O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq .
3-topshiriq.Yozuv taxtasida so‘z yasash usullariga 5tadan so‘zlar yozish va ularni izohlash. Yasama so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish.
! 4-topshiriq. Matn tarkibidagi so‘zlarda so‘z yasash usullarining qaysi turlari mavjud? 1-variant …Hamisha ilm payida bo‘lib, qalbing ham, ko‘zing ham doimo bedor bo‘lsin. Uyqu va oromni o‘ylab bugungi ishni ertaga qoldirma.Badbaxt shunday kishiki, ishini oqibatini o‘ylamaydi, gunoh ishlardan o‘zini tiymaydi. Barchani birdek sev, biror kishi baloga giriftor bo‘lsa, unga ko‘mak qo‘lini cho‘z. 2-variant Har kimning gapini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilmay turib, tekshirmay turib, hukm chiqarma. Qaysi ishda bo‘lmasin, sustkashlik qilma. Yaxshilik qilishda chegara bor deb o‘ylama. Yoqimli odoblardan ko‘z yumma. Tuban ishlarga qo‘l urma. Birovni xor sanama, Hamisha adolatni o‘zingga shior qil. (Aflotunning o‘z shogirdi Arastuga nasihatidan) 5.Uyga vazifa. 1.Badiiy matndan so‘z yasalishining barcha turlariga misollar. 2. O‘tilgan mavzular yuzasidan test tuzish.(30ta) 4-Mavzu: So’z yasalish usullari. So‘z turkumlarida so‘z yasalishi. So’z yasalish tahlili. 1. Otlarning yasalishi haqida umumiy ma’lumot. 2. Ot yasalish usullari. 3. Affiksatsiya usuli bilan ot yasalishi. 4. Kompozitsion usul bilan ot yasalishi. 1. Sifat yasalishi haqida ma’lumot. 2. Affiksatsiya usuli bilan sifat yasalishi. 3. Qo‘shma sifatlarning yasalishi. 4. O‘zlashgan sifat yasovchi qo‘shimchalar. G 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1. Ot yasalish usullari haqida ma’lumot bering. 2. Otning affiksatsiya usuli bilan yasalishini tushuntiring? 3. Kompozitsion ot yasalishiga misollar keltiring va izohlang. 4. Affiksatsiya usuli bilan qaysi so‘z turkumlaridan ot yasaladi? 5. Ot asosdan affiksatsiya usuli bilan otning qaysi turlari yasaladi? 6. O‘zlashgan yasovchi affikslar bilan otning qaysi turi deyarli yasalmaydi? 7. Sintaktik usul bilan otning qaysi turlari yasaladi? Misollar bilan izohlang. 8. Ot+ot, sifat+ot, son+ot, fe’l+ot, ravish+ot, olmosh+ot, taqlid+ot yasalishiga misollar keltiring. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling