Oʻzbek soʻzining kelib chiqishi
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar
Download 300.8 Kb.
|
узбекистон
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boʻlinishi Markazi Maydoni (kv.km)
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar:
Jahon banki vakolatxonasi — JB/World Bank Xalqaro valyuta fondi vakolatxonasi — HVH/IMF Еvrоpа Tiklаnish vа Tаrаqqiyot Bаnki vakolatxonasi Xalqaro Moliya korporatsiyasi vakolatxonasi Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonasi Viloyatlari Asosiy maqola: Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi Oʻzbekiston 12 ta viloyat, (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent), Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.
Tabiiy resurslar Oʻzbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xoʻjaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor. Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilgʻining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qoʻngʻir va yarim kokslanadigan koʻmir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning koʻp turlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliqdir. Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda. Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra Oʻzbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha oltinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi. Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi. Buxoro Transporti Toshkent shimoliy vokzali Toshkent xalqaro aeroporti Toshkent mahalliy aeroporti Toshkent metropoliteni Oʻzbekiston temir yoʻllari Qurolli kuchlari Yana qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oʻzbekiston qoʻshinlari harbiy mashqlarda Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari 2015-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 48-oʻrinni egallaydi.[39] Bu haqda yangilangan Global Firepower reytingida axborot berilgan.[40] Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2014-yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420 ta tank, 715 ta BTR (zirhli transport vositasi), 109 ta raketa tizimlari, 69 ta qiruvchi samolyot, 65 ta vertolyot, xususan, 25 ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi.[41] GFP Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sayti, MRBning World Factbook toʻplami maʼlumotlari, „Vikipediya“ va ochiq manbalardagi boshqa maʼlumotlarga asoslanib tuzib chiqqan. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan. MDH, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Gruziya orasida Oʻzbekiston Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (21-oʻrin)dan keyingi 3-oʻrinni band etgan. Ozarbayjon (50-oʻrin), Belarus (52), Gruziya (64), Qozogʻiston (80), Estoniya (96), Litva (103) oʻrin olgan. Armaniston, Moldova, Latviya kabi mamlakatlar reytingga kiritilmagan. Reytingga koʻra, AQSh armiyasi eng qudratli deb topilgan boʻlsa, Rossiya va Xitoy armiyasi kuchli uchlikdan oʻrin olgan. Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya armiyasi esa kuchli oʻnlikka kirgan. Qayd etish joiz, GFPning 2014-yilgi reytingida ham Oʻzbekiston 48-oʻrinda borayotgan edi.[42] Download 300.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling