O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


-Mavzu: So‘z yasalishi. So‘z yasalish tarkibi


Download 1.1 Mb.
bet60/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

3-Mavzu: So‘z yasalishi. So‘z yasalish tarkibi.
1. So‘z yasalish haqida umumiy ma’lumot
2. Diaxron va sinxron so‘z yasalishi.
3. So‘z yasash usullari.a) Semantik usul.
b) Fonetik usul.
c) Abbreviatsiya usuli.
d) Affiksatsiya usuli.
e) Kompozitsiya usuli.

G 1-topshiriq.Quyidagi savollarga javob bering.


1. So‘z yasalish haqida ma’lumot bering.
2. Diaxron va sinxron so‘z yasalishini farqlang.
3. So‘z yasalishining qanday usullari bor?
4. So‘z yasalishining grammatik usuli haqida nimalarni bilasiz?
5. So‘z yasalishining fonetik usuli haqida nimalarni bilasiz?
6. Abbreviatsiya usuli bilan qaysi so‘z turkumida so‘z yasaladi?
7. Affiksatsiya usulihaqida ma’lumot bering.
8 . Kompozitsiya usuli bilan qanday so‘zlar yasaladi, misollar asosida tushuntiring.
@ 2-topshiriq.Quyidagi gaplar tarkibidan yasama so‘zlarni topib tahlil qiling.
1. Hovli etagidagi pastak eshik g‘iyqilladi. U uylanganidan keyin otadan qolgan hovlini o‘rtadan ikki paxsa devor olib bo‘lishgan. Bungayam bir chekkasi Hadichaning injiqligi sabab bo‘lgan edi.(O‘.H.) 2. Gulnor Yo‘lchining xayoliy iziga ko‘z tikdi. Uni chuqur sog‘inch va sabrsizlik bilan kutadi.(O.) 3. Endi-chi? Endi shu choldevor hovlimiz, shu tirikchilik ko‘zimga har qanday boylarning sersavlat uylaridan yaxshi ko‘rinadi.(O.) 4. Umri xola sharpaday unsiz yurib keldi-da, yapaloq “musulmon” g‘ishdan yasalgan zinadan ayvonga ko‘tarildi.(O‘.H.) 5. U so‘zlarkan, yuzlariga goh do‘q, goh g‘azab, goh yalinchoqlik yopishadi.(O). 6. Yangigina solingan burglar ustida bir tekis pishillab o‘rmalayotgan qurtlar derazalardan kirgan yorug‘dan qochib boshini barg ostiga oldi. Lutfixon bir parcha somonli loy bilan taxmon chetidagi sichqon uyasini yaxshilab suvadi. (S.Ahm.) 7. Qimirlamang, ota, terlagan ekansiz. (S.Ahm.) 8. Qo‘rqinchli xayollar, vahimalar bilan to‘lgan o‘rmon qorong‘ulikka sho‘ng‘idi.(O) 9. Shoikrom xotinini tarsakilab yubormaslik uchun yuzini o‘girib, tishini g‘ichirlatdi(O‘.H.) 10. Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqiganidan buyon yomon ko‘paydi. (O‘.H.)
G 3-topshipiq. Quyida berilgan har bir shakl ichidagi so‘zlardan bittasi ortiqcha. Shu ortiqcha so‘zlarni toping, nima uchun oriqchaligini tushuntiring.

! 4-topshipiq. Beilgan matndan yasama so‘zlarni topib tahlil qiling, qaysi so‘z turkumidan qanday so‘z yasalayotganligiga e’tibor bering.


Bizning uydan top ko‘cha bo‘ylab yuz qadamcha yurilsa, tosh terilgan katta ko‘chaga- Oq Machit mahallasiga chiqiladi. Bu yerda uchta do‘kon bor: biri qassoblik, ikkisi boqqollik. Musa boqqolning do‘koni ko‘zimga har vaqt quruq ko‘rinadi. U faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotadi. Ammo muloyim, shirinso‘z, sersoqolkeksa Sobir boqqolda esa shoda-shoda osilgan, pashshalardan qoraygan teshikkulcha, otnnlardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko‘mir, quruq beda, makkai sanogacha- har narsa topiladi.
Biz shu do‘konga boramiz. Sobir boqqol ohagdor mayin ovoz bilan: “ Barakalla azamatcha, buvalari to‘ylarini ko‘rsin”, deb meni erkalab qo‘yadi.
Bobom qalshib yotgan handalaklardan bitta kichkinasini oladi-da, hidlab qo‘limga tutqizadi, keyin bahosini so‘raydi. Boqqol bir nima deydi. Bobom o‘siq qoshlarini chimirib, bir qaraydi-da, uzun, keng surf ko‘ylagining cho‘ntagidan bir necha chaqa chiqaradi, har birini ko‘zga yaqin tutib, obdan tikilib, boqqolning oldiga tashlaydi. Boqqol boshini chayqaydi.(Oybek)
G 1-topshiriq.Quyidagi savollarga javob bering.
1. O‘zbek tilshunosligida so‘zlar necha usul bilan yasaladi?
2. Fonetik usul bilan so‘z yasalganda qanday hodisalar nazarda tutiladi?
3. Semantik usul bilan so‘z yasalishiga misollar keltiring va izohlang.
4. Kompozitsion usul bilan so‘z yasalishi hodisasini tushuntiring.
5. Sintaktik-leksik usul bilan so‘z yasalishi qaysi aspektga asoslanadi?
6. O‘rinbosar, otboqar, gultojixo‘roz, bodomqovoq kabi qo‘shma so‘zlar o‘zaro qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?

@ 2-topshiriq. Quyida berilgan yasama so‘zlarning yasalish usullarini aniqlang.


Bo‘r-bo‘z, tog‘-tosh, hozir-hozir, ko‘k, bo‘z, intizomli, silliq,tashla, ko‘rgazma, qumloq, qishloq, o‘tloq, gulbeor, yeryong‘oq, uchburchak, shifobaxsh, jigarrang;
urto‘qmoq, qaror qilmoq, ado etmoq, taklif qilmoq, javob bermoq, qashqargul, yengiltabiat, kaltafahm, tokqaychi, o‘zbilarmonlik, baribir.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling