12-ilova
Kuchayturuv va ta’kid yuklamalari: -da, -u, -yu, -ku, -oq(-yoq), hatto, hattoki. Gap mazmunini kuchaytirish, ta’sirchanlikni oshirish yoki gapda ifodalangan biror voqeani ta’kidlash uchun qo‘llaniladi. Marasul akam kasalligimni aytmagandirlar-da.(A.Q.)
So‘roq va ta’kid yuklamalari-mi, -chi, -a, nahot, nahotki kabilar. –mi yuklamasi turli so‘z turkumlariga qo‘shilib, so‘roq ma’nosini ifodalaydi. –chi yuklamasi so‘roq ma’nosini, kuchaytiruv, harakatga undash ma’nolarini bildiradi: Oqilaga-ya? Oqilaga rahmingiz kelmaydimi? Nasibaga-chi? Nasibaga rahmingiz kelmaydimi?
Ayiruv va shegaralov yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina.Ayrim narsa va hodisalarni boshqalaridan ajratib ko‘rsatish, harakatni chegaralash uchun qo‘llaniladi.
Aniqlov yuklamasi: xuddi. Harakat va predmetlarni aniqlash, boshqasiga o‘xshatishma’nosini bildiradi. Xuddi Ne’matjonning o‘zginasi-ya?
Gumon yuklamasi:-dir. Turli so‘zlarga qo‘shilib, gumon ma’nosini beradi.
Inkor yuklamasi: na…, na…yusiq bo‘laklar va qo‘shma gap tarkibidagi ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo‘lishsizga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |