O’zbek she’riyatida folklor an’analari Mavzuning dolzarbligi


Download 23.75 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi23.75 Kb.
#234467
1   2   3
Bog'liq
O'zbek she'riyatida folklor an'analari

Tadqiqot maqsadi. Ishning asosiy maqsadi folklor an’analarining hozirgi

oʻzbek she’riyatiga koʻrsatgan ta’sirini bir qator ijodkorlar asarlari ijodi misolida koʻrsatib berishdan iborat. Shuningdek, ularning xalqona obrazlar va xalq ogʻzaki ijodi janrlaridan foydalanish mahoratini oʻrganish, ushbu davr she’riyatida qoʻllanilgan folklorizmlarning oʻziga xos jihatlarini yoritish hamda adabiyot va folklor munosabatidagi dinamikani koʻrsatish tadqiqotimizning asosiy maqsadini belgilab beradi.



Tadqiqot vazifalari. Mazkur ish quyidagi vazifalarni hal qilishni koʻzda

tutgan:


– oʻzbek adabiyotshunosligida folklor an’analaridan foydalanish

muammosining oʻrganilish tarixini yangi mezonlarda tahlil etish;

– Asqad Muxtor she`riyatida folklorga xos obrazlar tizimini va ularning

individual talqinini oʻrganish;

– afsona va rivoyatlarning Erkin Vohidov she’riyatida tutgan oʻrnini tahlil

etish;


– Abduvali Qutbiddin ijodida folklor motivlari hamda bir qator janrlar,

jumladan, maqol va matallarning qoʻllanilishini tadqiq etish.





  • Xizir obrazining o’zbek she’riyatidagi g’oyaviy-badiiy xususiyatini ochib berish;

  • Modern adabiyotining namoyandasi Faxriyor ijodida folklorizm namunalarini ochib berish;

  • Folklor namunalarining milliy ruhiyatga ta’sirini o’rganish.



Tadqiqot obyekti. Magistrlik dissertatsiyamizda zamonaviy she`riyat vakillari Asqad Muhtor, Erkin Vohidov, Faxriyor, Rauf Parfi, Abduvali Qutbiddin va

M.Yusufning she`riy toʻplamlari asosiy manba qilib olindi. Shuningdek, ish

jarayonida ayrim shoirlarning she`rlari ham oʻrni-oʻrni bilan qiyosiy tahlilga

tortildi.



Tadqiqot predmeti. Oʻta boy va serqirra milliy qadriyatlarimizdan milliy ruhiyat

va milliy xarakter talqinini yaratishda izchil foydalanish mahoratining oʻziga xos

jihatlarini ochib berish tadqiqot predmetini tashkil qiladi.

Tadqiqotning usuli. Sotsialogik metod, tarixiy-qiyosiy metod, qiyosiy metod, falsafiy metod, psixologik metod.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Zamonaviy shoirlar she`riyatida folklor an`analari zaminida shakllangan badiiy timsollar tizimini tahlil etilishi, hozirgi davr she`riyatida maqol-matal, ibora va hikmatli soʻzlarning, shuningdek, afsona va rivoyatlarning she`riy asarlar kompozitsiyasida bajargan badiiy vazifasini tadqiq etilishi ishning ilmiy yangiligini bildiradi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Xalqimizning boy madaniy tarixini aks ettirgan folklor an’analarinining bardavom bo’lishiga yo’l ochish. Ya’ni xalqimizning qadimiy urf-odatlari, kuy va qo’shiqlari, afsona va rivoyatlari, shuningdek maqol va matallari o’quvchiga ruhiy oziqa bo’lib xizmat qilishini ta’minlash. Folklor namunalarini darsliklarda hajmini kengaytirish va tahlil qilishga ko’mak berishdan iborat.




1 1 Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishningmustahkam poydevoridir. //Xalq so‘zi gazetasi. – Toshkent, 2017 yil. 4 avgust

2 2 Karimоv I.A. Adabiyotga e’tibоr – ma’naviyatga, kеlajakka e’tibоr. – Tоshkеnt: Oʻzbеkistоn, 2009. – B. 11-

3 Hakimоv M. Alishеr Navоiy lirikasi va хalq оg`zaki ijоdi. –Tоshkеnt: Fan, 1979. – B.8.

4 Hakimov M. Alisher Navoiy lirikasi va xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Fan, 1979. – B.

5 Hakimov M. Alisher Navoiy lirikasi va xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Fan, 1979. – B. 8.

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling