O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet66/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

5.Uyga vazifa. 1. “O‘z uyingni o‘zing asra!” mavzusida kichik ma’rifiy matn tuzing. Matn tarkibidan fe’lning yasalish usullarini aniqlang. 2. Affiksional va kompozitsion usul bilan fe’l yasalishiga 10 ta maqol toping.


5-Mavzu: O’zbek tilida so‘z turkumlari. So’zlarni turkumlash tamoyillari.
1. Grammatika haqida ma’lumot.
2.Morfologiya. So‘zning morfologik tarkibini aniqlash.
3.So‘z turkumlari tasnifi
4.Grammatik shakl va grammatik ma’no

G 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.


1. Grammatika haqida ma’lumot bering.
2. Morfologiyaning tekshirish obyektini tushuntiring.
3. Sintaksisning tekshirish ob’yektini tahlillar asosida tushuntiring.
4. So‘z yasash asoslari haqida gapiring.
5. Grammatik ma’no haqida ma’lumot bering: kategorial va xususiy grammatik ma’no.
6. Grammatik shaklni tushuntiring.
7. O‘zbek tilida qaysi olimlar morfologik birliklar haqida ish olib borishgan?
8. So‘z morfologiya va leksikologiyaning tekshirish ob’yekti ekanligini izohlang.
10. Grammatik kategoriya nima?
11. So‘zshakl, tub leksema va yasama leksemalar haqida ma’lumot bering.
12. So‘zning morfologik tarkibi tahlilini misollar asosida tushuntiring.


@ 2-topshiriq. Berilgan morfologik so‘zshakllarni davom ettiring va ularga tavsif bering: uyga, bog‘imizda, ko‘chamizning, bizlar, shahrimizdan, o‘ntasini…


Namuna: ko‘chamizdan-ot, I shaxs ko‘plik, egalik qo‘shimchasini qabul qilgan, chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan turlangan.


3-topshiriq. Guruh bilan ishlash. O‘tilgan mavzular yuzasidan “Kim jur’at qiladi?” interfaol metodi asosida savol-javob. Talabalar 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh nomlanadi. Mavzular yuzasidan berilgan savollarga to‘g‘ri va to‘liq javob bergan guruh g‘olib bo‘ladi.
! 4-topshiriq. 1.Berilgan morfologik birliklarning lug‘aviy va grammatik ma’nosini aniqlang: supurildi, xonamiz, darsliklar, zimdan, bog‘imiz.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling