoirning bu boradagi hukmi esa mana bunday:
Tuzumlar o‘zgarsa ham, Inson o‘zgarmas ekan. Tizimlar o‘zgarsa ham Inson o‘zgarmas ekan. (!)

Shoirning lirik qahramonini yovlar har tomonidan bosib kelayotgan inson ma’naviyatini pok asrab qolish, uni kelajak avlodlarga bus-butun, pokiza yetkazish uchun butun kuchini ayamay, yonayotgan ezgulik kulbalarini alangadan omon asrab qolish uchun «suv tashiyotgan» qaldirg‘ochga mengazish mumkin.


Istiqlol tufayli man etilgan mavzularda ham she’r yozish imkoni tug‘ildi. Shoir «Haj daftari» va «Hikmat sadolari» turkumlariga kirgan islom asotirlari va ma’naviyati bilan sug‘orilgan she’rlarida ham imon va e’tiqod g‘oyalarini suradi. Rumiyonona ruhda bitilgan bu she’rlarda ham (ma’lumki Jaloliddin Rumiyning olti jildlik «Masnaviy»si o‘ziga xos she’riy hadis sifatida necha yuz yillardan beri e’zozlab kelinadi) insonni hidoyat yo‘liga boshlash asosiy o‘rinda turadi.
Fikrning yorqinligi, o‘ylar va tuyg‘ularning mutanosib chag‘ishib kelishi, she’riy fikrining nozik rivoji, qat’iy mulohazalar, kechinmalar girdobi, barqaror adabiy shakllarning kutilmagan, juda shaxsiy uy- mulohazalar bilan almashishi, juz’iy kuzatishlar va umumlashmalarning uyg‘unligi Abdulla Oripov falsafiy lirikasining o‘zagini tashkil etgan ijodiy tafakkur ko‘rinlaridir. Quyuq, obrazli tasvir, mazmunga xos she’riy shakl, fikrning tugallanganligi va yaxlitligi, ohori to‘kilmagan tashbehlar, musiqiylik - bular barchasi o‘zlikni tanishga, «urfoni zo‘r millat» bo‘lish, o‘tkinchi zeb-ziynatlarga berilmasdan «yurak javhari»ni baland tutishga, yuksak ma’naviylikka da’vat etadi.
Shoirning falsafiy she’riyatida olamni badiiy-falsafiy idrok etish yetakchilik qiladi. Biroq falsafiy unsunlar aralashishi she’rni falsafiy tizimning she’riy bayonidan iborat qilib qo‘ymaydi. Falsafiy ruh ustunlik qilgan, vaqt va zamon, inson va tabiat munosabatlari zamiriga qurilgan, chatnab turgan tafakkur yog‘dularidan bino bo‘lgan bu she’r imoratida eng avvalo lirik sub’ektining ichki tuyg‘ulari izhori, uni to‘lqinlantirgan, hayajonlar girdobiga otgan his-tuyg‘ularning ziddiyatli kechinmalari oldingi o‘rinda turadi. Shoirni cheksiz o‘ylarga toldirgan azaliy va adabiy muammolar badiiy obraz libosiga burkanadi va badiiy- falsafiy umumlashma darajasiga ko‘tariladi. Shoir lirik sub’ektning o‘y va kechinmalarini inson ongi va dunyoqarashining eng umumiy qirralari bilan mutanosib olib qaraydigan va tasvirlaydi. Mangu muammolar haqida so‘z borganda ham hamisha zamon, davr vaqt shoirning ko‘z o‘ngida turadi, insoniyatni ming yillardan beri tashvishlantirib, o‘ylantirib kelayotgan muammolar, masalalar dolzarb, zamonaviy hodisalar, muammolar bilan uyg‘unlashib ketadi. Shoirning umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlar mavzusidagi tafakkur she’riyatida inson va borliq masalalari aniq maqsad bilan o‘rtaga qo‘yiladi va talqin qilinadi. A.Oripov she’rlarida she’riyatni falsafa va fan bilan yaqinlashtiradigan jihatlarni ko‘rish mumkin. Makon va zamonda buyuklik va zarra munosabati («Buyuklik»
she’ri)- bu falsafaning ham tadqiqot ob’ektidir. Shoirning talqinicha, zarra qanchalik chiranmasin buyuklik qarshisida ojiz, oxir-oqibat uning izmiga bo‘ysunadi. Buyuklikning abadiyligi, ulug‘vorligi haqidagi mulohazalar olamdagi turfa hodisalar ma’lum bir qonuniyat asosida sodir bo‘lishi haqidagi fikrlarga olib keladi. Biroq behudaga falsafiy o‘ylarga cho‘mmaydi. Bu tuyg‘ular xayolni uzoq-uzoqlarga olib ketish, dunyoviy muammolar atrofida bahs qo‘zg‘ash barobarida ezgulik urug‘larini sochishga,
«mushrik bandalar»ni insofu diyonatga chaqirishga, hayotni estetikaning go‘zallik kategoriyalari bilan inkishof etishga xizmat qiladi.
Nodir iste’dod sohibi Abdulla Oripovning tug‘yonli, o‘ychan=falsafiy, chinakam halqchilik, yuksak vatanparvarlik ruhi jo bo‘lgan she’riyati xalqimizning katta muhabbati va ehtiromiga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil 10 dekabrda Oliy Kengashning O‘zbekiston Davlat mad’iyasi muhokamasiga bag‘ishlangan sessiyasi majlisida A.Oripovning olmos iste’dodiga yuksak baho berib
«Abdulladek shoirlar yuz yilda bir marta dunyoga keladi», deb lutf qildi.
Shoirning «Genetika» she’rida zamondosh nomidan xotib qilingan quyidagi misrlar bor:
Tashna yashadik biz nurga, ziyoga, Ishqqa, muhabbatga tashna o‘tdik biz, Goh esa quyoshdek porloq va yiroq Haqqa, haqiqatga tashna o‘tdik biz.

Insoniyat badiiy tafakkuri mo‘jizalaridan biri bo‘lgan she’riyat insonning olam va borliqqa hissiy-emotsional munosabati hosilasidir. Insoniyatning quvvai hofizasi zo‘r shoirlari yaratgan she’riy durdonalar barcha xalqlarning, barcha avlodlarning ma’naviy mulki bo‘lib qoladi. Vaqt o‘tadi, davrlar yangilanadi, adabiyotga yangi avlodlar kirib keladi va bu ma’naviy boylikka o‘z hissasini qo‘shishga chog‘lanadilar.


Abdulla Oripov adabiyotda biryoqlamalik, ritorika, deklarativlik, bayonchilik, «baxtli zamonaga» hamdu sano o‘qish avj olgan, adabiyotning ijtimoiy-estetik qimmati puturdan keta boshlagan bir davrda she’riyat ostonasiga qadam qo‘ydi.
Har bir shoir singari u ham havaskorlik, izlanish bosqichini bosib o‘tdi. Yulduzlar, tog‘lar, kapalak haqida yozdi. Ulardan she’r izladi. Biroq u
o‘qish-o‘rganish bosqichini tez bosib o‘tdi, she’riyatning missiyasini, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini juda erta angladi. 1962 yilda matbuot yuzini ko‘rgan «Kuz xayollari», 1964 yilda «Sharq yulduzi» jurnali sahifalarida e’lon qilingan «Men nechun sevaman O‘zbekistonni»,
«Miltiraydi mitti yulduz», «Burgut» kabi she’rlar o‘z ovozi va uslubiga ega bo‘lgan shoir shakllanayotganligidan darak berdi. Shoirning sobiq ittifoqda stalincha zo‘ravonlik sharpalari hali butkul daf bo‘lmagan, mustabid tuzum hukmronlik qilishda davom etayotgan, adabiyot esa «sos. realizm» iskanjasi ostida ezilish holatida bo‘lgan bir sharoitda isyonkor ruh bilan sug‘orilgan tug‘yonli, lirik-falsafiy, teran mushohadali, hayotni o‘zicha ko‘rgan chinakam milliy va xalqchil she’rlari og‘ir sukunatni titratib yuborgan momaqaldiroq yanglig‘ yangradi.
«Albomga», «Yuzma-yuz», «Temir odam», «Ayol», «Munojotni tinglab»,
«O‘zbekistonda kuz», «Tilla baliqcha», «Dorboz», Otello», «Uyqu» kabi she’rlardagi o‘ziga xos mushohada, dadillik, haqiqatni anglashga intilish, xalqning dardini aytish, eng muhimi erkni ulug‘lash, istiqlolga talpinish tug‘ma iste’dod sohibining barchani mahliyo qilib qo‘ygan, qizg‘in bahs- munozaralarga mavzu bo‘lgan muhim fazilatlari edi. Uning she’rlaridan bahramand bo‘lish «she’riyat bayrami»ga (Qaysin Quliev iborasi) aylanib ketardi.
Hayotning ichiga chuqur kirib borish, hayot haqiqatini tasvirlashdagi qat’iyat va izchillik, chuqur obrazlilik, fikr va tuyg‘uning ajoyib bir tarzda omuxtaligi, shiddatkor ruh, ichki dramatizm, poetik tafakkurning teranligi, Sharq va G‘arb she’riyatining eng yaxshi an’analari uyg‘unlashganligi yosh shoir ijodiy evolyusiyasini ta’minlagan omillar bo‘ldi. Biroq yulduzday chaqnagan bu iste’dod uchqunlari vaqtincha emasmikan degan hadiklar ham yo‘q emas edi:

Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada:


Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad. Olti oykim, do‘stlarim ham pana-panada Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.

Shukrlar bo‘lsinkim, umumxalq ehtiromi, adabiy davralarning e’tirofi yosh shoirni havolantirib yubormadi. «Mitti yulduz»ning nurlari tobora avjlanib, ajib shu’lalar tarata boshladi. Tez orada «Sarob», «Bahor»,


«Avlodlarga maktub», «Sovg‘a», «Minarai kalon tepasidagi laylak»,
«Biznikilar», «Jannat» singari har biri adabiyotimizda voqea bo‘lgan she’rlar yaratildi.
Bu jihatdan ko‘p tarxli «Avlodlarga maktub», «Sarob» she’rlari e’tiborlidir. «Avlodlarga maktub» she’rining yozilishiga 1966 yilgi Toshkent zilzilasi turtki bo‘lgan. Shoir vaqtlar o‘tib ma’shum zilzila haqida yozilgan gazetalarga ko‘zi tushgan avlodlarni tasavvur qiladi. Ular qarashsa-ki, sahifalarda azob-uqubat, vahima jabrini tortgan odamlarning emas, balki xushnud odamlarning suratlari iljayib turibdi. Bu ne hol? Yer osti qattiq silkinib, uy-joylar buzilsa-yu odamlarning chehrasida shodmonlik? Shoir bu holning siridan avlodlarni voqif qiladi:

Do‘stlarim, hayratda qolmangiz faqat, Sirlilik bizlarning uslubga mosdir.


Tinchi yo‘qolgan odamlarni jilmayishga majbur etgan kuch – bu


«Sovetlar» uslubi edi. Shoir tag ma’noli misralar, so‘zlar vositasida yolg‘on jamiyatning, erkinlikka yot tuzumning mohiyatini ochib beradi. Bu tuzum hatto «insonning azaliy kasbi bo‘lgan, dunyoday qadim» do‘stlikni ham sal bo‘lmasa biz kashf etdik, faqat bizga xos deb bong uradi:

Sizga falokatdan berganda xabar Do‘stlik borasida yozurlar albat. Yozurlar: «...biz bo‘ldik tengsiz birodar, Bu xislat bizlarga xos erur faqat.


«Sarob» she’rida oltmishinchi yillar o‘rtasida sobiq ittifoqda hukm surgan muhit, soxta g‘oyalardan tiklangan jamiyatning, razolat va yovuzlikning mohiyati, muallimning «oldinda kutayotgan baxtli hayot» to‘g‘risidagi sabog‘i bilan real hayot o‘rtasidagi nomutanosiblikning lirik qahramon qalbida qoldirgan jarohatlari o‘tli, shiddatli, da’vatkor misralarda ochib berildi:


Men umrimning bu suronli kechalarida


Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim. Yuragimga bir mahallar kirgan tuyg‘ular Endi sendan ketgaymiz deb so‘raydi javob.
Meni bir zum hol-jonimga qo‘ymaydi ular, Qo‘ymaydilar va’dalaring chiqdi deb sarob.
Biroq lirik qahramon bir vaqtlar o‘zi sajda qilgan hazrati inson endilikda uning ko‘ziga telba misoli ko‘rinsa ham, olamda razolat, qabohat urug‘lari urchib ketgan bo‘lsa ham, dunyoning pokligi haqidagi «go‘dak ishonchi qorga yozilgan» xatdek erib ketgan bo‘lsa ham zamindan, o‘zi yashayotgan muhitdan uzilib keta olmaydi, chunki u shu muhitning mevasi:

Ne tong, axir farzandmiz-ku shu zamonaga, Axir ona siynasidan farzand tonolmas.


Qo‘l ko‘tarib bo‘larmidi axir onaga,
Zotan, unga qo‘l ko‘targan – farzand sanalmas.

Shoir yetmishinchi yillarda ham hayot qatlamlariga chuqur kirib borib, inson qalbi kechinmalarining nozik tebranishlarini chizishda davom etdi.


«Ona sayyora», «Genetika», «Bir tanishim haqida ballada», «Qo‘riqxona»,
«Malomat toshlari», «Uchinchi odam» kabi she’larida butun bir romanga, qissaga arzirli muammolarni o‘rtaga tashladi va ularni lirik qahramonning asab tolalaridek tarang tortilan kechinmalari orqali ifodalashga muvaffaq bo‘ldiShoirning keyingi davr ijodida ham ma’naviyatni yuksaltirishga, ruhiyatni poklashga xizmat qiluvchi sarbon tuyg‘ular yanada tiniqlashdi, falsafiy ruhi kuchaydi, ko‘lami kengaydi.
Har qanday ziddiyatli davrlarda bo‘lganidek, qarama-qarshiliklar kuchaygan, muxoliflik so‘nggi nuqtasiga yetgan, qadriyatlar qayta baholana boshlangan, yo‘l tanlash muammosi ko‘ndalang qo‘yilgan saksoninchi yillar oxirida yozilgan «Uzlat», «Ishonch ko‘priklari», «Savollar», «Taraqqiyot»,
«Begonalik» «E’tiqod» kabi she’rlarda ko‘pchilikni qiynagan savollar o‘tkir qilib qo‘yildi, o‘zini haqiqatman deb da’vo qiluvchi soxtakorliklar fosh etildi.
Davr ijodkorga mavzular, tuyg‘ular berishi mumkin. Lekin hamma gap bu niyatni qay taxlitda ifodalay bilishda, ro‘yobga chiqarishda. Abdulla Oripovning san’atkor ijodkor sifatidagi mahorati shundaki, lirik bir she’r doirasida umum ahamiyatli muammoni o‘q markazga olib chiqib, o‘z poetik niyatini real borliqning in’ikosi bo‘lgan fikrlar va his-tuyg‘ular orqali jamiyat va alohida olingan bir shaxs olamining haqqoniy manzarasi va siyratini, sharhi va tahlilinini satrlarga singdira oladi. Shu o‘rinda so‘z o‘z-o‘zidan she’riyatda, shu jumladan Ablulla Oripov she’rlarida lirik qahramon masalasiga borib taqaladi.
She’riyatda lirik qahramon doimo asar markazida bo‘ladi. She’riyat ixlosmandlari muallifning lirik «meni» orqali shoirning poetik olamidan voqif bo‘lish, uning kechinmalari girdobiga kirish va tuyg‘ularini his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lirik qahramon deyilganda kimni –
shoirning o‘zinimi yoki biror boshqa shaxsni nazarda tutamizmi degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Abdulla Oripovning lirik qahramoni aksariyat hollarda shoirning o‘zi, uning «meni» sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq bundan shoir bilan lirik qahramon bir shaxs, ular o‘rtasiga tenglik alomati qo‘yiladi degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Shoirning lirik qahramoni . o‘z davrining ilg‘or g‘oyalarini ilgari suruvchi ma’naviy boy, estetik faol, yuksak vatanparvar, kurashchan, do‘stlik va sevgida sadoqatli tipiklashgan obrazdir. She’riyatning tabiati, o‘ziga xos qonun-qoidalari, xususiyatidan kelib chiqqan holda lirik qahramon faqat shoir shaxsi bilan chegaralanib qolmaydi.
Bu jihatdan Ye.Evtushenkoning fikrlari e’tiborlidir: «Shoirning tarjimai holi – bu uning she’rlaridir... Shoir boshqalar to‘g‘risida shafqatsizlik bilan haqiqatni yozish huquqiga ega bo‘lish uchun o‘zi haqida ham shafqatsiz haqiqatni yozishi kerak. Shoir shaxsini real shaxsga va poetik shaxsga ajratish so‘zsiz ijodiy o‘z joniga qasd qilishga olib keladi...She’riyatda o‘zi haqida sukut saqlash shak-shubhasiz boshqa barcha odamlar haqida sukut saqlashga, ularning iztiroblari, g‘am-qayg‘ulari haqida miq etmaslikka olib keladi». (E.Evtushenko. Politika – privilegiya vsex. Izdatelstvo Agentstvo Pechati Novosti, Moskva, 1990, 589-bet). Abdulla Oripovning lirik qahramoni aynan mana shunday o‘zi haqida ham, o‘zgalar haqida ham ayovsiz shafqatsiz haqiqatni arzi hol etuvchi lirik qahramondir.
Lirik qahramon tushunchasini aniqlashda har bir shoirga xos bo‘lgan ijodiy individuallikdan, hayotni tasvirlashning faqat har bir shoirga xos bo‘lgan tamoyillaridan kelib chiqqan ma’qul. Abdulla Oripov she’rda ko‘pincha «men» nomidan gapiradi. Biroq shoirning shunday she’rlari ham borki ularda shoir «meni» doirasi torlik qilib qoladi, shoir ma’lum bir guruhning, xalqning nomidan so‘zlaydi, faqat o‘z iztiroblarini she’rga solib qolmaydi. Biroq masalaning yana bir jihati shundaki, shoir bevosita o‘z boshidan o‘tmagan «betaraf» kechinmalarni ham uni aynan o‘z kechinmalari sifatida berishga intiladi va bunga ko‘p holda muvaffaq bo‘ladi. Demak, shoirning lirik «meni», birinchi navbatda, shoirning o‘zi, ayni zamonda umumlashma obraz hamdir.
Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatiga o‘z ohanglari, o‘z ifoda usuli, borliqqa – tabiat va jamiyatga, odamlarning ruhiy olamiga o‘z qarashlariga ega bo‘lgan lirik qahramoni bilan kirib keldi. Shoir she’rlarida lirik qahramon ko‘p qirrali va shu bilan birga uyg‘un obraz sifatida namoyon bo‘ladi. Uning lirik qahramoni evolyusiyasini she’rda o‘rtaga qo‘yilgan muammolar, ularning mazmunini ochib berish, shoir she’riyatidagi asosiy motivlar va kayfiyatlarni, she’r manbalarini aniqlash orqali tushunish mumkin.
Lirik qahramon bilan lirik xarakter bir-biridan tamomila boshqa- boshqa tushunchalardir. «Temir odam» she’rini yaratishda shoir inson kashf etgan «temir odam» – robot detalidan mohirona foydalanib, hissiz, tuyg‘usiz, manqurt kimsalar haqida so‘z yuritadi. She’rdagi:

Temir odam yasab yurguncha, ko‘proq


«Jonli temir»larni o‘ylangiz, ustoz,-

degan xitob lirik qahramonning da’vatidir. Nafratni, ishqni, mehrni bilmaydigan kimsa esa - shoir yaratgan, tip darajasiga ko‘tarilgan lirik xarakterdir.


Abdulla Oripov she’riyatida rang-barang turfa olam lirik xarakterlar yaratish orqali poetiklashtiriladi. Shu ma’noda lirik xarakter shoirning hayotni o‘ziga xos idrok etishini, hayot hodisalarining yangicha talqinini, o‘z yoqtirishi va yoqtirmasligini, ijodkor sifatida o‘z qiyofasini, qalb rozini izhor etish vositasi hisoblanadi. She’riy asarning tabiatidan kelib chiquvchi lirik xarakter ijodkorning borliqni sub’ektiv tushunishi, aks ettirishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Shoir she’rlarida tuyg‘u va fikr qorishiq holda namoyon bo‘ladi. Lirik xarakter fikr va hisning dialektik birligiga asoslanadi. Lirik xarakter – obraz ijodkorning voqelikka munosabati, nimadandir qoniqishi yoki qoniqmasligi, qandaydir voqea-hodisaga o‘z xayrixohligi yoki noroziligini bildirishi, ruhiyatiga ta’sir qilgan kechinmalarni ifodalashi orqali yaratiladi.
Hur fikrlilik, istiqlol umidi, Vatanni hur, ozod, insonni erkin ko‘rish orzusi, jamiyatdagi salbiy ko‘rinishlarga ayovsiz munosabat, adolatga, haqiqatga yetishish istagi A.Oripov ijodida markaziy o‘rinda turadi va lirik qahramon obrazi ko‘p jihatdan shoirning mana shu hayotiy va estetik tamoyillari, ideallaridan kelib chiqib shakllanadi.
Qandaydir umumiy, «baynalmilal» til haqida gap-so‘zlar avjiga chiqqan 60-yillar o‘rtasida shoir ajdodlarimizdan o‘tib kelayotgan ona tilimiz – o‘zbek tilining himoyasiga da’vat etilgan o‘tli misralar yaratdi:

Ming yillarkim, bulbul kalomi O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.


Ammo sho‘rlik to‘tining holi O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.

Oltmishinchi yilarning o‘rtalarida yozilgan «Men nechun sevaman O‘zbekistonni», «Sarob», «Yuzma-yuz», «O‘zbekistonda kuz», «Biznikilar»,


«Bahor», «Minorai kalon tepasidagi laylak», «Sovg‘a» kabi she’rlarda va
«O‘zbekiston» qasidasida milliy o‘zlikni anglash, O‘zbekiston istiqloli, xalq va Vatan taqdiri, «million egatlarga sochilgan o‘zbek»ning dardu hasratlari, muammolari ilk bora o‘tkir qilib qo‘yiladi. Bu she’rlar uchun umumiy bir ohang, umumiy g‘oya - bu hurlik, milliy uyg‘onish g‘oyasidir.
Shoirning ilk ijodidayoq jannatmakon yurtimiz O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak muhabbat, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni angalsh, asrlar qa’ridan kelayotgan mug‘addas qadriyatlarimizni ko‘z qorachig‘idek asrash ruhi o‘ziga xos she’riy misralarda jo bo‘ldi. Bugunga kelib xrestmatik she’rlarga aylangan «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?», «O‘zbekistgnda kuz» she’rlari va «O‘zbekiston» qasidasidan boshlangan bu ruh yillar osha tobora tiniqlashib, o‘tkairlashib, yangi joziba kasb etib, yaxlit bir turkumga aylandi.
Shoirning ushbu mavzudiga she’rlarini shartli ravishda ikki qismga bo‘lish mumkin. Biri mustaqillikkacha yozilgan she’rlar, ikkinchi qismi istiqlol bergan ne’matdan ilhom, bahra olib yozilgan she’rlar.
Shoirning oltmishinchi, yetmishinchi, saksoninchi yillarda ushbu mavzuda yozilgan. Qay bir she’rini olib qaramaylik, ularda O‘zbkiston degan yurtga otashin bir muhabbat, uni ozod vbuyuk mamlakat sifatida ko‘rish orzusi ufurib turganligini ko‘ramiz. Bu ruh qandyir boshqa munosabat bilan yozilgandek bo‘lib tuyuladigan «Minorai kalon tepasidagi laylak»,
«Sovg‘a», «Armaniston» kabi she’rlarga ham xosdir. «Minorai kalon tepasidagi laylak» she’rida bosqinchilar zulmi ostida Buxoroni «beklar, amirlar, bulbullar» ko‘zda yosh bilan tashlab ketganligi, faqat bir qush – laylak bu shaharni tashlab ketmaganligi haqida so‘z boradi. Ajabkim, deb xitob qiladi shoir, bu qushning «oyoqlari g‘o‘zaga o‘xshar, qanotlari esa paxtadek oppoq». G‘o‘za, paxta deyilganda o‘sha yillarda – O‘zbekiston, o‘zbek xalqi tushunilardi. Ya’ni zulm iskanjasi, totalitar tuzum zug‘umlari qanchalik qattiq bo‘lmasin, bu diyorda xalq mangu qolganligi, O‘zbekiston yana o‘z tug‘i, o‘z bayrog‘iga ea bo‘lgan mustaqil mamlakatga aylanishi orzusi poetiklashtiriladi. Yoki «Armaniston» she’ridagi quyidagi misralarga e’tibor beraylik:

Mening ham ruhimda ajdodlar ohi,


Mening ham qonimda qilich zangi bor, Minorlar emas bu – falakka qasam, Qasoskor bobolar ketmishlar sanchib.
Hayratomuz shu to‘rt misraning o‘zida Vatanning o‘tmishi, buguni va ertasi parallel chiziqlarda kesishadi. Sohibqiron Amir Temur barpo etgan ulkan mamlakat salobatini, yovqur bobolarimiz nafasini his etgandek, sho‘rolar davridagi (she’r yozilgan paytdagi) mute va qaramlik holatimizdan ogoh bo‘lgandek bo‘lamiz, ayni zamonda buyuk bobolarimizning yurtni doim ozod ko‘rish istagi, xohish-irodasi qasamyodddek jaranglaydi.
Sobiq ittifoq davrida O‘zbekistonning zabun, tushkun ahvoli, o‘zgalar uning qonini so‘rganligi «Sovg‘a» she’rida ayniqsa kuchli ifodalab berilgan. O‘sha mafkuraviy tazyiqlar davrida bunday fikrlarni she’r ifodalash jasoratdan boshqa yana nimanidir talab qilishi ayon bir hol edi. O‘zini jallod kundasiga ro‘para qilish bilan baorbar bu kuch O‘zbekistonni chinakam sevgan, unga fido bo‘lishga tayyor shoirning qalb hayqirig‘i, o‘tli nidosi edi.
Ko‘pdan orziqib kutilgan istiqlol Abdulla Oripovning vatanparvarlik ruhidagi ijodida yangi sahifani boshlab berdi. Shoir mustaqillikni, egamenlikni kuylash bilan birgalikda avval boshdanoq istiqlol yo‘li, hurlik yo‘li, jahon hamjamiyatidan O‘zbekistonning o‘z munosib o‘rnini egallash yo‘li oson kechmasligini, bu yo‘lda fidokorlik, jonbozlik, Vatanni onadek sevish, ardoqlash zarurligiga urg‘u berdi.
Mustaqilligimiz dushmanlarining yovuz niyatlarining bir ko‘rinishi to‘qson to‘qqizinchi yilning 16 fevralida Toshkentda uyushtirilgan qabih portlatishlarda namoyon bo‘ldi.
Bu mudhish voqeadan shoir qalbi ham butun mamlakat, xalq bilan birgalikda larzaga tushdi. «Bedorlik» she’rida O‘zbekistonning buyuk kelajagi uchun bedor bo‘lgan, bu yo‘lda hamma imkoniyatlarni ishga solayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bilan kamarbasta shoir qalbi o‘rtanishlari, yurt barqarorligi, tinchligiga da’vatni tuyamiz.
Shoirning Vatan haqidagi she’rlari shunchaki she’riy nutq, chaqiriq, yalong‘och hamdu sano emas. Uning Vatan haqidagi so‘zi chuqur kechinmalar, bezovta o‘ylar hosilasi, yoniq qalb prizmasi orqali o‘tgan teran obrazli mushohadalardir.
Umuman, xalq, uning dardu tashvishi, O‘zbekiston mavzusi shoir ijodida ayricha bir muhabbat bilan qalamga olinadi. Ona-yurt – jonajon O‘zbekiston – Abdulla Oripov eng baland maqomlarda qalamga olgan mavzudir. Shoir bevosita O‘zbekistonga she’r bag‘ishlaydimi, paxtani madh etadimi, hamma vaqt ko‘z o‘ngida jafokash xalqimiz, uning
muammolari, tashvishlari turadi. Millatning uyg‘onishida, milliy g‘urur tuyg‘ularining chuqur tomir yoyishida, Vatanni tanishning teranlashishida shoir so‘zining salmog‘i beqiyos bo‘ldi. Uning lirik qahramoni O‘zbekistonni otashin bir sevgi bilan sevadi. Shunisi xarakterliki, O‘zbekistonga bo‘lgan muhabbat balandparvoz misralar, yalong‘och madhiyalar bilan emas, balki lirik qahramon qalbining tub-tubidan otilib chiqqan kechinmalar, bezovta o‘ylar tarzida inkishof topadi:

Xalqim, tarix hukmi seni agarda Mangu muzliklarga eltgan bo‘lsaydi, Qorliklarni makon etgan bo‘lsayding, Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga?


«Men nechun sevaman O‘zbekistonni» she’rini o‘qib chiqasiz, ammo qo‘yilgan savollarga javob aniqmasdek tuyuladi. To‘g‘ri:


Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‘lsa kechirma aslo!


misralariga asoslanib, kishi o‘z vatanini boyliklari, go‘zalligi uchungina sevmasligi lozim degan fikr kelib chiqishi mumkin. Lekin bu fikr ham tugal, aniq fikr emas. Bu she’r to‘g‘risida juda ko‘plab turli- tuman fikrlar bildirilgan, har bir munaqqid o‘zicha har xil sharhlagan. Biroq shoir «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» so‘zlarini nima uchun aynan sarlavhaga olib chiqqanligini, kosa tagidagi nimkosani, shoir nazarda tutgan, satrlar orasidagi «yashirin muxolif»ni hech kim aytmagan. Fursat yetib buni shoirning o‘zi oshkor qilishiga to‘g‘ri keldi.
«O‘sha davrda O‘zbekistonni paxtasi uchun, oltini uchungina hurmat qilgan, hurmat qilmagan bo‘lsa-da, shundan foydalangan qudratli mustamlakachi sinflar bo‘lgan. Ularning ruhiyati muqarrar kishining g‘ashini qo‘zg‘ar edi, shunda men, xo‘p, sen uni boyligi uchun sevar ekansan, sen faqat shuning uchun sevar ekansan, semasang-da foydalanasan, holbuki, o‘sha paxta ham meniki, oltin ham, ammo men nima uchun sevaman O‘zbekistonni?! Agar mangu muzliklarda yashagan bo‘lsang ham, xalqim, men bir chukcha yo yoqutga o‘xshagan bo‘lganimda ham sen uchun jonimni berar edim-ku!-degan muxolif kayfiyat va fikr bilan o‘z vaqtida yozilgan», - deb qayd etadi muallif. Lirik qahramonning O‘zbekistonga bo‘lgan muhabbati ich-ichidan otilib chiqqanligining sababi mana nimada ekan. O‘sha paytlar oshkor aytilishi hech mumkin bo‘lmagan «yashirin muxolif» bilan bo‘lgan munozara keskin lirik konflikt yaratganligi tufayli ham she’r mana shunday ta’sirli ohang kasb etgan.
O‘zbekiston, ona xalq, Vatan hurligi va ozodligi mavzusi da’vatkor ruh bilan qo‘shilib Abdulla Oripov «fenomeni»ni vujudga keltirgan komponentlardan biri bo‘ldi.
Shoir xalqimiz tarixi, olis moziyda va yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk siymolarimiz, qatag‘on qurbonlari bo‘lgan ulug‘ adibu shoirlarimiz haqida millatimizning qadrini baland ko‘tarishga, o‘zlikni anglab olishga da’vat qiluvchi she’rlar bitdi.
Taniqli rus shoiri Yevgeniy Vinokurov haqiqiy she’rning yaratilishini yarim kechada kimningdir o‘z tanishini bezovta qilib, unga juda muhim bir gapni aytishiga qiyoslaydi. O‘sha aytilmoqchi bo‘lgan xabar qanchalik muhim, qanchalik kechiktirib bo‘lmaydigan bo‘lsa, haqiqiy she’r ham shoir uchun, jamiyat uchun shunchalik muhim, shunchalik zarur bo‘lishi kerak. Chinakam she’r o‘quvchini hayajonga soladi, turmushning kundalik tashvishlari orasida ko‘milib ketayozgan, unutilayozgan lahzalarni qayta jonlarntiradi, ruhiy dunyomizga charog‘ bo‘ladi. Agar yorqin talant mevasi bo‘lgan she’rda jo‘shqin ehtiros, kuchli tug‘yon hayot va odamlar haqidagi chuqur o‘ylar bilan omuxta bo‘lib, yuksak saviyada hislar oqimi tarzida ifodalangan bo‘lsa, otashin vatanparvarlik hislari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsa butun xalqning ma’naviy boyligiga aylanadi.
―Sog‘inch she’rida insonning tashvish va hasartalarini, tug‘ilgan joyini qo‘msashini, ortda qolgan yillar alamini his qilamiz. Na shon- shuhrat, huzur-halovat, na hayotning boshqa lazzatlari ona diydoridek suyumli, yurt jamolidek aziz bo‘la olmaydi. She’rning har bir misrasi umr yo‘li tashvishli va beorom inson taqdiridan so‘zlaydi.
Biz yashayotgan shu osmon ostida, biz nafas olayotgan havodan simirib, biz yurgan yo‘llardan yurib bir odam dunyodan yashab o‘tdi U kim edi? Dahomi yo mashhur zot? Yo‘q, u ham sizu bizga o‘xshash oddiy odam edi. Erta ishga borib, kech qaytardi. Oddiy dabdabasiz hayot kechirardi. Mahrakayu yig‘inlarda ba’zilarga o‘xshab «men-men» deb ko‘kragiga urmas, shon- shuhrat ketidan quvmas, boylik va mol-dunyo ilinjida kimlarningdir qarshisida ilondek eshilib, tovusdek tovlanmas edi. Lekin uning qalbida hayotga, tiriklikka buyuk muhabbat, go‘zallikka, soflikka chanqoqlik bor edi. U dunyo ishlari uchun o‘zini to‘la mas’ul deb bilar, lekin buni duch kelgan joyda ta’kidlayvermas edi. Mana shunday bir odam bu foniy dunyodan ixlat qildi. «Noma’lum olam» she’rining mazmunini shunday nasriy bayon qilish mumkin. Endi she’rning ruhidan kelib chiquvchi, satrlar zamiridagi ma’noga e’tibor beraylik. Ixtiyorsiz ravishda shunday kamtar, kamsuqum odamlar bo‘lmasa, insoniyatning ma’naviyati bo‘sh, ma’nosiz bo‘lib qolardi, dunyoni shunday odamlar tutib turibdi degan o‘ylarga boramiz.

Shoir «Genetika» she’rida:


Men ham yashayapman o‘z zamonimda, Davrimdan qayga ham tushardim yiroq,

Deya xitob qiladi. Darhaqiqat, adabiyot, she’riyat davr mahsuli. Chinakam ijodkorning har bir asarida davrning «yurak urishi», zamonning dolzarb masalalari aksini topmog‘i zarur. A.Oripovning eng yaxshi she’rlarida davrning nafasi, xarakterli belgilari, tashvish va umidlari, insonning ruhiy olami, sevinch va qayg‘ulari o‘ziga xos ifoda topadi.


Shoir Vatan mavzusiga, o‘tgan va zamondosh buyuk siymolarimiz taqdiriga qayta-qayta murojaat qiladi. Har gal mavzuning yangi-yangi qirralariga qo‘l uradi.


Shoir Vatanga muhabbatni balandparvoz xitoblar orqali emas, balki butun borlig‘i, yurak harorati bilan ona diyorini, jonajon xalqini sevgan lirik g‘ahramonning kechinalari, o‘ylari vositasida ifodalashga, bu kechinmalarning haqqoniy va tabiiy chiqishiga intiladi.

A.Oripov ijodida Vatan mavzui dilband ona, jonajon xalq taqdiridan ajralmas, yaxlit talqin qilinadi. Shoirning Vatanga muhabbati chuqur grajdanlik tuyg‘usi bilan sug‘orilgan. Shunisi xarakterliki, grajdanlik motivlari kundalik voqealarga she’riy munosabat bildirishdangina iborat emas. Shoir she’riyatining grajdanligi poeziyaning yuksak san’at sifaidagi ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. U xalqimizning shodligu tashvishiga sherik, suronli sayyoramizning notinch yurak urishlaridan uning ham qalbi bezovta.


Shoir aniq-hissiy obrazlar vositasida ifodaning barkamolligiga erishadi. Davrning katta haqiqatidan ko‘z yumish, loqaydlik, razillik va tubanlik kabi jamiyat tarqqiyotiga xalal beruvchi qusurlarni fosh etadi.
Mustaqillik, istiqlol yillarida shoir ijodi yangi pog‘onaga ko‘tarildi, xalq va yurt haqidagi o‘ylar yanada teranlashdi. Umuman, xalq, uning dardu tashvishi, O‘zbekiston mavzusi shoir ijodida ayricha o‘rinda turadi. Ona-yurt – jonajon O‘zbekiston – Abdulla Oripov eng baland maqomlarda qalamga olgan mavzudir. Istiqlol arafasida, mustaqillikning dastlabki yillarida, hayotda aynan yuz bergan, shoir o‘zi guvoh bo‘lgan tarixiy jarayonlar ta’sirida yozilgan, mustaqillikning yigirma yilliga bag‘ishlangan xalqona, qissago‘ylik uslubida bitilgan
―Istiqlol manzaralari dostonining ―Tog‘lar hikoyasi, ―O‘zbek ishi,
―Muruntov, ―Elobod, ―Qamchiq dovoni, ―Imom Buxoriy, ―Jeneva deb nomlangan qismlarida qalamga olingan lavhalar orqali xalqimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotining muhim jihatlari, istiqloldan oldingi holat va istiqlol yillarida yuz bergan o‘zgarishlar yuksak badiiy inkishof etib berilgan.
Obidjon KARIMOV f.f.n., NamDU dotsenti Akramjon HAMDAMOV, f.f.n., QarDU dotsenti
ABDULLA ORIPOV ShE’RLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI
AN’ANALARI TALQINI
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov uslubining o‘ziga xos belgilaridan biri xalq jonli tiliga yaqinlikdir. Jonli tilga yaqin degani esa xalq turmushi bilan yaqin degani bo‘ladi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, ishonch e’tiqodlarini chuqur bilish shoir qo‘llagan metaforalarning xalqona bo‘lishini ta’minlaydi, ularga soddalik, go‘zallik va samimiyat baxsh etadi. Shu bilan birga shoir ijodida folklorning – xalq og‘zaki ijodining ta’siri ham sezilarli darajada kuchli ekanini payqash mumkin.
A. Oripovning ―Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi[1], asari xalq og‘zaki ijodidan ta’sirlanish omiliga yorqin misol bo‘la oladi. Milliy ruhda bitilgan mazkur she’rda olamdagi barcha tirik mavjudotlarga mehr xuddi quyosh nuridek zarur degan fikr ilgari suriladi. She’rdagi shoir fantaziyasi xalq ertaklarida aks etgan xayolotning uchqurligiga, cheksizligiga o‘xshash. Badiiy g‘oya ilmiy fantastikaga yaqin bo‘lsa-da, unda xalqona poetik tafakkur uyg‘un. Unda soddalik va aniqlik mavjud. Adabiyotshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov asar haqida shunday yozadi: ―Mehr-oqibat, adolat, insof, vijdoniy poklik, ma’naviy go‘zallikni ulug‘lash va ularga monelik qiluvchi har bir hodisaga qarshi beshafqat kurashish Abdulla Oripov she’rlaridagi yuksak ma’nodagi gumanizmning hujayralaridir. Bu masalaga shoir izchil realistik uslub asosiga qurilgan she’rlaridagina emas, fantastika elementlaridan unumli foydalangan asarlarida ham murojaat etadi. Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi" ana shunday asarlardan biridir[2].
Qissaning bosh g‘oyaviy maqsadi – mehr-oqibatni ulug‘lash. Shoir asar botinidagi badiiy muammoni sarlavhaga olib chiqqan. ―Samoviy mehmon o‘rganilishi lozim bo‘lgan tekshirish ob’ekti. Asosiy tadqiqotchilar – besh donishmand. Donishmandlarning yo‘l qo‘ygan xatolarini ko‘rsatib beruvchi
―opponent – farrosh kampir. Sarlavhaning mazmunidan ham ma’lum bo‘lyaptiki, ―mehr-oqibatni himoya qilish maqsadida shoir hatto donishmandlarni ham ayab o‘tirmaydi. She’riy quyidagicha boshlanadi:

Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling