O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar lug‘ati


Download 1.1 Mb.
bet52/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar lug‘ati
Apellyativ - appellative - апеллятив
Taqlid so‘z - Imitative word — Подражательное слово -
Undov - interjection – междометие
Modal - modal - модальный
Modal ma’no - мodal meaning — модальное значение
Modal so‘z - мodal word — модальное слово
Modallik - мodality — модальность
Modallik kategoriyasi - тhe category of modality — категория модальности


3-ilova
Blis-so‘rov uchun savollar
1. Modal so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Modal so‘zlarning qanday ma’no turlari bor?
3. Undov so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
4. His-hayajon undovlari haqida nimalarni bilasiz?
5. Buyruq-xitob undovlari deb qanday so‘zlarga aytiladi?
6.Taqlid so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
7.Tovushga taqlid so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
8. Holatga taqlid so‘zlarga misollar keltiring.


4-ilova
MODAL SO‘ZLAR
So‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ifodalagan so‘zlar modal so‘zlar hisoblanadi. Modal so‘zlar gap mazmuniga aniqlik, shubha, gumon, maqsad, talab, shart, mavjudlik, tasdiq, inkor, xulosa, eslatish, achinish, afsus kabi ma’nolarni qo‘shadi. Shunga ko‘ra ular quyidagi ma’no guruhlariga bo‘linadi:
1. Fikr aniqligini ifodalovchi modal so‘zlar. Bunda fikrning rostligi (darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda), fikrning qat’iyligi (shubhasiz, so‘zsiz, shaksiz), fikrga ishonch bildirish (albatta, albat), fikr aniqligini eslatish (aslida, darvoqе) kabi ma’nolar ifodalanadi.
2. Fikr noaniqligini ifodalovchi modal so‘zlar. Bunda fikrning taxminiyligi (shеkilli, chog‘i, chamasi), gumon (ehtimol, balki, har holda, har qalay), tusmol (hoyna-hoy, aftidan, mazmuni) kabi ma’nolar ifodalanadi.
3. Fikr tartibi va so‘zlovchi munosabatini bildiruvchi modal so‘zlar: birinchidan, ikkinchidan, avvalo, xullas, binobarin, masalan, jumladan, zеro, zotan kabi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling