O‘zbek ruhiyati me’mori


Uchsam qo‘nadigan ishonchli oshyon. Men uchun hamisha iftixor edi, Bugun


Download 450.1 Kb.
bet3/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Uchsam qo‘nadigan ishonchli oshyon. Men uchun hamisha iftixor edi, Bugun begonadir menga u makon tarzidagi ilk bandiyoq ulkan hasrat ifodasi o‘laroq she’rxon ruhiyatini bezovta qiladi. Ayni vaqtda u o‘qirmanda bir qator savollar tug‘ilishiga ham sabab bo‘ladi. Bir vaqtlar tug‘ilgan joyning bugun lirik qahramonga begona bo‘lib qolishi daf’atan tushunarli emas. Buni anglash uchun she’rxon aqlan va ruhan biroz zo‘riqishi lozim bo‘ladi. Ma’lumki, har qanday makon, hatto vatan ham odam bilan mukarram. Bir vaqtlar, ya’ni ota-ona va boshqa yaqinlar hayot bo‘lib, shoir o‘zini ko‘kdagi burgutday his etib yurgan damlarda u tug‘ilgan makon ishonchli oshyon edi. Bugun u – shoirga begona. Bu begonalikka sabab ―muhabbat, hurmat, oqibat ulashguvchi yaqinlarning dunyodan o‘tib, mung‘aygan qabrlarigina qolgani. Ota-onaning o‘tishi ulardan meros ezgu tuyg‘ularningda yitishiga olib kelgani she’rda ta’sirli ifoda etiladi:
Mehr ila muhabbat, hurmat, oqibat, Bilmadim, qaygadir bo‘lmishlar g‘oyib. Tepalik bag‘rida ko‘rinar faqat,
Otam va onamning qabri mung‘ayib.
She’rdan shoirning maqsadi – o‘z dardini aytib hasrat qilish emas. Mustamlaka yurtda havas qilib bo‘lmaydigan yo‘sinda hayot kechirishga majbur bo‘lgan lirik qahramon bugungi ozod yurt egasi bo‘lmish yosh chog‘doshiga katta yoshdagilar nomidan: ―Men uzoq davrlar qaroqchi bo‘ldim, Shu yo‘lda toblandi, aql va yurak. O‘zimdan o‘tganin men o‘zim bildim, Sen nega qaroqchi bo‘lmog‘ing kerak?- deya savol qo‘yib, hech qursa, odamiylikka imkon bo‘lgan sharoitda odam bo‘lishga chaqiradi. She’rning bir qadar avtobiografik xarakterga ega bo‘lgan keyingi bandida tasvir o‘zgacha taranglik va ta’sir kasb etadi:
Men yopiq qo‘rg‘onda yashadim qo‘rqib, Najot devoriga tirmashdim uzoq. Sen nega dunyoga qaraysan hurkib, Nega sen bo‘lishing kerakdir qo‘rqoq?
Ushbu banddagi ―yopiq qo‘rg‘on, ―najot devori singari tafsillar ramziy ma’noga ega bo‘lib, sovet tuzumi va uning mafkurasi shoir hayoti va ijodiga o‘tkazgan zug‘umni anglatadi. Shoir ritorik so‘roqlar orqali yosh zamondoshini illatlardan qutulishga chorlaydi.
She’rning keyingi bandida lirik qahramonga qaratilgan tanqid tig‘i yana o‘tkirlashib: ―Qasamxo‘r dunyoda kun ko‘rmoq uchun, Aytmagan yolg‘onim qolmadi biror,- deyiladi. Navbatdagi bandda esa iqrorning achchig‘i yuqori nuqtaga yetganday bo‘ladi: ―Duch kelgan kimsaga qildim xushomad, Oyog‘in yaladim mushukday hatto. Egildi bir zamon tik bo‘lgan qomat, Bu holni senga hech ko‘rmasman ravo. She’rning mohiyati so‘nggi misrada yaqqol namoyon bo‘ladi. Lirik qahramon yosh zamondoshining o‘ziga qismatdosh bo‘lishini istamaydi. Bu istak ifodasi bitikning yakunlovchi akkordida haddi a’losiga yetadi:
Men hayot qo‘lida bo‘ldim o‘yinchoq, Baxtsiz yashab o‘tdim, sen baxtsiz bo‘lma.
Shoir chog‘doshini zamonga moslashishga emas, balki zamonni o‘ziga bo‘ysundirib erkin yashashga chorlaydi.
Abdulla Orifning she’riyati o‘zining badiiy-estetik ta’sir qudrati bilan millatning ko‘zi oldingidan o‘tkirroq, tuyg‘ulari boy va nozikroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu she’rlar o‘qirmanni olamga shoir nazari bilan qaraydigan, oldinlari ilg‘amagan, ilg‘asada anglamagan holatu tuyg‘ularni tuyishga xizmat qiladi.
Buyuk shoirning vafoti bilan uning ikkinchi – adabiy umri boshlandi. Adabiy umrning abadiy davom etishiga ishonamiz. To o‘zbek degan millat bor ekan, Abdulla Orif she’rlari jaranglayveradi.

Abdulla ULUG‘OV





Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling