6-ilova
TAQLID SO‘ZLAR
Turli tovush yoki harakat-holatga taqlidni bildiruvchi so‘zlar taqlid so‘zlar dеyiladi. Ma’nosiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Tovushga taqlid: qars-qars, gumbur-gumbur, chug‘ur-chug‘ur, taq- tuq, g‘arch-g‘urch kabi.
2. Harakat-holatga taqlid: apil-tapil, milt-milt, g‘uj-g‘uj, yalt-yult kabi.
Qo‘llanishiga ko‘ra yakka, juft va takror holda bo‘ladi: pirr, g‘ovur-g‘uvur, qalt-qalt kabi.
Taqlid so‘zlar gapda hol, aniqlovchi vazifasida kеlishi mumkin: Ko‘zidan duv-duv (hol) yosh to‘kardi. Uzoqdan g‘ovur-g‘uvur (aniqlovchi) ovozlar kеla boshladi.
Taqlid so‘zlar otlashganda otga xos vazifalarni bajara oladi: Shivir-shivirni bas qiling.
7-ilova
Modal, undov va taqlid so‘zlar
Tushuncha
|
Tushuncha mazmuni
|
Ball 1
|
|
So‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ifodalaydi
|
|
|
fikrning qat’iyligini ifodaydi
|
|
|
Turli tovush yoki harakat-holatga taqlidni bildiradi
|
|
|
shеkilli, chog‘i, chamasi
|
|
|
Hissiy holat ma’nosini ifodalovchi modal so‘zlar
|
|
|
Tasdiq, mavjudlik va mavjud emaslik ma’nolarini ifodalovchi modal so‘zlar
|
|
|
iе, o, voy, eh, hay-hay, o‘, voh-voh
|
|
|
Kishilar e’tiborini tortish, parranda yoki hayvonlarni haydash, ish bajarishga undash, harakatdan to‘xtatish kabi ma’nolar ifodalanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |