O‘zbek ruhiyati me’mori


Download 450.1 Kb.
bet9/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

PhD, Alisher Navoiy nomidagi Tosh DO`TAU o`qituvchisi

ABDULLA ORIPOV SHE‘RIYATIDA UMUMINSONIY TUYG`ULAR TALQINI


XX asr o`zbek she‘riyati mavzular, g`oyalar va shakllar xilma-xilligi o`laroq maydonga keldi. G`afur G`ulom, Oybek, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda singari o`zbek she‘riyatining zabardast vakillari qatorida Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid, Halima Xudoyberdiyevalar ham poeziyaning yuksak namunalarini taqdim etdilar. Ular yaratgan she‘rlarda an‘anaviy shakl asnosida dunyoga yangicha qarash, yangi mavzu va g`oyalar ifodasi o`z aksini topdi.


O`zbek she‘riyatining yetuk namoyandasi Abdulla Oripov ijodi deyarli har bir o`zbek kitobxonining ko`nglidan joy olgan, desak, mubolag`a bo`lmaydi. Shoir yaratgan she‘rlar ham shakl, ham mazmun mukammalligini o`zida jamlagan asarlar sifatida adabiy tanqidchilikda o`rganib, e‘tirof etib kelinmoqda. Abdulla Oripov she‘rlari teran tuyg`ular ifodasi o`laroq barcha yoshdagi kitobxonlar uchun birdek sevimli bo`la oldi. Uning ma‘rifiy, maishiy, didaktik mazmundagi va umumbashariy muammolar, go`zal tuyg`ular ifodalangan she‘rlari fikrimizning yaqqol isbotidir. Shoir she‘rlarida umuminsoniy tuyg`ular talqini alohida o`rin tutadi, butun insoniyatga xos bo`lgan tushunchalar, g`oyalar yorqin ifoda etiladi.
Tabiat kimga ko`p yo oz beribdi, Kimgadir xalacho`p yo soz beribdi, Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga
Tengi yo`q shohona ovoz beribdi. (1987)
Insonlar tabiatan turli xislat egalari qilib yaratilganlar. Shu ma‘noda ularning jamiyatda tutgan mavqei va egallagan o`rni ham turlicha. Dunyo asli biri kam yaratilgan, deganlaridek inson hamisha shu kemtik haqida o`ylayveradi. Kimlargadir soz berib uni yuksak martabalar egasi, nozik did va farosat sohibi qilib yaratgan bo`lsa, kimlargadir xalacho`p berib, uni tafakkursiz, didsiz yoki nochor qilib yaratgani bir Hikmatdir. Odamlar hamisha mol-dunyo, shon-shuhrat, obro`-e‘tibor talashib yashaydilar. Ularga erishish uchun tengsiz iste‘dod va mashaqqatli mehnat ham zarur ekanini biladilar. Ular uchun mana shu narsalar naqadar muhim ekanini hozirgi jamiyatning vakili sifatida inkor etmasak kerak. Ammo shunday insonlar ham borki, ular tengsiz iste‘dodini mol-dunyo, shon-shuhrat yig`ishga sarflamaydilar. Vaholanki, ―mashshoq gadoyning ―tengi



7 Tog‘ay Murod. Tanlangan asarlar. Toshkent: Sharq, 2018. – B. 70.
yo`q shohona ovozini orzu qilmagan san‘atkor bo`lmaydi. Hayotning mana shunday jumboq, sinoatli onlari, insonning barchaga oshkor qila olmaydigan yopiq o`y-fikrlari shoir Abdulla Oripov satrlarida o`z ifodasini topib turibdi.
Har bir inson umri nihoyasiga yetib, dunyodan o`tgach o`zidan qoladigan yaxshi nom, yaxshi amallar haqida bot-bot o`ylab qoladi. Ayniqsa, yoshi ulg`ayib, keksayib qolgan inson xayoliga bunday tuyg`u va fikrlar ko`proq kelishi tabiiy. Shoirning ―Yashasang dunyoda… deyilguchi she‘rida fikrimizning yaqqol isbotini ko`ramiz.
Yashasang dunyoda yorug` yuz bilan, Hurmat ko`rguzsang va bo`lsa izzating! Ketsang, eslasalar shirin so`z bilan, Yaxshi noming qolsa, qolsa xizmating. G`anim nafratingga kelolmasa bas, Kulsang, sidqidildan yayrab kulolsang. Dilda g`ashlik bo`lmay yashasang, xullas,
Baxtli odamlarday baxtli bo`lolsang. (1983-yil.)
Har bir inson dunyoga o`z taqdiri bilan keladi. U peshonasiga bitilgan umri qadar yuriladigan yo`llarni bosib, rizq-nasibasini terib o`tadi. Ammo Nafs degan shunday bir ofat borki, u insonga azal haqiqatni unuttiradi. Natijada, inson shukronalik hissidan, taqdirdan rozilik tuyg`usidan, bir so‘z bilan aytganda, azaliy haqiqatdan yiroqlashadi. U endi nafs quliga aylanib, o`zgalarning nasibasi va rizqiga, ortiqcha mol-dunyoga ko`z olaytiradi. Donishmand shoir ana shu azaliy haqiqatni o`z misralarida ta‘sirli qilib ifodalab bergan. ―Dunyoni qizg`anma mendan, azizim der ekan, shoir ana shu taqdir nasib etgan rizq-ro`ziga qanoat qilmay, o`zgalarning ham ulushini tortib olishni istaydigan nafs giriftorlariga murojaat etadi.
Dunyoni qizg`anma mendan, azizim,
Men sening ko`changdan o`tmasman zinhor. Mening bu olamda o`z aytar so`zim
Va o`zim sig`inar mozorlarim bor. Dunyoni qizg`anma mendan, azizim, Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo. Sen yurgan tog`larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo. Dunyoni qizg`anma mendan, azizim, Qalbingni yoqmasin shubha va so`roq, Men o`zga manzilga tikkanman ko`zim, U sening kulbangdan juda ham yiroq.
Ona Vatan mehri, Yurt sog`inchi har bir inson qalbiga tanish tuyg`u. Shoir Abdulla Oripov she‘rlarida ayni tuyg`u o`zining yaqqol aksini topgan. ―Meni olib keting o`z diyorimga deya satrlar bitgan shoir haqida uning Ona Vatanini naqadar kuchli muhabbat bilan sevganini, ayniqsa, betob holida olis o`lkalarda qolib ketishni istamayotgani (bu she`r Moskvada bitilgan bo`lib, shoir xasta chog`ida o`zga yurtda qolishni istamasligi) ifoda etilgan.
Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon, Titradi go`yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon, Meni olib keting o`z diyorimga.
Issiq jon, deydilar, jon bo`lsa bo`lar,
Payt kelsa chechak ham sarg`ayar, so`lar. Kim bilgay paymonang qay yerda to`lar, Meni olib keting o`z diyorimga.
Bunday ta‘sirli, mahzun misralarni bitish uchun shunday yashash, juda bo`lmasa, ayni holatni boshidan o`tkazish kerak, albatta. Shoirning ―Kim bilgay paymonang qay yerda to`lar, deb hasrat chekishi, hech shubhasiz, nihoyatda o`rinli edi.
Talpingan diyorim, u - O`zbekiston! Sehrini aytishga bormi hech imkon! Yo`q, o`zga yurtlarda berolmasman jon, Meni olib keting o`z diyorimga. (1981)
Ikki ming o`n oltinchi yil oktyabr oyida o`zbek she‘riyati, adabiyoti og`ir judolikka uchradi. O`zbekiston xalq shoiri, xalqning sevimli farzandi, nozik tuyg`uli, teran fikrli go`zal she‘rlar bitgan, millat dardini kuylab yashagan asl millat farzandi Abdulla Oripov Amerika Qo`shma Shtatlarida vafot etdi. Uni oilasi va farzandlari davolatish uchun Qo`shma Shtatlarga olib borishgan edi. Taqdirning sinovini qarangki, xastalik shoirning olis, begona tuproqlarda jon berishiga sababchi bo`ldi. Donishmand shoir ―Talpingan diyorim, u - O`zbekiston! Sehrini aytishga bormi hech imkon! Yo`q, o`zga yurtlarda berolmasman jon deb bundan 35 yil avval yozib qoldirgan ekan. Taqdir shunday sinoatlarga to`la, inson aqli taqdir oldida hamisha ojiz. Umr bo`yi ―O`zbekiston, seni sevaman deb Ona Vataniga
mehr-muhabbatini kuylab o`tgan shoirning boshiga o`zi qo`rqqan, qattiq havotir olgan kun tushdi. ―Yo`q, o`zga yurtlarda berolmasman jon deb satrlar bitgan shoirning ona tuprog`iga bo`lgan mehr-muhabbatini anglash qiyin emas. Zero, Abdulla Oripov bitgan har bir she‘r ana shunday chuqur mazmunga, teran mushohadaga va go`zal tuyg`ular ifodasiga boydir.
Sizdan nima ketdi, ey do`sti aziz, Sog`inmang menga har bir zum yomonlik. Mendan nima ketdi, sizga ham cheksiz Saodat tilayin, tilay omonlik. (1983)
Bag`rikenglik inson fazilatlari ichra eng qadrlisi, desak mubolag`a bo`lmas. Shoir bitgan misralar zamirida bag`rikenglik tuyg`usini ilg`ab olish qiyin emas. Umri davomida hattoki iste‘dodi uchun ham ta‘qiblarga uchragan shoir insonning qanchalar pastkash bo`la olishiga guvoh bo`ladi. Va eng so`ngida bunday kimsalarga aslo teng kelib bo`lmasligiga, ularga qo`shilib pastlashish kerak emasligiga ishonch hosil qiladi. U tabiatan bag`rikeng edi va bu bag`rikenglik bitgan satrlarida, she‘rlarida yashab qoldi. Unga qanchalik yomonlik, qanchalik ichi qoralik qilishmasin, u saodat va omonlik tiladi. ―Mendan nima ketdi, sizga
ham cheksiz Saodat tilayin, tilay omonlik (1983). O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov o`zbek millatining iftixori bo`lib qoldi.


Adabiyotlar royxati:

    1. Oripov A. Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: ―G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at, 2001.

    2. Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati. –T.: ―Fan, 2007.

    3. Axmedova Sh. O‘zbek adabiy tanqidchiligi janrlari. Toshkent. «Fan». 2008.

    4. G‘afurov I. She’r bilan suhbatlar. Toshkent.1973.

    5. G‘afurov I. Lirikaning yuragi. Toshkent. 1982. .

Ravshanova GULRUXBEGIM PhD., Qarshi DU katta o‘qituvchisi





Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling