O‘zbek til shunosligida qolib va hosila munosabati to‘lqini


Lisoniy qolipning asosiy turlari


Download 58.98 Kb.
bet2/4
Sana30.10.2023
Hajmi58.98 Kb.
#1734065
1   2   3   4
Bog'liq
aliyeva

Lisoniy qolipning asosiy turlari
Lisoniy birikmalarning qoliplar asosida birikuvidan vujudga kelgan nutqiy hosilalarni 3 guruhga birlashtirish mumkin:
yasama so‘zlar;
so‘z birikmasi;
gap.
(ishla) yasama so‘zi [ish] leksemasi va [lar] morfemasining, kitobni o‘qimoq nutqiy so‘z birikmasi [kitob] va [o‘qi] leksemalarining, O‘qidim gapi esa [o‘qi] leksemasi va [-dim] kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo‘lgan.
(ishla) so‘zi [ot+la = asosdan anglashilgan narsa bilan shug‘ullanmoq] so‘z yasash qolipi mahsuli bo‘lsa, kitobni o‘qimoq so‘z birikmasi [ot +fe‘l] LSQsi, O‘qidim gapi esa [WPm] qolipi hosilasidir. Bular sirasida so‘z yasash va so‘z birikmasi qoliplari tushuncha ifodalovchi - atash(nominativ) vazifa bajaruvchi hosilalarni beradigan qoliplar bo‘lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi (kommunikativ) hosilalarni tug‘diruvchi qoliplar hisoblanadi. So‘z yasash qolipi lisoniy bo‘lsa-da, lekin sintaktik mohiyatga ega emas. Shuning uchun u lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida so‘z yasalishi bo‘limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosilalar beruvchi, ya’ni so‘z birikmasi va gap qoliplari tekshiriladi.
Qolipdan chiqqan g‘isht o‘lchami va shakli jihatdan o‘xshash bo‘ladi. Lekin tuproqqa bog‘liq ravishda u turli rang va vaznda bo‘lishi mumkin. Bu har xillik qolipga aloqador bo‘lmagan jihatlardir. LSQlarni aniqlashda ham LSQlarga daxldor bo‘lmagan, bir qolipdan chiqqan nutqiy hosilalarning turli-tumanligini keltirib chiqarayotgan hodisalar LSQga bog‘liq bo‘lmagan nosintaktik hodisalar sifatida ahamiyatsiz deb qaraladi va e’tibordan soqit qilinadi. Masalan, Salimaning kitobi nutqiy hosilasining mohiyati, ya’ni LSQsini aniqlamoqchi bo‘lsak, biz shu ko‘rinishdagi va turdagi so‘z birikmalarini tasavvurimizda to‘plab, saralaymiz.
LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalarning eng umumiy moddiyligining sintezidir. U umumiy shakl ekan, uning xususiy shakli sifatida nutqiy so‘z birikmalari namoyon bo‘ladi.
Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda - so‘zlar va qo‘shimchalar vositasida ifodalangan, o‘qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilish mumkin bo‘lgan shakl tushuniladi.
LSQning mazmuniy tomoni. LSQning chap tomoni uning mazmuniy jihatidir. Yuqorida keltirilgan [ismq.k.+isme.q.=qaratuvchi-qaralmish] qolipining o‘ng, ya’ni mazmuniy qismini «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang munosabatlar» tashkil etadi. «Rang-barang munosabatlar» deganda har bir nutqiy so‘z birikmasidan anglashiladigan turli ma’no va munosabatlar tushuniladi. Masalan:

 mening kitobim

qarashlilik

stolning oyog‘i

butun-qism

e’tiborsizlik oqibati

sabab oqibat

yashashning zavqi

holat va uning natijasi

Birikmalarning o‘ng tomonida ularning xususiy ma’noviy belgilari ko‘rsatilgan. Belgilar qolipning o‘ng tomonida «rang-barang ma’noviy munosabatlar» deya birlashtirilgan. Ma’lumki, ko‘pincha, ma’no deganda so‘z atayotgan narsa, predmet, miqdor, belgi kabilar tushuniladi. Masalan, [kitob] leksemasi aytilganda, uning ma’nosi sifatida «varaqlardan tashkil topgan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi asar» mohiyati tan olinadi. Lekin biz hozirgina keltirgan LSQ ma’nosi esa bunga o‘xshamaydi. Nega? Chunki [kitob] leksema bo‘lib, uning ma’nosi leksikdir. Lekin LSQ sintaktik hodisa. Shu boisdan uning ma’nosi ham sintaktik bo‘lmog‘i darkor. Sintaksisda esa «tobe-hokim», «qaratuvchi-qaralmish», «to‘ldiruvchi», «hol», «ega», «kesim» kabi tushunchalar katta ahamiyatga ega bo‘lib, sintaktik munosabatlarni ifodalaydi. Bu munosabatlar esa sintaktik ma’no sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi birikmalarning o‘ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun - qism», «sabab - oqibat», «holat - uning natijasi» kabilar LSQning mazmuni bo‘la olmaydi? degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, ular alohida birikmalarning ma’nolarini alohida-alohida aks ettiradi.
Lekin LSQlari bitta. [ismq.k.+isme.q.= qaratuvchi-qaralmish] qolipining mazmuni esa cheksiz nutqiy hosilalarning ma’nolarini umumlashtiradi.
LSQning [ismq.k.+isme.q.] shakliy tomoni birikuvchi so‘zlar munosabatlaridan umumlashtirganligi kabi mazmun tomoni ham nutqiy birikmalarning alohida-alohida ma’nolarini umumlashtirish natijasi bo‘lmog‘i lozim.
Ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida har bir gap bo‘lagi, har bir so‘z birikmasining har bir gapdagi, matndagi, qurshovdagi ma’nolarini tavsiflashga ko‘p e’tibor qaratiladi. Masalan, uyni qurmoq birikmasida uyni so‘z shaklining, yoki to‘ldiruvchining ma’nosi «yaratiladigan, bunyod etiladigan narsa», uyni buzmoq birikmasidagi uyni so‘zshaklining ma’nosi «yo‘qotiladigan manba» tarzida ta’riflanadi. Lekin mulohaza yuritilsa, bu ma’nolar sintaktik emas, balki lug‘aviy bo‘lib, aslida buzmoq va qurmoq so‘zlariga xos ma’nolardir. LSQlar esa cheksiz so‘z birikmalarining umumlashmasidir. Shu boisdan ularning mazmun tomoni ham cheksiz so‘z birikmalarining alohida-alohida ma’nolaridagi xususiy, farqli jihatlarni chetlashtirib, umumiy, o‘xshash tomonlarni ajratish asosida tiklanadi. Demak, umumiy, lisoniy ma’no xususiy jihatlarni idrok etish asosida birlashtirishdir. Xususiy ma’nolar, ya’ni har bir so‘z birikmasidagi tezda anglanadigan, ilg‘anishi oson bo‘lgan ma’nolar ular zamiridagi mohiyatni to‘sib turadi. Ana shu mohiyat anglanishi bilan tadqiqotchi ko‘rinib turgan ma’nolarning rang-barangligi «aldamchi» ekanligiga ishonch hosil qiladi.
LSQlarni ajratishning ahamiyati. Tabiatda sof narsa uchramaydi. Ќar bir modda turli-tuman narsalarning qorishmasidir. Biroq sof moddani ajratib olish maqsadida uzoq vaqtlar davomida tadqiqotlar olib borilgan. Shu tariqa tozalangan atom ximiya fanidagi buyuk «topilma» bo‘ldi. Bu D.Mendeleev davriy jadvalida o‘z aksini topdi. Til hodisalarini ham «tozalangan» holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Tozalangan atomlardan tabiatda uchramaydigan, lekin zarur bo‘lgan turli-tuman sun’iy moddalar hosil qilinganidek, «tozalangan» LSQ ham boshqa «tozalangan» fonetik, leksik, morfologik hodisalar kabi, bugungi kunda tilni «mashinalashtirish», ya’ni kompyuter orqali matn tarjima qilish, tuzatish, tekshirish kabi zamonaviy «yumush»larda muhim qimmat kasb etadi
So‘z birikmasi va gap qolipi hosilalarida leksemalashish
So‘z birikmasi lisoniy qolipining voqelanishi «lison-nutq» yo‘nalishida bo‘lib, bu yo‘nalish umumiylikdan oraliq ko‘rinishlar orqali xususiyliklarga - nutqiy hodisalarga qarab boradi. Masalan;
[W - W]
[Wmv - Wmv]
[Ikk -Iek]
[O qk - Oeq ]
[Karimning kitobi]
Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo‘lsa [O qk - Oeq ] quyi lisoniy sintaktik qolipdir. [Karimning kitobi ] hosilasi ana shu LSQ asosidagi nutqiy SBdir.
LSQ ni tiklash xususiylik (nutqiy hosila)lardan oraliq ko‘rinishlar orqali umumiyliklar sari boradi va bu jarayon «nutq-lison» yo‘nalishida kechadi. Nutqiy SBning voqelanishida boshlang‘ich nuqta [W-W] qolipi bo‘lsa, uni tiklashda (Karimning kitobi) kabi nutqiy SBlar asos bo‘lib xizmat qiladi.
Har qanday so‘z birikmasi qolipi hosilasi davrlar o‘tishi bilan lisoniy bosqichga ko‘tarilishi – leksemalashishi mumkin. Masalan:
[Wqk-Wek]=qaratuvchi-qaralmish qolipi hosilalari - qo‘lqop, xonqizi, kirsovun, tomorqa, tokqaychi, qo‘ziqorin,belbog‘.
[Ik.q -F] qolipi hosilalari – kungaboqar, o‘rinbosar, beshiktervatar, echkiemar, ko‘zboylog‘ich, kallakesar, husnbuzar, dunyoqarash,tinchliksevar

  1. [W-F] qolipi hosilalari -beshotar, birqoqa, iskabtopar, ishlab chiqarish, tezpishar, ertapishar, cho‘rtkesar, yebto‘ymas

[I-О] qolipi hosilalari -toshko‘mir, tuyaqush, karnaygul, oybolta, ko‘kkarg‘a, qoraqurt, mingoyoq, qizilishton, ajdargul, xo‘rozqand, beshbarmoq, beshqarsak, YEttisuv, Oltiariq, uchburchak, mingoyoq, qirqog‘ayn, hozirjavob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon, kamxarj, xomkalla, sho‘rpeshona, kaltafahm, shirinsuxan, sho‘rtumshuq, balandparvoz
Sodda gap qolipi hosilalarida lisoniylashish. - ustabuzarmon, gulbeor, oshko‘k, yoqavayron, xonavayron, xudobezor, otabezori, gadoytopmas;
Shuningdek, iboralar ham shu jarayonni boshidan kechirgan: Aravani quruq olib qochadi – aldaydi., Yulduzni benarvon uradi –epchil.

Download 58.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling