O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet69/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

4-topshiriq.
Tafakkur fe’llarini ajrating.
1-variant
Ko‘rmoq, o‘ylamoq, so‘zlamoq, singdirmoq, tasavvur qilmoq, yotmoq, oshirmoq, anglamoq.
2-variant
Nutqiy faoliyat fe’llarini ajrating
Aytmoq, qo‘rqmoq, singimoq, irjaymoq, baqirmoq, tirishmoq, bujmaymoq, so‘zlamoq, yechmoq, bukmoq, pichirlamoq, yotmoq, g‘iybat qilmoq.
3-variant
Ruhiy holat fe’llarini ajrating
Seskanmoq, aytmoq, qo‘rqmoq, xushyor bo‘lmoq, baqirmoq, tirishmoq, yig‘lamoq, haydamoq, buramoq, singimoq, bujmaymoq, qizarmoq, irjaymoq, chaynamoq.

! 5-topshiriq. Quyidagilarni jadval asosida shakllantiring:


1-variant
1.Bo‘lishsizlik shakli qo‘shimchalari.
2.O‘zlik nisbati qo‘shimchalari.
3.Majhul nisbat qo‘shimchalari.
2-variant
1.Orttirma nisbat qo‘shimchalari.
2.Birgalik nisbati qo‘shimchalari.
3.Buyruq-istak mayli qo‘shimchalari.
3-variant
1.Fe’lning shart mayli qo‘shimchasi.
2.Fe’lning o‘tgan zamon qo‘shimchalari.
3.Fe’lning hozirgi zamon qo‘shimchalari.
4.Fe’lning kelasi zamon qo‘shimchalari.

6.Uyga vazifa. Fe’lning semantik turlariga 5tadan gap tuzing.



7-Mavzu: FE’LNING TASNIFLOVCHI KATEGORIYALARI.
Savollar:

  1. Fе’l gapda qanday sintaktik vazifalarda qo‘llanadi?

  2. Тo‘liqsiz fе’llar qanday хususiyatlarga ega?

  3. Fe’l nisbatlari haqida ma’lumot bering.

  4. Fe’lning qanday vazifadosh shakllari mavjud?

  5. Fe’llardagi bo‘lishlilik va bo‘lishsizlik kategoriyasi haqida ma’lumot bering.

1-topshiriq. Matnda bo‘lishli va bo‘lishsiz shakldagi fe’llarni toping, bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalovchi vositalarni ko‘rsating.
Yangi do‘st orttirsang, eskisidan yuzingni burma.(«Qobusnoma»).Po‘latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapirolmas, vujudi esa karaxt bo‘lib qolgandek qimirlamas edi.(S.Ahm.). Men u vaqtda yosh edim, qo‘mondonlikni ham Rahimovga o‘xshab qilolganim yo‘q. Tilning aqldan oldinga ketishiga yo‘l qo‘yma. (Xilon) Bilishning o‘zi kifoya emas, uni qo‘llay bilish kerak. Istakning o‘zi yetmaydi, uni ro‘yobga chiqarmoq lozim.(I.Gyote). Kim olg‘a yurmasa, u ortga ketadi. (Belinskiy) Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l. (Maqol) Ozni bilmagan, ko‘pni bilmas. (Maqol) Davrim keldi o‘ynayman, O‘ynab sira to‘ymayman. (A.Po‘lat) Po‘lat o‘zini kulgidan to‘xtata olmasdi. (Sh.R.)

2-topshiriq. Gaplardagi fe’l so‘zlarni topib bo‘lishsizlik ma’nosini yuzaga keltirayotgan qo‘shimchani aniqlang.


Pul, mol-dunyoga ko‘ngil qo‘ymang, ilm va ma’rifatni egallashga harakat qiling. Azob chekmaguncha, huzur ko‘rmaydi, mehnat qilmaguncha, rohat ko‘rmaydi. Mashina tezda yurmadi. Bormaganimiz yaxshi bo‘lgan ekan. Jalil Farg‘onani hali ko‘rgani yo‘q. U yoshi o‘ttizga yaqinlashsa ham viloyatdan chetga chiqqan emas. Fazliddin na o‘qidi, na ishladi. Shukurjon Zilolani ko‘rmay qo‘ymadi.

3-topshiriq. O‘qing, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni aniqlab, ma’nosidagi farqni tushuntiring. Ularni ikki ustun shaklida yozib, bo‘lishsizlik ma’nolarini ifodalovchi vositalar tagiga chizing.


1. Miyasi g‘ovlab ketgan Mirzo Ulug‘bek boshini ko‘tarib yon-veriga qaraydi. Oftob ko‘rinmas, osmonni qora bulut qoplab olgan edi. Dalalar va adirlarda, o‘rib olingan bo‘g‘doyzorlarda, hatto olis-yaqindagi bog‘larda biron-bir odam qorasi ko‘zga chalinmas hatto qirlarda mollar ham ko‘rinmas edi. Go‘ye Mirzo Ulug‘bek lashkari emas, talanchi qo‘shin bostirib kelayotganday, tirik jon borki, bari qochib in-iniga kirib ketgan. Ha, fuqaro bobosi Amir Temur davridayoq jang-jadaldan bezgan, yuragi zirqirab qolgan.


Mirzo Ulug‘bek og‘ir xo‘rsinib oldinga, ko‘kimtir tuman orasida elas-elas ko‘zga chalingan tog‘larga tikildi. Ilgarilab ketgan qo‘shin ko‘rinmas, faqat oldindagi yassi qir va adirlarda ot o‘ynatib yurgan suvorilar guruhi ko‘zga chalinar edi, xolos. (O. Yoqubov.)
II. 1. Navoiy Binoiyning iste’dodini mehr bilan parvarish qildi, har bir ishda do‘stona ko‘magini ayamadi. (L. Bat.) 2. Shunday hayot tug‘ildiki, u sensiz yashay olmaydi, sen uning qudratli kuchisan. (As. M.) 3. Shunday paytlarda u na chala olardi, va na ashula ayta olardi. (J. Ikromiy.)

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling